Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati Telegram channel photo

Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati

@ima_kitobimiPublic Channel

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati rasmiy kanali

502

Last views

1.3k (1,323 subscribers)
A'zolar
—
Rating
22
Total Posts
Oct 18, 2026, 7:11 PM
Yangilangan
Aug 9, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameKitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Username@ima_kitobimi
CategoryDavlat imtihonlari
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar1,323
Channel TypePublic Channel
Created9-avg, 2026
Last Updated18-okt, 2026 • 3 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#355106-14554
Til reytingi
#1725-59
Toifa reytingi
#1307-76

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 1.3K30 Days growth: -272%
09/1909/2409/2910/0410/0910/1410/18
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
19:09:20261,350
20:09:20261,350
21:09:20261,351
22:09:20261,351
23:09:20261,351
24:09:20261,351
25:09:20261,351
26:09:20261,351
27:09:20261,351
28:09:20261,351
29:09:20261,351
30:09:20261,351
01:10:20261,351
02:10:20261,351
03:10:20261,351
04:10:20261,351
05:10:20261,351
06:10:20261,351
07:10:20261,351
08:10:20261,351
09:10:20261,351
10:10:20261,351
11:10:20261,351
12:10:20261,351
13:10:20261,351
14:10:20261,351
15:10:20261,351
16:10:20261,351
17:10:20261,351
18:10:20261,323
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 03:08:20261,375
Week of 10:08:20261,375
Week of 17:08:20261,375
Week of 24:08:20261,387
Week of 31:08:20261,365
Week of 07:09:20261,350
Week of 14:09:20261,350
Week of 21:09:20261,351
Week of 28:09:20261,351
Week of 05:10:20261,351
Week of 12:10:20261,323
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
August 20261,387
September 20261,351
October 20261,323
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20261,323

So'nggi postlar

Photo
🌟 “Mening maktabdagi birinchi haftam” 🌟

📚 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 5-sinfga yangi qabul qilingan o‘quvchilarning maktabdagi ilk haftasini mazmunli va samarali tashkil etish, ularning yangi ta’lim muhitiga psixologik moslashuvini qo‘llab-quvvatlash maqsadida psixologik yondashuv asosida kuzatuv va suhbatlar olib borildi.

🧠 Jarayon davomida o‘quvchilarning yangi muhitga moslashuvi, tengdoshlari va ustozlari bilan munosabatlari, kayfiyati, jamoaga qo‘shilishi hamda maktab-internat hayotiga ko‘nikish holatlari o‘rganildi.

🎯 O‘quvchilarga yangi muhitni ijobiy qabul qilish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, do‘stona munosabatlarni shakllantirish va jamoada o‘zini erkin his etishga qaratilgan psixologik tavsiyalar berildi.

Psixolog Amanova Yulduz
502009
Photo
🇺🇿 “VATAN TAYANCHI” — XAVFSIZ HUDUD POSBONLARI 🛡️

🏫 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 9–10–11-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Vatan tayanchi” otryadi — “Xavfsiz hudud posbonlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

🤝 Mazkur davra suhbati Kitob tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mutaxassislari hamda tuman profilaktika inspektori bilan hamkorlikda tashkil etildi.

📚 Suhbat davomida o‘quvchilarga jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish, hushyorlik va fuqarolik mas’uliyati kabi muhim masalalar yuzasidan tushunchalar berildi.

💬 Shuningdek, o‘quvchilar mutaxassislar bilan fikr almashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

🌟 Yurt tinchligi va osoyishtaligi — barchamizning muqaddas burchimiz!
499007
Photo
🌅 SOG‘LOM KUN — FAOL HARAKATDAN BOSHLANADI! 🏃‍♂️🏃‍♀️

🏫 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchilarning kun tartibini mazmunli tashkil etish, jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida ertalabki saflanish va gimnastika mashg‘ulotlari tashkil etildi.

🇺🇿 Ertalabki saflanish davomida o‘quvchilarning davomati, tashqi ko‘rinishi va maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya etishi nazorat qilinib, kun davomida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.

🤸‍♀️ Saflanishdan so‘ng o‘quvchilar ishtirokida ertalabki gimnastika mashqlari bajarildi. Jismoniy mashqlar o‘quvchilarning tetikligini oshirish, kunni ko‘tarinki kayfiyatda boshlash va sog‘lom hayot tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.

✨ Tartibli saflanish, faol harakat va sog‘lom kun — yuksak natijalar garovi!

📚 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
529005
Video
📚 ADABIYOT — MA’NAVIYAT VA TAFAKKUR OLAMI! ✨

🏫 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Bozorova Muattar tomonidan 6-“A” sinf o‘quvchilariga adabiyot fanidan navbatdagi dars mashg‘uloti tashkil etildi.

📖 Dars jarayonida o‘quvchilarning badiiy asarlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash va o‘z fikrini erkin ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

🎥 Quyida dars jarayonidan tayyorlangan videorolikni e’tiboringizga havola etamiz!

🌟 Ilm va adabiyotga oshno qalblar — kelajak bunyodkorlari!
5680012
Photo
🏫 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish maqsadida “Shaxs xususiyatlarini o‘rganish” psixologik testi o‘tkazildi.
📋 Test jarayonida o‘quvchilarning xarakteri, qiziqishlari, individual jihatlari hamda shaxsiy xususiyatlarini aniqlashga alohida e’tibor qaratildi.
🌱 Mazkur diagnostik ishlar o‘quvchilarni yanada chuqurroq anglash, ularga individual yondashish va psixologik qo‘llab-quvvatlashni to‘g‘ri tashkil etishga xizmat qiladi.
👩‍💼 Maktab psixologi: Yulduz Amanova
6570016
Photo
🌿 MOSLASHUV DIAGNOSTIKASI O‘TKAZILDI 🌿
🏫 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida yangi qabul qilingan 7-“T” sinf o‘quvchilarining maktab muhitiga moslashuv jarayonini o‘rganish maqsadida psixologik moslashuv diagnostikasi o‘tkazildi.
🧠 Diagnostika davomida o‘quvchilarning yangi ta’lim muhiti, jamoa, sinfdoshlari va o‘qituvchilar bilan munosabati, shuningdek, psixologik holati va moslashuv darajasi o‘rganildi.
🎯 Tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchilarning yangi muhitga tez va samarali moslashishiga ko‘maklashish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni aniqlash hamda ularga zarur psixologik yordam ko‘rsatishdan iborat.Psixolog Amanova Yulduz
728007
Photo
“KELAJAK SOATI” DARSLARI

🏫 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “Kelajak soati” darslari o‘tkazildi.

👨‍👩‍👧‍👦 “Mening oilam — Vatanimning bir bo‘lagi” mavzusida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda oilaning jamiyatdagi o‘rni, oilaviy qadriyatlar, mehr-oqibat, hurmat va hamjihatlik haqida suhbatlar olib borildi.

🇺🇿 “Mustaqillik yillari yutuqlari” mavzusidagi darslarda esa mamlakatimizning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, ta’lim, fan, sport va boshqa sohalardagi rivojlanishlar haqida o‘quvchilarga ma’lumotlar berildi.

✨ Mazkur mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur, mustaqillikni qadrlash hamda yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

🌱 Oilamiz — Vatanimizning kichik bir bo‘lagi, Mustaqilligimiz esa eng ulug‘ qadriyatimizdir!
880007
Video
#open_doors
#ParentsMeeting
#SchoolFamilyPartnership
#FutureTogether
#OchiqEshiklarKuni
#OtaOnalarYigilishi
#MaktabOilaHamkorligi
#KelajakBirgalikda


Farzand ta’limi — maktab va Ota-onaning mushtarak mas’uliyati!
Bugun maktabimizda Ota-onalar ishtirokida
“Ochiq eshiklar kuni” hamda "Ota-onalar yig‘ilishi" tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — maktab, o‘qituvchi va ota-ona hamkorligini yanada mustahkamlash, o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, intizomi va rivojlanishida yagona yondashuvni shakllantirishdan iborat.
Tadbir davomida ota-onalar maktabimizdagi ta’lim jarayoni, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, dars mashg‘ulotlari, to‘garaklar hamda qo‘shimcha ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, yig‘ilish davomida o‘quvchilarning o‘zlashtirishi, davomati, odob-axloqi, kun tartibi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kelgusidagi ta’limiy maqsadlari yuzasidan fikr almashildi.
https://t.me/Abu_Ali_Ibn_Sino_Buxoro/ Eco school bukhara Ibn Sino / https://www.instagram.com/buxoro_ibn_sino?igsh=NTVodDJyOWptczlj
https://www.instagram.com/invites/contact/?utm_source=ig_contact_invite&utm_medium=copy_link&utm_content=u8ih1p5 / https://youtube.com/@buxoro_ibn_sino?si=z3IcCl1HKiqDoMh5/ https://www.facebook.com/share/17zXdVWStu/
397006
Photo
✨ YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR! ✨📚

🏫 2026–2027-o‘quv yilining ilk Pedagogik kengashi bo‘lib o‘tdi.

Yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish, oldimizda turgan muhim vazifalarni belgilash hamda yangi maqsad va rejalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan Pedagogik kengashda muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

📌 Kengash davomida yangi o‘quv yilining ustuvor vazifalari, pedagogik jamoa oldidagi maqsadlar, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilarga sifatli ta’lim-tarbiya berish borasidagi rejalar muhokama qilindi.

🌱 Yangi yil — yangi marralar, yangi imkoniyatlar va katta natijalar sari yangi qadam!

💫 Barchamizga 2026–2027-o‘quv yilida ulkan zafarlar, ijodiy yutuqlar va samarali faoliyat tilaymiz!

🇺🇿 Yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin!

#PedagogikKengash #YangiOquvYili #20262027 #YangiMaqsadlar #YangiMarralar #MaktabHayoti
559009
Photo
Assalomu alaykum, aziz bitiruvchilarimiz!

Sizlarni maktabimizni muvaffaqiyatli tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga talaba bo‘lganingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Bu yutuq — yillar davomida qilgan mehnatingiz, izlanish va intilishlaringiz, ustozlaringizning fidokorona g’amxo’rligi hamda ota-onalaringizning qo‘llab-quvvatlashi samarasidir. Har biringizning erishgan natijangiz maktabimiz jamoasi uchun katta faxr va quvonchdir.

Sizlarga oliy ta’limdagi tahsil jarayonida ulkan zafarlar, mustahkam bilim, yuksak marralar va kelajakdagi barcha ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilayman. Ishonamanki, sizlar kelajakda Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan bilimli, salohiyatli va fidoyi yoshlar bo‘lib yetishasizlar.

Aziz bitiruvchilar, talabalik baxtingiz muborak bo‘lsin! Maktabimiz sha’nini yanada yuksaltiradigan ulkan yutuqlarga erishing!Biz sizlar bilan faxrlanamiz!

Hurmat bilan,
Maktab-internati direktori
Mirova Nargiza Sayfullayevna
5270033
Video
✨ YANGI O‘ZBEKISTONNING IQTIDORLI FARZANDIMIZ! ✨

🎓 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-“T” sinf o‘quvchilari Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenjida faol ishtirok etdilar.

🇺🇿 Vatan — qalbimizdagi faxr, g‘ururimiz va kelajakka ishonchimiz timsolidir!

🌟 Biz, yosh avlod, Yangi O‘zbekistonning munosib farzandlari sifatida yurtimiz ravnaqi va kelajagi uchun bilim olishga, izlanishga va o‘z iste’dodimizni namoyon etishga intilamiz.

💫 Yagona Vatan — yagona maqsad — yagona kelajak!

🎉 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
518008
Video
🇺🇿 #YagonaVatan35

✨ “YANGI O‘ZBEKISTONNING IQTIDORLI FARZANDIMAN!” ✨

🎓 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 6-“B” sinf o‘quvchisi Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenjida ishtirok etdi.

🇺🇿 Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat va kelajakka ishonch — yosh avlod qalbidagi eng ulug‘ tuyg‘ulardir.

🌟 Bizning bugungi intilishlarimiz — Yangi O‘zbekistonning ertangi buyuk kelajagidir!

🎉 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
485002
Video
#YagonaVatan35 🇺🇿

🎓 “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!”

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan #YagonaVatan35 ijodiy chellenjida ishtirok etamiz!

🌟 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 6-“B” sinf o‘quvchisi Naimov Asadbek Vatanimizga bo‘lgan mehr-muhabbati, ezgu tilaklari va samimiy fikrlari bilan ushbu chellenjga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

🇺🇿 Vatan — mening faxrim, g‘ururim va kelajagim!

💙 Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandlari sifatida biz Vatanimiz kelajagi uchun munosib avlod bo‘lishga intilamiz!

🎉 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
534005
Photo
Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ta’tildan so‘ng pedagog xodimlarning ish faoliyatini ko‘tarinki ruhda boshlashlari, jamoada ijobiy psixologik muhitni mustahkamlash maqsadida “Quvnoq kayfiyat” nomli psixologik trening tashkil etildi.
😊 Trening davomida o‘qituvchilarning kayfiyatini ko‘tarish, stress va charchoqni kamaytirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda ijobiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan qiziqarli psixologik mashqlar va interfaol o‘yinlar o‘tkazildi.
🌈 Trening ishtirokchilarga yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyat, ijobiy fikr va katta ishtiyoq bilan boshlashga yordam berdi.
🧠 Maktab psixologi: Amanova Yulduz
668009
Video
#avgust_kengashi
#OAV_biz_haqimizda

🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan Avgust kengashi – o‘quv-seminari https://t.me/zamon_lavhalar

✅ Avgust kengashi doirasida 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, zamonaviy ta’lim boshqaruvi, liderlik, innovatsion yondashuvlar hamda ta’lim samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
https://x.com/uzbekistan24tv?s=11Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/✨ https://t.me/sbaxodirovna
653001
Photo
#avgust_kengashi

🌿 Kelajakni yaratayotgan maktablar kuchli liderlardan boshlanadi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan ikki kunlik Avgust kengashi — o‘quv-seminarini yakunladik.

Unda Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar hamda yangi tashkil etilgan muhandislik maktablari direktorlari bilan 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, ta’lim sifatini oshirish va maktab boshqaruvini yanada takomillashtirish bo‘yicha oldimizda turgan muhim masalalarni atroflicha muhokama qildik.

Bu yilgi kengashning asosiy g‘oyasi — kuchli maktab kuchli liderlikdan boshlanadi.

❗ Seminar https://t.me/piimauzPrezident maktablarining ilg‘or tajribalarini ixtisoslashtirilgan maktablarga integratsiya qilish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati va inventarizatsiya jarayonlarini raqamlashtirish, ta’lim sifatini monitoring qilish va tahlil etish, ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirish, xolis reyting va natijadorlikni oshirish mexanizmlari bo‘yicha fikr va tajriba almashdik.

❗ Shuningdek, HR siyosati va pedagoglarni boshqarishda ijtimoiy muloqot instrumentlaridan samarali foydalanish, ta’lim va sport integratsiyasi, zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar, ta’lim muassasalarida https://t.me/piimauz masalalariga alohida e’tibor qaratdik.

❗ Maktab rahbarlari bilan huquqni qo‘llash va shartnomaviy-huquqiy munosabatlarda uchraydigan muammolar hamda ularning yechimlari, korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha ham muhim https://t.me/piimauz

❗ Shu bilan birga, ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish, o‘quv reja va tarifikatsiyani shakllantirish, kelajak maktablari uchun rahbar va pedagog kadrlarni saralashning zamonaviy mexanizmlari hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab oldik.

Mazkur yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha Agentligimizning tegishli boshqarma va bo‘limlari mas’ullari tomonidan seminar mashg‘ulotlari tashkil etilib, maktab direktorlari bilan mavjud muammolar, amaliy tajribalar va ularning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Eng muhimi, bu uchrashuvlar faqat ma’lumot berish bilan cheklanmay, joylardagi muammolarni bevosita rahbarlarning o‘zidan eshitish, fikr va takliflarni muhokama qilish hamda kelgusidagi vazifalarni birgalikda belgilab olish uchun amaliy maydon bo‘ldi.

Men uchun maktab direktori — faqat ta’lim jarayonini boshqaruvchi rahbar emas. U jamoani bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, yangilikka ochiq, tashabbus ko‘rsatadigan va eng muhimi, natija uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan liderdir.

Ikki kun davomida ushbu kengashni mazmunli tashkil etish, har bir yo‘nalish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tayyorlash va o‘tkazishga hissa qo‘shgan Agentligimiz jamoasi, boshqarma va bo‘limlarimiz mas’ullariga, shuningdek, o‘z tajribasi, fikr va takliflari bilan faol ishtirok etgan barcha maktab direktorlariga minnatdorlik bildiraman.

🖌 Oldimizda yangi o‘quv yili va katta vazifalar turibdi. Ishonamanki, bir jamoa bo‘lib, aniq maqsad va mas’uliyat bilan harakat qilsak, ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqamiz.

✅ https://taplink.cc/sevarashakirova
704006
Photo
🏆 YUKSAK E’TIROF — ULKAN MUKOFOT!

📚 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining tarix va huquq fani o‘qituvchisi Yangiboyev Ilyos “Yil o‘qituvchisi — 2026” respublika ko‘rik-tanlovida munosib ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi! 🎉

🌟 Ustozning ta’lim-tarbiya jarayonidagi fidokorona mehnati, yuksak kasbiy mahorati, o‘quvchilarga sifatli bilim berish yo‘lidagi izlanishlari hamda tarix va huquq fanlarini o‘qitishdagi samarali faoliyati munosib e’tirof etildi.

💰 G‘olib sifatida 576 million 800 ming so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi!

👏 Bu yutuq — nafaqat ustozning, balki Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasining ham katta faxri!

🎊 Yangiboyev Ilyos ustozni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz!

🏆 Yutuqlaringiz bardavom, marralaringiz yanada yuksak bo‘lsin, ustoz!
2,3200095
Photo
🌿🏅 “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasida munosib ishtirok va e’tirof

“Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida tashkil etilgan yozgi ta’lim oromgohi yakunlanib, ishtirokchilar tantanali ravishda taqdirlandi.

📍 Mazkur nufuzli loyihada Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining biologiya fani o‘qituvchisi, mentor pedagog Baxriddinova Fayoza hamda maktabning 10-sinf o‘quvchisi G’afforov Kamron faol ishtirok etdilar.

To‘rt kun davom etgan dastur mobaynida ishtirokchilar ekologik ta’lim, xalqaro “7 qadam” metodologiyasi, liderlik, mentorlik va jamoada samarali ishlash yo‘nalishlarida o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini yanada boyitdilar.

🏅 Loyiha yakunida biologiya fani o‘qituvchisi, mentor pedagog Baxriddinova Fayoza hamda 10-sinf o‘quvchisi G’afforov Kamron loyihadagi faol va samarali ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandilar.
683008
Video
🐾 Mehr-oqibat va mas’uliyat — barkamol avlod tarbiyasining muhim mezoni

🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni yuksak ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda tabiatga, atrof-muhitga hamda barcha tirik mavjudotlarga nisbatan mehr-oqibat, mas’uliyat va g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shu maqsadda mamlakatimizda ham hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatning oldini olish va insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlash borasida muhim huquqiy choralar ko‘rilmoqda.

Joriy yilning 28-iyunidan boshlab hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik normalari kuchga kirdi.

Endilikda bunday huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jarimalar miqdori oshirildi, ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi, takror sodir etilgan holatlar uchun esa jinoiy javobgarlik belgilandi.

Mazkur o‘zgarishlar nafaqat qonun ustuvorligini ta’minlash, balki jamiyatimizda mehr-shafqat, insonparvarlik va barcha tirik mavjudotlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish madaniyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Zero, ezgulik va insonparvarlik oilada boshlanadi, ta’lim muassasasida mustahkamlanadi va jamiyat taraqqiyotining muhim omiliga aylanadi. Mehribon, mas’uliyatli va yuksak ma’naviyatli avlodni voyaga yetkazish esa barchamizning umumiy vazifamizdir.
https://x.com/uzbekistan24tv?s=11Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/✨ https://t.me/sbaxodirovna
605001
Photo
#Taqdirlash_marosimi
#Eco_schools

✅ Bugun “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi yozgi ta’lim oromgohining yopilish va taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev, “Zamin” xalqaro jamoat fondi direktori Aziz Ganiyev so‘zga chiqib, loyihaning ahamiyati va kutilayotgan natijalar haqida so‘z yuritishdi.

🔰 Ta'kidlash joiz, Vazirlik va "Zamin" xalqaro jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan to‘rt kunlik dasturga mamlakatning barcha hududlaridan jami 128 nafar ishtirokchi - hududiy koordinatorlar, ularning yordamchi o‘quvchilari, mentor pedagoglar va mentor o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad - loyihadagi a’zo maktablar o'rtasida tajriba almashish va o'zaro qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan mentorlik tizimini joriy etishdan iborat.

📍Ishtirokchilar loyihaning xalqaro “7 qadam” metodologiyasi bilan chuqur tanishdi, jamoada samarali ishlash, liderlik va mentorlik ko‘nikmalarini rivojlantirdi hamda o‘z tuman va shaharlarida loyihani tizimli boshqarish, muvofiqlashtirish va barqaror rivojlantirish boʻyicha bilim olishdi.

Bizni kuzating
❤ https://t.me/uzedu 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://gov.uz/oz/uzedu 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
555000
Photo
#imtihon_natijalari_2026

🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar!

🎓 Al-Beruniy maktab-internatiga kirish imtihonlari: 2-bosqich natijalari

Joriy yilning 23–24-iyul kunlari Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul uchun o‘tkazilgan 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilinmoqda.

✅ Imtihon natijalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095
🟢 https://ariza.piima.uz/
https://x.com/uzbekistan24tv?s=11Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/✨ https://t.me/sbaxodirovna
565000
Photo
✨🔐 KIBERXAVFSIZLIK – XAVFSIZ KELAJAK GAROVI! 🛡️💻

📍 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Qashqadaryo viloyati Kiberxavfsizlik boshqarmasi inspektori ishtirokida kiberjinoyatchilikning oldini olish mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

💬 Yig‘ilish davomida bugungi kunda axborot texnologiyalaridan xavfsiz foydalanish, internet va ijtimoiy tarmoqlarda uchrayotgan kiberxavflar, firibgarlikning zamonaviy usullari hamda shaxsiy ma’lumotlarni ishonchli himoya qilish masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

🔹 Shuningdek, shubhali havolalar va noma’lum manbalarga ishonmaslik, kuchli parollardan foydalanish, internet orqali sodir etilayotgan firibgarlik holatlariga nisbatan doimo hushyor bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.

🤝 Yakunda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berilib, kiberjinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.


🔒 Kiberxavfsizlikka rioya qilish – xavfsiz raqamli kelajak sari muhim qadam!
1,050004

Showing 22 of 22 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati Telegram kanali nima haqida?+

Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati (@ima_kitobimi) — tgdio da Davlat imtihonlari toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 1 323 obunachi bor.

Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati (@ima_kitobimi) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @ima_kitobimi ga bepul obuna bo‘ling.

Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati yaxshi Davlat imtihonlari kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 1 323 obunachi bor. O‘xshash Davlat imtihonlari kanallar bilan solishtiring.

Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @ima_kitobimi sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.