Jomboy 24 Telegram channel photo

Jomboy 24

@jomboynews24Public Channel

Samarqand viloyati Jomboy tumani hayotiga aloqador habarlar va yangiliklar. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating. Biz doim siz bilan muloqot qilishga tayyormiz. https://www.instagram.com/jomboynews24 Murojaatlar va e'lonlar uchun: @Jomboyliklar_fuqarolar

5.1k

Last views

661 (661 subscribers)
A'zolar
—
Rating
54
Total Posts
Oct 21, 2026, 6:50 PM
Yangilangan
Apr 3, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameJomboy 24
Username@jomboynews24
CategoryYangiliklar va gazetalar
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar661
Channel TypePublic Channel
Created3-apr, 2026
Last Updated21-okt, 2026 • kecha
StatusActive

Reyting

Global reyting
#501977-52
Til reytingi
#2948-1
Toifa reytingi
#6238-1

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 66130 Days growth: -4.8K88%
09/2209/2710/0210/0710/1210/1710/21
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
22:09:20265,495
23:09:20265,495
24:09:20265,495
25:09:20265,495
26:09:20265,495
27:09:20265,495
28:09:20265,495
29:09:20265,495
30:09:20265,495
01:10:20265,495
02:10:20265,495
03:10:20265,495
04:10:20265,495
05:10:20265,495
06:10:20265,495
07:10:20265,495
08:10:20265,495
09:10:20265,495
10:10:20265,495
11:10:20265,495
12:10:20265,495
13:10:2026682
14:10:2026682
15:10:2026682
16:10:2026682
17:10:2026682
18:10:2026682
19:10:2026682
20:10:2026682
21:10:2026661
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 30:03:20266,781
Week of 06:04:20266,057
Week of 13:04:20265,317
Week of 20:04:20265,317
Week of 27:04:20264,712
Week of 04:05:20264,712
Week of 11:05:20263,589
Week of 18:05:20263,589
Week of 25:05:20263,589
Week of 01:06:20267,337
Week of 08:06:20267,337
Week of 15:06:20267,337
Week of 22:06:20266,326
Week of 29:06:20266,326
Week of 06:07:20266,326
Week of 13:07:20265,999
Week of 20:07:20265,999
Week of 27:07:20265,999
Week of 03:08:20265,797
Week of 10:08:20265,797
Week of 17:08:20265,596
Week of 24:08:20265,557
Week of 31:08:20265,557
Week of 07:09:20265,503
Week of 14:09:20265,495
Week of 21:09:20265,495
Week of 28:09:20265,495
Week of 05:10:20265,495
Week of 12:10:2026682
Week of 19:10:2026661
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20264,712
May 20263,589
June 20266,326
July 20265,999
August 20265,557
September 20265,495
October 2026661
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
2026661

So'nggi postlar

Jomboy 24 logo
Jomboy 24

09-okt, 2026, 12:57

Photo1/2
💐 “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar saralovi boshlandi!

Ijodkor, iqtidorli va faol qizlar diqqatiga!

Agar siz ham o‘z yo‘nalishingizda yutuqlarga erishgan, jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shayotgan bo‘lsangiz bu imkoniyat aynan siz uchun!

2025-yilgi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralash bo‘yicha tuman-shahar bosqichlari boshlandi.

✔️14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlar 8 ta yo‘nalishda ushbu nufuzli mukofot sohibasi bo‘lishlari mumkin.

Nomzodlar adabiyot, san’at, fan, ta’lim, madaniyat, sport, tibbiyot, jamoatchilik va AT kabi yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli mezonlar asosida baholanadi.

Hujjatlarni 10-oktabrgacha yashash mahallangizdagi xotin-qizlar faoliga topshirishingiz mumkin.

Ulaning va ulashing:
✅ Telegram | ⚜️ Instagram |
📨 Murojaat va e'lonlar
5,140000
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

03-okt, 2026, 15:36

Photo1/2
⚡️ Yoshlar uchun yangi imkoniyat: o‘quv kurslariga arizalar qabuli boshlandi!

“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi, xorijiy tillarni o‘rganishi hamda ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlarida o‘z salohiyatini rivojlantirishi uchun subsidiya ajratiladi.

“Kelajak kasblari” loyihasi doirasida IT, zamonaviy kasblar va xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv kurslari xarajatlari 6 oygacha, har oy BHMning 4 baravarigacha miqdorda qoplab beriladi.

Ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlarida esa ijtimoiy reyestrga kiritilgan 14–30 yoshli iqtidorli yoshlarning o‘quv kurslari xarajatlari 6 oygacha, har oy BHMning 1 baravarigacha miqdorda qoplab beriladi.

Ariza topshirish uchun havola:

🔹“Kelajak kasblari” loyihasi: https://my.gov.uz/uz/service/1378
🔹Ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlari: https://my.gov.uz/uz/service/1398

Ulaning va ulashing:
✅ Telegram | ⚜️ Instagram |
📨 Murojaat va e'lonlar
1,780000
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

01-okt, 2026, 11:54

Photo1/2
Assalomu alaykum qadrli ustozlar va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktabr — Ustozlar va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.

Ustoz — qalblarga ma’rifat nurini olib kiruvchi, ezgulik va ilmu ziyoga boshlovchi buyuk siymo. Sizning zahmatli va sharafli mehnatingiz, bergan bilimingiz, ko‘rsatgan mehringiz va hayotiy saboqlaringiz necha-necha avlodlar taqdirida o‘zining yorqin aksini topadi.

Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, qalb hotirjamligi, sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Shogirdlaringizning yutuqlari, hurmati va ehtiromi doimo Sizga faxr va quvonch bag‘ishlasin!

Ilm bergan qo‘lingiz, tarbiya bergan qalbingiz va ezgulik yo‘lida qilgan har bir sa’y-harakatingiz uchun tashakkur!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar va mehribon murabbiylar!

Hurmat bilan,
Nargiza G'affarova va Jomboy tumani Yoshlar ishlari bo'limi jamoasi

Ulaning va ulashing:
✅ Telegram | ⚜️ Instagram |
📨 Murojaat va e'lonlar
7,270001
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

26-sen, 2026, 18:37

Photo1/2
Hurmatli Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari!

Sizlarni 26-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi, davlatimiz suvereniteti hamda milliy manfaatlarimizni ishonchli himoya qilishdek sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda Sizlarga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat, oilaviy xotirjamlik va yangi yutuqlar tilaymiz.

Vatan ravnaqi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lidagi fidokorona xizmatlaringiz doimo yuksak e’tirof va hurmatga sazovor bo‘lsin!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar yor bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Nargiza G'affarova va Jomboy tumani Yoshlar ishlari bo'limi jamoasi

[Ulaning va ulashing:
✅](https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO) Telegram | ⚜️ Instagram |
📨 Murojaat va e'lonlar
5,280000
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

25-sen, 2026, 17:36

Photo1/2
📌 Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari

🇺🇿Xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashining 18-Shirinkent saylov okrugi deputati Arslon Toshpo‘latov, biriktirilgan tashkilotlar hamda kotibiyat xodimi Ashrafjon Xamroqulov tomonidan Shirinkent mahallasida fuqarolarning bandlik masalalaridagi muammolari o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning bandlik holati, ishga joylashish, kasb-hunarga o‘qitish va doimiy daromad manbalarini yaratish bilan bog‘liq muammolari tinglandi. Shuningdek, ishsiz fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga jalb etish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

👨‍💼O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni manzilli hal etish, fuqarolar bandligini ta’minlash va ularning murojaatlarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi. Murojaatlar deputatlik daftariga qayd etilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

[Ulaning va ulashing:
✅](https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO) Telegram | ⚜️ Instagram |
📨 Murojaat va e'lonlar
236000
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

22-sen, 2026, 17:09

Photo1/10
📈 Yuqori ish haqi — yuqori pensiya!

💸 Pensiya hisoblashda inobatga olinadigan eng yuqori ish haqi miqdorini bosqichma-bosqich oshirish taklif etilmoqda.

📈 Bu orqali yuqori ish haqi bilan mehnat qilgan fuqarolarning daromadlari pensiya hisob-kitobida yanada to‘liqroq inobatga olinadi.

✔️ Taklif qanday ishlaydi? Infografikalarda batafsil tanishing.

[Ulaning va ulashing:
✅](https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO) Telegram | ⚜️ Instagram |
📨 Murojaat va e'lonlar
354001
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

22-sen, 2026, 17:09

Video
👨‍👩‍👧‍👦 Yaqinlaringiz kelajagi uchun bugundan g‘amxo‘rlik qiling!

✔️ Ishlamaydigan oila a’zolari uchun ijtimoiy soliq to‘lash orqali ularning ish stajini shakllantirish imkoniyati taklif etilmoqda.

🛡 Bu — yaqinlaringizning kelajakda pensiya huquqiga ega bo‘lishi uchun muhim qadam.

▶️ Batafsil videorolikda tanishishingiz mumkin.

[Ulaning va ulashing:
✅](https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO) Telegram | ⚜️ Instagram |
📨 Murojaat va e'lonlar
289000
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

18-sen, 2026, 17:29

Photo1/2
📌Qaysi nizolar hakamlik sudida ko‘rilmaydi?

“Agrobank” aksiyadorlik jamiyatining tuman filialida qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlarga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda Samarqand tumanlararo iqtisodiy sudi raisi o‘rinbosari O.Nurimov, sudyalar J.Yusupov, F.Majidov, N.Tursunova hamda bank xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1141-son Qonuni mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati haqida ma’lumot berildi.

Mazkur qonun hakamlik sudlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning vakolatlarini aniq belgilash hamda nizolarni ko‘rib chiqishda qonuniylik va xolislikni ta’minlashga qaratilgan.

Qonunda hakamlik sudlari ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lmagan nizolar ham aniq belgilangan. Jumladan, mehnat, oilaviy va yerga oid nizolar, bino va inshootlarga egalik huquqi bilan bog‘liq ayrim masalalar, shuningdek, davlat budjeti hamda davlat tashkilotlari mablag‘larini undirish bilan bog‘liq nizolar hakamlik sudlarida ko‘rilmaydi.

Bunday cheklovlar davlat va jamoat manfaatlariga daxldor masalalarni ko‘rib chiqishda qonuniylikni ta’minlash, shuningdek, davlat mablag‘lari va mulkini huquqiy jihatdan himoya qilishga xizmat qiladi.

Tadbir davomida qonunchilikdagi yangiliklarning bank tizimidagi faoliyat uchun ahamiyati tushuntirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Ulaning va ulashing:
✅ Telegram | ⚜️ Instagram |
📨 Murojaat va e'lonlar
310000
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

18-sen, 2026, 16:49

Photo1/16
📌 Har bir xonadonning o‘z imkoniyati bor

Kambag‘allikni qisqartirish faqat raqamlarni kamaytirish emas, balki har bir oilaning turmushini yaxshilash, daromad manbasini yaratish demakdir.

So‘xmon mahallasida tuman hokimi Xurshid Nazarov, prokuror Anvar Imomnazarov, ichki ishlar bo'limi rahbari Aslam Ochilov hamda mas’ullar xonadonma-xonadon yurib, oilalarning mavjud imkoniyatlari va muammolarini o‘rgandi.

Kimningdir tomorqasi, boshqasining chorvachilikka, yana bir oilaning tadbirkorlikka imkoniyati bor. Ana shu imkoniyatlarni ishga solish orqali oilalarni daromadli mehnatga jalb etish, chorva va parranda boqishni yo‘lga qo‘yish hamda tadbirkorlikni boshlash bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Ulaning va ulashing:
✅ Telegram | ⚜️ Instagram |
📨 Murojaat va e'lonlar
195000
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

09-sen, 2026, 18:19

Photo
#Mustaqillik_35_yil
🏛 Mustaqillik yillarida tarixiy-madaniy merosni asrash va tiklangan ziyoratgohlar
🇺🇿Mustaqillik yillarida mamlakatimizda xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy ma’naviy merosi va milliy qadriyatlarini asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratildi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent, Termiz kabi qadimiy shaharlardagi tarixiy obidalar, maqbara va ziyoratgohlar qayta tiklanib, obodonlashtirildi. Ularning tarixiy qiyofasini saqlash, ilmiy o‘rganish va kelajak avlodga yetkazish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
👨‍💼Bugungi kunda madaniy meros obyektlarini ilmiy asosda muhofaza qilish, restavratsiya ishlarini sifatli tashkil etish, malakali mutaxassislarni jalb qilish hamda tarixiy obidalarni raqamlashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Jomboy tumanida ham mavjud tarixiy joylar, qadimiy qadamjolar va ziyorat maskanlarini asrab-avaylash, ularning atrofini obodonlashtirish hamda yosh avlodga tarixiy ahamiyatini yetkazish muhim vazifalardan biridir.
✅Zero, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar xalqimizning boy o‘tmishi, ma’naviyati va milliy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir. Ularni asrab-avaylash, tarixiy qiyofasini saqlash va kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir.
BATAFSIL: https://telegra.ph/Mustaqillik-yillarida-tarixiy-madaniy-merosni-asrash-va-tiklangan-ziyoratgohlar-09-07
Xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi deputati
D. Xamrayeva

https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO | ⚜️ https://www.instagram.com/jomboynews24?igsh=dWprOGhqeDZsZDg2 |
📨 https://t.me/Jomboyliklar_fuqarolar
117000
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

09-sen, 2026, 18:19

Photo
#Kinokarvon

📌 “Vatan” badiiy filmi namoyish etildi

Yurtimizda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik, milliy g‘urur va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida qator madaniy-ma’rifiy loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida mamlakatimizning barcha hududlarida, xususan, ta’lim muassasalarida yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega filmlar namoyish etilmoqda.

“Kinokarvon” loyihasi doirasida tumanimizdagi 35-umumiy o'rta ta'lim maktab o‘qivchilariga “Vatan” badiiy filmi namoyish etildi.

https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO | ⚜️ https://www.instagram.com/jomboynews24?igsh=dWprOGhqeDZsZDg2 |
📨 https://t.me/Jomboyliklar_fuqarolar
155000
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

09-sen, 2026, 18:19

Photo
#Mustaqillik_35_yil

♻️ MUSTAQILLIK YILLARIDA CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH TIZIMI RIVOJLANMOQDA
👨‍💼Mustaqillik yillarida mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya va ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, saralash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish orqali chiqindilarning tabiatga salbiy ta’sirini kamaytirish, qayta foydalanish mumkin bo‘lgan xomashyolardan samarali foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda.
✅Jomboy tumanida ham hududlarning sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ularni saralash va aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish muhim vazifalardan biri sifatida e’tiborda.
🌍 Toza muhit — sog‘lom hayot va farovon kelajak garovidir!

BATAFSIL: https://telegra.ph/Mustaqillik-yillarida-qattiq-maishiy-chiqindilarni-qayta-ishlash-tizimining-yolga-qoyilishi-09-03 

https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO | ⚜️ https://www.instagram.com/jomboynews24?igsh=dWprOGhqeDZsZDg2 |
📨 https://t.me/Jomboyliklar_fuqarolar
120000
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

09-sen, 2026, 18:19

Photo
#Mustaqillik_35_yil

🇺🇿Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat dasturlari va imtiyozlari
✅Mustaqillik yillarida mamlakatimizda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ularning huquqiy va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish hamda faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅Bugungi kunda fermerlarga imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va boshqa moliyaviy ko‘maklar orqali zamonaviy texnika va agrotexnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni kengaytirish va mahsulot yetishtirish samaradorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
👨‍💼Jomboy tumanida ham fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish, davlat dasturlari doirasidagi imtiyozlardan samarali foydalanishiga ko‘maklashish muhim vazifalardan biridir.
✅Fermerlarni qo‘llab-quvvatlash — yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va hudud qishloq xo‘jaligi salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

BATAFSIL: https://telegra.ph/Fermer-xojaliklarini-qollab-quvvatlash-boyicha-davlat-dasturlari-va-imtiyozlari-09-02

https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO | ⚜️ https://www.instagram.com/jomboynews24?igsh=dWprOGhqeDZsZDg2 |
📨 https://t.me/Jomboyliklar_fuqarolar
133000
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

09-sen, 2026, 18:19

Photo
Samarqand viloyatidan https://e-auksion.uz/lots?group=23&index=1&page=1&lt=0&at=0&order=0&region=3 platformasi orqali biznes uchun 3929 dan ortiq ko‘chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling.

✔️ Samarqand shahridan 8 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=23&index=1&page=1&order=0&region=3&area=30)
✔️ Kattaqo‘rg‘on shahridan 59 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=23&index=1&page=1&order=0&region=3&area=36)
✔️ Oqdaryo tumanidan 64 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=23&index=1&page=1&order=0&region=3&area=38)
✔️ Bulung‘ur tumanidan 65 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=23&index=1&page=1&order=0&region=3&area=32)
✔️ Jomboy tumanidan 105 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=23&index=1&page=1&lt=0&at=0&order=0&region=3&area=33)
✔️ Ishtixon tumanidan 314 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=23&index=1&page=1&order=0&region=3&area=35)
✔️ Kattaqo‘rg‘on tumanidan 233 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=23&index=1&page=1&order=0&region=3&area=41)
✔️ Qo‘shrabot tumanidan 401 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=23&index=1&page=1&order=0&region=3&area=45)
✔️ Narpay tumanidan 305 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=23&index=1&page=1&order=0&region=3&area=39)
✔️ Payariq tumanidan 388 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=23&index=1&page=1&order=0&region=3&area=40)
✔️ Pastdarg‘om tumanidan 448 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=23&index=1&page=1&order=0&region=3&area=34)
✔️ Paxtachi tumanidan 158 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=23&index=1&page=1&order=0&region=3&area=42)
✔️ Samarqand tumanidan 262 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=23&index=1&page=1&order=0&region=3&area=31)
✔️ Nurobod tumanidan 165 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=23&index=1&page=1&order=0&region=3&area=37)
✔️ Urgut tumanidan 664 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=23&index=1&page=1&order=0&region=3&area=44)
✔️ Toyloq tumanidan 290 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=23&index=1&page=1&order=0&region=3&area=43)

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (77) 375-74-17 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07 ☎️

📹 https://t.me/auksionvideo 👈

Ish vaqti - (09:00 dan 18:00 gacha)

https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO | ⚜️ https://www.instagram.com/jomboynews24?igsh=dWprOGhqeDZsZDg2 |
📨 https://t.me/Jomboyliklar_fuqarolar
165000
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

09-sen, 2026, 18:19

Photo
#Mustaqillik_35_yil

🌱 MUSTAQILLIK YILLARIDA “YASHIL MAKON” — YASHIL KELAJAK SARI
🇺🇿Mustaqillik yillarida mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
✅So‘nggi yillarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, yangi daraxtzorlar barpo etish hamda mavjud yashil hududlarni asrab-avaylash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
✅Jomboy tumanida ham ushbu ezgu tashabbus doirasida hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish hamda aholida tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
🌳 Har bir ekilgan daraxt — kelajak avlod uchun yaratilayotgan sog‘lom va obod muhitdir!

BATAFSIL: https://telegra.ph/Mustaqillik-yillarida-Yashil-makon-umummilliy-loyihasi-doirasida-daraxtzorlar-barpo-etilishi-09-03 

https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO | ⚜️ https://www.instagram.com/jomboynews24?igsh=dWprOGhqeDZsZDg2 |
📨 https://t.me/Jomboyliklar_fuqarolar
146000
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

09-sen, 2026, 18:19

Photo
#Mustaqillik_35_yil

🇺🇿Mustaqillik yillarida Orol dengizi hududida yashilzorlar barpo etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
👨‍💼Mustaqillik yillarida mamlakatimizda Orol dengizi fojiasining ekologik oqibatlarini yumshatish, Orolbo‘yi hududida ekologik barqarorlikni ta’minlash va aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
✅Orol dengizining qurigan tubida saksovul, qandim, cherkez kabi qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklarni ekish orqali yashil hududlar barpo etilmoqda. Ushbu ishlar chang va tuz zarrachalarining tarqalishini kamaytirish hamda cho‘llanish jarayonining salbiy oqibatlarini yumshatishga xizmat qilmoqda.
Orolbo‘yini ko‘kalamzorlashtirish borasidagi sa’y-harakatlar tabiatni asrash, inson salomatligini muhofaza qilish va kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhit yaratishda muhim ahamiyatga ega.
🌱 Tabiatni asrash — kelajakni asrashdir!

BATAFSIL: https://telegra.ph/Mustaqillik-yillarida-Orol-dengizi-hududida-yashilzorlar-barpo-etish-boyicha-amalga-oshirilgan-ishlar-09-03 

https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO | ⚜️ https://www.instagram.com/jomboynews24?igsh=dWprOGhqeDZsZDg2 |
📨 https://t.me/Jomboyliklar_fuqarolar
139000
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

09-sen, 2026, 18:19

Photo
📌 Muammolar joyida o‘rganilmoqda

Aholi murojaatlarini tinglash, ularni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Unda tuman hokimi, prokuror, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tingladi.

Qabul davomida eskirgan simyog‘ochlarni almashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, bolalar nafaqasini tayinlash, ishga joylashish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Hozirga qadar 20 ga yaqin murojaat qabul qilinib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. Murojaatlarning bir qismi joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar ijroga yo‘naltirildi.

https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO | ⚜️ https://www.instagram.com/jomboynews24?igsh=dWprOGhqeDZsZDg2 |
📨 https://t.me/Jomboyliklar_fuqarolar
120000
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

25-avg, 2026, 14:53

Video
📌 Qoidabuzar to‘y karvoni egalariga chora ko‘rildi

Urgut tumani ko‘chalarida nikoh to‘yi marosimi vaqtida guruh-guruh bo‘lib harakatlanib, yo‘lovchilarning tana qismlarini avtomobil oynalaridan chiqarib ketishiga sharoit yaratgan haydovchilar aniqlandi.

Surishtiruvlar davomida ushbu avtomobillarni boshqargan haydovchilar jomboylik ekani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan ularga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy choralar ko‘rildi.

To‘y quvonchi yo‘l harakati qoidalarini buzish uchun bahona bo‘la olmaydi. Bunday mas'uliyatsizlik inson hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin.

Ulaning va ulashing:
😎 | 😎 https://www.instagram.com/jomboynews24?igsh=dWprOGhqeDZsZDg2
📨 https://t.me/Jomboyliklar_fuqarolar
1,300003
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

25-avg, 2026, 14:53

Photo
🇺🇿Xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi 17-Zarafshon saylov okrugi deputati Dilnoz Xamrayeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi №O‘RQ-581-sonli Qonuni ijrosi o‘rganildi.
👨‍💼O‘rganish davomida mazkur Qonun talablarining hududdagi ijrosi, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimi, boshqaruv organlari faoliyati, umumiy foydalanishdagi mol-mulkni saqlash, obodonlashtirish ishlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar holati tahlil qilindi. Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarda yashovchi fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari o‘rganildi. Yakunda aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilib, Qonun ijrosini samarali ta’minlash hamda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

 Ulaning va ulashing:
😎 | 😎 https://www.instagram.com/jomboynews24?igsh=dWprOGhqeDZsZDg2
📨 https://t.me/Jomboyliklar_fuqarolar
301002
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

25-avg, 2026, 14:53

Photo
📌 100 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni taklif etildi

“Amin Invest International” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Jonibek Qodirov, mehnat faxriysi Hafiza O‘sarova, hokim yordamchilari hamda ishsiz xotin-qizlar ishtirok etdi.

Yarmarka davomida korxonada yaratilgan zamonaviy mehnat sharoitlari, xodimlar uchun berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Tadbir doirasida 100 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni taklif etildi.

Ulaning va ulashing:
😎 | 😎 https://www.instagram.com/jomboynews24?igsh=dWprOGhqeDZsZDg2
📨 https://t.me/Jomboyliklar_fuqarolar
384000
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

25-avg, 2026, 14:53

Photo
🇺🇿Xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi 15-A.Qurbonov saylov okrugi deputati Malika Mamadaliyeva hamda kotibiyat xodimi Farhod Boymirzayev tomonidan Xalq banki faoliyati o‘rganildi.

👨‍💼O‘rganish davomida Xalq banki tomonidan aholiga va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari, imtiyozli kreditlar ajratilishi, davlat dasturlari doirasidagi moliyaviy xizmatlar hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati tahlil qilindi. Shuningdek, bank faoliyatining samaradorligi, murojaatlar bilan ishlash holati va mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi. Yakunda bank xizmatlari sifatini yanada oshirish hamda aholiga qulay moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Ulaning va ulashing:
😎 | 😎 https://www.instagram.com/jomboynews24?igsh=dWprOGhqeDZsZDg2
📨 https://t.me/Jomboyliklar_fuqarolar
282000
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

25-avg, 2026, 14:53

Photo
📌 Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limida tadbirkor va ishbilarmonlar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Unda tuman hokimi Xurshid Nazarov, soliq inspeksiyasi rahbari Firuz G'afurov ishtirok etib, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammo va takliflarni tinglandi.

Bildirilgan masalalarni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Ulaning va ulashing:
😎 | 😎 https://www.instagram.com/jomboynews24?igsh=dWprOGhqeDZsZDg2
📨 https://t.me/Jomboyliklar_fuqarolar
265000
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

25-avg, 2026, 14:53

Photo
📌 Sog‘lom, chiroyli va faol hayot sari ilk qadamingizni bugun qo‘ying!

Sofeli Oila Markazi sizni sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ortiqcha vazndan xalos bo‘lish va o‘zingizni yanada tetik his etishingizga ko‘maklashadi.

✨ Biz taklif qilamiz:
Birinchi uchrashuv va maslahat bepul;
Salomatlik bo‘yicha tavsiyalar;
Vaznni me'yorlashtirish dasturlari;
Individual mashg‘ulotlar;
Sog‘lom ovqatlanish va faol turmush tarzi bo‘yicha tavsiyalar.
Har bir insonning sog‘lig‘i — eng katta boylik. Uni asrashni bugundan boshlang!

Manzil: Samarqand viloyati, Jomboy tumani, Archazor xiyoboni ko‘chasi.

📞 Murojaat uchun:
Durdona Urazaliyevna
+998 93 428-27-37

Ulaning va ulashing:
😎 | 😎 https://www.instagram.com/jomboynews24?igsh=dWprOGhqeDZsZDg2
📨 https://t.me/Jomboyliklar_fuqarolar
232000
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

25-avg, 2026, 14:53

Photo
🏆NURXON OCHILOVA OSIYO CHEMPIONATI SOVRINDORI

Xitoyning Ordos shahri mezbonlik qilayotgan yengil atletika boʻyicha U-23 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston yengil atletika terma jamoasi a’zosi, jomboylik, Nurxon Ochilova yuksak natija qayd etdi.

U-23 yosh toifasida qizlar o‘rtasidagi 400 metrga g‘ovlar osha yugurish bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz finalda 57,99 soniya natija ko‘rsatib, musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Hal qiluvchi yugurishda Nurxon Ochilova masofaning so‘nggi qismida yuqori tezlikni namoyish etib, raqiblarini ortda qoldirdi va shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.

🏆 Nurxon Ochilovani ushbu munosib natija bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi nufuzli musobaqalarda ham yangi zafarlar va yuksak marralar tilaymiz.

Ulaning va ulashing:
😎 | 😎 https://www.instagram.com/jomboynews24?igsh=dWprOGhqeDZsZDg2
📨 https://t.me/Jomboyliklar_fuqarolar
240001
Jomboy 24 logo
Jomboy 24

25-avg, 2026, 14:53

Photo
🇺🇿Xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Jumanov tomonidan Xolvoyi mahallasi faoliyati o‘rganildi.
👨‍💼O‘rganish davomida mahallada davlat dasturlari ijrosi, obodonlashtirish ishlari, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda hududni kompleks rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mahallada mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar va mas’ullarning faoliyati o‘rganildi. Yakunda aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilib, belgilangan vazifalar ijrosini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Ulaning va ulashing:
😎 | 😎 https://www.instagram.com/jomboynews24?igsh=dWprOGhqeDZsZDg2
📨 https://t.me/Jomboyliklar_fuqarolar
211000

Showing 30 of 54 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Jomboy 24 Telegram kanali nima haqida?+

Jomboy 24 (@jomboynews24) — tgdio da Yangiliklar va gazetalar toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 661 obunachi bor.

Jomboy 24 (@jomboynews24) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @jomboynews24 ga bepul obuna bo‘ling.

Jomboy 24 yaxshi Yangiliklar va gazetalar kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Jomboy 24 reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 661 obunachi bor. O‘xshash Yangiliklar va gazetalar kanallar bilan solishtiring.

Jomboy 24 statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @jomboynews24 sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.