⚡️Oʻqishni koʻchirish imtihonlaridan oʻtgan talabalar diqqatiga!
Agar test sinovlarida belgilangan talabni bajargan va yetarli ball to‘plagan bo‘lsangiz, endi siz quyidagilarni bosqichma-bosqich bajaring:
1⃣ Oʻqishingizni koʻchirgan oliygohga qoʻngʻiroq qiling va qachon borishingiz mumkinligini soʻrang;
2⃣ Oliygoh rasmiylari aytgan sanada pasport, transkript hamda titul varagʻingiz bilan boring.
3⃣ U yerda sizning fanlar farqingiz hisoblab beriladi va 1-kurs 1-semestrdan qarzdorligingiz bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Agarda fanlar farqi haqida ma'lumot berishmasa, rasmiylardan fanlar-farqini hisoblab berishlarini soʻrang.
4⃣ Agarda kursingiz pastlasa va shu sababli oʻqishni koʻchirishni istamasangiz bu haqida ularga ayting hamda hozirgi oʻqish joyingizda darslarga qatnashishda davom eting. (Kursi pasaysa, oʻqishini koʻchirishni istamaganlar uchun)
5⃣ Shundan so‘ng oʻqishingiz koʻchirayotgan oliygohingiz hozirgi ta’lim olayotgan OTMingizga “Sizning falonchi talabangizning oʻqishi bizga koʻchirishga tavsiya etilibdi, uning mana bu hujjatlarini bizga yuboring” degan mazmunda kerakli hujjatlar roʻyxati koʻrsatilgan aloqa xati yuboriladi.
6⃣ Keyin siz oʻqiyotgan oliygohingizga borib, talabalar safidan chetlashtirish toʻgʻrisida ariza yozasiz va sizga bir necha kun ichida kerakli hujjatlar asl nusxalari taqdim etiladi. (Eslatma, aloqa xatisiz sizga hech qanday hujjat berilmaydi)
7⃣ Agarda siz 1-semestrdan qarzdor boʻlsangiz, avval shu qarzdorlikni bartaraf etib keyin, kerakli hujjatlarni olasiz. Oʻqishingizni koʻchirgan oliygoh 1-semestrdagi qarzdorlik bilan sizni qabul qilmaydi. Boshqa semestrdagi qarzdorliklarni esa oʻqishingizni koʻchirilgan oliygohda topshiriladi.
8⃣ Hujjatlaringizni oʻqishingizni koʻchirgan oliygohga taqdim etasiz. Mas'ullar sizga fanlar farqi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi. Ushbu fanlar farqini aynan yangi universitetingizda yopasiz.
9⃣ Fanlar farqi 4 tadan oshsa kursingiz pasayadi, shu narsani inobatga oling. Fanlar farqini topshirish uchun oʻqishingizni koʻchirgan oliygohga ular hisoblab bergan kredit summasini ham toʻlaysiz.
🔟 Darslar qachondan boshlanishi har bir oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi. Xoxlasa siz hujjatlarni toʻliq olib kelganingizdan keyin qaysidir guruhga qoʻshib yuboradi, xoxlasa siz kabi boshqa "perevodchilar" ham hujjatlarni toʻliq olib kelgach yangi guruh ochib keyin darslarga qoʻyadi.
💲 Siz bu orada agarda oddiy kontrakt asosida oʻqishni koʻchirgan boʻlsangiz 25%, super kontrakt asosida boʻlsa 50% summasini ham toʻlashingiz lozim boʻladi.
➡️ Muhim xabar: Siz oliygohga muddatidan avval shoshilib borib olmang, "menga qoʻngʻiroq qilishadi" deb ham kutmang. Eng ma'quli oliygoh raqamini topib qoʻngʻiroq qiling va mas'ullar aytgan sanada tashrif buyuring.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
🌍
https://t.me/Talimgaoid_perevod