21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammitida ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.
Ikki kun davom etadigan ushbu anjuman 100 dan ortiq davlat vakillarini bir maydonga jamlaydi. Jumladan, BMT, JSST, Xalqaro bolalar onkologlari jamiyati, Yevropa onkologiya maktabi va boshqa xalqaro tashkilot vakillari, qator davlatlarning sog‘liqni saqlash sohasi rahbarlari, shuningdek, olimlar, mutaxassislar hamda jamoatchilik faollari ishtirok etadi.
Sammit doirasida bolalar salomatligi, ta’limi, ijtimoiy himoyasi va xavfsizligiga investitsiyalarni kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.
—
21 октября Первая леди Республики Узбекистан, председатель Попечительского совета международного общественного фонда «Zamin» Зироат Мирзиёева примет участие и выступит с речью на Всемирном саммите «Инвестиции в благополучие детей: путь к устойчивому и справедливому развитию будущих поколений» в Самарканде.
Двухдневный саммит объединит представителей более 100 государств. В нем примут участие представители ООН, ВОЗ, Международного общества детских онкологов, Европейской школы онкологии и других международных организаций, руководители органов здравоохранения ряда стран, ученые, специалисты и общественные деятели.
Участники саммита обсудят расширение инвестиций в здоровье, образование, социальную защиту и безопасность детей.
Facebook|
Instagram|
X