Oxirgi oylar man uchun eng qizg'in davr bo'ldi. Nimalar qilayotganimizni qisqacha bo'lishmoqchiman
1. Ikkinchi agentlik - yangi agentligimiz ishga tushdi, hozircha 2 ta mijoz bilan ish boshladik, yana 2 tasi bilan gaplashyapmiz. Bu safar hamma sohaga emas, bitta niche sohaga. Maqsad shu sohada yangi product ishlab chiqib, test qilish. Natija bersa keyin kattalashtiramiz
2. Sotuvga sherik bo'ldik - loyihalarimizdan birida sotuvga sherik bo'lib kirdik. Lid kelishidan sotuv yopilishigacha bo'lgan hamma etaplarni oldin ham o'zimiz boshqarardik, bu safar sherik sifatida. Shu formatda yana qanday yangi productlar qilish mumkinligini test qilib ko'ryapmiz
3. Foyda marketingning o'zi - hozir ikkita narsa ustida ishlayapmiz. Mijozlarimiz bilan LTV ni yanada oshirish va operatsion ishlarni osonlashtirish. Hisobot, nazorat, dashboardlar, qo'lda qilinadigan ishlarni kamaytiryapmiz
4. Realmarketing academy - academyni ham alohida biznes sifatida ko'ra boshladik. 2027-yilga biznesmenlar va soha egalari uchun yangi product tayyorlayapmiz
Eng qizig'i, hozir juda ko'p masalalar mensiz hal bo'lyapti. Ba'zi loyihalarda jamoamdan orqada qolib ketyapman, ular hal qilib bo'lgan masalani man keyin eshitaman 😅
Oldin bu holat meni qo'rqitardi. Hozir esa eng katta yutuq shu ekanini tushundim
Tizim bitta odamga bog'liq bo'lmasa, biznes o'sishda davom etadi









![CFC.uz | Rasmiy Kanal [Vizitka] Telegram channel](https://cdn.tgdio.com/channels/2026/04/CFC_UZ.webp)



