
14-oktabrda O‘RQ-1180-son qonun bilan Mehnat kodeksining 161-moddasiga yangi band qo‘shildi. Endi ta’lim muassasasi xodimi bolaga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlikka tortilsa, bu uni ishdan bo‘shatish uchun alohida asos.
Ilgari ham bo‘shatish mumkin edi, lekin aylanma yo‘l bilan: maktab direktori buni “mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol buzish” deb rasmiylashtirardi, buning uchun esa ichki tartib qoidalarida shunday band bo‘lishi kerak edi. Ko‘p maktabda bunaqa qoida bo‘lmagan va natijada odam ishda qolavergan. Endi asos to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonunda.
❗️Lekin bitta narsani ota-onalar ham, direktorlar ham bilib qo‘yishi kerak. 161-modda bo‘yicha bo‘shatish eng nozik bo‘shatish turi. Buyruq noto‘g‘ri rasmiylashtirilsa, kasaba uyushmasi fikri olinmasa, odam kasallik varaqasida yoki ta’tilda bo‘shatilsa, sud uni aybdor bo‘lsa ham ishga tiklab qo‘yadi. Bolaga qo‘l ko‘targan odam tartib buzilgani uchun sinfga qaytib kelsa, bu bola uchun ham, maktab uchun ham ikkinchi zarba. Shuning uchun bunday ishlarda har bir qadam hujjat bilan bo‘lishi shart.
@dinamik_96









