Bu yerda ulamolarning fatvolari bilan mazlum xalqning e’tiqodi va munosabati o‘rtasidagi aloqani yana bir muhim mantiqiy va fikriy jihatdan ham tahlil qilish zarur. Bu jihat butun masalaning mohiyatini yanada ravshanroq ochib beradi. Harakatlarning oldini olish maqsadida chiqariladigan fatvolar borasida asosiy va muhokamaga loyiq savol shuki:Mazkur ulamolarning pozitsiyasi shariat mezonlari asosida adolatli va muvozanatli baholanadimi?
Ulamolar mazlumlarning jabr-zulmga uchrashi oqibatida yuzaga kelgan qurolli qarshilikni isyon va fitna deb ataganlarida yoki uning kelib chiqishi mumkinligidan xavotir bildirganlarida bu qarshilikka qarshi qat’iy fatvolar chiqarganlarida ayni shu qat’iyat izchillik va jasorat bilan zolim davlatning faoliyati uning zolim hukmdorlari hamda adolatsiz muassasalari ham shariat nuqtayi nazaridan baholanadimi? Ularga qarshi ham fatvolar chiqariladimi?
https://almirsaduz.com/zulmga-qarshi-turish-imom-abu-hanifa-r-h-mazhabi-nuqtayi-nazaridan/