Jizzax viloyat kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Telegram channel photo

Jizzax viloyat kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

@bandlikjizzaxPublic Channel

Jizzax viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi rasmiy kanali Jizzax viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining murojaat bo'limi @Jizzaxbandlikmurojaat_bot

54

Last views

744 (744 subscribers)
A'zolar
—
Rating
37
Total Posts
Oct 16, 2026, 10:50 PM
Yangilangan
Apr 21, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameJizzax viloyat kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi
Username@bandlikjizzax
CategoryIsh e'lonlari va karera
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar744
Channel TypePublic Channel
Created21-apr, 2026
Last Updated16-okt, 2026 • 6 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#122607+227
Til reytingi
#839+4
Toifa reytingi
#1333+9

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 74430 Days growth: +91.2%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:2026735
18:09:2026735
19:09:2026734
20:09:2026734
21:09:2026734
22:09:2026734
23:09:2026734
24:09:2026734
25:09:2026734
26:09:2026734
27:09:2026734
28:09:2026734
29:09:2026734
30:09:2026734
01:10:2026734
02:10:2026734
03:10:2026734
04:10:2026734
05:10:2026734
06:10:2026734
07:10:2026734
08:10:2026734
09:10:2026734
10:10:2026734
11:10:2026734
12:10:2026734
13:10:2026734
14:10:2026734
15:10:2026734
16:10:2026744
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 20:04:2026702
Week of 27:04:2026702
Week of 04:05:2026698
Week of 11:05:2026698
Week of 18:05:2026698
Week of 25:05:2026698
Week of 01:06:2026698
Week of 08:06:2026698
Week of 15:06:2026698
Week of 22:06:2026698
Week of 29:06:2026698
Week of 06:07:2026767
Week of 13:07:2026767
Week of 20:07:2026767
Week of 27:07:2026767
Week of 03:08:2026767
Week of 10:08:2026767
Week of 17:08:2026744
Week of 24:08:2026744
Week of 31:08:2026736
Week of 07:09:2026735
Week of 14:09:2026734
Week of 21:09:2026734
Week of 28:09:2026734
Week of 05:10:2026734
Week of 12:10:2026744
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 2026702
May 2026698
June 2026698
July 2026767
August 2026736
September 2026734
October 2026744
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
2026744

So'nggi postlar

Photo1/12
#Zomin_tumani

XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA

Zomin tumanida ijtimoiy reyestrga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish hamda mehnat faoliyatiga jalb etish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlar doirasida Zomin tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Nuroniylar kengashi raislari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari hamda “Oqila ayollar” harakati a’zolari ishtirokida tumanda faoliyat yuritayotgan “Nova Teks” tikuvchilik korxonasi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida ijtimoiy reyestrga kiritilgan xotin-qizlar korxonadagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari va ishga joylashish imkoniyatlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, ularni munosib ish o‘rinlariga joylashtirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda barqaror daromad topishlariga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday hamkorlikdagi ishlar xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, oilalar farovonligini ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish hamda daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube| X |Murojaat_bot
54000
Video
📍 Zafarobod tumanida xotin-qizlar tadbirkorligi rivojlanmoqda

Zafarobod tumanida xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning bandligini ta’minlash hamda daromad manbalarini yaratish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.⭕️

Tumandagi faol tadbirkor ayollardan biri Odilova Setora bugungi kunda paypoq ishlab chiqarish sexini tashkil etib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini izchil rivojlantirib bormoqda.
Tadbirkor o‘z imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga, yangi ish o‘rinlarini yaratish va xotin-qizlarning bandligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratmoqda.

Xususan, u «Ayollar daftari»ga kiritilgan 3 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlab, ularning oilasiga daromad kirib kelishiga va moddiy farovonligini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Bunday tashabbuslar xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda oilalar farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirkor ayollarning bunday ezgu tashabbuslari yangi ish o‘rinlarini yaratish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va hudud iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shishning yorqin namunasidir.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube| X |Murojaat_bot
39000
Video
Ходимни ишдан четлаштириш қандай расмийлаштирилади?

🟢 1. Буйруқ чиқарилади
• Ходимни ишдан четлаштириш фақат иш берувчининг буйруғи билан расмийлаштирилади. Буйруқда четлаштиришнинг аниқ сабаби кўрсатилиши шарт.

🔘 2. Буйруқ билан таништириш
• Буйруқ ходимга имзо қўйдириб етказилади.

• Агар ходим буйруқ билан танишишни рад этса, бу ҳолат гувоҳлар иштирокида далолатнома билан расмийлаштирилади.

🗃 3. Буйруқ нусхасини олиш ҳуқуқи
• Ходимнинг талаби билан иш берувчи буйруқнинг тасдиқланган кўчирма нусхасини мурожаат қилинган кундан эътиборан уч кундан кечиктирмай бериши шарт.

❗️ 4. Агар буйруқ билан таништиришнинг имкони бўлмаса...
• Иш берувчи буйруқ чиқарилган кундан эътиборан уч иш куни ичида буйруқнинг кўчирма нусхасини билдириш хати билан юбориши шарт.

✅ 5. Четлаштириш муддати
• Буйруқда четлаштириш амал қиладиган муддат кўрсатилиши шарт.

• Агар четлаштириш тугайдиган аниқ санани олдиндан белгилашнинг имкони бўлмаса, четлаштириш қайси ҳолат юз бергунга қадар амал қилиши (масалан, мажбурий тиббий кўрикдан ўтгунга қадар) буйруқда кўрсатилади.

👤 6. Ишга қайтиш
• Четлаштириш муддати тугагач ёки четлаштиришга сабаб бўлган ҳолатлар бартараф этилгач, ходим биринчи иш кунида ишга киришиши шарт.

📚 Асос: Меҳнат кодекси, 153-модда.

Бизни расмий cаҳифаларимиз орқали кузатиб боринг
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
30000
Photo1/8
Davlat tiliga ehtirom: vazirlik tizimida umummilliy diktant

📝Davlat tilida ish yuritish madaniyati va xodimlarning savodxonligini oshirish maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida Umummilliy diktant loyihasi amalga oshirildi.

Vazirlik markaziy apparati xodimlari “Davlat xizmatchisining mas’uliyati” va “Ona tilimiz – faxrimiz” mavzularidagi matnlar asosida diktant yozdi.

Mazkur tashabbus davlat tiliga hurmatni kuchaytirish, davlat xizmatchilarining yozma nutqi va savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
30000
Video
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Homilador ayollar dekret oldidan mehnat ta’tiliga chiqishi mumkinmi?

Qonunchilikka ko‘ra:

🤰🏻Homilador ayol yillik mehnat ta’tilini dekret oldidan yoki undan keyin — o‘z xohishiga ko‘ra oladi.

📆 Ta’til jadvali bu holatda ahamiyatga ega emas.

💰 To‘lovlar tartibi:

☑️Ta’til puli — ta’til boshlanishidan oldin to‘lanadi.
☑️Dekret puli — alohida hisoblanadi.

❗️Rad etilsa — bu qonun buzilishi.
📞1176 qisqa raqamiga murojaat qiling.

🟥Batafsil: videoda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
24000
Photo1/6
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

O‘zbekistonda mikroelektronika va mikrosxemalar loyihalash bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi

🇺🇿🇲🇾O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Malayziyaning Penang Skills Development Centre (PSDC) markazi o‘rtasida kasbiy ta’lim va malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

🤝 Hamkorlik doirasida vazirlik tasarrufidagi Malakani baholash markazlarida mikroelektronika, mexatronika va mikrosxemalarni loyihalash (IC Design) yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashgan o‘quv va baholash markazini tashkil etish rejalashtirilgan.

📌 Yangi markazda "Kasb vaucheri" tizimi orqali fuqarolar zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ma’lumot uchun:
PSDC 1989-yilda tashkil etilgan bo‘lib, elektronika, mikroelektronika, yarimo‘tkazgichlar va avtomatlashtirish sohalari uchun mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan. Markazning sanoat hamkorlari qatorida Intel, AMD, Bosch, Renesas va OSRAM kabi yirik xalqaro kompaniyalar mavjud.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |X
23000
Photo1/12
#Gʻallaorol_tumani

XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA

G‘allaorol tumanida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda.

Joriy yilning 20-oktabr kuni tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i R.Baymatova Mulkush mahallasida ijtimoiy loyiha doirasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar F.O‘talovaning faoliyati bilan tanishdi.
Mazkur loyihalar Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-son qarori asosida amalga oshirilayotgan bo‘lib, tadbirkorga 24 million so‘m grant mablag‘i ajratilgan.
Tanishish davomida loyihaning amaldagi natijasi, yaratilgan imkoniyati va kelgusidagi rejalari muhokama qilindi. Xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Har bir qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — yangi imkoniyat, daromad manbai va oilalar farovonligiga xizmat qiladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube| X |Murojaat_bot
94000
#Фойдали

⏰ Айрим ходимлар учун иш вақти 36 соатдан ошмайди

✅ Иши юқори даражадаги руҳий, ақлий ва асабий зўриқиш билан боғлиқ бўлган, алоҳида хусусиятга эга тиббиёт ходимлари, педагоглар ва бошқа тоифадаги ходимлар учун иш вақти ҳафтасига кўпи билан 36 соат қилиб белгиланади.

➡️ Бундай ходимларнинг рўйхати ҳамда улар учун иш вақтининг аниқ давомийлиги Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси томонидан белгиланади.

📄 Асос: Меҳнат кодексининг https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6262345.

Бизни расмий cаҳифаларимиз орқали кузатиб боринг
https://gov.uz/bv/| https://t.me/mehnatvazirligi | https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ | https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi | https://x.com/home
118000
Photo
Jizzaxda «Mahalla 17 ligi» tizimi faoliyati muhokama qilindi

Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev rahbarligida mahallalarda aholi bilan ishlash, mavjud muammolarni xonadonbay o‘rganish va mas’ul tashkilotlarning mahalladagi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Bugun mahallada ishlash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Har bir xonadon bilan ishlash, aholi muammolarini joyida aniqlash va hal etish, oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilab berilgan.

Jizzaxda ana shu vazifalarni samarali tashkil etish maqsadida «Mahalla 17 ligi» shakllantirilib, har bir tashkilot va mas’ulga muayyan vazifalar biriktirilgan.

Biroq tahlillar mahalladagi barcha mas’ullar ham ushbu tizimning mazmun-mohiyatini birdek anglab yetmaganini ko‘rsatmoqda.

— Mahallada ishlash — bu faqat biriktirilgan hududga nomiga borib kelish emas. Bu — odamlarning muammosini bilish, ularning ehtiyojini o‘rganish va aniq natija qilish demakdir, — dedi viloyat hokimi.

Biriktirilgan mahallasiga bormagan xodim u yerda qaysi xonadonga yordam kerakligini, qaysi oilada qanday muammo borligini, qanday imkoniyatdan foydalanish mumkinligini qayerdan biladi?

Shu bois yig‘ilishda «17 lik» rahbarlaridan o‘z xodimlarining faoliyatini muntazam nazorat qilish, ularga aniq vazifa va yo‘nalish berish talab etildi.

Mahalladagi faoliyat sohalar kesimida ham tahlil qilindi. Xususan, ijtimoiy soha xodimlari Arnasoy tumanidagi «Do‘stlik», Baxmal tumanidagi «O‘rmonchi» va Sharof Rashidov tumanidagi «Nurafshon» MFYlarda uch oy davomida og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushgan birorta oila bo‘yicha keys ochmagan.

Veterinariya sohasida ham kamchiliklar aniqlandi. Har bir xonadondagi chorvaning pasportini shakllantirish, aholi xonadonlarida o‘rganish ishlarini olib borish va mavsumiy kasalliklarga qarshi emlash vazifalari ayrim mahallalarda bajarilmagan.

Bunday holatlar Sharof Rashidov, Jizzax shahri, Zarbdor, Zafarobod, Mirzacho‘l va Paxtakor hududlaridagi qator mahallalar misolida qayd etildi.

Yoshlar bilan ishlashda ham ayrim hududlarda natija qoniqarli emas.

Xususan, joriy yilda Arnasoy va Mirzacho‘l tumanlarida «Yoshlar daftari» orqali birorta ham yoshga yordam ko‘rsatilmagan.

Hokim yordamchilari faoliyatida ham reja ijrosi ta’minlanmagan mahallalar mavjud. Jumladan, Sharof Rashidovda 15 ta, Baxmalda 10 ta, Jizzax shahrida 8 ta, Zarbdorda 6 ta, Zominda 5 ta, shuningdek, Do‘stlik, Forish va Arnasoyda 3 tadan, G‘allaorol va Yangiobodda 2 tadan MFYda bandlik dasturi ijrosi ta’minlanmagan.
Yig‘ilishda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar aholiga sezilishi va ko‘rinishi zarurligi alohida ta’kidlandi.

Xalq bilan ishlashda raqam ortidan quvish emas, odamlar hayotidagi o‘zgarish asosiy mezon bo‘lishi kerak. Keksalar va nuroniylar bilan muloqot qilish, aholining faol qatlamlarini jarayonlarga jalb etish, amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan imkoniyatlarni xalqqa yetkazish muhim.
Buning uchun hokimlar, «Mahalla 17 ligi» rahbarlari va barcha mas’ullar pastga tushib, xonadonbay ishlashi lozim.

Mahalladagi har bir xodim o‘z vazifasini aniq bilishi, har bir rahbar o‘z jamoasi faoliyati uchun shaxsan mas’ul bo‘lishi kerak.

Kechagi selektor yig‘ilishida ham mahalla xodimlarini «loyihabay» ishlashga tayyorlash, ularning salohiyatini chuqur o‘rganish va natija ko‘rsata oladigan kadrlarni saralash bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.
Shundan kelib chiqib, endi har bir mas’uldan shunchaki vazifani bajarish emas, aniq natija talab etiladi.

Shu ma’noda, «Mahalla 17 ligi»ni joyiga qo‘yish — bu yangi nom yoki yangi tizim yaratish emas, balki mavjud imkoniyatlarni to‘g‘ri ishga solib, mahallada real natija yaratish vazifasidir.

Endi har bir hudud, har bir mahalla va har bir mas’ulning ishi qog‘ozdagi hisobot bilan emas, xalq hayotidagi o‘zgarish bilan baholanadi.
https://t.me/jizzaxviloyatihokimligi 👈 Manbaa

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
https://gov.uz/oz/bv-jizzax/news/news | | https://www.facebook.com/share/1E3r1hSe4N/?mibextid=wwXIfr | https://www.instagram.com/p/DUakLz5DDKx/?igsh=cnBhYnAxdjR5emZx | https://youtube.com/@husanxonshukurullaev?si=Yd3MI0sATnuaNXzB| https://x.com/husanxonshd0hw?s=11 | https://t.me/Jizzaxbandlikmurojaat_bot
119000
Photo
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Jizzaxda mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi

Jizzax viloyatida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.

Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev rahbarligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda hududlarda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish, kredit mablag‘laridan samarali va manzilli foydalanish hamda yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining barqaror faoliyatini ta’minlash masalalari tahlil qilindi.

Qayd etilganidek, kecha Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi. Buning uchun zarur imkoniyat va sharoitlar ham yaratilmoqda.

Endi asosiy masala — yaratilgan imkoniyatdan kim, qanday va qachon samarali foydalanadi?

Viloyat rahbari har bir mas’uldan aniq natija va lo‘nda hisobot talab qildi.

Ayni paytda viloyatda kambag‘allik darajasi 4,1 foizni tashkil etmoqda. Biroq ayrim hududlarda bu ko‘rsatkich yuqori. Jumladan, Forish tumanidagi «O‘zbekiston» mahallasida 8,2 foiz, «Xonbandi»da 7,2 foiz, «Osmonsay»da 6,9 foiz. Arnasoydagi «Do‘stlik» va «Yangiboston» mahallalarida 5 foizdan, Zafarobodning «Nurafshon» mahallasida 5,5 foiz, «Birlik»da 5,2 foiz, Paxtakorning «Bog‘ishamol» mahallasida 5,2 foizni tashkil etmoqda.

Bu raqamlar ortida muayyan oilalarning turmushi, daromadi va ertangi kuniga bo‘lgan ishonchi turibdi.

Shu bois har bir rahbar o‘ziga biriktirilgan xonadonning muammosi va imkoniyatini chuqur bilishi shart.

Yig‘ilishda ayrim mas’ullarning biriktirilgan oilalar bilan ishlashdagi sustkashligi ham tanqid qilindi.

Viloyatda ishsizlik darajasi 4,6 foiz bo‘lsa-da, ayni paytda 3 200 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari mavjud. Demak, vazifa faqat yangi ish o‘rinlari yaratish emas, balki mavjud vakansiyalarga ishsiz fuqarolarni manzilli yo‘naltirishdan iborat.

Kredit mablag‘laridan foydalanish samaradorligi ham jiddiy tanqid qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, banklardan kredit olib, biznesini yo‘lga qo‘ya olmagan 4,2 ming nafar aholi 57,6 milliard so‘mlik kreditni qaytarishda qiynalmoqda.

Shuning uchun kredit ajratishda «kim so‘rasa — unga kredit» emas, «kimning loyihasi ishlaydi — unga mablag‘» tamoyili ustuvor bo‘lishi kerak.

Har bir kreditning maqsadi, biznes-rejasi, bozori va qaytarish imkoniyati oldindan hisob-kitob qilinishi lozim.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorligi bo‘yicha ham jiddiy kamchiliklar aniqlangan. So‘nggi bir yilda viloyatda 4,3 mingta kichik korxona tashkil etilgan bo‘lsa, ularning 1 042 tasi, ya’ni 24 foizi faoliyatini to‘xtatgan.

Demak, yangi korxona ochishning o‘zi kifoya emas. Uning bozorini topish, mahsulotini sotish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash ham mas’ullar e’tiborida bo‘lishi kerak.

Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda shtablar faoliyati kuchaytiriladi.

Hokim shtab rahbari, hududga biriktirilgan tijorat banki rahbari yoki uning o‘rinbosari esa shtab rahbari o‘rinbosari sifatida ish olib boradi. Bank rahbarlari ham hokimlar bilan bir qatorda natija uchun mas’ul bo‘ladi.

Yil yakuniga qadar viloyatda 11,3 ming nafar aholini doimiy ish bilan ta’minlash, 53,2 ming nafar fuqaroning daromadlarini oshirish hamda 10 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi belgilandi.

Shuningdek, kooperatsiya asosida faoliyat yuritayotgan lider tadbirkorlarga yo‘nalishiga mos ravishda 500 million so‘mdan 5 milliard so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratish imkoniyati yaratilmoqda.

Endi har bir hudud, mahalla va mas’ulning ishi raqam bilan emas, aniq natija bilan baholanadi. Asosiy mezon — kambag‘al oila daromadining oshishi, ishsiz fuqaroning ishli bo‘lishi va aholi turmushida ijobiy o‘zgarish yuzaga kelishidir.
https://t.me/jizzaxviloyatihokimligi 👈 Manbaa

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
https://gov.uz/oz/bv-jizzax/news/news | | https://www.facebook.com/share/1E3r1hSe4N/?mibextid=wwXIfr | https://www.instagram.com/p/DUakLz5DDKx/?igsh=cnBhYnAxdjR5emZx | https://youtube.com/@husanxonshukurullaev?si=Yd3MI0sATnuaNXzB| https://x.com/husanxonshd0hw?s=11 | https://t.me/Jizzaxbandlikmurojaat_bot
120000
Video
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag'ishlangan https://t.me/Press_Secretary_Uz belgilangan asosiy vazifalar.

📊 Batafsil https://t.me/Press_Secretary_Uz.

https://gov.uz/bv/ | https://t.me/mehnatvazirligi https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi| https://x.com/b_vazirligi
79000
Video
#Axborot24 | 02.09.2026

Davlatimiz rahbari Jizzax viloyatida integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi hamda unga yondosh zamonaviy shaharcha barpo etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi

http://mtrk.uz/ | http://instagram.com/uzbekistan24_tvnews | https://youtube.com/@uzbekistan24tv?si=m-_eAmd7PnUgU6B9 | http://facebook.com/share/14p1i7cW3uZ | https://t.me/uzbekistan24_tvnews | https://x.com/uzbekistan24tv?s=11
522400
Photo
Qaysi hokim “Investorim, loyiham bor, sanoat zonasi uchun yer kerak” desa, infratuzilmasi bilan hal qilib berilmoqda. Lekin budjet hisobidan yo‘l, elektr, suv olib borilgan 226 ta sanoat zonasidagi 213 gektarda loyiha boshlanmagani tanqid qilindi.

Shu bilan birga, 27 ta sanoat zonasida loyihalar joylashtirilgani bilan infratuzilma bormagan.

Hokimlarga auksionda yer sotuvidan tushgan puldan tadbirkorlik infratuzilmasiga sarflashga ruxsat berilgan. Mutasaddilarga ushbu mablag‘lar hisobidan birinchi navbatda kommunikatsiya olib boriladigan sanoat zonalari ro‘yxatini shakllantirish va ishni boshlash topshirildi.

Viloyat hokimlarining investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari oldiga infratuzilma borgan sanoat zonalaridagi bo‘sh yerlarga joylashadigan loyihalar portfelini shakllantirish vazifasi qo‘yildi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ https://www.instagram.com/press_secretary_uz/ https://x.com/Sherzod_Asadov
52000
Photo
So‘nggi olti oyda 908 ta tadbirkor 3 milliard 600 million dollarlik shartnoma tuzib, hamkorlarda vaziyat o‘zgargani uchun hali eksportni boshlay olmagani qayd etildi. Ayrim hokimlar ularga yordam berish o‘rniga vaziyatni o‘z holiga tashlab qo‘ygani tanqid qilindi.

Oqibatda birinchi chorakda eksport Norin, Kasbi, Sherobod, Yozyovon va Denovda 2 karradan ziyod kamaygan. Shahrisabz, Uchquduq, Parkent, Toshkent tumanlari, Jizzax, Navoiy, Namangan, Angren, Bekobod va Nurafshon shaharlarida esa 70 foizga ham yetmagan.

Ushbu tuman hokimlari birinchi yarim yillikda o‘sishni ta’minlamasa, xulosa qattiq bo‘lishi qayd etildi.

Umuman, hozirgi sharoitda eksportchilarni yangi bozor topish, aylanma mablag‘, sertifikat, logistika kabi masalalarini kompleks hal qilish bo‘yicha yagona yondashuv bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Bu borada natijaga yo‘naltirilgan yaxlit tizim qilish yuzasidan taklif kiritish topshirildi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ https://www.instagram.com/press_secretary_uz/ https://x.com/Sherzod_Asadov
41000
Photo
Ko‘p davlatlar mahsuloti raqobatdosh bo‘lishi uchun sanoat va servisda “Kayzen”, “lean priduction” kabi resurs samaradorligi va mehnat unumdorligini oshiradigan progressiv usullarni qo‘llamoqda.

Mamlakatimizdagi 50 ga yaqin tadbirkorlar buni chet elda ko‘rib kelib, korxonasida joriy qilishni boshladi.

“Lekin, bu kam. To‘qimachilik, qurilish materiali, elektrotexnika, mebel kabi drayver sohalardagi uyushmalar nega buni ommalashtirishni o‘ylamaydi? Tadbirkorga tushuntirib, “diagnostika” xarajatining bir qismi qoplab berilsa, unumdorlik dasturlarini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit ajratsa bo‘ladi-ku!”
– dedi Prezidentimiz.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga bu yil 100 ta korxonada samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilg‘or dasturlarni joriy qilish, bunga 30 million dollar grant jalb qilish topshirildi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ https://www.instagram.com/press_secretary_uz/ https://x.com/Sherzod_Asadov
42000
Photo
Yig‘ilishda sanoat va eksport masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Qamashi, Qarshi, Mirishkor, Arnasoy, Sharof Rashidov, Yangiobod, Navbahor, Kosonsoy, Qumqo‘rg‘on, Furqat, Shovot, Shayxontohur, Sergeli tumanlari sanoat rejasiga chiqa olmagani tanqid qilindi.

Ushbu 13 ta tuman hokimiga rejaga qancha yetmaganiga qarab, intizomiy jazo chorasini ko‘rish topshirildi.

Ichki bozorda mis taklifi ko‘paytirilgan bo‘lsa-da, qayta ishlash oyiga 6 ming tonnadan oshmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Oqibatda birinchi chorakda elektrotexnika sohasida sanoat o‘sishi prognozdagi 11,2 foiz o‘rniga 7,8 foizga, eksport rejasi bor-yo‘g‘i 57 foizga bajarildi.

Elektrotexnika eksporti uchun 100 million dollar resurs berib, aylanma mablag‘ga garovsiz kredit ajratish imkoniyati yaratildi. Lekin birorta bank ushbu shartlarda kredit ajratmaganiga e’tiroz bildirildi.

Mutasaddilarga ishlab chiqarishi, eksporti kamaygan har bir korxonaga borib, eksportini moliyalashtirish, investitsiya loyihasi bo‘yicha qanday masalasi bo‘lsa, joyida hal qilish topshirildi.

Umuman, ikkinchi chorak yakuni bilan sohada ishlab chiqarishni 25 trillion so‘mga, eksportni 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ https://www.instagram.com/press_secretary_uz/ https://x.com/Sherzod_Asadov
43000
Photo
Kartoshkaga bo‘lgan talabni qoplash uchun bu yilga reja qilingan 180 ming gektardan 118 ming gektariga urug‘lik ekildi.

Lekin Qashqadaryoda bor-yo‘g‘i 41 foiz, Surxondaryoda 44 foiz maydonda kartoshka ekilgan. Mart oyining o‘zida kartoshka Surxondaryoda 12,4 foizga, Qashqadaryoda 9 foizga qimmatlashgani ko‘rsatib o‘tildi.

Kartoshkachilikka ixtisoslashgan Xo‘jaobod, Andijon, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Yangiqo‘rg‘on, Toshloq, Farg‘ona tumanlarida ham ishlar qoniqarsiz deb baholandi.

Sustkashlikka yo‘l qo‘ygan viloyat hokimlarining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari va tuman hokimlarining mas’uliyati hamda javobgarligini oshirish topshirildi.

“Takror aytaman: mablag‘ bor, resurs bor. Go‘sht va kartoshkadan hech qanday masala bo‘lmasligi kerak”,
– dedi Prezidentimiz.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ https://www.instagram.com/press_secretary_uz/ https://x.com/Sherzod_Asadov
27000
Photo
Logistikadagi uzilishlar oqibatida birinchi chorakda qoramol importi 2 karra kamaydi. Bunga tezkor yechim topilib, samolyotda tashiladigan har bir naslli qoramol uchun 4 million so‘mgacha, go‘sht importida transport xarajatining yarmini qoplash yo‘lga qo‘yildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlarimiz uchun muqobil transport koridorlarini ham ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Shu orqali ikkinchi chorakda 45 ming tonna, yil yakunigacha jami 130 ming tonna go‘sht importini ta’minlash zarurligi qayd etildi.

Mutasaddilarga qayerda to‘siq bo‘lsa, qayerda yuk to‘xtab qolsa, tadbirkorlar masala ko‘tarishini kutmasdan, onlayn monitoring orqali operativ yechim qilib berish topshirildi.

Hududlarda 478 ming gektarda ozuqa ekinlarini ekish rejalashtirilgan. Lekin Namanganda ozuqa yerining 74 foiziga haligacha ekin ekilmagani, chorvada imkoniyat katta bo‘lgan Zarbdor, Qiziltepa va Pop tumanlarida silos ekish boshlanmagani, Amudaryo, G‘ijduvon, Xonqa va Bag‘dodda ham ishlar qoniqarsiz ekani ko‘rsatib o‘tildi. Viloyat hokimlariga qoloqliklarni bartaraf etish topshirildi.

Yana 100 ming gektar ekin yerini yangi tizim asosida auksionga chiqarish belgilangan. Har bir kun g‘animatligi, bu yerlarni tez-tez auksionga chiqarib, ekin ekish zarurligi qayd etildi.

Sanoat plantatsiyasi tashkil qiladigan tadbirkorlarga katta imtiyoz va moliyaviy resurslar berilmoqda. Viloyat hokimlariga bu yil kamida 5 tadan yirik sanoatlashgan meva-sabzavot plantatsiyasini namunali qilib tashkil etish topshirildi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ https://www.instagram.com/press_secretary_uz/ https://x.com/Sherzod_Asadov
33000
Video
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

📍Andijon: Qumtepa mahallasida atirgul ko‘chatlari yetishtirish yo‘lga https://t.me/Bandlikpress

📍Buxoro: Bandlik sohasida tajriba almashish: Qashqadaryoda amaliy https://t.me/buxoro_viloyat_bandlik_boshqarma

📍Qashqadaryo: “Media haftalik: kasbiy mahoratni oshirish https://t.me/Qashqadaryodabandlikyangiliklari

📍Jizzax: Prezident farmoni ijrosi

📍Namangan: Qulupnay yetishtirish mahalla drayveriga https://t.me/NamanganBandlik

📍Navoiy: Shibzon mahallasi namunasida seminar tashkil https://t.me/navoiybandlikboshboshqarmasi

📍Samarqand: Toyloq tumanida fuqarolar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul https://t.me/pressabandlik

📍Sirdaryo: Tomorqa: ilmiy va zamonaviy yondoshuv – yuqori daromad https://t.me/svbandlik

📍Surxondaryo: Tomorqa – daromad https://t.me/surxonbandlik

📍Toshkent viloyati: 10 ta mahalla “invitro” usulidagi bog’dorchilikka https://t.me/kambagallikni_qisqartirish

📍Toshkent shahri: Chilonzor tumanida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi https://t.me/ToshkentShaharBandlikboshqarmasi

📍Farg'ona: Kichik g'oya – katta https://t.me/farbandlik_info

📍Xorazm: Urganch davlat universitetida mehnat yarmarkasi bo’lib https://t.me/BANDLIK_XORAZM

📍Qoraqalpog'iston Respublikasi: Kambag‘allikdan https://t.me/QQR_bantlik

https://gov.uz/bv/ | https://t.me/mehnatvazirligi | https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ | https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi | https://x.com/b_vazirligi
34000
Video
#yoshlar_bilan_uchrashuv

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi

📍Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi Milliy gvardiya binosida muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan hamda ish izlayotgan fuqarolar bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

🤝 Unda 1 100 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etilib, ish beruvchilar bilan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

✅ Shuningdek, tadbir doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etilib, unda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, Milliy gvardiya, Chirchiq harbiy prokuratura hamda Yoshlar ittifoqi rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari tinglanib, muammolarni hal etish choralari belgilandi.

https://gov.uz/bv/ | https://t.me/mehnatvazirligi | https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ | https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi | https://x.com/b_vazirligi
36000
Photo
#Kelajak_kasblari

🔐 Kiberxavfsizlik mutaxassisi

Hozirgi raqamli iqtisodiyot sharoitida axborot xavfsizligi — davlat va jamiyat barqarorligining muhim omili hisoblanadi. Shu sababli mehnat bozorida kiberxavfsizlik mutaxassislariga talab tobora ortib bormoqda.

👨‍💻 Kiberxavfsizlik sohasi nima bilan shug‘ullanadi?
– Kompyuter tizimlari, axborot resurslari va tarmoqlarni tashqi va ichki kiber tahdidlardan himoya qilish bilan.

📊 Nima uchun bu kasb dolzarb?
• Raqamli xizmatlar hajmi kengaymoqda.
• Kiberjinoyatchilik holatlari ortib bormoqda.
• Davlat va xususiy sektorda axborot xavfsizligiga ehtiyoj kuchaymoqda.

💼 Asosiy vazifalar:
• Axborot tizimlaridagi zaifliklarni aniqlash.
• Kiberhujumlarni oldini olish va bartaraf etish.
• Ma’lumotlarni himoya qilish va shifrlash.
• Xavfsizlik siyosati va strategiyalarini ishlab chiqish.

🎓 Kasbni egallash uchun:
• Axborot texnologiyalari bo‘yicha bazaviy bilimlar.
• Tarmoq texnologiyalari va dasturlash asoslari.
• Maxsus o‘quv kurslari va xalqaro sertifikatlar.

💰 Mehnat bozoridagi o‘rni:
• Kiberxavfsizlik mutaxassislari yuqori maoshli va istiqbolli kasb egalari qatoriga kiradi.

Kiberxavfsizlik — bu nafaqat zamonaviy, balki strategik ahamiyatga ega bo‘lgan kasb. Ushbu sohani tanlagan yoshlar mamlakatimiz raqamli taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlari mumkin.
https://gov.uz/bv/ | https://t.me/mehnatvazirligi https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi | https://x.com/b_vazirligi
29000
Photo
“Qancha harakat qilib, iqtisodiyotni o‘stirmaylik, agar inflyatsiya ham oshib boraversa, aholi va tadbirkorlar hayotida ijobiy o‘zgarish sezilmaydi. Chunki tovar, ish va xizmatlar narxining oshishi ko‘paygan daromadni qadrsizlantiradi”,
– dedi Prezidentimiz.

Yil boshidan dunyoda neft narxi 40 foizga oshdi. Ro‘y berayotgan ziddiyatlar oqibatida qulay logistika koridorlarini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu mahalliy mahsulotlarning eksportida ham, asosiy iste’mol tovarlarining importida ham tashish xarajatlarini 25-30 foizga oshirmoqda.

Inflyatsiya importi ichki narx-navoga 1 foizgacha qo‘shimcha bosimni yuzaga keltirmoqda.

Shunday bo‘lsa-da, tashqi bosimni bahona qilib, inflyatsiya bo‘yicha ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘ymaslik lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

"Barcha rahbarlar katta harflar bilan yozib olsin: inflyatsiyaga ta’sir qiladigan iste’mol savatidagi mahsulot va xizmatlarning 70 foizi o‘zimizniki”,
– dedi davlatimiz rahbari.

Mutasaddilar va hokimlarga joriy yilda inflyatsiyani 6,5 foiz darajasida saqlab qolish uchun mahalliy mahsulotlar taklifini ko‘paytirib, narxini arzonlashtirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ https://www.instagram.com/press_secretary_uz/ https://x.com/Sherzod_Asadov
42000
Video
#Tomorqa_daromad_manbai

🍓Qulupnaydan kuniga 1 mln so‘m daromad

📍Andijon viloyati Baliqchi tumani “Charog‘on” mahallasida yashovchi Adhamjon Isoqov hokim yordamchisi ko‘magida imtiyozli kredit olib, tomorqasida issiqxona tashkil etdi.

Natija tahsinga loyiq — bugungi kunda yiliga qariyb 150 million so‘m daromad topmoqda!

Siz ham imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — harakatni bugundan boshlang!

📺Batafsil: videoda.

https://gov.uz/bv/ | https://t.me/mehnatvazirligi https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi https://x.com/b_vazirligi
85000
#рағбат

Дўстлик тумани камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиш бўлими бошлиғи Б.Эрниязовга 2026 йил январдан ҳар ойлик иш ҳақи миқдорига қўшимча 40 фоиз миқдорида устама ва ҳар чорак якуни билан 50 фоиз миқдорида рағбатлантириш белгиланди.

#Жиззах #Дўстлик

|📱 https://t.me/sspjizzaxviloyati| https://t.me/uzbekistan24_tvnews👨‍💻 | https://t.me/tayinlov |👈Manbaa🎥
______________________________________
🌐 https://jizzax.mehnat.uz/oz |🕊 |📱 https://www.instagram.com/p/DUakLz5DDKx/?igsh=cnBhYnAxdjR5emZx |📱 https://www.facebook.com/share/1E3r1hSe4N/?mibextid=wwXIfr | https://t.me/Jizzaxbandlikmurojaat_bot
100000
#рағбат

Шароф Рашидов тумани камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиш бўлими бошлиғига 2026 йил январдан ҳар ойлик иш ҳақи миқдорига қўшимча 40 фоиз устама ва ҳар чорак якуни билан 50 фоиз миқдорида рағбатлантириш белгиланди.

#Жиззах #ШарофРашидов
|📱 https://t.me/sspjizzaxviloyati| https://t.me/uzbekistan24_tvnews👨‍💻 | https://t.me/tayinlov |👈Manbaa🎥
______________________________________
🌐 https://jizzax.mehnat.uz/oz |🕊 |📱 https://www.instagram.com/p/DUakLz5DDKx/?igsh=cnBhYnAxdjR5emZx |📱 https://www.facebook.com/share/1E3r1hSe4N/?mibextid=wwXIfr | https://t.me/Jizzaxbandlikmurojaat_bot
96000

Showing 30 of 37 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Jizzax viloyat kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Telegram kanali nima haqida?+

Jizzax viloyat kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi (@bandlikjizzax) — tgdio da Ish e'lonlari va karera toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 744 obunachi bor.

Jizzax viloyat kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi (@bandlikjizzax) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @bandlikjizzax ga bepul obuna bo‘ling.

Jizzax viloyat kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi yaxshi Ish e'lonlari va karera kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Jizzax viloyat kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 744 obunachi bor. O‘xshash Ish e'lonlari va karera kanallar bilan solishtiring.

Jizzax viloyat kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @bandlikjizzax sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.