Qadrli oāquvchilar!
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Muhtaram ota-onalar!
Barchangizni jonajon Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi shukuhi bilan uygāun holda kirib kelgan yangi oāquv yili ā Bilimlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Ayniqsa, bugun āBirinchi qoāngāiroqā sadolari ostida qalbi hayajon va orzularga toālib, maktab ostonasiga ilk bor qadam qoāyayotgan aziz bolajonlarimizni hamda ularning ota-onalarini ushbu unutilmas kun bilan alohida qutlayman.
Davlatimiz rahbari boshchiligida taālimni rivojlantirish, ustozlarning jamiyatdagi oārni va nufuzini oshirish, farzandlarimizning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun munosib sharoit yaratishga alohida eātibor qaratilmoqda. Maktablarimizning qiyofasi va mazmuni yangilanib, taālim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarning kirib kelayotgani yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Bu imkoniyatlarning amaliy natijasini oāquvchilarimiz erishayotgan yutuqlarda yaqqol koārib turibmiz. Yoshlarimizning xalqaro fan olimpiadalari, nufuzli tanlovlar, sport va ijodiy bellashuvlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgani, bitiruvchilarimizning yurtimiz va xorijdagi yetakchi oliy taālim muassasalarida tahsil olish imkoniyatini qoālga kiritayotgani barchamizga katta faxr bagāishlaydi.
Ishonamanki, yangi oāquv yilida ham ustozlarimizning fidokorona mehnati, ota-onalarimizning doimiy qoāllab-quvvatlashi va oāquvchilarimizning bilimga intilishi yangi yutuqlarga zamin yaratadi.
Barchangizga mustahkam sogālik, oilaviy xotirjamlik, oāqish va mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Yangi oāquv yili barchamizga muborak boālsin!
Hurmat bilan,
Eāzoza Karimova
Maktabgacha va maktab taālimi vaziri
āļø
https://t.me/Ezozagafurjanovnaš± https://www.instagram.com/ezozagafurjanovna?igsh=a2pxNGczZGN5dHJo&utm_source=qrĀ š³
https://www.facebook.com/share/1AnB9MGyEU/