Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi Telegram channel photo

Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi

@islab_uzPublic Channel

Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy siyosat laboratoriyasining rasmiy Telegram kanali 📧 [email protected] 🌐 socialpolicylab.uz

9.7k

Last views

1.1k (1,091 subscribers)
A'zolar
—
Rating
37
Total Posts
Oct 16, 2026, 10:26 AM
Yangilangan
Apr 15, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameIjtimoiy siyosat laboratoriyasi
Username@islab_uz
CategoryDavlat xizmati (UPSC va SSC)
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar1,091
Channel TypePublic Channel
Created15-apr, 2026
Last Updated16-okt, 2026 • 6 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#313224-674
Til reytingi
#1560-11
Toifa reytingi
#2657-16

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 1.1K30 Days growth: -151.4%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:20261,106
18:09:20261,106
19:09:20261,103
20:09:20261,103
21:09:20261,103
22:09:20261,103
23:09:20261,103
24:09:20261,103
25:09:20261,103
26:09:20261,103
27:09:20261,103
28:09:20261,103
29:09:20261,103
30:09:20261,103
01:10:20261,103
02:10:20261,103
03:10:20261,103
04:10:20261,103
05:10:20261,103
06:10:20261,103
07:10:20261,103
08:10:20261,103
09:10:20261,103
10:10:20261,103
11:10:20261,103
12:10:20261,103
13:10:20261,103
14:10:20261,103
15:10:20261,103
16:10:20261,091
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 13:04:20261,127
Week of 20:04:20261,127
Week of 27:04:20261,118
Week of 04:05:20261,118
Week of 11:05:20261,118
Week of 18:05:20261,118
Week of 25:05:20261,118
Week of 01:06:20261,118
Week of 08:06:20261,118
Week of 15:06:20261,118
Week of 22:06:20261,118
Week of 29:06:20261,166
Week of 06:07:20261,166
Week of 13:07:20261,166
Week of 20:07:20261,166
Week of 27:07:20261,166
Week of 03:08:20261,166
Week of 10:08:20261,166
Week of 17:08:20261,127
Week of 24:08:20261,127
Week of 31:08:20261,114
Week of 07:09:20261,106
Week of 14:09:20261,103
Week of 21:09:20261,103
Week of 28:09:20261,103
Week of 05:10:20261,103
Week of 12:10:20261,091
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20261,127
May 20261,118
June 20261,118
July 20261,166
August 20261,114
September 20261,103
October 20261,091
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20261,091

So'nggi postlar

Video
👫 2026-yil 21-22-oktabr kunlari Samarqanda bo‘lib o‘tayotgan Jahon sammiti doirasida ikki qismdan iborat qo‘shimcha sessiya tashkil etiladi.

📝 Tadbir Jahon banki, J-PAL Europe va Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi tomonidan tashkil qilinib, tadqiqotchilar va soha mutaxassislarini bir maydonda jamlaydi. Ishtirokchilar davlat siyosatida dalillarning o‘rni va bolalar farovonligini oshirishga xizmat qiladigan tadqiqotlar natijalarini muhokama qiladilar.

🔗 Tadbir haqida batafsil ushbu havolada: https://socialpolicylab.uz/uz/news/59

📝 Telegram 😄 LinkedIn 🎬 Instagram
🌐 socialpolicylab.uz
9,650008
Photo1/6
🌎 Bishkek shahrida “Life in Kyrgyzstan” (LiK) konferensiyasining 12-yillik anjumani bo‘lib o‘tdi. Konferensiya Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni muhokama qilish va dalillarga asoslangan siyosatni rivojlantirishga qaratildi.

👨‍🏫 ISLAB xodimi Ulug‘bek Tursunov konferensiyada Rossiyadagi 2022-yilgi rubl inqirozining Markaziy Osiyodagi migrantlar pul o‘tkazmalariga bog‘liq bo‘lgan uy xo‘jaliklariga ta’siri haqidagi tadqiqotini taqdim etdi.

📈 Tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekistonda inqiroz oyida pul o‘tkazmalarini oluvchi uy xo‘jaliklari ulushi 15,7 foiz punktga kamaygan. Natijalar migrantlar daromadlariga bog‘liqlik sharoitida uy xo‘jaliklarining iqtisodiy zaifligi va ijtimoiy himoya mexanizmlarining ahamiyatini ko‘rsatadi.

📝 Telegram 😄 LinkedIn 🎬 Instagram
🌐 socialpolicylab.uz
374007
Photo1/2
🧠 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi INSON loyihasi doirasida tadqiqot, tahlil va institutsional faoliyat uchun dasturiy ta’minot litsenziyalari va obunalarini xarid qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

🔶Tanlov dasturiy ta’minot litsenziyalari va obunalarini yetkazib bera oladigan malakali yetkazib beruvchilar uchun ochiq. Takliflar muhrlangan konvertda taqdim etiladi, elektron takliflar qabul qilinmaydi.

🔶Xarid 13 ta alohida dastur va obuna turini o‘z ichiga oladi. Yetkazib beruvchilar bir, bir nechta yoki barcha dastur va obunalar bo‘yicha taklif kiritishlari mumkin. Ularning har biri alohida baholanadi.

📅 Muddat: 2026-yil 23-oktabr, soat 17:00
📌 Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 3-uy

↗️ Tanlov hujjatlari uchun havola
↗️ Batafsil ma’lumot uchun havola

📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
🎖 socialpolicylab.uz
532007
Photo1/12
😮 Dalillarga asoslangan siyosat samarali va asosli davlat qarorlarini shakllantirishning muhim omili. Ilmiy tadqiqotlar va ishonchli ma’lumotlardan foydalanish siyosiy qarorlarning ta’sirini yaxshiroq baholash, mavjud muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish va davlat resurslaridan oqilona foydalanish imkonini beradi.

👥 Shu masalalar Armanistonda o‘tkazilgan “Dalillarga asosolangan siyosat sari” yuqori darajadagi siyosiy muloqot doirasida muhokama qilindi. Tadbirda J-PAL asoschilaridan biri va iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Abhijit Banerjee, Armaniston Markaziy banki gubernatori Martin Galstyan, J-PAL Europe rahbariyati, xalqaro tadqiqotchilar va davlat sektori vakillari ishtirok etdi.

👍 “Dalillardan siyosatga: hukumatlar ilmiy dalillarni siyosiy qarorlarda qanday qo‘llamoqda” mavzusidagi panelda ISLAB direktori Xurshid Zafari O‘zbekistonda tadqiqot va ilmiy dalillarni davlat siyosatiga integratsiya qilish tajribasi haqida so‘z yuritdi. U INSON loyihasi doirasidagi baholashlar, davlat va tadqiqot institutlari o‘rtasidagi hamkorlik, shuningdek, dalillarni siyosiy qarorlar bilan bog‘lashda institutsional salohiyatning ahamiyatiga to‘xtaldi.

📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
🎖 socialpolicylab.uz
562009
Photo1/2
😮 Doston 28 yoshda. U Beruniydan Toshkentga ko‘chib kelgan va so‘nggi ikki yildan beri ijaraga olingan skuterida kuryerlik qiladi. U haftasiga 70–80 soat, deyarli dam olmasdan ishlaydi. Yomg‘ir, qor, yo‘llardagi xavf yoki jarohat tufayli ishlashni to‘xtasa, uning daromadi ham to‘xtaydi.

📊 So‘rov natijalariga ko‘ra, kuryerlarning 63 foizdan ortig‘i o‘tgan oyda daromadi kamayganini bildirgan; yiliga o‘rtacha 22 kun esa turli sabablarga ko‘ra ishlay olmaydi. Bunga buyurtmalar yetishmasligi, kasallik, noqulay ob-havo va yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq xavflar sabab bo‘ladi. Kuryerlarning 38,3 foizi rasman o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa-da, soliqlarni to‘laydiganlar ulushi 18,3 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga, 56,7 foizi tizim shaffof va ishonchli bo‘lsa, ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga badal to‘lashga tayyorligini bildirgan.

📝 Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida ISLAB tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan va norasmiy sektorda ishlayotganlarning ijtimoiy sug‘urtaga ehtiyojini o‘rganish doirasida tayyorlangan kuryerlarga bag‘ishlangan navbatdagi qisqa tahlilni siz bilan ulashamiz.

🔗 Havola: https://socialpolicylab.uz/uz/research/all/65

📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
🎖 socialpolicylab.uz
5390016
Photo1/6
🔉 2026-yil 28-sentabr – 2-oktabr kunlari Tbilisi shahrida Gruziya Moliya vazirligi Akademiyasi va Jahon banki hamkorligida “Kambag‘allikni o‘lchash va siyosatga ta’sir: amaliy trening” mavzusida mintaqaviy trening bo‘lib o‘tdi. Bunday treninglar kambag‘allik va aholi farovonligini aniq o‘lchash, ishonchli ma’lumotlar asosida tahlil olib borish hamda dalillarga asoslangan ijtimoiy siyosatni shakllantirish uchun muhim.

👍 ISLAB xodimi Akbarali Abduraxmonov treningda ishtirok etib, Jahon bankining kambag‘allikni o‘lchash metodologiyasi, uy xo‘jaliklari so‘rovlari ma’lumotlari va Stata dasturidan foydalanish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladi. Shuningdek, u Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari mutaxassislari bilan tajriba almashib, kambag‘allikni o‘lchash va farovonlikni tahlil qilishning turli yondashuvlari bilan tanishdi.

📈 Treningda olingan bilimlar ISLABning kambag‘allik, farovonlik va ijtimoiy himoya bo‘yicha tadqiqotlari sifatini oshirishga xizmat qiladi.

📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
🎖 socialpolicylab.uz
518008
Photo1/2
🔊 Diqqat! Samarqandda 2026-yil 21–22-oktabr kunlari bolalar farovonligiga sarmoya kiritish masalalariga bag‘ishlangan Jahon sammiti bo‘lib o‘tadi. 100 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirokidagi sammitda bolalarni ijtimoiy himoya qilish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, erta bolalik rivoji va bolalarni himoya qilish masalalari muhokama qilinadi.

👥 Sammitning ikkinchi kuni – 22-oktabrda “Evidence for children’s wellbeing: research, learning and partnership for future generations” mavzusida qo‘shimcha sessiya tashkil etiladi. Sizni ushbu sessiyada spiker yoki tinglovchi/mehmon sifatida ishtirok etishga taklif qilamiz. Sessiya ingliz tilida olib boriladi.

👨‍🏫 Spikerlar sessiyada bolalar farovonligiga oid o‘z tadqiqotlarini taqdim etadi va savol-javoblarda ishtirok etadi. Spiker sifatida qatnashish uchun tadqiqotingiz haqida ma’lumot, telefon raqam va shaxsni tasdiqlovchi hujjatingizni [email protected] elektron manziliga yuboring.

👥 Tinglovchi/mehmon sifatida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://eventadmin.ihma.uz/form/en

⏳ Muddat: 12-oktabr, dushanba

Samarqandda uchrashamiz!

📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
🎖 socialpolicylab.uz
663004
Photo1/2
😮 32 yoshli Sohiba uyda turli yeguliklar tayyorlab, daromad topadi. U mijozlarni asosan qo‘ni-qo‘shnilar va tanish-bilishlar orqali topadi. Buyurtmalar ko‘pincha to‘y, bayram va boshqa tadbirlarga to‘g‘ri keladi. Shu sababli ayrim kunlari buyurtmalar juda ko‘p bo‘lsa, boshqa kunlari umuman bo‘lmasligi mumkin.

📅 So‘rov natijalariga ko‘ra, uyda ovqat tayyorlovchilar yiliga o‘rtacha 20 kun ishlay olmaydi va natijada daromadidan ayriladi. Daromad yo‘qotilishining asosiy sababi kasallik bo‘lib, u barcha holatlarning 52 foizini tashkil etadi. Ular barcha o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ichida eng zaif guruh hisoblanadi. Bu sohada ishlaydiganlarning o‘ziga xos jihati shundaki, ular uy yumushlari bilan daromad keltiruvchi faoliyatni birgalikda olib boradi.

📊 Uyda ovqat tayyorlovchilarning qariyb 40 foizi rasman o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa-da, 71 foizi ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga badal to‘lashga tayyorligini bildirgan. Shu bilan birga, 37,1 foizi ijtimoiy sug‘urta tizimi haqida hech qachon eshitmagan, 62,9 foizi esa uning hech bir turidan foydalanmagan. Bu natijalar uyda ovqat tayyorlovchilar uchun, ayniqsa kasallik, homiladorlik va bola parvarishlash davrida, sodda, ishonchli va ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta mexanizmlariga ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatadi.

📝 Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida ISLAB tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan va norasmiy sektorda band bo‘lganlarning ijtimoiy sug‘urtaga ehtiyojini o‘rganish doirasida tayyorlangan navbatdagi uyda ovqat tayyorlovchilarga bag‘ishlangan qisqa tahlilni siz bilan ulashamiz.

🔗 Havola: https://socialpolicylab.uz/uz/research/one-pagers/64

📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
🎖 socialpolicylab.uz
680008
Video
🙌 Nikohdan ajrashishdan so‘ng bolalar yolg‘iz ona yoki ota bilan qolishi, oilaning daromadi kamayishi va kambag‘allikka tushish xavfi ortishi mumkin. Shu sababli aliment to‘lovlarini ta’minlash, yolg‘iz ona yoki otali oilalarni qo‘llab-quvvatlash va oilaviy maslahat xizmatlari ijtimoiy himoya siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda.

📈 Bu masalaning dolzarbligi ajrimlar dinamikasida ham ko‘rinadi. 2010-yilda O‘zbekistonda har 1 000 aholiga 0,62 ta ajrim to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 1,24 taga yetib, 15 yil ichida ikki baravar oshgan. Eng yuqori ko‘rsatkich 2022-yilda 1,37 ni tashkil etdi.

🇺🇿 2025-yilda hududlar kesimida ajrimlar:

🔶 Eng yuqori – Toshkent shahri (1,94) va Sirdaryo (1,68)
🔶 Eng past – Qashqadaryo (0,90) va Xorazm (0,94)
🔶 Respublika miqyosida har 100 ta nikohga 17–18 ta ajrim to‘g‘ri keldi

Ajrimlar ko‘rsatkichi nisbatan past bo‘lishiga qaramay, so‘nggi yillarda uning o‘sishi oilalar, ayniqsa, bolalar uchun ijtimoiy-iqtisodiy xavflarni yanada muhim masalaga aylantirmoqda.

📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
🎖 socialpolicylab.uz
8920013
Photo1/10
🙌 Bayramlar va xotirlash kunlarining insonlarga ma’naviy va hissiy ta’sirini, xususan, 3-dekabrning nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mazmunini o‘rganish inklyuziv tadbirlarni tashkil etishda muhim ahamiyatga ega.

👍 Shu maqsadda ISLABda “Bayramlar, xotirlash kunlari va inson: fikrlar, munosabatlar, inklyuziya” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

👥 Davra suhbatida Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, Sharoit Plyus vakillari ishtirok etishdi. Birgalikda ISLABning 3-dekabr nogironligi bo‘lgan shaxslar, ularning yaqinlari va aholining qolgan qismi nigohida tadqiqoti konsepsiyasi taqdim etilib, tadqiqot yondashuvlari, nogironligi bo‘lgan shaxslarning kutilmalari hamda ularni so‘rov jarayoniga inklyuziv jalb etish masalalari muhokama qilindi.

📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
🎖 socialpolicylab.uz
506007
Photo
👨‍🎓 Talaba yoshlarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan omillardan biridir.

🏆 Shu maqsadda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan https://socialpolicylab.uz/uz/news/41 tadqiqot ishlari tanlovi yosh tadqiqotchilarning ijtimoiy himoya sohasidagi ilmiy g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va ularni amaliyot bilan bog‘lashga xizmat qiladi.

🎁 Tanlovda magistrantlar o‘rtasida 2-o‘rinni egallagan Marjona Salimova bilan Boysun tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida uchrashuv o‘tkazdik.

Uchrashuvda Marjonani erishgan natijasi bilan tabriklab, kelgusi faoliyati haqida suhbatlashdik.

🎖 http://socialpolicylab.uz/
📝 😄 https://www.linkedin.com/company/ihriuz 💻 https://www.instagram.com/ihri_uzb/
7450017
Photo
Nogironlik holati bo‘yicha 2026-yil 2-chorak hisoboti

🇺🇿 Tahlillarga koʻra dastlabki 6 oy ichida roʻyxatga olingan nogironlik holatlari 2026-yil 1-yanvar sanasidan 7,460 kishiga (0,7%) oshdi. Asosiy nogironlik holatlari II guruhda kuzatilib, 704,403 nafarni (66,0%) tashkil etdi.

📊 Belgilangan nogironlik holatlarining aksariyati Ruhiy va xulq-atvor buzilishlari (168,241 nafar) va Qon aylanish tizimi kasalliklari (140,673 nafar) xissasiga toʻgʻri keladi. 2026-yil 1-iyul sanasiga koʻra Reyestrdagi nogironlik belgilangan shaxslarning o‘rtacha yoshi 43,6 yoshni tashkil etdi. Eng ko’p nogironlik holatlari 50-59 yosh oralig‘idagi shaxslarda kuzatildi. Erkaklarda 54,6%, ayollarda esa 45,4% nogironlik holatlari aniqlangan.

↗️ Toʻliq hisobotni ushbu https://socialpolicylab.uz/uz/research/reports/59 yuklab olish mumkin.

🎖 http://socialpolicylab.uz/
📝 😄 https://www.linkedin.com/company/ihriuz 💻 https://www.instagram.com/ihri_uzb/
627005
Photo
#islab_dayjest №22

Bu galgi dayjestimizdan oʻrin olgan maqolalar:

1⃣ Ijtimoiy himoya siyosatini shakllantirish jarayonidagi hokimiyat munosabatlari
Tadqiqot Madagaskarda ijtimoiy himoya siyosatining rivojlanishi ko‘p jihatdan xalqaro donorlarning ta’siri ostida kechganini va siyosat samaradorligi davlatning institutsional salohiyati hamda siyosiy yetakchiligiga bog‘liqligini ko‘rsatadi.

2⃣ Ish o‘rinlarining yo‘qolishi va zaif ishchilarni himoya qilishda davlat siyosatining o‘rni
Maqola ish o‘rinlarining qisqarishi eng avvalo zaif aholi qatlamlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishini va bunday sharoitda ijtimoiy himoya hamda faol mehnat bozori siyosatini uyg‘unlashtirish zarurligini ta’kidlaydi.

3⃣ Iqlim o‘zgarishiga moslashishda ijtimoiy himoya
Tadqiqot Hindiston tajribasi misolida ijtimoiy himoya tizimi aholining iqlim bilan bog‘liq xatarlarga moslashish qobiliyatini oshirishning muhim vositasi ekanini ko‘rsatadi.

4⃣ Jamoatchilikka (mahalla) asoslangan ijtimoiy himoya
Maqola Falastinning Beyta hududida mahalla, xayriya tashkilotlari va ayollar uyushmalariga asoslangan norasmiy ijtimoiy himoya mexanizmlari aholini qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynashini tahlil qiladi.

5⃣ Issiq ob-havoning sog‘liq va iqtisodiyotga ta’siri
Tadqiqot Hindiston shaharlaridagi norasmiy sektor xodimlari ekstremal issiqlik tufayli sog‘liqning yomonlashishi, mehnat unumdorligining pasayishi va daromadlarning kamayishi kabi jiddiy muammolarga duch kelayotganini ko‘rsatadi.

🔗 Batafsil: https://telegra.ph/islab-dayjest-08-14

📝 😄 https://www.linkedin.com/company/islabuz/💻 https://www.instagram.com/islabuzb/
🌐 http://socialpolicylab.uz/
589008
Photo
📊 2016–2022-yillarda O‘zbekistonda daromadlarni qayta taqsimlashni qo‘llab-quvvatlash sezilarli darajada kamaygan. Kambag‘allarga yordam berish uchun daromadining bir qismini berish yoki qo‘shimcha soliq to‘lashga tayyor bo‘lganlar ulushi 90,3 foizdan 63,5 foizgacha tushgan.

Shu va mavzuga doir boshqa o‘zgarishlarning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va institutsional determinantlari hamda ularning ijtimoiy siyosat uchun ahamiyati batafsil yoritilgan tahlilni quyidagi havolada o‘qishingiz mumkin:

https://socialpolicylab.uz/uz/interactive-reports/2

📝 😄 https://www.linkedin.com/company/islabuz/💻 https://www.instagram.com/islabuzb/
🌐 http://socialpolicylab.uz/
670008
Photo
🇺🇿 O‘zbekistonda o‘rta qatlam

📊 O‘rta qatlamning hajmi mamlakatdagi iqtisodiy imkoniyatlar, daromadlar tengsizligi va ijtimoiy barqarorlikni tushunish uchun muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Uning kengayishi aholining xarid qobiliyati va yuqoriga yo‘nalgan ijtimoiy mobilligini oshirishga xizmat qiladi.

📊 Ushbu tahlilda O‘zbekistonda o‘rta qatlamni daromad asosida baholashning ikki asosiy usuli ko‘rib chiqiladi. Nisbiy metodologiya bo‘yicha aholining 57,4 foizi o‘rta qatlamga kiradi. Absolyut metodologiya bo‘yicha esa 2025-yilda bu ko‘rsatkich 39,2 foizni tashkil qilgan.

Nega bu ikki natija bir-biridan farq qiladi? Qaysi metodologiya O‘zbekiston uchun ma’qulroq? Bu savollarga to‘liq https://socialpolicylab.uz/uz/blog/29javob beramiz.

📝 😄 https://www.linkedin.com/company/islabuz/💻 https://www.instagram.com/islabuzb/
🌐 http://socialpolicylab.uz/
661006
Photo
👍 ISLAB va 🔵 Fransiya Taraqqiyot Agentligi (AFD) hamkorlikda O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishining ijtimoiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan yangi ilmiy tadqiqot loyihasini boshlamoqda.

🔶Ijtimoiy reyestrdagi uy xo‘jaliklarining qariyb 22 foizi hanuz 2005-yilgacha ishlab chiqarilgan, energiya sarfi yuqori muzlatgichlardan foydalanadi.
🔶Xorazm va Buxoro yozning keskin issiqligi hamda oziq-ovqat bilan bog‘liq zaharlanish holatlari ko‘proq uchraydigan hududlar sirasiga kiradi.
🔶Tadqiqot Markaziy Osiyoda energiya samaradorligi, oziq-ovqat xavfsizligi va ijtimoiy himoyani birlashtirgan ilk randomizatsiyalangan nazorat tadqiqotlaridan (RCT) biri bo‘ladi.

💡 Loyihaning asosiy maqsadlari energiya sarfini kamaytirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda issiqlik to‘lqinlari kuchayib borayotgan sharoitda aholining iqlimga moslashuvchanligini oshirish hisoblanadi.

📅 2026-yilda loyihaning pilot bosqichi, 2027-yilda esa to‘liq tadqiqot amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

📝 😄 https://www.linkedin.com/company/islabuz/💻 https://www.instagram.com/islabuzb/
🌐 http://socialpolicylab.uz/
6930014
Photo
🏆 “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovining saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan ilmiy ishlar to‘plami bilan tanishing.

To‘plamda tanlovning 1-bosqichida saralab olingan 10 ta bitiruv malakaviy ishi va 10 ta magistrlik dissertatsiyasining qisqa bayonlari jamlangan.

Unda kambag‘allikni qisqartirish, inklyuziv ta’lim, gender tengligi, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, palliativ yordam, ruhiy salomatlik va boshqa dolzarb yo‘nalishlardagi tadqiqotlar bilan tanishishingiz mumkin.

🔗 To‘plamni ushbu https://socialpolicylab.uz/uz/research/others/58orqali yuklab olishingiz mumkin.

📝 😄 https://www.linkedin.com/company/islabuz/💻 https://www.instagram.com/islabuzb/
🌐 http://socialpolicylab.uz/
579009
Video
“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

Ushbu tanlov yoshlarning jamiyatni rivojlantirishga qaratilgan g‘oyalari va kelajakni yaxshilashga intilishining ifodasidir. Ayniqsa, ijtimoiy himoya sohasidagi ilmiy izlanishlar bugungi kunda muhim ahamiyatga ega.

Yosh tadqiqotchilarning har bir g‘oyasi adolatli va farovon kelajak sari xizmat qiladi, shuning uchun ularni qo‘llab-quvvatlash va amaliyotga tatbiq etish ustuvor yo‘nalishimizdir.

Barcha g‘olib va ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz hamda ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

https://t.me/MansurbekOlloyorov | https://www.facebook.com/share/1DC4r9tG4C/?mibextid=wwXIfr | https://www.instagram.com/olloyorov_mansurbek?igsh=MWU1eWVrNmtrYTdkdg==&utm_source=qr
443007
“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi!

👨‍🎓 Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovi o‘z yakuniga yetdi.

👮‍♂️ Tantanali taqdirlash marosimida Agentlik direktori Mansurbek Olloyorov, nufuzli markazlar va oliygohlar vakillari, shuningdek, xalqaro hamkorlar – Osiyo taraqqiyot banki (ADB) va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) mutasaddilari ishtirok etdi.

Tadbirda yosh tadqiqotchilarning ijtimoiy himoya sohasidagi ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash va ularni amaliyotga tatbiq etish muhimligi alohida ta’kidlandi.

✅ Tanlov g‘oliblari bilan tanishing:

👨‍🎓 Bakalavrlar o‘rtasida:
1️⃣ Mavluda Xakimniyazova – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
2️⃣ Sarvinoz Turg‘unova – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
3️⃣ Rayhona Abdullayeva – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

👨‍🎓 Magistrantlar o‘rtasida:
1️⃣ Zilola Ochilova – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
2️⃣ Marjona Salimova– Termiz davlat universiteti
3️⃣ Xurshida Xodjayeva – Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti

🤝 Shuningddek, quyidagi ishtirokchilar xalqaro hamkorlarimiz https://socialpolicylab.uz/uz/news/50 va https://socialpolicylab.uz/uz/news/48 maxsus rag‘batlantiruvchi mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

Shoxislombek Sharobiddinov – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (GIZ)
Xurshida Xodjayeva – Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (ADB)
Gavxarxon Abduraxmonova – Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (ADB)

🤝 Bundan tashqari, Azamat Jaksimuratov (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti), Dilnavoz Sobirova (Qo‘qon davlat universiteti), Aziza Abduvasikova (Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv texnologiyalar universiteti) va Vasila Hamrayevalarning (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) ham tadqiqot ishlari alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Barcha g‘olib va ishtirokchilarni chin dildan tabriklab, kelgusi ilmiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

📝 https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi    💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoya_agentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==  
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d   🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8     🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
5360012
Photo
👥 Jamiyatning sog‘lom rivoji, barqarorligi va kelajagi bevosita ayollar va bolalarning farovonligi, xavfsizligi hamda huquqlarining ta’minlanganiga bog‘liq.

🖋 Shu yo‘nalishda navbatdagi seminar-trening o‘tkazilib, unda mas’ul tashkilotlar vakillari, mutaxassislar hamda jamoatchilik ishtirok etdi.

Seminarda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

▫️ himoyaning huquqiy asoslari
▫️ zo‘ravonlik turlari va oqibatlari
▫️ jabrlanganlarga ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam

ISLAB direktori o‘rinbosari https://socialpolicylab.uz/uz/team/6 tomonidan zo‘ravonlik holatlarini erta aniqlash va oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

🎖 http://socialpolicylab.uz/
📝 😄 https://www.linkedin.com/company/ihriuz 💻 https://www.instagram.com/ihri_uzb/
545009
Video
🔘 So‘nggi imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

👥 ISLAB va J-PALning Tadqiqot akseleratori rezidentlik uchun arizalar qabuli 14-aprel, seshanba kuni yakunlanadi.

Agar siz ijtimoiy himoya, rivojlanish iqtisodiyoti va ta’sirni baholash yo‘nalishlarida ishlayotgan yosh tadqiqotchi bo‘lsangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun.

🕰 Erta topshirganlar afzallikka ega bo‘ladi.

↗️ Dastur haqida batafsil ma’lumot olish va ariza qoldirish uchun ushbu havolaga kiring: https://sites.google.com/povertyactionlab.org/research-accelerator-residency

🎖 http://socialpolicylab.uz/
📝 😄 https://www.linkedin.com/company/ihriuz 💻 https://www.instagram.com/ihri_uzb/
957005
Photo
🔊 Diqqat! Ijtimoiy himoya yo‘nalishida tadqiqotchilik faoliyatini boshlayotgan yosh mutaxassislar uchun doimiy hamkorimiz bo'lgan Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) bosh idorasida ishlash uchun ajoyib imkoniyat.

🕑 Ariza topshirish muddati: 9-aprelgacha

↗️ Batafsil: https://jobs.ilo.org/job/Technical-Officer,-Social-Protection,-P2/13573-en_GB

🎖 http://socialpolicylab.uz/
📝 😄 https://www.linkedin.com/company/ihriuz 💻 https://www.instagram.com/ihri_uzb/
992005
Photo
❗️ Diqqat, tadqiqotchi talabalar!

🔊 Sizlar uchun yana bir quvonchli yangilik! Osiyo taraqqiyot banki (ADB) “ https://socialpolicylab.uz/uz/news/41” milliy tadqiqot ishlari tanlovini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

🎁 Tanlov doirasida ADB “Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik” (Violence Against Women and Children) mavzusida eng yaxshi tadqiqot ishi uchun 2 nafar g‘olib magistratura talabalaridan biriga asosiy va ikkinchisiga rag‘batlantiruvchi https://socialpolicylab.uz/uz/news/50 https://socialpolicylab.uz/uz/news/50ajratadi. ADB ayollarni tanlovda faol qatnashishga chaqiradi.

Shartlar:
✅️️️️️️️️️️️️️️Ilmiy ish aynan shu mavzu doirasida bo‘lishi shart;
✅️️️️️️️️️️️️️️️️ G‘oliblar ADB platformasi orqali tashkilot bilan shartnoma imzolaydi;
✅️️️️️️️️️️️️️️️️ Gʻoliblar tadqiqot ishlari natijalari asosida 10–15 betlik izlanish hisoboti taqdim etishadi.

🖋 Bundan tashqari, ishtirokchilarga sertifikatlar beriladi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, tanlovga hujjat topshirish muddati tugashiga 3 oy qoldi.

↗️ Tanlov shartlari haqida batafsil ushbu https://socialpolicylab.uz/uz/news/41orqali tanishing.

🎖 http://socialpolicylab.uz/
📝 😄 https://www.linkedin.com/company/ihriuz 💻 https://www.instagram.com/ihri_uzb/
2,4500015
Photo
O‘zbekiston Jahon bankining ayollar iqtisodiy huquqlari bo‘yicha indeksida 43-o‘ringa ko‘tarildi.

🎖 Jahon banki tomonidan har yili e’lon qilinadigan "Ayollar, Biznes va Qonun" (WBL) https://openknowledge.worldbank.org/server/api/core/bitstreams/2d98382b-4cc6-43ba-b140-06ea4ca9a51e/content190 mamlakatda qonunlar, ularning ijrosi va siyosat ayollarning iqtisodiy imkoniyatlariga qanday ta’sir qilishini 100 ballik ko‘rsatkichda o‘lchaydigan global tahlil vositasidir. 2026 yilda chiqqan hisobotga ko‘ra O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari quyidagicha:

▫️Qonuniy asoslar: 82.10/100
▫️Qonunlar ijrosi: 57.20/100
▫️Qo‘llab-quvvatlovchi siyosat: 59.08/100

O‘zbekistonda quyidagi ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan:

▫️Bir xil mehnat uchun teng ish haqi majburiy qilib belgilandi;
▫️Ayollarga sanoat va xavfli sohalarda ishlash imkoniyati ochildi;
▫️Oilaviy zo‘ravonlikka qarshi yangi jinoiy javobgarlik joriy etildi.

O‘zbekiston hozirda dunyoda 43-o‘rinda va Singapur, Turkiya va BAA bilan bir qatorda turibdi hamda Markaziy Osiyodagi ilg‘or davlatlardan biri.

🎖 http://socialpolicylab.uz/
📝 😄 https://www.linkedin.com/company/ihriuz 💻 https://www.instagram.com/ihri_uzb/
1,3200013
Photo
Xulq-atvor iqtisodiyoti va davlat siyosati insonlarning kundalik hayotdagi qarorlarini o‘rganish orqali davlat xizmatlari va siyosatini yanada samarali qilishga qaratilgan yondashuvdir.

↗️ Ijtimoiy himoya sohasida bu yondashuv nafaqa va xizmatlardan foydalanishda yuzaga keladigan to‘siqlarni kamaytirishga, muloqotni yaxshilashga va dasturlarni insonparvar qilishga yordam beradi. Hatto kichik o‘zgarishlar, masalan, anketalarni soddalashtirish yoki faol rozilik (opt-in) va passiv rozilik (opt-out) yondashuvlarini qo‘llash, ijtimoiy himoya qamrovini sezilarli oshirishi mumkin.

💻 Laboratoriyaning ushbu sohada tadqiqot olib borayotgan tadqiqotchilari , https://www.linkedin.com/in/d-berdiklichev?utm_source=share_via&utm_content=profile&utm_medium=member_android va Harvard universitetining Behavioral Insights & Public Policy dasturini muvaffaqiyatli tamomladilar. UNICEFning O‘zbekistondagi https://t.me/unicefuzbekistano‘quv jarayonini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildiramiz.

🎖 http://socialpolicylab.uz/
📝 😄 https://www.linkedin.com/company/ihriuz 💻 https://www.instagram.com/ihri_uzb/ https://www.instagram.com/ihri_uzb/ https://www.instagram.com/ihri_uzb/ https://www.instagram.com/ihri_uzb/
9870022
Photo
🌸 Bugun Navro‘z deganda birinchi bo‘lib sumalak va sayllar eslanadi. Ammo uning yana bir ramzlaridan biri hushtak o‘yinchoqlaridir.

🕰 Aynan Navro‘z uchun loydan va ko‘pincha qush yoki afsonaviy hayvon shaklida hushtaklar yasalgan. Bolalar bu o‘yinchoqni chalish orqali qishni haydab bahorni chaqirishgan.

Hushtak oddiy o‘yinchoq emas, balki yer yuziga hayotni qaytarish ramzi ham bo‘lgan.

🎖 http://socialpolicylab.uz/
📝 😄 https://www.linkedin.com/company/ihriuz 💻 https://www.instagram.com/ihri_uzb/
1,0100014
Photo
#islab_dayjest №19

Bugungi dayjestdan quyidagi 5 ta maqola o‘rin olgan:

1️⃣ Yaxshi mahalla, yaxshi qo‘shnilar, yaxshi ish o‘rinlari
Tadqiqot Daniya ma’lumotlari asosida yaxshi mahallalarda yashash kattalarning mehnat bozori natijalarini yaxshilashi va jinoyatchilik ehtimolini kamaytirishini, bu ta’sir asosan qo‘shnilar orqali shakllanadigan ijtimoiy tarmoqlar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.

2️⃣ Ishchilar manfaatiga xizmat qiluvchi AI yaratish
Maqola sun’iy intellekt inson mehnatini almashtirish o‘rniga ishchilarning ko‘nikmalarini kuchaytiradigan yo‘nalishda rivojlantirilsa, mehnat bozori tengsizligini kamaytirishga yordam berishi mumkinligini ta’kidlaydi.

3️⃣ Shartsiz ijtimoiy nafaqalarning bemorlar xulq-atvoriga ta'siri
Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, shartsiz ijtimoiy nafaqalar past daromadli bemorlar orasida moliyaviy stressni kamaytirib, sog‘lom ovqatlanish, dori-darmonlarni muntazam qabul qilish va boshqa sog‘lom xulq-atvorni yaxshilashga yordam berishi mumkin.

4️⃣ Bolalar parvarishi tizimini isloh qilish orqali ayollar tadbirkorligini rivojlantirish
Hisobot bolalar parvarishi xizmatlarining yetishmasligi ayollar tadbirkorligini cheklashini va arzon hamda sifatli parvarish tizimlari ayollarning iqtisodiy faoliyatini kengaytirishi mumkinligini ko‘rsatadi.

5️⃣ Janubiy Koreayada universal ijtimoiy himoya
Tadqiqot Janubiy Koreyada ijtimoiy himoya tizimi iqtisodiy rivojlanish jarayonida bosqichma-bosqich kengayib, selektiv dasturlardan deyarli universal qamrovga ega tizimga aylanganini ko‘rsatadi.

↗️ Batafsil: https://telegra.ph/islab-dayjest-03-13

🎖 http://socialpolicylab.uz/
📝 😄 https://www.linkedin.com/company/ihriuz 💻 https://www.instagram.com/ihri_uzb/ https://www.instagram.com/ihri_uzb/ https://www.instagram.com/ihri_uzb/ https://www.instagram.com/ihri_uzb/
1,110007
🔊 ISLAB, in collaboration with J-PAL, is pleased to announce applications for the 12-month Research Accelerator Residency. This program, supported by the https://t.me/wbuzbekistan/ https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi"Inson" project, is designed for early-career researchers committed to rigorous, policy-relevant research in social protection, development economics, and impact evaluation, with a focus on Uzbekistan.

👥 Over 10 residency positions are available for the 2026 cohort. Applications are reviewed on a rolling basis, so early submission is encouraged.

Residency benefits include:

✅ Mentorship from researchers affiliated with ISLAB and J-PAL
✅ Access to https://micromasters.mit.edu/dedp/ courses in Data, Economics & Development Policy (DEDP)
✅ Hands-on experience in applied social policy research
✅ Formal recognition as a Research Accelerator Resident
✅ Networking with local and international scholars
✅ Potential guidance in future research funding opportunities

The program is open to researchers with a background in economics, social policy, public policy, statistics, or related quantitative disciplines, with some research experience and strong analytical skills.

📌 Tag people you know who fit this program.

🗓 Application deadline: April 14, 2026
↗️ Apply & learn more: https://sites.google.com/povertyactionlab.org/research-accelerator-residency

🎖 http://socialpolicylab.uz/
📝 😄 https://www.linkedin.com/company/ihriuz 💻 https://www.instagram.com/ihri_uzb/
5,2500018
Photo
🧮 Nogironligi bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilishda jismoniy infratuzilma bilan bir qatorda jamiyatdagi ijtimoiy normalar, ota-onalarda qo‘rquv, stigma (ijtimoiy tamg‘a) kabi to‘siqlar ham mavjud. Barcha bolalarning ta’lim huquqini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv, adolatli va o‘zaro hurmat asosidagi muhitni yaratish uchun bu to‘siqlarni to‘liq anglash va ular bilan ishlash muhim.

👥 Bugun inklyuziv ta’limda xulq-atvorga ta’sir qiluvchi omillar tahliliga bag‘ishlangan seminarda UNICEF va Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari barcha manfaatdor tomonlar bilan muhokama qilindi.

↗️ Tadbir haqida https://socialpolicylab.uz/uz/news/49

🎖 http://socialpolicylab.uz/
📝 😄 https://www.linkedin.com/company/ihriuz 💻 https://www.instagram.com/ihri_uzb/ https://www.instagram.com/ihri_uzb/ https://www.instagram.com/ihri_uzb/ https://www.instagram.com/ihri_uzb/
1,970007

Showing 30 of 37 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi Telegram kanali nima haqida?+

Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi (@islab_uz) — tgdio da Davlat xizmati (UPSC va SSC) toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 1 091 obunachi bor.

Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi (@islab_uz) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @islab_uz ga bepul obuna bo‘ling.

Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi yaxshi Davlat xizmati (UPSC va SSC) kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 1 091 obunachi bor. O‘xshash Davlat xizmati (UPSC va SSC) kanallar bilan solishtiring.

Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @islab_uz sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.