🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 podshohligi
🔣XII asrda Serbiya Vizantiyaga qaram bo‘lsa-da, yirik davlatga aylandi. Davlatni Nemanya sulolasi boshqardi.
🔣Stefan II davrida Serbiya Vizantiyadan mustaqil bo‘lib, qirollikka aylandi.
🔣Qirol Stefan Dushan (1331–1355) – Serbiya Bolqon yarimorolidagi eng qudratli davlatlardan biriga aylandi. Maxsus qonunlar to‘plami qabul qilinib, aholi tabaqalarining huquq va burchlari, soliq yig‘ish va iqtisodiy munosabatlar belgilab berildi. Unin vafotidan keyin davlat parchalanib ketdi.
🔣1389-yil – Kosovo maydonida hal qiluvchi jangda serb askari Milosh Obilich sulton Murod I ni o‘ldirdi, ammo serblar mag‘lub bo‘ldi. 1459-yilda Serbiyaning so‘nggi hududi Usmoniy turklar tomonidan bosib olindi. Natijada Serbiya uzoq vaqt Usmoniylar imperiyasi tarkibida qoldi.
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 davlati
🔠XIII asr – Chexiya (Bogemiya) Markaziy Yevropadagi muhim mamlakatlardan biri edi
➡️Feodal tuzum hukm surdi: zodagonlar, ritsarlar, ruhoniylar, erkin va qaram dehqonlar mavjud bo‘ldi.
♟Qirol Pshemisl II davri – Chexiya eng qudratli davlatlardan biriga aylandi, hududi Adriatika dengizining janubigacha kengaydi. U nemis imperatorligiga nomzodini qo‘ydi, biroq muvaffaqiyat qozona olmadi.
♟Qirol Yan Lyuksemburg davri – mamlakatda seym (ruhoniylar, zodagonlar va ritsarlar yig‘ini) tashkil qilindi.
➖XIV asr – Chexiya iqtisodiy jihatdan gullab-yashnadi:
➖Mahalliy sanoat va qishloq xo‘jaligi rivojlandi.
➖Praga yirik savdo markaziga aylandi.
➖Chexiya Yevropaning eng boy mamlakatlaridan biri bo‘ldi
😀Yan Gus (1371–1415) Chexiyaning Gusines qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan
🔣10 yoshidan monastirda ta’lim olgan, keyin Praga universitetida o‘qigan.
🔣1398-yilda professor, 1400-yilda ruhoniy, 1402-yilda chexlar orasida birinchi bo‘lib universitet rektori bo‘lgan.
🔣Oddiy xalq uchun tushunarli bo‘lgan chex tilida va’z qilgan, chex tili grammatikasini ishlab chiqqan.
🔠Papalik va Praga cherkovi uni shakkoklikda ayblab, lavozimlaridan mahrum qildi. 1415-yilda Konstansadagi cherkov yig‘inida himoya kafolatiga qaramay qamoqqa olinib, gulxanda yoqildi
➖Yan Gusning o‘limi Chexiyada xalq qo‘zg‘oloniga sabab bo‘ldi. 1419-yilda Pragada guschilar qo‘zg‘oloni boshlandi.
➖Guschilar qirolni taxtdan ag‘dardilar, yangi qirol Sigizmund tan olinmadi. Chexiya Germaniya imperiyasidan mustaqil deb e’lon qilindi.Qo'zg'alon bostirildi 1434-yilda
🔠🔠🔠🔠🔠🔠
🔠XIII–XIV asrlarda Polshada feodal munosabatlar kuchaydi. Dehqonlar erkin bo‘lsalar-da, yirik zodagonlar - panlar ularni sud qilish huquqiga ega edi.
🔠Krakov, Gnezno, Poznan savdo va hunarmandchilik markazlari edi, ammo Polsha shaharlari boshqa Yevropa mamlakatlaridan sustroq rivojlandi
💪960–1385-yillarda Polshani Piastlar sulolasi idora qildi. Boleslav III davrida mamlakat mayda viloyatlarga bo‘linib, siyosiy tarqoqlik yuz berdi. XIII–XIV asrlarda yirik yer egalari kuchayib, qirollik mavqeyi pasaydi
🔠Tevton ordeni harbiylari Prussiya va Pomoryeni egallab, Polshaning Boltiq dengiziga chiqishini to‘sib qo’yishdi
🤑XIV asr 1-yarmida Vladislav I Polshani birlashtirib, qirollikni tikladi. Uning o‘g‘li Kazimir III markaziy hokimiyatni mustahkamladi, savdo va xo‘jalikni rivojlantirdi, yangi yo‘llar, qishloqlar, shaharlar va qo‘rg‘onlar qurildi, pul tizimi tartibga keltirildi
🔠XV asrda umumtoifa vakillari yig‘ini – ikki palatali seym tashkil etildi
🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️
💜Vengerlar ugro-fin xalqlari bo‘lib, dastlab Janubiy Ural, Dunay, Azov, Don bo‘ylarida yashagan.
💜IX asr oxiri – Vengriya davlati janubi-sharqiy Yevropada tashkil topdi
💜1000-yil – Arpad sulolasidan Ishtvan Buyuk (adabiyotlarda Stefan) toj kiydi, Vengriya xristianlashtirildi, papa tomonidan qirollik unvoni berildi. Xristianlikni qabul qildi
💜Arpadlardan Andrash II davrida – Oltin bulla qabul qilindi. Ushbu hujjatda zodagonlar, ruhoniylar, ritsarlar, shaharliklar va dehqonlarning huquq-burchlari belgilandi; ishpan vakolatlari cheklandi; ritsarlar soliqlardan ozod qilindi.
💜1301-yil – Arpadlar sulolasi tugadi. 1308-yilda Anjuylar sulolasi taxtga keldi
💜Qirol Layosh davrida Vengriya qudratli davlatga aylandi
©️SHAHZOD SATTORQULOV
@TARIX_AKADEMIYASI