Cyber University Telegram channel photo

Cyber University

@cyberuni_uzPublic Channel

"Cyber University" davlat universitetining rasmiy Telegram sahifasi. Veb-sayt: csu.uz Instagram: instagram.com/csu.uz Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=61577521082631 LinkedIn: www.linkedin.com/company/csu_uz/ Murojaatlar uchun: 558885555

914

Last views

5.4k (5,358 subscribers)
A'zolar
—
Rating
34
Total Posts
Oct 18, 2026, 5:04 AM
Yangilangan
May 17, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameCyber University
Username@cyberuni_uz
CategoryKiberxavfsizlik
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar5,358
Channel TypePublic Channel
Created17-may, 2026
Last Updated18-okt, 2026 • 5 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#428556-669
Til reytingi
#2180-3
Toifa reytingi
#1056+1

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 5.4K30 Days growth: -2073.7%
09/1809/2309/2810/0310/0810/1310/17
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
18:09:20265,565
19:09:20265,565
20:09:20265,496
21:09:20265,496
22:09:20265,496
23:09:20265,496
24:09:20265,496
25:09:20265,496
26:09:20265,496
27:09:20265,496
28:09:20265,496
29:09:20265,496
30:09:20265,496
01:10:20265,496
02:10:20265,496
03:10:20265,496
04:10:20265,496
05:10:20265,496
06:10:20265,496
07:10:20265,496
08:10:20265,496
09:10:20265,496
10:10:20265,496
11:10:20265,496
12:10:20265,496
13:10:20265,496
14:10:20265,496
15:10:20265,496
16:10:20265,496
17:10:20265,358
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 11:05:20264,142
Week of 18:05:20264,142
Week of 25:05:20264,142
Week of 01:06:20264,142
Week of 08:06:20264,142
Week of 15:06:20264,142
Week of 22:06:20264,142
Week of 29:06:20264,142
Week of 06:07:20264,347
Week of 13:07:20264,347
Week of 20:07:20264,347
Week of 27:07:20264,347
Week of 03:08:20264,347
Week of 10:08:20264,347
Week of 17:08:20265,305
Week of 24:08:20265,305
Week of 31:08:20265,356
Week of 07:09:20265,565
Week of 14:09:20265,496
Week of 21:09:20265,496
Week of 28:09:20265,496
Week of 05:10:20265,496
Week of 12:10:20265,358
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
May 20264,142
June 20264,142
July 20264,347
August 20265,305
September 20265,496
October 20265,358
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20265,358

So'nggi postlar

Cyber University logo
Cyber University

21-okt, 2026, 12:14

Photo1/2
❗️ Ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar uchun sun’iy intellekt infratuzilmasidan bepul yoki imtiyozli foydalanish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (581-son, 20.10.2026 y.) bilan Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar hamda hokimlarning raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan maslahatchilarining ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan bepul yoki imtiyozli foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

🔰 Qarorga ko‘ra, katta til modellari texnologiyasidan foydalanuvchi loyihalar uchun dasturiy interfeys orqali bepul ravishda 6 oygacha muddatda, bir kalendar oy davomida 10 million token hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashga ruxsat beriladi.

💰 Bir oyda 10 million tokendan ortiq foydalanilsa, qo‘shimcha 50 million tokengacha bo‘lgan hajm uchun to‘lovlar tariflarga muvofiq belgilanadi. Bunda tarif bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma taqdim etiladi, foydalanilmagan tokenlar keyingi oylarga o‘tkazilmaydi.

💻 Katta til modellari hisoblanmaydigan sun’iy intellekt modellarini o‘rgatish, sinovdan o‘tkazish, validatsiya qilish, baholash va inferens maqsadlarida 6 oygacha bo‘lgan muddatga jami 120 gigabaytdan ko‘p bo‘lmagan videoxotira hajmi foydalanuvchi arizasiga muvofiq ajratiladi.

🏆 Imtiyozli foydalanish huquqi uchun loyihalar tanlov orqali saralab olinadi. Tanlov bir yilda ikki marotaba (iyul va noyabr oylarida) o‘tkaziladi, arizalar 100 balli tizim bo‘yicha baholanadi.

⚖️ Tanlov natijalaridan norozi ishtirokchilar natijalar e’lon qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga elektron shaklda shikoyat berishga haqli. Shikoyat besh ish kunida ko‘rib chiqiladi.

❗️ Bir foydalanuvchiga bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq loyihani amalga oshirishga ruxsat berilmaydi. Foydalanuvchilar olingan ma’lumotlarni nizomda belgilangan maqsadlardan tashqari qayta ishlash, uchinchi shaxslarga berish, nusxalash, tarqatish yoki tijorat maqsadlarida foydalanishga haqli emas (qonunchilik hujjatlari yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
1,040004
Cyber University logo
Cyber University

21-okt, 2026, 10:54

Photo1/2
🇺🇿 Asrlar sadosi, kelajak ovozi — ona tilimiz!

Til — shunchaki so‘zlashuv vositasi emas. Unda ajdodlar tafakkuri, xalqning tarixiy xotirasi, millatning ruhiyati va avlodlarning orzu-intilishlari mujassam. Har bir so‘zida asrlar nafasi, har bir ohangida o‘zlikning betakror ifodasi yashaydi.

🔺 1499-yilda Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarida turkiy tilning beqiyos ifoda imkoniyatlarini, jumladan, yuzta fe’lning ma’no nozikliklari orqali ilmiy asoslab bergan edi. Oradan qariyb besh asr o‘tib, 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu tarixiy qaror milliy o‘zlikni anglash va mustaqillik sari intilish yo‘lidagi muhim burilishlardan biriga aylandi.

Bugun esa ona tilimiz oldida yangi ufqlar ochilmoqda. Bir zamonlar buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy va adabiy merosini dunyoga tanitgan tilimiz endilikda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va zamonaviy ilm-fan taraqqiyoti bilan hamnafas rivojlanishi zarur.

Zero, tilni asrash — uni faqat o‘tmish xotirasi sifatida qadrlash emas, balki kelajak tafakkurining ham qudratli ifoda vositasiga aylantirishdir.

🎉 Cyber University jamoasi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Ona tilimizning qadri yuksak, mavqeyi mustahkam, istiqboli hamisha porloq bo‘lsin!

Website │Telegram │ Instagram │ Facebook │Youtube │Linkedin
1,170009
Cyber University logo
Cyber University

20-okt, 2026, 19:20

Photo1/2
📕 “Til — bebaho meros”: Cyber Universityda ilm, ijod va texnologiya uyg‘unlashadi

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Cyber Universityda “Til — bebaho meros” ilmiy-ma’rifiy festivali bo‘lib o‘tadi.

🔺 Bu gal ona tilimizga bo‘lgan ehtirom an’anaviy tadbir doirasidan chiqib, interaktiv tajribalar, ijodiy bellashuvlar va zamonaviy texnologiyalar orqali o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi.

Festival doirasida ishtirokchilarni o‘nta mavzuli maydon kutmoqda. Xususan:
➡️ CyberSo‘z — o‘zbek tili va sun’iy intellekt uyg‘unligidagi interaktiv topshiriqlar;
➡️ Poetik makon va Navoiy ruhi — she’riyat, mumtoz adabiyot va ijodiy izlanishlar;
➡️ Til o‘yini — so‘z jangi — topqirlik, zukkolik va so‘z boyligini sinovdan o‘tkazuvchi bellashuvlar;
➡️ So‘zlar fenomeni va Tilning taqdiri — so‘zlarning kelib chiqishi, tilimiz tarixi va kelajagiga yangicha nigoh.

Shuningdek, festival dasturidan musiqiy chiqishlar, kitob taqdimoti, nutq madaniyatiga oid interaktiv mashg‘ulotlar hamda boshqa qiziqarli loyihalar o‘rin olgan.

Ishtirokchilarga maxsus “Til pasporti” taqdim etiladi. Festival yakunida esa faol qatnashchilar, “til elchilari” va eng yaxshi mavzuli maydonlar taqdirlanadi.

🗓 Sana: 21-oktabr, 2026-yil
⏳ Boshlanish vaqti: 15:30
📍 Manzil: Cyber University

⚡️ Til — shunchaki muloqot vositasi emas, balki millat tafakkuri, tarixi va kelajagini birlashtiruvchi bebaho merosdir.
Barcha talabalar va universitet jamoasini festivalda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

For reading in English
Для чтения на русском

Website │Telegram │ Instagram │ Facebook │Youtube │Linkedin
1,390001
Cyber University logo
Cyber University

20-okt, 2026, 18:57

Photo1/2
Huawei ICT Competition 2026–2027: xalqaro imkoniyatlar sari qadam!

Cyber Universityda Huawei ICT Competition 2026–2027 xalqaro musobaqasiga bag‘ishlangan Roadshow tadbiri bo‘lib o‘tadi.

Tadbir davomida Huawei vakillari talabalarni xalqaro musobaqada ishtirok etish imkoniyatlari, tanlov bosqichlari va ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan tanishtiradi. Shuningdek, Huawei ICT Academy doirasidagi ta’lim dasturlari, xalqaro sertifikatlar va IT sohasida kasbiy rivojlanish istiqbollari haqida ma’lumot beriladi.

Dasturdan o‘rin olgan:
➡️ Huawei mutaxassislari bilan uchrashuv va taqdimotlar;
➡️ Huawei ICT Academy ta’lim va sertifikatlash imkoniyatlari;
➡️ Huawei ICT Competition musobaqasida qatnashish tartibi;
➡️ Interaktiv viktorinalar, sovg‘alar va networking.

Tadbir tafsilotlari:
🗓 Sana: 23-oktabr, 2026-yil
⏳ Vaqt: 15:30–16:30
📍 Manzil: Cyber University, Faollar zali
Ro‘yxatdan o‘tish: SLMS tizimi orqali.

Xalqaro maydonda o‘z salohiyatini namoyon etish, yangi bilim va tajriba orttirish istagidagi barcha talabalarni Roadshow tadbirida ishtirok etishga taklif qilamiz!

Website │Telegram │ Instagram │ Facebook │Youtube │Linkedin
1,700002
Cyber University logo
Cyber University

20-okt, 2026, 17:17

Photo1/2
💠 Cyber University talabasi WAKO Jahon kubogining bronza medali sohibi!

Cyber University talabasi Sabina Raxmatullayeva xalqaro sport maydonida munosib natija qayd etib, kikboksing bo‘yicha Jahon kubogida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

🔺 13–18-oktabr kunlari Toshkent shahrida Butunjahon kikboksing tashkilotlari assotsiatsiyasi (WAKO) shafeligida o‘tkazilgan Uzbekistan Kickboxing World Cup 2026 musobaqasida 40 mamlakatdan 2734 nafar sportchi ishtirok etdi.

Nufuzli xalqaro turnirda Sabina Low Kick yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi 52 kg vazn toifasida kuchli raqiblar bilan bellashib, faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.

Cyber University jamoasi Sabinani ushbu yutug‘i bilan samimiy tabriklaydi!

Bu muvaffaqiyat uning qat’iyati, sportga bo‘lgan fidoyiligi va izchil mehnatining yorqin ifodasidir. Talabamizga kelgusi musobaqalarda yanada yuksak natijalar, xalqaro arenalarda yangi g‘alabalar tilaymiz!

For reading in English
Для чтения на русском

Website │Telegram │ Instagram │ Facebook │Youtube │Linkedin
1,1900038
Cyber University logo
Cyber University

20-okt, 2026, 16:59

“Devonu lug‘otit turk” asaridan www.gov.uz saytigacha

O‘zbek madaniyati va matbuotining “oltin fondi” – o‘zbek tilidagi ilk manbalar ro‘yxati bilan tanishtiramiz.
Videokontent sun’iy intellekt yordamida tayyorlandi.

Videoning sifatli variantini mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

Eslatma: Video kasbiy ta’lim tashkilotlari oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.

Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Video Thumbnail
1,110004
Cyber University logo
Cyber University

20-okt, 2026, 16:56

Video
💠 “Xavfsiz talaba”: xavfsiz ta’lim muhitini shakllantirishning yangi bosqichi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari ijrosi doirasida oliy ta’lim muassasalarida talabalar xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda.

🔺 Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamda boshqa mutasaddi idoralar hamkorligida amalga oshirilayotgan “Xavfsiz talaba” tashabbusi ta’lim muassasalarida xavfsizlikni ta’minlash, nazorat mexanizmlarini takomillashtirish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan.

🛡 Tashabbus doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda:
✅ Talabalar xavfsizligi — ularning hayoti, sog‘lig‘i, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
✅ Davomat nazorati — raqamli yechimlar orqali talabalar davomati monitoringini takomillashtirish;
✅ Huquqbuzarliklar profilaktikasi — salbiy holatlarning oldini olish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish;
✅ Jamoat tartibi — universitet hududida xavfsizlik va osoyishtalikni mustahkamlash;
✅Tezkor yordam mexanizmlari — xavfli vaziyatlarda o‘z vaqtida murojaat qilish va tegishli xizmatlar bilan aloqani ta’minlash.

✔️ Cyber Universityda ham talabalar xavfsizligini ta’minlash, sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bu borada xavfsizlik mexanizmlarini takomillashtirish, profilaktik yondashuvlarni kuchaytirish hamda talabalarning huquqiy ongi va shaxsiy mas’uliyatini oshirish muhim vazifalar sifatida belgilanmoqda.

“Xavfsiz hudud — xavfsiz talaba” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ushbu chora-tadbirlar har bir talaba uchun ishonchli, osoyishta va barqaror ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

For reading in English
Для чтения на русском

Website │Telegram │ Instagram │ Facebook │Youtube │Linkedin
1,170002
Cyber University logo
Cyber University

20-okt, 2026, 13:43

Photo1/2
💠 Cyber Universityda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish masalalariga bag‘ishlangan ochiq dars

23-oktabr kuni Cyber Universityda “Budjet va soliq vositalari asosida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish” mavzusida ochiq dars tashkil etiladi.

🔺 Mashg‘ulot davomida davlatning iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari, budjet-soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda fiskal vositalarning iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilinadi.

Ochiq dars haqida ma’lumot:
🪪 O‘qituvchi: Rasulbek Yusupov
👥 Guruh: ECO25-201
🗓 Sana: 23-oktabr, 2026-yil
⏳ Vaqt: 12:00
📍 Manzil: 401-xona

Universitetning professor-o‘qituvchilari va talabalari ochiq darsda ishtirok etishga taklif etiladi.

For reading in English
Для чтения на русском

Website │Telegram │ Instagram │ Facebook │Youtube │Linkedin
1,420008
Cyber University logo
Cyber University

20-okt, 2026, 01:41

Photo1/14
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi ikkinchi yig‘ilishining ochilishida imzolangan hujjatlarni almashish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
—
В ходе открытия второго заседания Американо-Узбекского делового и инвестиционного совета с участием Президента Шавката Миризиёева также состоялась церемония обмена подписанными документами.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1,560002
Cyber University logo
Cyber University

02-sen, 2026, 11:24

Photo
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishidagi https://president.uz/oz/lists/view/9567
—
https://president.uz/ru/lists/view/9567 Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств Шанхайской организации сотрудничества
—
https://president.uz/en/lists/view/9567 by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Meeting of the Council of Heads of State of the Shanghai Cooperation Organization

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
1,410003
Cyber University logo
Cyber University

02-sen, 2026, 11:24

Photo
🇺🇿 MUSTAQILLIK — MILLIY G‘URURIMIZ, BUYUK KELAJAGIMIZ POYDEVORI

Bugun xalqimiz tarixidagi eng ulug‘ va qadrli sana — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini yuksak faxr va g‘urur bilan qarshi olmoqdamiz.

Mustaqillik — bu xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi, milliy davlatchiligimizning mustahkam poydevori, bugungi tinch va farovon hayotimiz hamda ertangi buyuk maqsadlarimizning asosidir.

Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Ilm-fan, zamonaviy ta’lim, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar mamlakatimiz kelajagini belgilovchi strategik kuchga aylanmoqda. Bu yo‘lda bilimli, vatanparvar va yuksak mas’uliyatni his etadigan yosh avlod zimmasiga ulkan vazifa yuklatilgan.

Cyber University jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.

Vatanimiz tinch, xalqimiz farovon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin!

https://telegra.ph/INDEPENDENCE--OUR-NATIONAL-PRIDE-AND-THE-FOUNDATION-OF-A-GREAT-FUTURE-08-31
https://telegra.ph/NEZAVISIMOST--NASHA-NACIONALNAYA-GORDOST-I-OSNOVA-VELIKOGO-BUDUSHCHEGO-08-31

http://csu.uz/ │ │ http://instagram.com/csu.uz │ https://www.facebook.com/profile.php?id=61577521082631 │ http://youtube.com/@csu_uz │ https://www.linkedin.com/company/csu_uz/?viewAsMember=true
1,620007
Cyber University logo
Cyber University

02-sen, 2026, 11:24

Video
O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi sermahsul muzokaralar natijasida ikki tomonlama munosabatlar yangi sifat darajasi – keng qamrovli strategik sheriklik bosqichiga ko‘tariladi.
—
Состоявшиеся плодотворные переговоры на высшем уровне открывают качественно новый этап в отношениях между Узбекистаном и Индией – всеобъемлющее стратегическое партнерство.

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
2,040005
Cyber University logo
Cyber University

02-sen, 2026, 11:24

Photo
#CyberHygiene
💠 Yakkabog‘da kibergigiyena bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Cyber Universityning SWE25-103 guruhi 1-bosqich talabasi Qosimov Firdavs Davron o‘g‘li Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Qayrag‘och MFYda kibergigiyena bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazdi. Unda 25 nafar mahalla faoli ishtirok etdi.

🔺 Tadbir davomida internet firibgarligidan himoyalanish, shaxsiy ma’lumotlar va bank karta rekvizitlarini begona shaxslarga bermaslik, SMS tasdiqlash kodlarini oshkor qilmaslik hamda noma’lum qo‘ng‘iroq va xabarlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, phishing hujumlari, soxta havolalar va yolg‘on xabarlarni aniqlash usullari misollar orqali tushuntirildi. Ishtirokchilarning kiberfiribgarlikka oid savollariga ham javob berildi.

⚡️ Mazkur tadbir aholining kiberxavfsizlik bo‘yicha xabardorligini oshirish va xavfsiz raqamli odatlarni shakllantirishga xizmat qildi.

#CyberUniversity #CyberHygiene #Kibergigiyena #Kiberxavfsizlik

http://csu.uz/ │ │ http://instagram.com/csu.uz │ https://www.facebook.com/profile.php?id=61577521082631 │ http://youtube.com/@csu_uz │ https://www.linkedin.com/company/csu_uz/?viewAsMember=true
3,3200010
Cyber University logo
Cyber University

02-sen, 2026, 11:24

Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida https://president.uz/ru/lists/view/9540
—
Президент Шавкат Мирзиёев https://president.uz/ru/lists/view/9540 в церемонии поминовения жертв репрессий в мемориальном комплексе «Шахидлар хотираси».

#Mirziyoyev #marosim #shahidlar #xotira

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
3,390007
Cyber University logo
Cyber University

02-sen, 2026, 11:24

Photo
#CyberHygiene
Nurafshonda kibergigiyena bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Cyber University talabalari tomonidan aholining raqamli xavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirish va kundalik hayotda xavfsiz raqamli odatlarni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

🔺Universitetning SWE25-201 guruhi talabasi Abdumutalibjanova Farzonabonu Nurafshon shahridagi Nuroniylar maskanida kibergigiyena mavzusida seminar o‘tkazdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga internet firibgarligining keng tarqalgan usullarini aniqlash, shubhali havola va xabarlardan ehtiyot bo‘lish, kuchli parollardan foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda raqamli xizmatlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, zamonaviy kiberxavflarni o‘z vaqtida anglash, noma’lum manbalardan kelgan xabarlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish va shaxsiy ma’lumotlarni begona shaxslarga oshkor etmaslikning ahamiyati tushuntirildi.

⚡️ Mazkur uchrashuv ishtirokchilarning kiberxavfsizlik bo‘yicha xabardorligini oshirish va xavfsiz raqamli muhitni shakllantirishga xizmat qildi.

#CyberUniversity #CyberHygiene #Kibergigiyena #Kiberxavfsizlik

https://telegra.ph/Cyber-Hygiene-Awareness-Event-Held-in-Nurafshon-08-27
https://telegra.ph/V-Nurafshane-proshlo-prosvetitelskoe-meropriyatie-po-kibergigiene-08-27

http://csu.uz/ │ │ http://instagram.com/csu.uz │ https://www.facebook.com/profile.php?id=61577521082631 │ http://youtube.com/@csu_uz │ https://www.linkedin.com/company/csu_uz/?viewAsMember=true
3,0800016
Cyber University logo
Cyber University

02-sen, 2026, 11:24

Video
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
“Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish – har bir inson uchun katta baxt”.
—
Президент Шавкат Мирзиёев:
«В какой бы сфере и на какой бы должности ни трудился человек, заслуженное признание его труда — большое счастье».

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
2,540008
Cyber University logo
Cyber University

02-sen, 2026, 11:24

Video
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев торжественно вручил государственные награды в преддверии празднования Дня независимости.

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
2,4400010
Cyber University logo
Cyber University

02-sen, 2026, 11:24

Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash https://president.uz/oz/lists/view/9539 boʻlib oʻtdi.
—
С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась https://president.uz/ru/lists/view/9539 награждения группы соотечественников, удостоенных высоких государственных наград в связи с 35-летием независимости нашей страны.

#Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #taqdirlash

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
2,290005
Cyber University logo
Cyber University

19-may, 2026, 18:37

Photo
#CyberUniversity

⚖️ “LEX CYBERICA CHAMPIONSHIP” final bahslari o‘tkaziladi

Cyber University davlat universitetida yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “LEX CYBERICA CHAMPIONSHIP” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa davomida talabalar huquqiy tafakkur, qonunchilikni tahlil qilish, murakkab huquqiy vaziyatlarga yechim topish hamda mantiqiy fikrlash bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.

Bir necha bosqich davom etgan bellashuvlarning hal qiluvchi finalida quyidagi jamoalar ishtirok etadi:
➡️Departament
➡️Turkiston
➡️Legal Minds
🗓18-may | Dushanba
⏰Soat 15:00

Final uchrashuvlari murosasiz va qiziqarli bahslarga boy bo‘lishi kutilmoqda.

Barcha jamoalarga muvaffaqiyat tilaymiz!


🌐 http://csu.uz/ 🚀 📷 http://instagram.com/csu.uz 🔵 https://www.facebook.com/profile.php?id=61577521082631 🎬 http://youtube.com/@csu_uz 🎰 https://www.linkedin.com/company/csu_uz/?viewAsMember=true
1,5400018
Cyber University logo
Cyber University

19-may, 2026, 18:37

Video
🎮 https://gamefest.uz/

🎲 15–16-may kunlari Toshkent shahrida GameFest 2026 xalqaro festivali tashkil etiladi. Mazkur tadbir o‘yin industriyasi, animatsiya, kreativ texnologiyalar va raqamli kontent yo‘nalishidagi eng yirik platformalardan biri bo‘lib, dunyoning 40 dan ortiq davlatidan 10 mingdan ziyod mutaxassis, investor, nashriyot va o‘yin ishlab chiquvchilarini birlashtiradi.

🌎 Festival doirasida AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Xitoy, Kanada, Fransiya, Germaniya, Turkiya, BAA, Polsha, Italiya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlardan xalqaro ekspertlar ishtirok etadi.

📌 Festival dasturidan:
🔵 https://gamefest.uz/ — o‘yin industriyasidagi global trend va imkoniyatlarga bag‘ishlangan sessiyalar;
🔵 https://gamefest.uz/ — animatsiya va raqamli kontent bo‘yicha master-klasslar;
🔵 https://gamefest.uz/#game-jam — 48 soatlik xalqaro xakaton;
🔵 https://gamefest.uz/— startaplar uchun investitsiya sessiyasi;
🔵 https://gamefest.uz/#b2b-matching — investorlar va ishlab chiquvchilar o‘rtasidagi biznes uchrashuvlar;
🔵 https://gamefest.uz/#expo-exhibitor — mahalliy va xorijiy studiyalar loyihalari ko‘rgazmasi;
🔵 https://gamefest.uz/#cosplayer — kreativ chiqishlar va maxsus sovrinli tanlovlar;
🔵 https://gamefest.uz/— mashhur DJ va musiqachilar ishtirokidagi shou dastur.

Manzil: https://maps.app.goo.gl/cTpvaH7WcfriSjyT9?g_st=ic
📎 Tadbirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish: http://www.gamefest.uz/

✨ GameFest 2026 — O‘zbekistonning kreativ iqtisodiyot, GameDev va animatsiya sanoatini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiluvchi yirik platformadir.

🌐 http://csu.uz/ 🚀 📷 http://instagram.com/csu.uz 🔵 https://www.facebook.com/profile.php?id=61577521082631 🎬 http://youtube.com/@csu_uz 🎰 https://www.linkedin.com/company/csu_uz/?viewAsMember=true
1,750008
Cyber University logo
Cyber University

19-may, 2026, 18:37

Photo
Aziz do‘stlar! 💟

🔹 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Olmaliq shahridagi 19-sonli maxsus bog‘chada alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar tarbiyalanmoqda. Ular har kuni ko‘pchiligimiz tasavvur qila olmaydigan qiyinchiliklarni yengib o‘tadi — va shunga qaramay, hayotga tabassum bilan boqishadi.

🔺 Biz ushbu bolajonlar uchun 1-iyunni unutilmas bayramga aylantirishni istaymiz. Shu munosabat bilan sovg‘alar va zarur narsalar xarid qilish uchun xayriya yig‘imi e’lon qilinadi.

🔺 Har bir inson o‘z ixtiyori bilan ishtirok etishi mumkin — katta yoki kichik miqdorda bo‘lishidan qat’i nazar, sizning hissangiz bu bolalar uchun juda muhim.

💳 Xayriya uchun karta:
9860 1666 5482 4548 Abdunazarbek D

🌐 Telegram kanal:
https://t.me/CharityCSU

Qo‘shiling va bu xabarni tarqating — ezgu ishda ko‘proq insonlarning ovozi eshitilsin! 💟

Дорогие друзья! 💟

🗓
🔹 В честь 1 июня — Международного дня защиты детей — в специальном детском саду №19 города Алмалык воспитываются дети с особыми образовательными потребностями. Каждый день они преодолевают трудности, которые большинство из нас даже не может себе представить — и при этом продолжают смотреть на жизнь с улыбкой.

🔺 Мы хотим, чтобы 1 июня стал для этих детей настоящим и незабываемым праздником. В связи с этим объявляется благотворительный сбор средств на приобретение подарков и необходимых вещей.

🔺 Каждый может принять участие добровольно — независимо от суммы, ваш вклад имеет огромное значение для этих детей.

💳Карта для перевода:
9860 1666 5482 4548 Abdunazarbek D

🌐 Telegram-канал:
https://t.me/CharityCSU

Присоединяйтесь и распространяйте это сообщение — пусть как можно больше людей откликнется на это доброе дело! 💟

🌐 http://csu.uz/ 🚀 📷 http://instagram.com/csu.uz 🔵 https://www.facebook.com/profile.php?id=61577521082631 🎬 http://youtube.com/@csu_uz 🎰 https://www.linkedin.com/company/csu_uz/?viewAsMember=true
1,920007
Cyber University logo
Cyber University

19-may, 2026, 18:37

Photo
#Extracurricular_activity

📣 DIQQAT: SPORT SINOVLARIGA TAYYORMISIZ?

⚡️ Universitetimizda Jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazilmoqda. Sport zaliga keling va o‘z kuchingizni ko‘rsating!

Sinov turlari:
🏃‍♂️ Qisqa va uzoq masofaga yugurish;
🏃‍♂️ Turnikda tortilish (yoki tayanib turib qo‘lni bukib-yozish);
🏃‍♂️ Uzunlikka sakrash va egiluvchanlik mashqlari.

Musobaqada ishtirok etib quyidagi yutuqlarga erishishingiz mumkin:
⭐️ Maxsus ko'krak nishonlari va sport darajalari;
⌛ QR-kodli rasmiy sertifikat;
✔️ Harbiy xizmat va ishga kirishda qo'shimcha ustunlik.

Roʻyxatdan oʻtish uchun:
1. Saytga kiring 👉 http://my.sport.uz/
2. OneID orqali o‘z profilingizni faollashtiring.
3. Jismoniy tayyorgarlik darajangizni onlayn kuzatib boring.
Xatlovdan o‘tmagan talabalar sport sinovlari natijalarini rasmiylashtira olmaydilar!

📍 Joy: Universitet sport zali
🗓 Vaqt: Tez orada ma'lum qilinadi

📌 Vaqtni boy bermang, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

🌐 http://csu.uz/ 🚀 📷 http://instagram.com/csu.uz 🔵 https://www.facebook.com/profile.php?id=61577521082631 🎬 http://youtube.com/@csu_uz 🎰 https://www.linkedin.com/company/csu_uz/?viewAsMember=true
2,030005
Cyber University logo
Cyber University

19-may, 2026, 18:37

Photo
#CyberUniversity

📣 Universitetimiz jamoasi Respublika bosqichiga yo‘l oldi

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tashkil etilgan “Intellektual haftalik” tanlovining Toshkent viloyati hududiy saralash bosqichida universitetimiz jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.

✔️ Jamoamizning yuqori natijasi talabalarning bilim salohiyati, mantiqiy tafakkuri hamda intellektual salohiyati yuksak ekanini yana bir bor namoyon etdi. Ushbu muvaffaqiyat natijasida universitetimiz jamoasi tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

⚡️ Universitetimiz jamoasini ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda Respublika bosqichida ularga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!

🌐 http://csu.uz/ 🚀 📷 http://instagram.com/csu.uz 🔵 https://www.facebook.com/profile.php?id=61577521082631 🎬 http://youtube.com/@csu_uz 🎰 https://www.linkedin.com/company/csu_uz/?viewAsMember=true
2,7100046
Cyber University logo
Cyber University

19-may, 2026, 18:37

Photo
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

2026-yil 12-may kuni Angliyaning University of Portsmouth hamda Cyber University of Uzbekistan o‘rtasida navbatdagi onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv universitetlar o‘rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish hamda ilmiy-akademik hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlandi.

Uchrashuvda Cyber University tomonidan Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Alisher Abidjanov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Tuyg‘unjon Aglamov, Xalqaro loyihalar, grantlar va innovatsiyalar bo‘limi rahbari Janitha Amarasena, Chet tillari va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Dilshod Turdimuradov hamda kafedra dotsenti Shahnoza To‘xtayeva ishtirok etdilar.

Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida qator istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Jumladan: talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuv dasturlari; ilmiy tadqiqotlar va xalqaro grant loyihalarida hamkorlik qilish; yozgi maktablar va qisqa muddatli akademik kurslarni tashkil etish; ingliz tilidagi ta’lim dasturlarini rivojlantirish; raqamli texnologiyalar, kiberxavfsizlik va innovatsion ta’lim sohalarida tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida University of Portsmouth vakili o‘z universitetining xalqaro faoliyati, ilmiy salohiyati hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdilar.
Shuningdek, kelgusida o‘zaro anglashuv memorandumini (MoU) imzolash va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlar muhokama qilindi.

Mazkur onlayn uchrashuv Cyber University of Uzbekistanning xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan bo‘ldi.

🌐 http://csu.uz/ 🚀 📷 http://instagram.com/csu.uz 🔵 https://www.facebook.com/profile.php?id=61577521082631 🎬 http://youtube.com/@csu_uz 🎰 https://www.linkedin.com/company/csu_uz/?viewAsMember=true
1,7100013

Showing 30 of 34 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Cyber University Telegram kanali nima haqida?+

Cyber University (@cyberuni_uz) — tgdio da Kiberxavfsizlik toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 5 358 obunachi bor.

Cyber University (@cyberuni_uz) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @cyberuni_uz ga bepul obuna bo‘ling.

Cyber University yaxshi Kiberxavfsizlik kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Cyber University reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 5 358 obunachi bor. O‘xshash Kiberxavfsizlik kanallar bilan solishtiring.

Cyber University statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @cyberuni_uz sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.