FUTUHAT Telegram channel photo

FUTUHAT

@futuhattPublic Channel

"Oralaringizda yaxshilikka, (Islomga) da'vat qiladigan, ibodat-itoatga buyuradigan va isyon-gunohdan qaytaradigan bir jamoat bo'lsin. Ana o'shalar najot topguvchilardir". Oli Imron, 104

Dino‘zbekOʻzbekiston

109

Last views

203 (203 subscribers)
A'zolar
—
Rating
40
Total Posts
Oct 18, 2026, 9:03 PM
Yangilangan
Aug 20, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameFUTUHAT
Username@futuhatt
CategoryDin
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar203
Channel TypePublic Channel
Created20-avg, 2026
Last Updated18-okt, 2026 • 4 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#9385-4
Til reytingi
#98O'zgarish yo'q
Toifa reytingi
#110+2

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 20330 Days growth: +5739%
09/1909/2409/2910/0410/0910/1410/18
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
19:09:2026146
20:09:2026146
21:09:2026173
22:09:2026173
23:09:2026173
24:09:2026173
25:09:2026173
26:09:2026173
27:09:2026173
28:09:2026173
29:09:2026173
30:09:2026173
01:10:2026173
02:10:2026173
03:10:2026173
04:10:2026173
05:10:2026173
06:10:2026173
07:10:2026173
08:10:2026173
09:10:2026173
10:10:2026173
11:10:2026173
12:10:2026173
13:10:2026173
14:10:2026173
15:10:2026173
16:10:2026173
17:10:2026173
18:10:2026203
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 17:08:2026130
Week of 24:08:2026135
Week of 31:08:2026137
Week of 07:09:2026146
Week of 14:09:2026146
Week of 21:09:2026173
Week of 28:09:2026173
Week of 05:10:2026173
Week of 12:10:2026203
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
August 2026135
September 2026173
October 2026203
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
2026203

So'nggi postlar

FUTUHAT logo
FUTUHAT

21-okt, 2026, 18:02

Photo1/4
#insights Eng yoqimli anglashlardan biri - oyatlarning yashirin bog'liqliklarini ko'ra olish.

Shulardan bir misol olib keldik.

⁉️ Yuqoridagi ikki oyat orasida qanday bog'liqlik bor deb o'ylaysiz?

Ayni surada va bu qadar yaqin joylashganini bir tafakkur qilib ko'ring.

Javobi keyingi postda, ungacha siz izlanib turing...
109000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

18-okt, 2026, 12:38

Video
#ustozlar_nasihatidan

الذي يعطي المحاضرة هو الطالب لا الأستاذ.
(Darsni ustoz emas, talaba beradi.)

على قدر استعداد الطلاب بالتحضير و الاهتمام - الله يفتح على الاستاذ.
(Talabalarning tayyorgarligi va ehtimomi qanchalik yuqori bo‘lsa, Alloh ustozning tiliga shunchalik baraka va ilhom beradi.)

أردت من هذا : بقدر استعدادكم تتعلمون.
(Buni aytishimdan maqsad, ilm olishingiz - qanchalik (puxta va sidqidildan) tayyorgarlik ko‘rishingiz qadar bo'ladi.)
229000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

17-okt, 2026, 14:55

Kanalga manfaat izlab kirgan bo'lsangiz, shu heshteglar bilan qidiring (vaqtni tejash uchun):

1. Hofizlarning hikoyalaridan yig'ilgan anglashlar: #hofizlardan heshtegi bilan.
2. Muhim tavsiyalar: #tavsiya heshtegi bilan.
3. Ustozlardan eshitganimiz: #ustozlar_nasihatidan heshtegi bilan.

Kanaldagi postlar eslatma va targ'ib ma'nosida yoziladi.

O'zimizga manfaat istab boshlangan, shu maqsad ila davom etyabmiz, biiznillah.
227000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

16-okt, 2026, 10:12

Ushbu Mus’hafni otam endi Qur’on oʻqishni boshlaganimda hadya qilgan edilar, u bilan hifzimni boshladim va u bilan tugatdim. Hech qaysi darsimni boshqa Mus’hafdan yodlamaganman va topshirmaganman. 604 ta betni hammasini shu Qur’ondan yod olganman. ™️ bu…
235000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

16-okt, 2026, 10:02

Video
Ushbu Mus’hafni otam endi Qur’on oʻqishni boshlaganimda hadya qilgan edilar, u bilan hifzimni boshladim va u bilan tugatdim.

Hech qaysi darsimni boshqa Mus’hafdan yodlamaganman va topshirmaganman. 604 ta betni hammasini shu Qur’ondan yod olganman.

™️ bu postni oʻzim uchun motivatsiya sifatida saqlab qoʻygandim bir necha yil avval, bu yerda ham boʻlishgim keldi, haqiqiy Qur’on sohibining Mus’hafi aynan shunday boʻlishi kerak, nazarimda.
226000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

13-okt, 2026, 14:47

#hofizlardan

Har safar dars topshirishing yo Badr (sanog'ing kam bo'lsa ham, tavakkuling yuqori) yo Hunayn (sanog'ing ko'pligiga aldanib qolasan).
259000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

12-okt, 2026, 09:07

Photo1/2
#feeltheayah

Sen meni shunchaki yaratganing yo'q

"Sen meni shunchaki yaratganing yo'q,
Shunchaki yashashni men odat qildim.
Shundanmi xushu'siz, huzu'siz quruq,
Shunchaki jimgina ibodat qildim..."
460000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

11-okt, 2026, 14:24

Biz zohirlar bilan mashg'ulmiz, ular botinga (asliga) qarashgan...
332000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

10-okt, 2026, 16:09

Photo1/2
Take the train wheels off!

"Mashaqqatlar, sinovlar", deb ko'p noliymiz. Lekin oxirgi paytlar kashf qilayotganim - aynan o’sha mashaqqatlar “eng shirali” joyi ekan.

Har mashaqqatdan yangi tajriba, yangi saboq, o’zingni yangidan kashf etish.

Eng muhimi, endi bu yangi “sen” degani. Bir pog’onaga ulg’aygan “sen”. Yana ham sayqallangan “sen”.

Nega endi shuncha yangi imkoniyatlar turganda monotonous (zerikarli) hayotni tanlashimiz kerak?!
385000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

08-okt, 2026, 14:56

abu AbdurRohman qissasi.pdf
359000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

08-okt, 2026, 14:51

abu AbdurRohman qissasi.pdf120.9 KB
Bu bir shifokor tanishimning hayoti. Blogiga joylagan ekan. O'ziniki ekani bilinmasligi uchun oxiriga "tarjima", deb qo'yibdi.

Deya “Qur’on safarim” loyihasi uchun maktub yoʻllashibdi. Oʻzgacha va haqiqatda toʻgʻri rakursdan qaralgan xulosalar. Allohumma baarik!

@quronsafari 💌
274000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

07-okt, 2026, 16:39

Photo1/4
#mutolaa dan #insights

Salafi-solihlarning kuniga 300 rakaat namozlari, oyiga 90ta xatmlarini o'qiyverib, bir xulosaga kelish mumkin:

"Lazzatini topsang - to'ymay qolasan".
327000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

03-okt, 2026, 17:10

Photo1/2
#insights
Yuzlab “psychology of love” kitoblari berolmayotganini hadislardan topishimiz - nubuvvat mo’jizalaridan!

O’n to’rt asr avval aytilgan shu qisqa nasihatda biz qidirgan barchasi jamlangan.
Muhimi:
- haqiqiy ilm-ma’rifatga asoslangan (gumon, teoriya yoki subyektiv fikrlarga emas);
- barchasi amaliy, sodda, murakkablashtirilmagan;
- jamiiyki makonlaru-zamonlarga mos kelaveradi.

(Faqat G’arbniki to’g’ri deydigan) kibrimizni yengib, (qarshilik qilsa ham) nafsimizni yengib amal qilish qoladi.
435000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

02-okt, 2026, 10:17

Bayram kuni tabriklar, hadiyalar hammasi yaxshi-yu, oddiy kunda ilm olishga kelganda - na ilmning, na muallimning rioyasi qolmasligi achinarli.

Ustozidan 18 yillab ajramagan, uylari tomon biror marta oyoq uzatmagan Abu Hanifadek shogirdlar qayerdayu, biz qayerda.

Shu haqiqatga amal yetishmayotgandek:
Ilmning barakasi - ustozlarning duosi va ilm ahliga xizmatda.

Ulardan faqat o’rganishga emas, ularga ergashib, rangidan rang olishga intilishimiz lozim.

Ustozga xizmat - dinning javhari.
Ustozga muhabbat bo’lmasa - ilm yuqmaydi.
Video Thumbnail
368000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

01-okt, 2026, 10:51

Photo1/2
#insights

❌ “Hayo - uyalish, iymanish va ayollarga xos xislat…”

✅ Hayo - avvalo Allohdan. Qalbning hayosi uning hayotligidan (الحياء من الحياة).

#eynafs
Shuncha ne’mat bergan Robbingdan - yana noshukrlik qilishdan hayo qil.
Shuncha tavba qilib - yana ma’siyatlarga qaytishdan hayo qil.
Shuncha ilm olib - zarracha isloh bo’lmaslikdan hayo qil.
Shuncha ibodat qilib - zarracha ixlos bo’lmasligidan hayo qil.
…
357000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

27-sen, 2026, 21:23

#hofizlardan
Hofizlik sari yohud ahli Qur'onlar...

Hofizlarning hikoyasini eshitishdan, o'qishdan hech erinmayman. Yillardirki o'qib, eshitib kelganim hikoyalardan hosil bo'lgan xulosam esa shular bo'ldi:

1-bosqich. Motive: Hofizlik maqomi, toj, libos, darajotlar...
Asosan mana shular uchun intilayotgan, hifzga endi kirishgan, oqsashlar/to'xtashlar/vasvasalar ko'p uchraydigan bir bosqich. Bu bosqichda tashqi motivatsiyaga ko'proq suyanib qolinadi, ozgina muvaffaqiyatsizlik ortga qaytishiga ham sababchi bo'lishi mumkin. Tezroq hifzni tugatishni istaydi.

2-bosqich. Motive: Qur'on - Allohga bog'lanish uchun eng muhim vosita, hifz esa bunga eng oson va tez yo'l.
Hifz qilganini namozlarida o'qib rohat topadi, har yodlagan surasi bilan qalban bog'lanishga intiladi. Tashqisidan ko'ra ichki motivatsiya kuchliroq. Hifzdan qaytish endi variant ham emas, hayotining ajralmas qismiga aylanib bo'lgan. Qur'ondan vaqt ayamaydi. Hifzni tugatishni hohlaydi, lekin unga focus qilmay qo'ygan, jarayondan zavq ola biladi.

3-bosqich. Motive: Qur'on - ma'rifatlar xazinasi, Allohning kalomidan boshqa narsada qalbning bahori yo'q.
Qur'on - hayot. Kunduzi tilovati, tunlari qiyomi ila yashaydi. Hech qanday tashqi faktorning aloqasi yo'q. Hech kim eslatma, nazorat, targ'ib qilishiga ehtiyoj yo'q. Hifzni tugatish uchun yodlamaydi (necha marta tugatsa ham, jiddu-jahdi so'nmaydi).

P.S.: Oxirgi bosqichga yetgan insonlar haqiqiy Qur'on ahllari edilar. Ularni ko'rishingiz bilanoq Qur'on esingizga keladi. Ular Qur'on haqida so'zlashsa muhabbatidan sizga ham yuqtirayotganini his qilasiz.

P.S.2: Bu subyetkiv kuzatuvlar, ehtimol, biz bilmagan ko'p narsalar bor yana...
419000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

26-sen, 2026, 11:12

Photo1/2
#ustozlar_nasihatidan

Hayotingda “Ilmga qanday vaqt topaman?” degan savol qolmasin.

Taomga, uyquga vaqt qidirmaganing kabi, ilm ham hayotingning ajralmas qismiga aylansin.

Hali aylanmagan bo’lsa - shunday bo’lguncha jiddu-jahd qil.
337000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

14-sen, 2026, 03:51

#insights va #تدبرات birlashganda…

Oxirgi paytlar, darslardan, hikmatlardan, ustozlar nasihatidan olingan katta ochilish - duo qila olish ham bir ilm.

- Nimani so’rash
- Qanday so’rash
- Qay holda so’rash
- va eng muhimi, duoning mag’zini anglash…

Solihlar, anbiyolar misolida , zotan.

Amaliy foyda uchun:
1. https://t.me/weareululalbab.
2. https://t.me/weareululalbab.
3. https://t.me/weareululalbab
4. https://t.me/weareululalbab.
5. https://youtu.be/gchXlC_dr5Y?si=k6J3Qm3nzI-D-jD1 (aslida ancha chuqur hikmatlardan, ustoz bilan o’rganishga ehtiyoj bo’lishi ham mumkin).
Video Thumbnail
358000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

14-sen, 2026, 03:51

Video
Nega “Qur’on” emas “zikr”?

Albatta, zikrni Biz nozil qildik va, albatta, uni Biz muhofaza qilurmiz.
Hijr surasi, 9-oyat

Nega oyati karimada, boshqa oyatlardan farqli o’laroq, “Qur’on” emas “zikr” deb aytildi, hech o’ylab ko’rganmisiz?

Javobni o’qishdan avval bir zum to’xtab tafakkur qiling.

Javob: sababi, “zikr” Qur’onni ham, hadisni ham o’z ichiga oladi.

Demak, Qur’onning ham, hadisning ham muhofazasini Alloh taolo O’z zimmasiga olgan. Aks holda, din chala bo’lib qolar edi. Hadislarsiz Qur’onni tushunib bo’lmay qolar edi (Qur’onning bayoni Rosuli akram ﷺ ning hadislarida kelgan).

Batafsil, olingan parchada ustozning o’zlaridan eshiting.
406000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

14-sen, 2026, 03:51

Photo
#tafsirdan

Kahf surasi | 2-qism

1-oyat:
​الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي أَنْزَلَ عَلَى عَبْدِهِ الْكِتَابَ وَلَمْ يَجْعَلْ لَهُ عِوَجًا
«Bandasiga Kitobni (Qur'onni) nozil qilgan va unda hech qanday egrilik qilmagan Allohga hamd bo'lsin».

Tafsirun-Nasafiy: "unda hech qanday egrilik qilmagan" jumlasini "Qur'onda o'zaro zidlik, nuqson yoki (ma'nolarida) egrilik yo'q" deb izohlaydi.

Tafsir ibn Kasir: oyati karimadagi hamdni "Alloh taoloning o'z Payg'ambariga ﷺ qilgan ulug' inoyati va Qur'onning mukammalligi haqidagi hamd" deb izohlaydi.

Sofwatut-Tafasir: oyati karimadagi "banda"dan murod — Payg'ambarimiz ﷺ . U zotni ﷺ ulug'lik va maqtov sifati bo'lgan "ubudiyat" (bandalik) bilan zikr qilish — eng buyuk maqtovlardan biridir.
289000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

14-sen, 2026, 03:51

Rosulullohni ﷺ tushimda ko’rdim…

Shu kabi xabarlarni eshitganingizda, faqatgina hissiyotlarga berilmasdan, amaliy chora haqida ham hech o’ylab ko’rganmisiz? Ya’ni, “men ham shunday ne’matga loyiq bo’lish uchun nima qildim?”, deb savol berdingizmi hech?

Ulamolar ta’kidlashicha, shu muhabbatni uyg’otuvchi va ixlos ila mutolaada bardavom bo’lgan insonga shunday muborak tush ko’rish nasib qiladi, deya ta’rif berilgan xos kitoblar bor.

Shulardan eng mashhurlari va ko’p tavsiya beriladiganlari:
- “Riyozus solihiyn”
- “Shamoilul Muhammadiyya”
- “Shifo”
- va yana ko’plab rabboniy ulamolar tomonidan ta’lif etilgan siyrat kitoblari.

P.S.: “Shifo” asarining yana https://t.me/qamarbooks Rabiul avval oyiga chinakam tuhfa bo’libdi. Ustozlar bilan o’qish va fahmiga yetish nasib qilsin.
307000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

14-sen, 2026, 03:51

Bitmas sog’inchlar malhami….

Bu sog’inch, bu g’am, bu mahzunlik bitmaydi, zotan, shunisi bilan go’zal ham.

Lekin malham bo’la oladigan go’zal manbaalar bor - muattar hadislar, siyrat, salovotlar.

Kirib kelgan Robiul avval oyi esa aynan shu muhabbat yana ham jo’sh uradigan, u zot ﷺ ga bo’lgan ehtirom, ta’ziym izhor etiladigan oydir.

#amaliy vazifa uchun:
- siyratni/hadislarni o’rganish va https://t.me/arabicuz maslahat beriladi.

https://youtu.be/U_msvEWsRbE?si=eXJSrNHFI4pqfPMy?
Video Thumbnail
283000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

14-sen, 2026, 03:51

Photo
#tafsirdan
Kahf surasi | 1-qism

Makkada nozil bo’lgan, 110 oyatdan iborat.
Nozil bo’lish tartibi bo’yicha 11-sura.

O’ziga xosliklari:
- hamd ila boshlangan 5 suradan biri;
- bu surada zikr qilingan qissalar boshqa suralarda topilmaydi, jumladan: Muso alayhissalom va Hizr alayhissalom qissasi; Zulqarnayn qissasi; va eng asosiysi As’hobi Kahf qissasi (faqat Odam alayhissalom qissasi boshqa suralarda ham uchraydi);
- har juma tilovat qilishga targ’ib qilingan sunnat amallardan.
354000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

14-sen, 2026, 03:51

"O'qishga arziydimi?" #insights

Oxirgi paytlar kashf qilganim muhim bir xislat - G'arb olamining "self-development" kitoblarini Islom prizmasi ila o'qiy olish.

To'xtang-to'xtang, ular targ'ib qilayotgan "ertaroq tur, samarador bo'l, vaqtingni qadrla"larni biz asrlar avval bilib bo'lganmiz deyishga shoshilmang (men kabi).

Keling, musulmon yoshlarining (aksar) qismiga bir nazar solaylik - maqsadsizlik, himmatsizlik, ummatga xizmat bir chetda tursin, o'z kun tartibini to'g'irlay olmaslik va shu kabi maishiy masalalar bilan o'ralashib qolganmiz.

"Self-development" kitoblarda esa aynan mana shu zamonaviy dunyoning zamonaviy yechimlari taqdim etilgan. Oson yechimlar, tizimli yondashuv va eng muhimi ilmiy tadqiqotlarga asoslangan. (Ba'zilarini o'qib "koshki shuni musulmonlar yozganda edi", deb yuboradi inson).

Islom prizmasi ila o'qish nima?
Qadriyatlarimizga asoslangan holda, manfaatlisini olib, zid kelgan o'rinlarda Islomiy ta'limotlarni ustun qo'yamiz.

Hammasi ham birdek manfaatli emas-ku?
To'g'ri, kitoblarning barchasi ham "must-read" bo'lmasligi tabiiy, orasida "overhyped" kitoblar ham bor.
Lekin Atomic habits, Mindset, Deep work, Why we sleep va yana shu kabi kitoblarning amalda qo'llash ila hayot sifatini sezilarli darajada oshirish mumkin, Allohning izni bilan.

Manfaatli ilm niyati bilan boshlang, amaliga qasd ila o'qing.
323000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

14-sen, 2026, 03:51

#ibrat

Bu insonlarni tanishimiz shart!
https://t.me/weareululalbab namoyondalari:

Doktor Zakiy Usmon - ( 2 yoshligida oyoqlari falaj, ikki ko'zi ojiz bo'lib qolgan hofiz, mufassir, voiz) Azharga o'qishga qabul qilingandan keyin, o'qishga qatnashga yechim qidirdi. Oilasi baland binoning 4-qavatida yashagani bois chiqib tushish muammo tug'dirgan. Otasi bu ishga yechim topib, birinchi qavatda pillapog'ona ostiga bo'yra solib, biroz yegulik va zarur narsalarini olib tushib, o'g'liga joy qilib berdi. Usmon darsga qabul qilinganidan hursand bo'lib, darsga borish uchun shu joyda yashashga ham rozi bo'ldi.

Shayxa Rizo Sarhon - (ko'zi ojiz qoriya, tahfizul Qur'on markazi ustozasi) 6 yoshida Qur'on yodlashning yo'llarini qidirib, o'z ziraklarini sotib, magnitafon va tilovatlar yozilgan tasmalarni sotib oladi. Ko'zi ojizligi holida ham Allohning qadariga rozilik ila shunday deydi: "Odamlar mendagi ne'matlarni bilganlarida edi, menga hasad qilgan bo'lishar edi".

Imom Zamaxshariy - (oyog'i qattiq sovuqda qolib ketib kesilgan bir umr yog'och oyoqda yurgan balog'at ilmi olimi, "Al-Kashshof" tafsiri sohibi) Safar qiyinchiliklariga qaramay, Xorazmdan Xuroson, Shom, Bog'dod va Makkaga shaharlariga ilm izlab safar qiladi. Arablar u zotni ta'riflab "Mana shu oqsoq bo'lmaganda, arab tilini bilmay o'tib ketar edik", deyishadi.

Shayx Abdulbosit Xoshim - (ko'zi ojiz qori, o'n xil kubro qiroatlarda oliy sanad egalaridan biri) 6 kunlik chaqaloq paytidan yetim qolgan. Shayx talabalik chog'idagi qiyinchiliklarni shunday eslaydi: "Talabalik paytimda juda ko'p mashqqatlarga duch kelganman. Ba'zan yo'qchilik tufayli axlat titib, non topib, o'shani yuvib yegan paytlarim ham bo'lgan". Shayxning moxirligi, ovozi va o'qish uslubi mashhur qori Abdulbosit Abdussomdaga o'xshagani uchun "Kichik Abdulbosit" deb nom chiqarganlar.

Hali ham ilm olishga uzrli bahonam bor deb o'ylaysizmi?!
289000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

14-sen, 2026, 03:51

38. Ey iymon kеltirganlar! Sizga nima bo‘ldiki, Allohning yo‘lida qo‘zg‘oling dеyilsa, yerga yopishib oldingiz. Yoki oxiratni qo‘yib, hayoti dunyoga rozi bo‘ldingizmi? Oxirat oldida bu hayoti dunyo juda oz-ku?!

Kim nima desa desin-u, bu tilovatlarni hech narsaga almashmagan bo'lardim. Eng nodir va qalblarning tubigacha yetib boradiganlaridan.

Hoziroq quloqchinlarni olib, qalbingiz ila tinglang: https://youtu.be/UZ50gdaS-5A?si=bQBA95UbkY3zdCmi
Video Thumbnail
328000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

14-sen, 2026, 03:51

#تدبرات

Shu paytgacha eshitganim eng og’ir savollardan: “ … (ne’matga) qanday erishdingiz?”

Qalbni bir zumni o’zida ham (ne’matning hisobidan) xavf, ham (cheksiz fazlu-marhamatga) quvonch, (nuqson-kamchiliklarga qaramay ato etilganiga) hamd, (mahrum etilishdan) qo’rquv egallaydi.

Hissiyotlar qurshovidan javobga til bormay qoladi.

و لله الحمد
321000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

29-avg, 2026, 20:39

Ustozlar #ibrat idan olingan #insights

Havas qilganim insonlarning barchalarida shu xislatlarni topdim:

- dunyo/oxiratiga foydali ishda yetarlicha haris bo'lolish;
- maishiy muammo/tashvishlardan ortib ulug' maqsadlar tomon intilish;
- nafsidan orttirib boshqalarga ham xizmat qilolish;
- yangi qiyinchilik/fikr/tanqidni ochiq fikr va to'g'ri yondashuv ila qabul qilolish;
- (avvalgisining mantiqiy davomi) doimo ilmga, o'z ustida ishlashga intilish;
- va deyarli barchalarida, mulohazalarini doimiy yozib yurish (odatda blog yuritish orqali, lekin istisnolar ham bor).

Shu xislatlar ularning kuchli shaxsiyati ortidagi eng muhim faktorlardan ekanligi ko'rinib turadi.

Aksincha, zaif shaxsiyatlarda esa aynan shular yetishmaydi odatda.
364000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

29-avg, 2026, 20:39

Photo
#ibrat

Tavfiz - ishlarni Allohga havola qilish

Bizda yetishmayotgan hislat ayni shu tavfiz.

{ وَأُفَوِّضُ أَمۡرِيٓ إِلَى ٱللَّهِۚ إِنَّ ٱللَّهَ بَصِيرُۢ بِٱلۡعِبَادِ}
40:44

Amal uchun⬇️

》O'sha ikkilanayotgan ishingizni xolis Alloh uchun bajaring, qo’lingizdan kelgan eng go’zal suratda ado eting.

》Keyin esa “dengizga uloqtiring”.

》Haqiqatda xolis O’zi uchun bo’lgan bo’lsa, boqiy qoladi, manfaatini yuzaga chiqaradi.
399000

Showing 30 of 40 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

FUTUHAT Telegram kanali nima haqida?+

FUTUHAT (@futuhatt) — tgdio da Din toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 203 obunachi bor.

FUTUHAT (@futuhatt) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @futuhatt ga bepul obuna bo‘ling.

FUTUHAT yaxshi Din kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin FUTUHAT reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 203 obunachi bor. O‘xshash Din kanallar bilan solishtiring.

FUTUHAT statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @futuhatt sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.