Dinamik Telegram channel photo

Dinamik

@dinamik_96Public Channel

Kanal faqat oʻqish boʻyicha maʼlumotlarga ixtisoslashtirilgan! Kanalni qoʻllab quvvatlash uchun - 9860010130903189 Savol va reklama uchun - @murojaat_59

2.1k

Last views

7k (6,966 subscribers)
A'zolar
—
Rating
90
Total Posts
Oct 22, 2026, 6:52 AM
Yangilangan
Apr 6, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameDinamik
Username@dinamik_96
CategoryVirusli videolar
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar6,966
Channel TypePublic Channel
Created6-apr, 2026
Last Updated22-okt, 2026 • 23 soat oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#119809-70356
Til reytingi
#825-384
Toifa reytingi
#7815-4726

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 7.0K30 Days growth: +881.3%
09/2309/2810/0310/0810/1310/1810/22
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
23:09:20266,878
24:09:20266,878
25:09:20266,878
26:09:20266,878
27:09:20266,878
28:09:20266,878
29:09:20266,878
30:09:20266,878
01:10:20266,878
02:10:20266,878
03:10:20266,878
04:10:20266,878
05:10:20266,878
06:10:20266,878
07:10:20266,878
08:10:20266,878
09:10:20266,878
10:10:20266,878
11:10:20266,878
12:10:20266,878
13:10:20266,878
14:10:20267,009
15:10:20267,009
16:10:20267,009
17:10:20267,009
18:10:20267,009
19:10:20267,009
20:10:20267,009
21:10:20267,009
22:10:20266,966
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 30:03:20264,506
Week of 06:04:20264,532
Week of 13:04:20264,532
Week of 20:04:20264,532
Week of 27:04:20264,703
Week of 04:05:20264,703
Week of 11:05:20264,844
Week of 18:05:20264,844
Week of 25:05:20264,844
Week of 01:06:20265,011
Week of 08:06:20265,011
Week of 15:06:20265,011
Week of 22:06:20265,011
Week of 29:06:20265,304
Week of 06:07:20265,304
Week of 13:07:20265,304
Week of 20:07:20265,410
Week of 27:07:20265,410
Week of 03:08:20265,535
Week of 10:08:20265,535
Week of 17:08:20266,049
Week of 24:08:20266,284
Week of 31:08:20266,284
Week of 07:09:20266,600
Week of 14:09:20266,878
Week of 21:09:20266,878
Week of 28:09:20266,878
Week of 05:10:20266,878
Week of 12:10:20267,009
Week of 19:10:20266,966
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20264,703
May 20264,844
June 20265,304
July 20265,410
August 20266,284
September 20266,878
October 20266,966
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20266,966

So'nggi postlar

Dinamik logo
Dinamik

18-okt, 2026, 20:14

Video
❗️Bolaga qo‘l ko‘targan o‘qituvchi endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishdan ketadi.

14-oktabrda O‘RQ-1180-son qonun bilan Mehnat kodeksining 161-moddasiga yangi band qo‘shildi. Endi ta’lim muassasasi xodimi bolaga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlikka tortilsa, bu uni ishdan bo‘shatish uchun alohida asos.

Ilgari ham bo‘shatish mumkin edi, lekin aylanma yo‘l bilan: maktab direktori buni “mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol buzish” deb rasmiylashtirardi, buning uchun esa ichki tartib qoidalarida shunday band bo‘lishi kerak edi. Ko‘p maktabda bunaqa qoida bo‘lmagan va natijada odam ishda qolavergan. Endi asos to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonunda.

❗️Lekin bitta narsani ota-onalar ham, direktorlar ham bilib qo‘yishi kerak. 161-modda bo‘yicha bo‘shatish eng nozik bo‘shatish turi. Buyruq noto‘g‘ri rasmiylashtirilsa, kasaba uyushmasi fikri olinmasa, odam kasallik varaqasida yoki ta’tilda bo‘shatilsa, sud uni aybdor bo‘lsa ham ishga tiklab qo‘yadi. Bolaga qo‘l ko‘targan odam tartib buzilgani uchun sinfga qaytib kelsa, bu bola uchun ham, maktab uchun ham ikkinchi zarba. Shuning uchun bunday ishlarda har bir qadam hujjat bilan bo‘lishi shart.

@dinamik_96
2,0900022
Dinamik logo
Dinamik

18-okt, 2026, 13:33

❗️Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Vazirlik amaldagi tartibga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 2026-yil 4-noyabrdan boshlanishi va 9-noyabrga qadar davom etishini e’lon qildi.

O‘quvchilar II chorak dars mashg‘ulotlariga 2026-yil 10-noyabrdan qaytadi.

@dinamik_96
2,7400013
Dinamik logo
Dinamik

18-okt, 2026, 11:04

Photo1/2
⚡️Pedagoglarning farzandlariga beriladigan 30% chegirma bo‘yicha yuborilgan arizalar tasdiqlandi

Endilikda kontrakt.edu.uz tizimidan to‘lov-kontrakt shartnomangizni qayta yuklab olishingiz va shartnomaga chegirma bo‘yicha kerakli bandlar qo‘shilganini tekshirishingiz mumkin.

❗️Ko‘pchilikda “Nima uchun shartnoma summasi o‘zgarmadi?” degan savol tug‘ilishi mumkin.

Shartnoma summasi o‘zgarmaydi. Ammo sizdan shartnoma summasining 30 foizini to‘lash talab etilmaydi. Ya’ni, 30% chegirma summasi sizning to‘lov majburiyatingizdan chegirib tashlanadi.

Shartnomangizni qayta yuklab oling va chegirma bo‘yicha 2.4 bandlar kiritilganini tekshiring.

@dinamik_96
3,530003
Dinamik logo
Dinamik

17-okt, 2026, 18:31

Photo1/2
#statistika

⚡️O‘zbekistonda eng ko‘p talabalar 19 yoshda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1,5 million nafarni tashkil etgan.

❗️Talabalarning yosh bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

17 yosh va undan kichiklar - 37 074 nafar;

18 yosh - 200 578 nafar;

19 yosh - 220 598 nafar;

20 yosh - 207 146 nafar;

21 yosh - 179 230 nafar;

22 yosh - 116 890 nafar;

23 yosh - 81 400 nafar;

24 yosh - 60 409 nafar;

25 yosh - 49 377 nafar;

26-29 yosh - 136 855 nafar;

30-34 yosh - 122 742 nafar;

35-39 yosh - 69 224 nafar;

40 yosh va undan kattalar - 53 483 nafar.

@dinamik_96
3,1500033
Dinamik logo
Dinamik

17-okt, 2026, 11:44

Video
❗️Milliy sertifikat imtihonlari uchun qabul jarayonlari yakunlandi

2026-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida qatnashish uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish jarayoni nihoyasiga yetdi.

• Jami kelib tushgan arizalar: 213 414 ta.
• my.gov.uz portali orqali: 45 596 ta.
• MyGov ilovasi orqali: 167 818 ta.

@dinamik_96
3,0200013
Dinamik logo
Dinamik

16-okt, 2026, 16:40

Video
⚡️Biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlaridan noyabr oyida o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlar hududlar kesimidagi o‘tirish o‘rinlari sonidan kelib chiqqan holda my.gov.uz sayti orqali quyidagi sanalar uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:

• 21-noyabr — biologiya;
• 22-noyabr — kimyo;
• 24-noyabr — fizika (elektron shaklda);
• 28-29-noyabr — matematika.

❗️Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun to‘lovni ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida amalga oshirishlari lozim.

Misol uchun, 16-oktabr kuni soat 10:25 da ro‘yxatdan o‘tgan talabgor 17-oktabr kuni soat 10:24 ga qadar to‘lovni amalga oshirishi mumkin.

Ushbu vaqt ichida to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarning arizasi bekor qilinadi va ushbu joy uchun boshqa talabgorlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

@dinamik_96
3,370008
Dinamik logo
Dinamik

16-okt, 2026, 12:00

Video
#rasmiy_xabar

❗️Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyozga ariza berishni ham unutmang

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi.

Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim.

Pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz

❗️2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish tartibi joriy etilgan.

Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborish kerak.

@dinamik_96
4,200008
Dinamik logo
Dinamik

16-okt, 2026, 09:00

Photo1/2
⚡️Xushnud Xudoyberdiyev Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari edi.

@dinamik_96
3,56000161
Dinamik logo
Dinamik

15-okt, 2026, 21:01

Photo1/2
⚡️Rus tili kursi — 0 dan erkin suhbatgacha

Kurs haqida:

• Davomiyligi 3 oyb
• Haftasiga 3 kun;
• Online va offline;
• 0 dan boshlamoqchi bo'lganlar va tushunchasi bor bo'lganlar uchun alohida guruhlar.

Darslarda:

• So'zlashuv (Разговор)
• Filmlar orqali o'rganish
• Grammatika
• Talaffuz va yangi so‘zlar (aksent ustida ishlash)

O‘qituvchi:

• 5 yillik tajriba;
• 500+ o‘quvchi;
• Oxirgi 2 yil — aynan sozlashuv yo‘nalishida professional faoliyat.

Murojaat uchun: @lazizvnaa

@dinamik_96
3,4500010
Dinamik logo
Dinamik

15-okt, 2026, 09:00

Photo1/6
#kontrakt_subsidya

⚡️Pedagoglar farzandlari uchun 30 foizlik kontrakt chegirmasiga ariza berish boshlandi

Pedagoglarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish bo‘yicha ariza topshirish imkoniyati kontrakt.edu.uz platformasida mavjud.

❓Kimlar ushbu imtiyozdan foydalanishi mumkin?

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma olishlari mumkin.

❗️Muhim ma’lumotlar:
• Chegirma to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini tashkil etadi.
• Ariza kontrakt.edu.uz platformasi orqali yuboriladi.
• Arizalar 2 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
• Pedagogning bir nechta farzandi davlat OTMlarida tahsil olayotgan bo‘lsa, chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llaniladi.
• Imtiyoz har bir o‘quv yili uchun bir marta beriladi.

❓Kimlarga tatbiq etilmaydi?

Ushbu chegirma nodavlat OTMlar, xorijiy OTMlar va ularning filiallari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari, qo‘shimcha hamda tabaqalashtirilgan kontrakt asosida, shuningdek, xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari va fakultetlarida tahsil olayotganlarga tatbiq etilmaydi.

❗️Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-son qarori.

@dinamik_96
7,1900010
Dinamik logo
Dinamik

14-okt, 2026, 21:09

Video
#SavolJavob

❓Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba asosiy ish joyida to‘liq 1 stavkada ishlashi mumkinmi? Amaldagi mehnat qonunchiligida talabaning kunduzgi ta’limda o‘qishi va bir vaqtning o‘zida to‘liq stavkada mehnat faoliyatini amalga oshirishiga nisbatan qandaydir cheklovlar mavjudmi?

❗️Ushbu savolga ekspert, Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi, advokat Muhammadamin Karimjonov javob beradi.

@dinamik_96
3,9500010
Dinamik logo
Dinamik

14-okt, 2026, 13:02

Video
⚡️Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar saralash jarayoni davom etmoqda

Iqtidorli, tashabbuskor va faol talaba-qizlar uchun yana bir imkoniyat!

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan, so‘nggi uch yil davomida xalqaro yoki respublika miqyosida yuqori natijalarga erishgan xotin-qizlar nomzod sifatida qatnashishi mumkin.

❗️Nomzodlar ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, jamoatchilik faoliyati va tibbiyot bo‘yicha 9 ta yo‘nalishda saralanadi.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi talabgorlar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, hujjatlarini doimiy yashash joyidagi tuman yoki shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limlariga taqdim etishlari lozim.

• Tanlov tartibi va batafsil ma’lumot;
• Onlayn ro‘yxatdan o‘tish.

@dinamik_96
3,850004
Dinamik logo
Dinamik

14-okt, 2026, 11:23

❗️Telegram profilingizni firibgarlardan himoya qilish uchun 5 muhim maslahat

Bugungi kunda firibgarlar ko‘pincha Telegram orqali odamlarning akkauntini o‘g‘irlashga harakat qiladi. Profilingizni himoya qilish uchun quyidagi oddiy, lekin juda muhim qoidalarga amal qiling:

1. Ikki bosqichli himoyani yoqing (Two-Step Verification). Sozlamalarda qo‘shimcha parol qo‘ying. Shunda kimdir tasdiqlash kodini bilib qolsa ham akkauntingizga kira olmaydi.

2. Notanish link va fayllarni ochmang. Sovg‘a, aksiya yoki pul ishlash haqida kelgan shubhali linklar ko‘pincha firibgarlik bo‘ladi, shuningdek, shubhali QR-kodlarni skaner qilmang.

3. Tasdiqlash kodini hech kimga bermang. Telegram yuborgan login kodni hech kimga aytmang. Hatto o‘zini “admin” yoki “texnik yordam” deb tanishtirgan bo‘lsa ham.

4. Maxfiylik sozlamalarini to‘g‘rilang. Phone Number, Last Seen va Profile Photo kabi ma’lumotlarni faqat kontaktlar yoki hech kim ko‘rmaydigan qilib qo‘ying.

5. Faol seanslarni tekshirib turing
Settings → Devices bo‘limida akkauntingiz qaysi qurilmalarda ochilganini ko‘rishingiz mumkin.

❗️ Nega faol seanslarni tekshirib turish kerak? Agar firibgar siz sezmagan holda yangi qurilmadan akkauntingizga kirib olsa, u sizning nomingizdan yozishishi, kontaktlaringizdan pul so‘rashi yoki turli firibgarliklar qilishi mumkin. Ba’zi holatlarda esa yangi qurilmadan 24 soatdan keyin profilingizni o‘chirib yuborishlari ham mumkin. Shuning uchun faol seanslarni doim tekshirib turish va notanish qurilmalarni darhol o‘chirib tashlash juda muhim.

@dinamik_96
4,2800010
Dinamik logo
Dinamik

13-okt, 2026, 22:21

Photo1/10
❓Hemis login va parolni tiklash qanday amalga oshiriladi?

Hemis login talaba oʻqishni biturguncha oʻzgarmaydi. Login bu dekanat yoki ofis xodimlari bergan 327 bilan boshlanadigan 12 talik raqam hisoblanadi. Yangi hemisga kirgan talaba uchun parol passport ID hisoblanadi (masalan: AD4332120).

❓Endi parol esdan chiqib qolsa qay tartibda tiklash mumkin?

Parolni bekor qilish funksiyasi hozirgi kunda faqat talaba profilida. Talaba link orqali oʻz profil oynasiga oʻtadi (1-rasm), undan soʻng oʻng tomon yuqori uch nuqtani bosadi(2-rasm), soʻng parolni bekor qilish boʻlimini tanlaydi(3-rasm), hamda talaba oʻz loginini kiritib davom etish tugmasini bosadi(4-rasm). Undan soʻng talaba telefon raqamiga sms keladi va uni kiritadi(5-rasm). Eng oxirgi jarayonda talaba oʻz hemisi uchun yangi parol oʻrnatadi. Yangi parol eng kamida 12 ta belgi yoki raqamlardan iborat boʻlishi kerak.

Izoh: telefon raqamga SMS kelishi uchun raqam faol hisobida pul boʻlishi lozim.

❗️Eslatma: talabaga SMS borgan raqam oʻzgargan boʻlsa, oʻsha raqamni almashtirish uchun registrator ofisi xodimlariga yoki dekanatga uchrashishi lozim.

❗️Sharqshunoslik universiteti talabalari uchun hemisga kirish quyidagi link orqali amalga oshiriladi - https://student.tsuos.uz/dashboard/login

@dinamik_96
5,180004
Dinamik logo
Dinamik

08-sen, 2026, 14:41

❗️Toshkent davlat transport universiteti 2026/2027 oʻquv yili dars va tanaffus vaqtlari

• 1-smena:
1-para 8:00-9:20 (10 daqiqa tanaffus)
2-para 9:30-10:50 (10 daqiqa tanaffus)
3-para 11:00-12:20 (40 daqiqa tanaffus)

• 2-smena:
1-para 13:00-14:20 (10 daqiqa tanaffus)
2-para 14:30-15:50 (10 daqiqa tanaffus)
3-para 16:00-17:20 (10 daqiqa tanaffus)

• Kechki smena:
1-para 17:30-18:50 (10 daqiqa tanaffus)
2-para 19:00-20:20
3,5500015
Dinamik logo
Dinamik

08-sen, 2026, 14:41

#SavolJavob

⚡️Ta’lim krediti: foiz, kafillik va ariza https://gov.uz/oz/edu/news/view/214742

❓Ta’lim kreditining foiz stavkasi qancha?
Yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida.
Qizlar uchun — foizsiz ta’lim krediti.

❗️Hozirda Markaziy bankning asosiy stavkasi 14 foizni tashkil etadi.

❓Markaziy bankning asosiy stavkasi o‘zgarsa, kredit foizi ham o‘zgaradimi?
- Asosiy stavka pasaysa, ta’lim krediti foizi ham pasayadi.
- Asosiy stavka oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi oshirilmaydi.

❓Ta’lim krediti qachondan qaytariladi?
- Asosiy qarzni qaytarish o‘qish muddati tugaganidan keyingi yettinchi oydan boshlab, 7 yil davomida amalga oshiriladi.

❓Kafillik talab etiladimi?
- Kredit qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha kafilning tegishli hujjatlari talab qilinadi.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.

❓Ta’lim krediti olish uchun qanday hujjatlar kerak?
- ariza;
- talaba va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt shartnomasi;
- kredit qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha hujjatlar;
- zarur hollarda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganlikni tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
- bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlar.

❓Ariza qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?
- Ariza 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

❓Ta’lim krediti uchun qayerdan ariza berish mumkin?
- Arizani onlayn tarzda:
1) Ta’lim krediti axborot tizimi orqali yoki
2) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborish mumkin.
4,3000013
Dinamik logo
Dinamik

08-sen, 2026, 14:41

⚡️O‘zbekistonliklar 8 sentabrga qadar barcha muzeylarga bepul kiradi

2 sentabrdan 8 sentabrga qadar davom etadigan Muzeylar haftaligi doirasida o‘zbekistonliklar uchun Madaniy meros agentligi tizimidagi davlat muzeylari, muzey-qo‘riqxonalar hamda uy-muzeylariga kirish https://kun.uz/kr/01360043
Bepul kirish imkoniyati bo‘lgan muzeylar soni 114 tani tashkil etadi.
3,7800049
Dinamik logo
Dinamik

08-sen, 2026, 14:41

❗️Ijara toʻlovi boʻyicha batafsil (2-qism)



Ijara toʻlovi davlat universitetlarida 1-kursga qabul qilinganlar uchun ijara shartnomasiz ham ikki oy pulni toʻlab beradi(sentyabr, oktyabr).

Buning uchun 1-kurs talaba http://kontrakt.edu.uz/ saytidan online ariza tashlashi kerak boʻladi. Agar ariza tashlashni imkoni boʻlmayotgan boʻlsa oʻz fakultet xodimlariga(dekan oʻrinbosari yoki tyutor) murojaat qilishi kerak.

Ijara shartnomaga online ariza berish uchun har oyning 1-7-sanasiga http://kontrakt.edu.uz/ sayti ochiladi.

Har oyning 7-sanasi soat 23:59 dan keyin sayt yopiladi.

Agar sentyabr oyida ariza tashlay olmasa, oktyabrda tashlaydi, oktyabr tashlay olmasa noyabr ariza tashlasa boʻladi. Qaysi oydan ariza bersangiz oʻsha oydan pulni olib boshlaysiz.

Bir marta ariza tashlasa boʻldi shu bilan ketma-ket ijara pulini olib boshlaysiz(albatta asosingiz boʻlsa).

❗️Agar ijara shartnomangiz bekor boʻlsa yoki universitet ichki tartib qoidalarni buzsangiz arizangiz bekor boʻladi va oʻsha oydan ijara pulini toʻlash uziladi.

Hozir hech qanday shartnomasiz 1-kurslar online ariza bersa va haqiqatdan ham ijarada tursa ikki oylik ijara puli beriladi.

Noyabr oyidan 1-kurslar yana qaytadan ariza topshiradimi?

Ha qaytadan ariza topshirasiz. Unda ijara shartnoma tuzgan boʻlishingiz shart. Aks holda ariza topshira olmaysiz.

Ijara shartnoma tuzgan boʻlsa talaba va ariza bergan boʻlsa bemalol har oy ijara pulini oladimi?

Yoʻq. Buni ham tartib qoidalari bor. Qaysidir asosga tushishi kerak boʻladi. Bu haqida batafsil -

Online ariza berish boʻyicha yoʻriqnoma -

Eslatma: Ijara shartnoma tuzganni oʻzi kifoya emas. Bu haqida tushunmagan maʼlumotlaringiz boʻlsa fakultetingiz ma'naviy-marifiy ishlar boʻyicha direktor(dekan) oʻrinbosari va tyutoringizga murojaat qilsangiz boʻladi!
4,7200011
Dinamik logo
Dinamik

08-sen, 2026, 14:41

#kontrakt
#sharqshunoslik

⚡️2026-2027-oʻquv yili uchun kontrakt-shartnoma olish boshlandi. Arizalar http://kontrakt.edu.uz/ saytidan beriladi. Shartnoma bir necha ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Shartnomani yuklab olib oʻzingiz xohlagan usulda toʻlov qilishingiz mumkin. Oddiy talaba eng kamida shartnomada koʻrsatilgan summaning 25 foizini, super-kontraktga toʻlov qilmoqchi boʻlgan talaba eng kamida 50 foizini toʻlov qilishi kerak.

❗️Tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan quyidagi muddatlar belgilangan:

25% — 1-oktabrga qadar;
50% — 31-dekabrga qadar;
75% — 1-martga qadar;
100% — 1-mayga qadar.

Online toʻlash boʻyicha yoʻriqnoma -
4,6700012
Dinamik logo
Dinamik

08-sen, 2026, 14:41

Video
#super_kontrakt

⚡️2026/2027-o‘quv yili qabuli bo‘yicha kirish imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan, biroq qo‘shimcha ravishda talaba bo‘lish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tomonidan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super kontrakt) miqdorlari tasdiqlandi.

✔️Super kontrakt asosida o‘qishga to‘plagan bali 56,7 balldan kam bo‘lmagan va belgilangan qabul chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar qo‘shimcha ravishda qabul qilinishi mumkin.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi https://lex.uz/uz/docs/-7726569#:~:text=74.Kirishimtihonlari,kirishhuquqiberiladi.ga muvofiq to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

• 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
• 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
• 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;
• 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.
3,840006
Dinamik logo
Dinamik

08-sen, 2026, 14:41

Photo
#magistratura
#sharqshunoslik

⚡️Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga 2026-2027-oʻquv yilida 1-kurs magistraturaga qabul qilingan talabalar yuqorida keltirilgan hujjatlarni 16.09.2026 sanasiga qadar magistratura boʻlimiga topshirishingiz soʻraladi.

❗️1-kursga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya qilingan xotin-qizlar diqqatiga!

To‘lov uchun qachondan ariza yozish mumkinligi haqida alohida xabar beriladi
5,0100010
Dinamik logo
Dinamik

08-sen, 2026, 14:41

Photo
#super_kontrakt
#sharqshunoslik

❗️Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2026-2027 o'quv yili super kontrakt narxlari.
4,2300018
Dinamik logo
Dinamik

08-sen, 2026, 14:41

Video
#grant_kontrakt
#sharqshunoslik

❗️Bakalavr 2 va 3-kurs hamda magistratura 2-kurs talabalari uchun 2026-2027 oʻquv yili uchun grand-kontrakt natijalari eʼlon qilindi. Natijalarni my.hemisning grant arizalar boʻlimida ertaga koʻrinadi.

Tez orada hemisda ham grand va kontrakt qismi oʻzgaradi.
4,72000101
Dinamik logo
Dinamik

08-sen, 2026, 14:41

Photo
#kontrakt
#sharqshunoslik

❗️Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti 2026-2027 oʻquv yili kontrakt - shartnoma miqdorlari tasdiqlandi.
7,1100048
Dinamik logo
Dinamik

24-avg, 2026, 17:00

#perevod

❗️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha natijalari e’lon qilindi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2026-yil 19-20 avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

• Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini http://my.uzbmb.uz/ saytidagi " https://my.uzbmb.uz/allow/transfer-study-answer“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

Izoh: Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.

Bilimni baholash agentligi tomonidan mandat ham eʼlon qilinadi. Endi barcha talabgorlar mandat natijasini kutib turishi kerak. Hozircha faqat ballar eʼlon qilinmoqda. Universitetga borish yoki aloqaga chiqishga hali erta.
3,840006
Dinamik logo
Dinamik

24-avg, 2026, 17:00

#student

⚡️Yotoqxona qaysi kurs talabalariga ko'proq ajratiladi?

Talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi.

1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
3,6100012
Dinamik logo
Dinamik

24-avg, 2026, 17:00

#perevod

❗️O‘qishni ko‘chirish (perevod) javoblari qachon e’lon qilinadi?

O‘qishni ko‘chirish yuzasidan o‘tkazilgan imtihonning yakuniy javoblari ertaga, 22-avgust kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun: 19-20-avgust kunlari nodavlat hamda xorijiy oliygohlardan O‘zbekistondagi davlat oliygohlariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida 35 ming 464 nafar talaba ishtirok etdi.
3,9100026
Dinamik logo
Dinamik

24-avg, 2026, 17:00

#talaba

⚡️Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga 2026-2027-o‘quv yilida 1-kursga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar:

1. Rektor nomiga ariza (OTMda yoziladi);
2. Pasport yoki ID-karta nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud bo‘lsa) asl nusxasi;
5. 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona fotosurat;
6. Imtiyoz asosida qabul qilinganlar uchun imtiyozni tasdiqlovchi hujjatning asli;
7. Abituriyent qayd varaqasi;
8. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka-skorosshivatel);
9. A5 formatdagi xatjild (konvert).

❗Eslatma: Hujjatlarning barchasi rangli printerda chiqarilgan bo‘lishi https://t.me/tsuullOfficial.
3,4400013
Dinamik logo
Dinamik

24-avg, 2026, 17:00

Photo
#foydali

⚡️Toshkent metro xaritasi

Universitetlarda 1-kurslar uchun oʻquv jarayonlari boshlanadi. Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida bir nechta universitetlarda qaysi metro bekatlari yaqin ekanligi eslatib oʻtamiz:

• Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti - Mingo'rik metro bekati (Oybek metrodan ham 5 minutlik yo'l);

• Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti - Chilonzor metro bekati (avtobusda boriladi qolganiga);

• Oʻzbekiston milliy universiteti - Beruniy metro bekati ;

• Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti - xalqlar doʻstligi metro bekati(qolganiga avtobusda boriladi);

• Toshkent farmatsevtika instituti - Oybek metro bekati;

• Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti - buyuk ipak yoʻli metro bekati;

• Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti - Minor metro bekati(qolganiga piyoda boriladi);

• "Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti - Hamid Olimjon metro bekati(qolganiga piyoda boriladi);

• Toshkent davlat yuridik universiteti - Amir Temur hiyoboni metro bekati;

• Toshkent tibbiyot akademiyasi - Beruniy metro bekati(qolganiga avtobus yoki taksida boriladi);

• Toshkent axborot texnologiyalari - Bodomzor metro bekati(qolganiga piyoda boriladi).

Izoh: bu yerda universitet/institutlarning asosiy binolari nazarda tutilgan. Mobodo filiallari yoki boshqa fakultet oʻqiydigan binolari boʻlsa universitet rahbariyatidan qayerda joylashgani boʻyicha maʼlumot olasiz!
4,2900048
Dinamik logo
Dinamik

24-avg, 2026, 17:00

#grant_kontrakt

⚡️Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining grant taqsimoti bo‘yicha yakuniy natijalari e’lon qilindi!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari asosida ta’lim grantlarini qayta taqsimlash jarayoni yakunlandi.

Ta’lim grantiga talabgorlarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi, ijtimoiy faolligi hamda maxsus komissiya tomonidan belgilangan mezonlar asosida aniqlangan yakuniy https://t.me/uzjmcu.

✔️ Talabalar ta’lim granti bo‘yicha o‘zlarining yakuniy natijalari bilan Universitetning rasmiy veb-sayti https://uzjoku.uz/uz/grant-taqsimoti orqali tanishishlari mumkin:

❗Shuningdek, Ijtimoiy faollik bo‘yicha apellyatsiya jarayoni belgilangan muddatda yakunlanganini ma’lum qilamiz.
3,5000010

Showing 30 of 90 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Dinamik Telegram kanali nima haqida?+

Dinamik (@dinamik_96) — tgdio da Virusli videolar toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 6 966 obunachi bor.

Dinamik (@dinamik_96) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @dinamik_96 ga bepul obuna bo‘ling.

Dinamik yaxshi Virusli videolar kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Dinamik reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 6 966 obunachi bor. O‘xshash Virusli videolar kanallar bilan solishtiring.

Dinamik statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @dinamik_96 sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.