#Navro‘z #Faxr #OʻzMU
🌿 Kuni kecha O‘zbekiston Milliy universitetida Navro‘z bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Ushbu bayram ortida katta mehnat, jamoaviy birdamlik va fidoyilik mujassam ekanini alohida e’tirof etamiz.
🏆 Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti faxr bilan e’lon qiladi: fakultetlar o‘rtasida o‘tkazilgan bayram tadbirlari yakuniga ko‘ra, hakamlar hay’ati qarori bilan faxrli 2-o‘rinni egalladik!
🎓 Fakultet rahbariyati, xususan, dekan Zafar Rashanovich Raxmonov nomidan barcha talaba-yoshlar va ustozlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
🏅 Quyidagi yo‘nalishlarda faol qatnashgan barchaga alohida rahmat:
— stol tennisi
— arqon tortish
— arg‘imchoqda sakrash
— armrestling
— osh musobaqasi
🔥 Bayram davomida tunu kun o‘z vaqtini ayamagan, tashabbus ko‘rsatgan va faol qatnashgan barcha jamoamiz a’zolarining hissasi beqiyosdir.
✨ Ushbu natija — sizlarning mehnatingiz va jamoaviy harakatingiz samarasi!
🚀 Oldinda yanada yuqori natijalar sari birga harakat qilamiz!
🌐 Rasmiy sahifalarimiz.
🕊
https://t.me/nuu_amitf 🌐
https://www.instagram.com/nuu.amitf?igsh=M252cGN6eWZrM2M4