1/2Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar.
Yillar davomida bahsga sabab bölgan masalaga nihoyat aniqlik kiritildi. Endi yozuvimizdagi noqulayliklar bartaraf etilib, tilimizning raqamli makondagi örni mustahkamlanadi.
Nima özgaradi?
Alifboga tözatilgan harflar kiritildi:
O’ → Ö · G’ → Ğ · Sh → Ş · Ch → Ç
Barça hujjatlarni almaştiriş şartmi? Yöq.
Amaldagi hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi. Darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç yangilanadi — xarajatlar eng kam darajada.
21-oktyabr — Özbek tili bayrami kunida qabul qilingan bu qonun ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoşlar savodxonligi va tilimiz mavqeyini yuksaltirişga xizmat qiladi.
Barçangizni Özbek tili bayrami bilan tabriklaymiz! 💙
🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt


![НАБОР В АДМ× 𝒀𝒖𝒓𝒊 𝑪𝒐𝒏𝒇𝒆𝒔𝒔𝒊𝒐𝒏 & 𝑫𝒂𝒊𝒍𝒚 ✿ [🔪💜] Telegram channel](https://cdn.tgdio.com/channels/2026/08/YuriDDLCConfession.webp)






