1/8Shahrisabz tumanidagi 45-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida Maktablar ligasi musobaqalariga start berildi.
Musobaqa davomida o‘quvchilar o‘rtasida quvnoq startlar bo‘yicha qiziqarli va murosasiz bellashuvlar tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi, tezkorligi, chidamliligi hamda jamoaviy harakat qilish mahoratini namoyish etdilar.
💪 Mazkur musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ommaviy sportni rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni aniqlashga xizmat qiladi.
🥇 Sport — sog‘lom hayot, kuchli iroda va yorqin kelajak garovi!




![CFC.uz | Rasmiy Kanal [Vizitka] Telegram channel](https://cdn.tgdio.com/channels/2026/04/CFC_UZ.webp)




