Ushbu kanal JIDU "Xalqaro huquq" fakulteti professor-o'qituvchilari, talabalar va bitiruvchilar uchun tashkil etilgan. Takliflar va hamkorlik uchun: @ftashev
📆2026 yilning 14-oktabr sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi professori N.A. Nugmanov tomonidan JIDU Universitet turar joyida “Barqaror rivojlanish maqsadlari: Sifatli ta’lim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. ✨Suhbat davomida BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADI (4-BRM: SIFATLI TA’LIM) asosiy vazifalari boshlang‘ich va o‘rta ta’lim: barcha qizlar va o‘g‘il bolalarning bepul, adolatli hamda sifatli boshlang‘ich va o‘rta ta’lim olishini ta’minlash; erta yoshdagi sifatli rivojlanish, parvarish va maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatini yaratish; sifatli kasb-hunar, texnik va oliy ta’lim olishda teng imkoniyatlarni ta’minlash, texnik va kasbiy ko‘nikmalarni sezilarli darajada oshirish islohotlari, ta’lim sohasidagi gender tengsizligini bartaraf etish, savodxonlik hamda hisoblash ko‘nikmalariga ega bo‘lishini ta’minlash to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. ✅Suhbat yakunida Barqaror Rivojlanish Maqsadi (4-BRM: sifatli ta’lim) doirasida O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohatlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-oktabrdagi PF-213-sonli Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida yagona Taʼlim va ilm-fan vazirligi tashkil etish to'g‘risida Farmoni to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. ✅Universitet professori bilan bo‘lib o‘tgan bunday uchrashuvlar talabalarning xalqaro huquq sohasida yuqori salohiyatga va kuchli bilimlari mustahkamlashga xizmat qiladi.
JIDU Vis Moot jamoasi xalqaro tijorat arbitraji bo‘yicha musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etdi
Joriy yilning 1-4-oktyabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Vis Moot jamoasi Markaziy osiyo nizolarni hal etish assotsiatsiyasi va AQSh Tijorat departamenti Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi tomonidan tashkil etilgan Annual Central Asia Dispute Resolution Association Kick-Off Pre-Moot musobaqasida ishtirok etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, JIDU Vis Moot jamoasi final bosqichigacha yetib borib, birinchi vitse-chempion (First Runner-Up) maqomini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, jamoa a'zosi, JIDU Xalqaro huquq fakulteti 4-bosqich talabasi Kamronbek Shermetov "Best Oralist for Respondent" nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.
Mazkur musobaqada Markaziy osiyo, Janubiy osiyo, Kavkaz, hamda Afrika mintaqasida joylashgan universitetlar ishtirok etishdi.
JIDU jamoasini erishilgan natijalar bilan tabriklaymiz va kelgusi xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatlar tilaymiz!
✏️21-oktabr - O‘zbek tili bayrami munosabati bilan JIDU talabalari ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini o‘ziga xos tarzda ifoda etdilar.
✨Til - millatning ruhi, xalqning o‘tmishi va kelajagini bog‘lovchi bebaho merosdir. Uni asrab-avaylash, boyitish va kelajak avlodlarga yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.
🇺🇿Ona tilimiz hamisha qalblarimizda, hayotimizda va kelajagimizda barhayot bo‘lsin! 💬💬💬 🌎Yangiliklarni kuzatib boring: 🚀Telegram |🔸Instagram |🎰LinkedIn
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yuridik klinikasi faoliyatida navbatdagi muhim bosqich yakunlandi. Xalqaro huquq fakultetining 2-bosqich talabalari uchun moʻljallangan maxsus trening mashgʻulotlarida ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarni ikki bosqichli saralash jarayoni muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
📆2026-yilning 5-oktabridan 12-oktabrigacha boʻlgan davrda JIDU Yuridik klinikasining boʻlajak amaliyotchi talabalarini aniqlash va ularning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan ikki bosqichli saralash jarayoni boʻlib oʻtdi. Saralash jarayonida Xalqaro huquq fakultetining 2-bosqich talabalari faol iqtidorlarini namoyon etishdi.
Saralash bosqichlarining tafsilotlari: ✅1-bosqich (Hujjatlar qabuli va tahlili): Ushbu bosqichda nomzodlar belgilangan muddatlarda kerakli hujjatlar topshirigʻini masʼuliyat bilan bajardilar. Qabul komissiyasi tomonidan talabalarning akademik koʻrsatkichlari, intizomi va topshirilgan hujjatlarning toʻliqligi atroflicha koʻrib chiqildi.
✅2-bosqich (Yakka tartibdagi suhbat): Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan talabalar bilan individual tartibda suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida har bir nomzodning:
✨Kasbiy intilishi va huquq sohasiga boʻlgan qiziqishi;
✨Shaxsiy fazilatlari hamda mantiqiy fikrlash qobiliyati;
✨Boʻlajak yurist va fuqaro sifatidagi hayotiy hamda fuqarolik pozitsiyasi atroflicha oʻrganildi.
JIDU Yuridik klinikasi vakillarining ta'kidlashicha, ushbu trening mashgʻulotlari talabalarning nazariy bilimlarini amaliy koʻnikmalar bilan boyitish, ularga fuqarolarga beg'araz(bepul) huquqiy yordam koʻrsatish va kelajakda malakali, ijtimoiy masʼuliyatli mutaxassis boʻlib yetishishlarida muhim poydevor boʻlib xizmat qiladi.
📆2026-yil 13-oktabr kuni TDYU Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi tomonidan BMTning Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro pakti qabul qilinganining 60 yilligiga bag‘ishlangan “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o'tkazildi. ✨Ushbu konferensiyada JIDU Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi o'qituvchisi Ikramov Saidakmal Odil o'g'li o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi. Ma'ruza "Insonning madaniy merosdan foydalanish huquqi: mazmuni va xalqaro-huquqiy kafolatlari" mavzusiga bag'ishlangan. ✅Unda insonning madaniy huquqlaridan biri sanalgan madaniy merosdan foydalanish va bahramand bo'lish huquqining mazmuni va mohiyati, xalqaro-huquqiy kafolatlari va milliy qonunchilikni takomillashtirish masalalari yoritildi. Qolaversa, konefensiya davomida munozara va mulohazalarda faol qatnashildi.
📆2026- yilning 14-oktabr kuni JIDU XHOHF kafedrasi professori N.A.Nugmanov tomonidan Universitet turar joyida talabalar uchun muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirning asosiy mavzusi "Ta’limda yoshlarning oʻrni: huquqiy me'yorlar va ma'naviy qadriyatlar"ga bag‘ishlandi. ✨Professor N.A.Nugmanov talabalarga ta’lim tizimi qadriyatlarni yetkazishning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qilishi hamda hozirgi kundagi transformatsiya va globalizatsiya jarayonlari natijasida texnologiyalarning mafkuraviy manipulyatsiyasi bilimlarning sifati va ulardan foydalanish imkoniyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi, texnologik jihatdan yetarli darajada moslasha olmaslik natijasida, nazoratsiz global axborot oqimlari ta’sirida milliy madaniy o‘ziga xoslik va qadriyatlarning yemirilishiga olib kelishi mumkinligiga to‘xtalib o‘tdi. ✨O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda ta’lim-tarbiya sohasini tubdan isloh qilish va yoshlar kamolotini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, sifatli ta’lim va zamonaviy kasblar, ilm-fan, innovatsiya, tashabbuskorlik va shijoatni qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan qarorlar, shuningdek, 2026-yilda ta‘lim tizimini isloh qilish va yoshlar tarbiyasini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha bir qator strategik qarorlar, dasturlar va yangi tashabbuslar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. ✨Ma’naviyat darsi davomida talabalar 2026-yil mamlakatimizda uzluksiz ta’lim, tarbiya va ilm-fan tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, inson kapitalini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylikni ta’minlash, jumladan, maktab ta’limini kasbiy va oliy ta’lim bilan, oliy ta’limni ilm-fan bilan yaqindan integratsiya qilish, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda ta’lim sohasida yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, tizimning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish maqsadida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-oktabrdagi PF-213-sonli Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida yagona Taʼlim va ilm-fan vazirligi tashkil etish to'g‘risida Farmoni bilan yaqindan tanishtirildi. ✅Ushbu suhbat talabalarning nafaqat o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashish imkoniyatini berdi, balki ta’lim sohasidagi huquqiy normalar va ma’mlakatimizda olib borilayotgan ta’lim islohatlari haqidagi bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
🌍 JIDUda BRM doirasida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi
2026-yil 19-oktyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi qabul qilinganining 20 yilligiga bag‘ishlangan «20 yillik tajriba, zamonaviy amaliyot» mavzusida xalqaro davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi tomonidan BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishga ko‘maklashish doirasida tashkil etildi.
🤝 «Biz haqimizda — bizsiz hech narsa» shiori ostida gibrid shaklda o‘tgan uchrashuv O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyadan olimlar, ekspertlar hamda jamoat tashkilotlari vakillarini birlashtirdi.
Davra suhbatida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, RUDN, «Turan» universiteti, Kaspiy ijtimoiy universitetining «Әділет» Oliy huquq maktabi, Tadbirkorlik oliy maktabi va TDYU vakillari ishtirok etdilar.
💬 Muhokamalarda Konvensiyaning amaliy ijrosi, inklyuziv ta’lim, autizmli shaxslar huquqlari, mustaqil turmush kechirish, sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlari va iqlim o‘zgarishi sharoitida huquqlarni himoya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tadbir BRM 4, 10, 16 va 17 doirasida sifatli ta’lim, teng imkoniyatlar, huquqlar himoyasi va xalqaro hamkorlik masalalariga e’tibor qaratdi.
🌱 Uchrashuvning asosiy g‘oyasi — «Hech kimni ortda qoldirmaslik», nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotida va o‘zlariga daxldor qarorlarni qabul qilishda to‘laqonli ishtirokini ta’minlashdir.
✨ Hi again Students! ☕️ I'm hosting another virtual coffee chat via Zoom, following requests from several students. We'll be talking about: 🌍 Scholarships (+how to apply 🔥) 🎤 International conferences & forums 💼 Internships & fellowships 📝 Tips on Application…
📢 Call for Submissions – Max Planck Yearbook of UN Law (Vol. 30)
📖 Special thematic forum: "The Wider United Nations System: Subsidiary Organs, Specialised Agencies, and Related Organisations at a Time of Strain"
📌Forum Question : "To what extent do the diverse institutions and entities that comprise the wider United Nations system remain effective and resilient in advancing their mandates, and how might their institutional design, inter-institutional relationships, and normative role evolve in response to contemporary global challenges?"
📍 Platform: Zoom / Online 🏛 Host: NUS Centre for International Law
💰 Cost: Free
🧭 This webinar brings together UN experts and academics to discuss digital rights – an emerging category of human rights in the AI era. Special attention will be given to vulnerable groups: children, women, persons with disabilities, racial minorities, and Indigenous peoples. The discussion will explore how AI design, development, and use may violate human rights and worsen inequality, discrimination, and social exclusion.
🔗 Full details and registration information is found above
📍 Yerevan, Armenia, 27-28 November 2026 ⌛️Submission deadline: 7 September 2026
🇦🇲 This conference aims to bring together academics, practitioners, policymakers, and early-career researchers from Armenia and around the world to explore Protecting Humanity in Armed Conflict: Contemporary Challenges for International Humanitarian Law.
📌 Abstracts are invited under one of the following 4 thematic panels, developed in line with the priorities of the Global Initiative to Galvanize Political Commitment to IHL;
(1) Preventing Violations of IHL: Compliance, Deterrence and Early Warning (2) Protecting Civilians, Essential Services and Cultural Heritage (3) Modernizing IHL for Emerging Threats and New Domains of Warfare (4) Linking IHL to Peacebuilding and Reconciliation.
Research funding opportunity: Thyssen@KWI Fellowship 2027 Funder: Institute for Advanced Study in the Humanities Essen / Fritz Thyssen Foundation Funding amount: Six-month residential fellowship with stipend and institutional support Deadline: Applications close 17 August 2026: 2026-08-17 Eligibility: Region/location: Global / Germany Applicant type/level: International postdoctoral and senior researchers in the humanities, cultural studies and social sciences whose projects connect with KWI themes. Subject area: Social Sciences and Humanities What it is about: KWI and the Fritz Thyssen Foundation invite international scholars to pursue independent humanities and social-science research in Essen. Details: https://Inkd.in/dcgn32RE For more funding opportunities, explore https:// http://grantmeridian.com/
Internship Programme offers students and recent graduates the opportunity to gain direct practical work experience.
• Duration: The duration of an internship is normally between six and twenty-six weeks. Internships can be on a full-time or a part-time basis.
• Expenses we cover: UNICEF provides a monthly stipend to interns. A one-time lump sum, as a contribution towards travel and visa costs, may also be granted when funding is available.
• Visa: If necessary, UNICEF will provide relevant supporting documents for our visa applications.
❗️❗️❗️❗️❗️❗️ JIDU talabalari davlat organlari va hududiy boshqarmalarda yozgi amaliyotni muvaffaqiyatli o‘tashmoqda
⚡️ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakultetida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uzviy bog‘lash, talabalarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Hozirgi kunda fakultetning 1-bosqich talabalari respublikamizning yetakchi davlat va jamoat tashkilotlarida yozgi amaliyotini o‘tamoqdalar.
🏛Xususan, Axmedov Jasurbek Zufarbek o‘g‘li o‘z amaliyot faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada olib bormoqda. Amaliyot davomida talaba qo‘mitaning huquqiy va tashkiliy faoliyati, konfessiyalararo bag‘rikenglikni ta’minlash hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlarining amalda qo‘llanilishi jarayonlarini bevosita o‘rganmoqda.
🏛Shuningdek, fakultetning boshqa bir iqtidorli talabasi Komilov Abdulaziz Avazjonovich yozgi amaliyotni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasida o‘tkazmoqda. U hududda tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarini himoya qilish, xalqaro hamkorlik va investitsiyaviy muhitni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tajribali mutaxassislardan saboq olmoqda.
✔️JIDU talabalarining amaliyot jarayonlari nazariy bilimlarni mustahkamlash bilan birga, ularning davlat xizmati va tadbirkorlik huquqi sohasidagi amaliy ko'nikmalarini boyitishga xizmat qilmoqda.
⚡️ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Professor o’qituvchilari va xodimlari 5-16 iyul kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo’lib o’tgan “The future of the Turkic World” uchinchi Turkiy davlatlar yozgi forumida muvaffaqqiyatli ishtirok etishdi. Ushbu tadbir Ibn Haldun universitetining Haydar Aliyev Yevrosiyo fanlari tadqiqot markazi homiyligida uchinchi bora o’tkazildi. 10 kun davom etgan forumda Universitet professor o’qituvchilari o’zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi va Turkiy davlatlar tashkiloti, Turkiy davlatlarning o’zaro hamkorligi istiqbollari, ta’lim, fan, madaniyat va iqtisodiyotning turli jabhalarida muhokamalar bo’lib o’tdi.
✅ Bu kabi forumlar Turkiy davlatlar orasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish va integratsiyaga erishish yo’lidagi muhim qadamlardan biri ekanligi forum tashkilotchilari va ishtirokchilari tomonidan ta’kidlandi.
The Harvard Radcliffe Institute Fellowship Program offers scientists, writers, scholars, public intellectuals, and artists a rare chance to pursue ambitious projects for a full academic year in a vibrant interdisciplinary setting amid the resources of Harvard University.
⚡️JIDU Xalqaro huquq fakulteti talabalari xalqaro yozgi ta’lim dasturlarida!
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti 2-bosqich talabalari yozgi ta’til davomida xorijiy ta’lim dasturlarida faol ishtirok etib, til bilimlari va xalqaro tajribalarini oshirmoqdalar.
🇮🇹 Rasulova Sarvinoz Italiyaning Toskana viloyati, Arezzo shahridagi RP Language Schoolda italyan tili kurslarida tahsil olmoqda.
Bunday xalqaro dasturlar talabalarga xorijiy tillarni mukammal o’rganish, yangi madaniyatlar bilan yaqindan tanishish hamda xalqaro akademik tajriba orttirish imkoniyatini yaratadi.
⚡️Talabalarimizga ulkan muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilaymiz!
📆2026- yilning 14-oktabr kuni JIDU XHOHF kafedrasi professori N.A.Nugmanov tomonidan Universitet turar joyida talabalar uchun muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirning asosiy mavzusi "Ta’limda yoshlarning oʻrni: huquqiy me'yorlar va ma'naviy qadriyatlar"ga bag‘ishlandi. ✨Professor N.A.Nugmanov talabalarga ta’lim tizimi qadriyatlarni yetkazishning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qilishi hamda hozirgi kundagi transformatsiya va globalizatsiya jarayonlari natijasida texnologiyalarning mafkuraviy manipulyatsiyasi bilimlarning sifati va ulardan foydalanish imkoniyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi, texnologik jihatdan yetarli darajada moslasha olmaslik natijasida, nazoratsiz global axborot oqimlari ta’sirida milliy madaniy o‘ziga xoslik va qadriyatlarning yemirilishiga olib kelishi mumkinligiga to‘xtalib o‘tdi. ✨O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda ta’lim-tarbiya sohasini tubdan isloh qilish va yoshlar kamolotini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, sifatli ta’lim va zamonaviy kasblar, ilm-fan, innovatsiya, tashabbuskorlik va shijoatni qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan qarorlar, shuningdek, 2026-yilda ta‘lim tizimini isloh qilish va yoshlar tarbiyasini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha bir qator strategik qarorlar, dasturlar va yangi tashabbuslar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. ✨Ma’naviyat darsi davomida talabalar 2026-yil mamlakatimizda uzluksiz ta’lim, tarbiya va ilm-fan tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, inson kapitalini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylikni ta’minlash, jumladan, maktab ta’limini kasbiy va oliy ta’lim bilan, oliy ta’limni ilm-fan bilan yaqindan integratsiya qilish, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda ta’lim sohasida yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, tizimning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish maqsadida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-oktabrdagi PF-213-sonli Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida yagona Taʼlim va ilm-fan vazirligi tashkil etish to'g‘risida Farmoni bilan yaqindan tanishtirildi. ✅Ushbu suhbat talabalarning nafaqat o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashish imkoniyatini berdi, balki ta’lim sohasidagi huquqiy normalar va ma’mlakatimizda olib borilayotgan ta’lim islohatlari haqidagi bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Xalqaro huquq fakulteti
661008
Loading view history…
Reyting
Kirish talab qilinadi
Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'lib tajribangizni baham ko'ring!
Frequently Asked Questions
Xalqaro huquq Telegram kanali nima haqida?+
Xalqaro huquq (@jiduxalqarohuquq) — tgdio da Veb-seriallar toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 2 235 obunachi bor.
Xalqaro huquq (@jiduxalqarohuquq) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+
tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @jiduxalqarohuquq ga bepul obuna bo‘ling.
Xalqaro huquq yaxshi Veb-seriallar kanalimi?+
tgdio da qo‘shilishdan oldin Xalqaro huquq reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 2 235 obunachi bor. O‘xshash Veb-seriallar kanallar bilan solishtiring.
Xalqaro huquq statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+
tgdio da @jiduxalqarohuquq sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.