📖 Binanceda “Sell” tugmasini bosganingizda aslida nima bo‘ladi?
Tugmani bosdingiz. Ekrandagi raqamlar o‘zgardi. Lekin kripto-aktiv qayerga ketdi — uni kim sotib oldi? 👇
1. Spotda: siz aktivni sotasiz
Aytaylik, Binancening BTC/USDT bozorida BTC sotmoqchisiz. Birja sizning sotish buyurtmangizni boshqa bozor ishtirokchilarining xarid buyurtmalari bilan moslashtiradi.
Jarayon siz tanlagan order turiga bog‘liq:
▫️ Market — mavjud xarid buyurtmalari bo‘yicha sotadi. Yakuniy narx ekranda ko‘rgan oxirgi narxingizdan farq qilishi mumkin. Bu slippage — narx sirpanishi deyiladi.
▫️ Limit — siz belgilagan narxda yoki undan yuqoriroqda sotadi. Mos xaridorlar yetarli bo‘lmasa, order kutib turadi yoki faqat qisman bajariladi.
Savdo bajarilgach, BTC balansingiz kamayadi va hisobingizga USDT tushadi. Savdo uchun komissiya ham olinadi. Bu bank kartangizga kelgan pul emas — Binance hisobingizdagi USDT.
2. Fyuchersda pozitsiyani yopish nimani anglatadi?
Binancedagi BTCUSDT USDⓈ-M perpetual savdosida siz BTC narxiga bog‘langan kontrakt bilan savdo qilasiz. Long ochganingiz hisobingizga BTC sotib oldingiz degani emas.
📈 Long pozitsiya — sotish orqali yopiladi.
📉 Short pozitsiya — sotib olish orqali yopiladi.
Yopish orderi bajarilgani sari, yopilgan qismning foyda yoki zarari realized PnL, ya’ni amalga oshgan natijaga aylanadi. Shu qism uchun talab qilingan marja bo‘shaydi, hisobingizda esa savdo natijasi va tegishli komissiyalar aks etadi.
Pozitsiya to‘liq yopilgach, narxning keyingi harakati endi uning foyda yoki zararini o‘zgartirmaydi.
⚠️ Muhim: “Sell” har doim “pozitsiyani yopish” degani emas!
Pozitsiya rejimi va order sozlamalariga qarab, Sell/Short tugmasi yangi short ochishi ham mumkin.
Mavjud pozitsiyadan chiqish uchun Positsiyalar → Yopish orqali yopiladigan miqdor va order turini tekshiring.
🤓️️️️️️ Tugmani bosishdan oldin, u nima qilishini tushunib oling. Siz aktiv sotyapsizmi, pozitsiyani yopyapsizmi yoki yangisini ochyapsizmi — farqini biling. Order turlari va komissiyalarni o‘rganing, kredit dastagi esa riskni oshirishini unutmang. Ushbu post ta’limiy maqsadda yozilgan, moliyaviy tavsiya emas.
🇺🇿 Binance O‘zbekistonda litsenziyalangan mahalliy hamkori — CoinPay orqali
rasmiy faoliyat yuritadi.
Binance ilovasi |
Instagram |
YouTube