🏆 UNIVERSITET TALABASI “DIKTANT” TANLOVIDA G‘OLIB BO‘LDI! 🇺🇿
📚 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-308-sonli qaroriga muvofiq, 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, ma’naviyatimiz va kelajagimiz asosidir” mavzusida ommaviy diktant tadbiri o‘tkazildi.
🇺🇿 Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazida tashkil etilgan mazkur tadbirda Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari va xodimlari, kursantlar, talabalar hamda o‘quvchilar ishtirok etdi.
👏 Quvonarlisi, universitetimiz kursant va talabalari ham faol qatnashgan ushbu tanlovda 50 nafardan ortiq ishtirokchi orasidan hakamlar hay’atining yakdil qarori bilan universitet Maxsus fakulteti Psixologiya ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Axmedova E’zozxon Toyirjon qizi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi! 🥇🎉
Tadbir davomida kursant va o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy va musiqiy chiqishlar, shuningdek, sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.
💐 Universitetimiz talabasi E’zozxon Axmedovani ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusi o‘qishlari va faoliyatida ulkan zafarlar, yangi marralar hamda muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🇺🇿 Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz!
#JXU #MaxsusFakultet #OzbekTiliBayrami #Diktant #Yutuq
➡️🔘 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
✅Telegram I📹
Youtube I✅
Facebook I 🌐
Instagram I 🌐
Web-site