🤖SUN'IY INTELLEKT — FAQAT CHATGPT EMAS!🤖
🎙
Maqolaning ovozli shakliKo'pchilik uchun sun'iy intellekt degani — "savol berasan, javob beradi", xolos. Aslida esa sun'iy ong bu har qanday ishni avtomatlashtira oluvchi va qulaylashtira oluvchi ajoyib asbobdir. U orqali inson ko'p vaqt oladigan ishlarini qisqa vaqtda qila olishi va qimmatli vaqtini yanada muhimroq katta-katta ishlar uchun ayira olishi mumkin bo'ladi.
In shaa Alloh, bugundan boshlab sun'iy intellektni noldan, tartib bilan tanishtirib boramiz. Birinchi postimizda uning imkoniyati qanchalik keng ekanini ko'rib chiqamiz, in shaa Alloh.
📍SUN'IY INTELLEKT NIMALARGA QODIR?
🔵 Tibbiyot sohasida
🔵 Qurilish sohasida
🔵 Ta'lim va ilm sohasida
🔵 Diniy sohalarda, hatto da'vatda ham
🔵 Va hokazo...
Hullas u bilan har qanday sohani avtomatlashtirsa va qulaylashtirsa bo'ladi, bu bilan da'vatni ham juda chiroyli yo'lga qo'yish mumkin.
❓ NEGA KO'PCHILIK BUNI BILMAYDI?
Ko'pchilik "Menga kerak emas", debgina qutuladi yoki "Men ustozman", "men ingliz tili o'qituvchisiman", "men arab tili o'qituvchisiman — sun'iy intellekt menga nega kerak?" deb o'zini olib qochishga urunadi. Ammo qaysi sohada bo'lmasin, takrorlanadigan va vaqt oladigan ishlar albatta bo'ladi. Shu vaqtga qadar insoniyatni qo'lida ai yo'qligi sabab, ilojsiz u qadar muhim bo'lmagan ishlarga ham ba'zida vaziyat taqozosi bilan ko'plab vaqtlar sarflanar edi. Ammo ortiq bunga hojat yo'q. Sun'iy intellekt aynan shunday ishlarni yengillashtiradi, inson esa bo'shagan vaqtni foydali ishlarga sarflaydi.
✔️NEGA BIZ BUNGA E'TIBOR BERISHIMIZ KERAK?
Bu vositalarni ko'pincha kofirlar yaratmoqda. Biz esa ularning yaratganini haq yo'lida, ilm va da'vat yo'lida ishlatishimiz kerak. Alloh taolo aytadi:
«Va ularga qarshi qo'lingizdan kelgancha kuch tayyorlang» (Anfol surasi, 60-oyat).
Bu ham tayyorgarlikning bir ko'rinishi, ahamiyati esa juda katta.
📝 XULOSA:
Sun'iy intellekt ChatGPT bilan cheklanmaydi. U har sohada ishlatsa bo'ladigan katta imkoniyatdir. Keyingi postimizda in shaa Alloh eng mashhur sun'iy intellektlarni bir-bir ko'rib chiqamiz.
❕Unutmang! Sun'iy intellekt — faqat vosita. Undan olgan ma'lumotni tekshirmasdan qabul qilmang, ayniqsa diniy masalalarda: hukm va fatvoni olimLARdan so'rang!
Alloh taolo hammamizni ilmini foydali ishlarda qo'llaydigan bandalaridan qilsin, Allohumma amiyn.
🔗 T.me/Komakdosh -
Musulmon g'ofil bo'lmaydi!