Kontent markazi | Rasmiy Telegram channel photo

Kontent markazi | Rasmiy

@kontentmarkaziPublic Channel

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi

3k

Last views

2.5k (2,505 subscribers)
A'zolar
—
Rating
28
Total Posts
Oct 16, 2026, 10:10 AM
Yangilangan
Apr 15, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameKontent markazi | Rasmiy
Username@kontentmarkazi
CategoryYangiliklar va gazetalar
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar2,505
Channel TypePublic Channel
Created15-apr, 2026
Last Updated16-okt, 2026 • 6 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#8409+2
Til reytingi
#86-4
Toifa reytingi
#72-1

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 2.5K30 Days growth: +76243.7%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:20261,743
18:09:20261,743
19:09:20262,489
20:09:20262,489
21:09:20262,489
22:09:20262,489
23:09:20262,489
24:09:20262,489
25:09:20262,489
26:09:20262,489
27:09:20262,489
28:09:20262,489
29:09:20262,489
30:09:20262,489
01:10:20262,489
02:10:20262,489
03:10:20262,489
04:10:20262,489
05:10:20262,489
06:10:20262,489
07:10:20262,489
08:10:20262,489
09:10:20262,489
10:10:20262,489
11:10:20262,489
12:10:20262,489
13:10:20262,489
14:10:20262,489
15:10:20262,489
16:10:20262,505
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 13:04:20261,133
Week of 20:04:20261,133
Week of 27:04:20261,321
Week of 04:05:20261,321
Week of 11:05:20261,321
Week of 18:05:20261,321
Week of 25:05:20261,321
Week of 01:06:20261,321
Week of 08:06:20261,321
Week of 15:06:20261,321
Week of 22:06:20261,321
Week of 29:06:20261,810
Week of 06:07:20261,810
Week of 13:07:20261,810
Week of 20:07:20261,810
Week of 27:07:20261,810
Week of 03:08:20261,810
Week of 10:08:20261,810
Week of 17:08:20261,737
Week of 24:08:20261,737
Week of 31:08:20261,742
Week of 07:09:20261,743
Week of 14:09:20262,489
Week of 21:09:20262,489
Week of 28:09:20262,489
Week of 05:10:20262,489
Week of 12:10:20262,505
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20261,133
May 20261,321
June 20261,321
July 20261,810
August 20261,742
September 20262,489
October 20262,505
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20262,505

So'nggi postlar

Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

16-okt, 2026, 19:03

Video
🇺🇿 Öz tilim — ona tilim!

21-oktabr — Özbek tili bayrami kuni!

Ona tilimiz — milliy özligimiz, ma’naviyatimiz va bebaho merosimiz. Örxun-Enasoy bitiklaridan tortib, buyuk mutafakkirlarimiz va adiblarimizning nodir asarlarigaça bölgan boy merosimiz özbek tilining asrlar oşa yaşab, sayqallanib kelayotganidan dalolat beradi.

Ona tilimizni asraş, qadrlaş va uning ravnaqiga hissa qöşiş — barçamizning burçimiz.
Ona tilim — faxrim, ğururim va iftixorim! 💚

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹 Facebook 🔹YouTube
2,950008
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

13-okt, 2026, 17:59

Video
Qisqasi, O’zbekiston media bozoridagi eng yirik xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda!

🌍 Fransiyaning Kann shahrida o‘tayotgan 100 dan ortiq davlat, jami 10 000 dan ziyod ishtirokchini birlashtirgan MIPCOM xalqaro kontent bozorida Kontent markazi jamoasi ham qatnashmoqda. Tadbir 350 dan ortiq ko‘rgazmachilar va 3 300 tadan ko’proq kontent xaridorini birlashtiradi.

🤝 Unda O’zbekiston delegatsiyasi a’zolari Xitoy, Yaponiya, Turkiya, Hindiston, Singapur va Meksikaning 10 dan ortiq kompaniyasi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Ular 2027-yil 4–5-fevralda bo‘lib o‘tadigan Tashkent Content Market tadbiriga rasman taklif etildi.

🏛 Turkiya, Malayziya, Braziliya va Qatarning media sohasiga mas’ul yirik davlat tashkilotlari bilan ularning yetakchi kompaniyalarini Toshkentga jalb qilish va TCMda stendlar tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

🎬 Shuningdek, “CapCut” vakillari bilan esa TCM forumlarida spiker sifatida qatnashish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. MIPCOM tadbiri 15-oktabrgacha davom etadi.

Sahifalarimizga obuna bo‘ling:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
8610010
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

13-okt, 2026, 17:01

Video
🦋 Kontent markazi 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan
"Ona tili — umumxalq mulki!" shiori ostida kreativ videoroliklar tanlovini e’lon qiladi!

🇺🇿 Ona tilimizning go‘zalligi va jozibasini o‘z g‘oyangiz orqali namoyon eting!

🏆 G‘OLIBLAR UCHUN SOVG‘ALAR:
🥇 1-o‘rin — iPhone 17 📱
🥈 2-o‘rin — DJI Osmo Pocket 3 📸
🥉 3-o‘rin — DJI Mic Mini 🎙

📌 TANLOV SHARTLARI:
Barcha ishtirok etishi mumkin.
Videoroliklar 21-oktabr, soat 23:59 gacha joylanishi kerak.

Instagram postida #onatilim2026 xeshtegidan foydalanish shart.
Video 9:16 vertikal formatda bo‘lishi lozim.

🎬 Asosiy mezonlar: kreativ g‘oya, mazmunli ssenariy, ta’sirchanlik va sifatli montaj.
🚫 Slayd-shoular, mazmunsiz videolar va mualliflik huquqini buzuvchi materiallar qabul qilinmaydi.

🔥 Kamerani yoqing, g‘oyangizni yarating va ona tilimizga bo‘lgan mehringizni namoyon eting!

#onatilim2026
55,300005
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

09-okt, 2026, 19:48

Photo1/20
😘 Bugun, “Tashkent Content Market” xalqaro kontent bozorining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 O‘zbekistonda ilk bor 2027-yil 4–5-fevral kunlari o‘tkaziladigan tadbir milliy filmlar, seriallar, animatsiya va raqamli mahsulotlarni xalqaro bozorga olib chiqish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalar o‘rnatish hamda yangi loyihalar yaratish uchun professional maydon bo‘ladi.

📺 Taqdimotda 20 dan ortiq teleradiokanal, 15 dan ziyod OTT/VOD va onlayn platforma, 7 ta davlat tashkiloti va sohaviy muassasa hamda 40 ga yaqin kinostudiya, media kompaniya, ijodiy jamoa va kinoteatr vakillari, shuningdek, mustaqil ijodkorlar ishtirok etdi. Ular tadbir dasturi, ishtirok etish shartlari va ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan tanishdi.

😀 TCM doirasida xalqaro ko‘rgazma, forum va muhokamalar, B2B uchrashuvlar, loyiha namoyishlari hamda mahorat darslari tashkil etiladi. 50 dan ortiq davlatdan 3 000 nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilayotgan tadbir tashkilotchisi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot: www.tcm.uz

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹YouTube 🌍Veb-sayt
1,6500011
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

03-okt, 2026, 14:10

Photo1/18
Faxriy jurnalistlarga ehtirom

🗣 Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi hamkorligida "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

👥 Jurnalistika sohasining faxriylari taklif etilgan tadbirda sohaning bugungi qiyofasi, rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari haqida muloqot qilindi.

📌 Xususan, ustoz jurnalistlarning soha rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi alohida eʼtirof etildi.

Bizni kuzatib boring 🇺🇿
Telegram🕊Youtube📺
Instagram📱Facebook📱
1,480008
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

06-sen, 2026, 00:05

Video
🇺🇿🇦🇿 Press-turning ikkinchi kuni

Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari vakillari press-turning ikkinchi kunida Kontent markazi hamda Bolalar milliy tibbiyot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Press-tur davomida mehmonlarga markazlarda amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan sharoitlar va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

#Uzbekistan #Azerbaijan #PressTur #Media
🦋 Batafsil ma'lumot:
741005
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

06-sen, 2026, 00:05

Video
🇺🇿🇦🇿 Ozarbayjon OAV vakillari O‘zbekistonda

17-avgust kuni 20 nafar jurnalistdan iborat delegatsiya Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.

17–22-avgust kunlari davom etadigan press-tur doirasida Ozarbayjon OAV vakillari mamlakatimizdagi qator manzillarda bo‘lib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlar bilan yaqindan tanishadi.
Mazkur tashrif O‘zbekiston va Ozarbayjon media vakillari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

#Uzbekistan #Azerbaijan #PressTur #Media
🦋 Batafsil ma'lumot:
543005
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

06-sen, 2026, 00:05

Video
🇺🇿🇦🇿 Ozarbayjon OAV vakillari O‘zbekistonda

17-avgust kuni 20 nafar jurnalistdan iborat delegatsiya Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.

17–22-avgust kunlari davom etadigan press-tur doirasida Ozarbayjon OAV vakillari mamlakatimizdagi qator manzillarda bo‘lib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlar bilan yaqindan tanishadi.
Mazkur tashrif O‘zbekiston va Ozarbayjon media vakillari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

#Uzbekistan #Azerbaijan #PressTur #Media
🦋 Batafsil ma'lumot:
575005
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

06-sen, 2026, 00:05

Video
🇺🇿🇦🇿 “Toshkentga sayohat” filmining Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib o‘tgan tasvirga olish jarayonlaridan video rolik.

🦋 Batafsil ma'lumot:
945003
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

06-sen, 2026, 00:05

Video
🇺🇿🇰🇿“Toshkentga sayohat” filmining Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan tasvirga olish jarayonlaridan video rolik.

🦋 Batafsil ma'lumot:
1,130002
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

06-sen, 2026, 00:05

Video
⚡️Kontent markazi hamda Turizm qo‘mitasi hamkorligida, Prezident qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan “Toshkentga sayohat” badiiy filmi doirasida Ozarbayjon Respublikasidagi hamkorlarga alohida e’tibor ko‘rsatildi.

🤝Loyiha davomida samarali hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida ozarbayjonlik hamkorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Ushbu tashabbus ikki mamlakat ijodkorlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, madaniy yaqinlikni chuqurlashtirish hamda kelgusidagi qo‘shma loyihalar uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qiladi.

✅Mazkur e’tibor va hurmat ifodasi loyiha doirasidagi o‘zaro ishonch va hamjihatlik muhitining yorqin namunasiga aylandi.

🦋 Batafsil ma'lumot:
1,140005
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

06-sen, 2026, 00:05

Video
🦋 Забота начинается с внимания к тем, кто рядом.

На территории «Контент центра» живут кошки, которые давно стали частью нашей повседневной жизни. Теперь у них появились собственные уютные домики, где можно укрыться от дождя, палящего солнца и зимнего холода.

Возможно, это небольшой шаг. Но именно из таких маленьких поступков начинается большая культура доброты и ответственности ❤️

#ДелитесьДобром
#ЛюбовьКЖивотным
#БерегитеЖивотных #ЗащитимЖивотных
988003
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

06-sen, 2026, 00:05

Video
🦋 “Kontent markazi” hududidagi mushuklar endi yanada xavfsiz va shinam maskanga ega. 🐾

Yomg‘irli, sovuq yoki jazirama kunlarda panasiz qolmasligi uchun ular uchun shinam uychalar hozirlandi.

Bu kichkina e’tibor — beg‘ubor jonivorlarga bo‘lgan mehr va g‘amxo‘rlikning bir ifodasidir. ❤️

#MehrUlashing #JonivorlargaMehr #HayvonlarniAsraylik #JonivorlarniHimoyaQilaylik
9650019
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

06-sen, 2026, 00:05

📖 Har bir buyuk o‘zgarishning o‘z tarixi bor

🇺🇿 2017-yildan boshlab Prezidentimiz rahnamoligida O‘zbekistonda innovatsiyalar, startaplar va venchur investitsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Natijada istiqbolli g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan, startaplarni rivojlantirib, xalqaro bozorga olib chiqadigan zamonaviy ekotizim shakllandi.
❓ Bugungi zamonaviy startap ekotizimi qanday bunyod etildi?

🔥 “Startup Yo‘li” loyihasining maxsus sonida islohotlar yo’li, ularning bosqichlari va bugungi natijalari haqida hikoya qilamiz.

📺 Maxsus sonni https://youtu.be/rpAry2KqQwE?si=57jjyifzst_M_Gf7 orqali tomosha qiling.

🚀 https://t.me/startup_yoli

🦋 Batafsil ma'lumot:
Video Thumbnail
1,070008
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

06-sen, 2026, 00:05

Photo
🎤 Davlat xizmatchilarining mediadagi chiqishlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari mustahkamlandi

🔵Joriy yil 20-21- iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tomonidan Biznes-ombudsman, Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Oliy sudning mas’ul xodimlari ishtirokida ikki kunlik o‘quv-seminar o‘tkazildi.

🔵Seminar davlat xizmatchilarining ommaviy axborot vositalari bilan samarali muloqot qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga sodda, aniq va tushunarli tilda yetkazish, intervyu berish, televideniye va radio dasturlarida ishonchli hamda professional chiqish qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.

🔵Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga televideniye uchun dress-kod, nutq texnikasi, kamera qarshisida o‘zini tutish, tana tili, efir vaqtida asosiy xabarni aniq ifodalash, murakkab savollarga to‘g‘ri javob berishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

🔵Seminarning ikkinchi kunida kadr psixologiyasi, kamera bilan ishlash, tana tilidan samarali foydalanish va kamera qarshisida amaliy chiqish qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etildi.

🔵Ishtirokchilar maxsus amaliy blok doirasida kamera oldida chiqish qilib, ularning nutqi, tashqi ko‘rinishi, ovoz ohangi, harakatlari va auditoriya bilan muloqot o‘rnatish usullari mutaxassislar tomonidan tahlil qilindi.

🔵Shuningdek, mediada ekspertlik imiji va uslubini shakllantirish, ommaviy axborot vositalari orqali davlat organlarining reputasion kapitalini oshirish, jamoatchilik ishonchi va sadoqatini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muvaffaqiyatsiz media chiqishlar misolida yo‘l qo‘yilgan xatolar tahlil qilinib, ularning oldini olish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

🔵Trening jarayonida tok-shoularda boshlovchi va ishtirokchi o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli kommunikasion vaziyatlar ham misollar asosida ko‘rib chiqildi. Savollar bosimi ostida ham asosiy xabarni yo‘qotmaslik, fikrni qisqa va ishonchli bayon etish, bahsli masalalarda xolis pozisiyani saqlash hamda jamoatchilik e’tiborini muhim ma’lumotlarga qaratish bo‘yicha amaliy mashqlar o‘tkazildi.

🔵Bunday o‘quv-seminarlar davlat xizmatchilarining mediasavodxonligini oshirish, davlat organlari va jamoatchilik o‘rtasida ochiq, ishonchli va professional muloqotni ta’minlash, shuningdek, aholiga taqdim etilayotgan rasmiy axborotning sifati va ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.

🦋 Batafsil ma'lumot:
1,510008
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

29-apr, 2026, 00:41

Video
Prezident Shavkat Mirziyoyev bo’lajak futbolchilarga “pass bergan” vaziyat

Davlatimiz rahbari “Neftchi” futbol akademiyasidagi bolalar bilan nafaqat samimiy suhbatlashdi, balki ular bilan bir maydonda to‘p tepdi ham.

Bu orqali Prezident ularga “Ortingizda sizlarni doim qo’llab-quvvatlovchi yurtboshingiz turibdi” degan mujdani berdi go’yo. Ajab emaski, kelajakda bu bolalar orasidan yangi Husanovlar, Shomurodov-u, Fayzullayevlar yetishib chiqsa.

🦋 Batafsil ma'lumot:
352003
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

29-apr, 2026, 00:41

Video
🦋 Samarqand media-transformatsiya markazida: ilk kunning shiddati va yangi istiqbollar

✅ Boqiy shaharning zamonaviy qiyofasi faqat me’morchilikda emas, balki axborot makonida ham yangilanmoqda!

➡️Samarqandda Media haftalikning birinchi kuni mutlaqo o‘zgacha kayfiyat va yuqori energiya bilan start oldi. Ilk kunning o‘zidayoq auditoriyaning qamrovi va ishtirokchilarning bilimga bo‘lgan chanqoqligi media salohiyatini namoyish etdi.

➡️Auditoriyalarda viloyatning yetakchi jurnalistlari bilan bir qatorda, axborot maydonining yangi to‘lqini – kreativ blogerlar va vaynerlar jam bo‘lishdi. Avlodlar o‘rtasidagi ijodiy muloqot ilk daqiqalardanoq nazariy ma’ruzalardan qizg‘in munozaralar va amaliy keyslar tahliliga ko‘chdi.

Haftalikning ilk kuni bir haqiqatni tasdiqladi: Samarqand media vakillari nafaqat voqealarni yoritishga, balki yangi axborot kun tartibini yaratishga tayyor!

❗️ Jarayon davom etmoqda. Samarqanddan uzoqlashmang, oldinda hali eng qiziq mahorat darslari kutmoqda!

🦋 Batafsil ma'lumot:
300000
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

29-apr, 2026, 00:41

Video
🌀 Samarqandda “Media haftalik” qizg‘in davom etmoqda! 🤩

🗞️ Mediaxavfsizlik yo‘nalishida muhim mavzu — sun’iy intellekt davrida axborot maydonini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

🦋 Batafsil:
432000
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

29-apr, 2026, 00:41

Video
✅ «Media haftalik» davom etmoqda

Loyiha doirasida:

✅Zamonaviy media trendlari;
✅Sun’iy intellekt va jurnalistika;
✅Feyk xabarlarga qarshi kurash kabi muhim mavzular muhokama qilinadi.

🦋 Batafsil ma'lumot:
378000
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

29-apr, 2026, 00:41

Video
🌀 Samarqandda “Media haftalik” boshlandi

📍 Respublika bo‘ylab o‘tkazib kelinayotgan “Media haftalik” tadbirlari shu yilning 27-aprelidan 1-may kuniga qadar Samarqandda bo‘lib o‘tadi.

🦋 Batafsil ma'lumot:
530005
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

29-apr, 2026, 00:41

Photo
🌀 Samarqand viloyati “Media haftalik”ka tayyor!

Nihoyat Sizlar kutgan kun yetib keldi. 27-apreldan 1-mayga qadar Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Media haftalik”ning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

🔵 Ushbu haftalik davomida sizni zamonaviy media olamining dolzarb yo‘nalishlari, amaliy bilimlar va tajriba almashuviga boy mashg‘ulotlar kutmoqda.

🔵 Malakali ekspertlar tomonidan olib boriladigan treninglar orqali media sohasida muvaffaqiyatga erishishning real yondashuvlari ochib beriladi.

🦋 Batafsil ma'lumot:
451003
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

29-apr, 2026, 00:41

Video
🇺🇿 Qashqadaryoda Media haftalik yakunlandi

🦋 5 kunlik intensiv media marafon Qashqadaryoda 900 ga yaqin ishtirokchilarni — jurnalistlar, blogerlar, SMM mutaxassislar va mobilograflarni jamladi.

✍️ Sun’iy intellekt yordamida kontent yaratish, feyk xabarlarni aniqlash va yangi media trendlar bo‘yicha muhim tajribalar sinovdan o‘tkazildi.

🏁 Qashqadaryodagi bosqich yakunlandi, ammo loyiha davom etadi!

🚀 Keyingi manzil — Samarqand (27-aprel – 1-may).

#mediahaftalik2026
🦋 Batafsil ma'lumot:
1,690007
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

29-apr, 2026, 00:41

Photo
🇺🇿 Qashqadaryoda Media haftalik yakunlandi

🦋 5 kunlik intensiv media marafon Qashqadaryoda 900 ga yaqin ishtirokchilarni — jurnalistlar, blogerlar, SMM mutaxassislar va mobilograflarni jamladi.

✍️ Sun’iy intellekt yordamida kontent yaratish, feyk xabarlarni aniqlash va yangi media trendlar bo‘yicha muhim tajribalar sinovdan o‘tkazildi.

🏁 Qashqadaryodagi bosqich yakunlandi, ammo loyiha davom etadi!

🚀 Keyingi manzil — Samarqand (27-aprel – 1-may).

#mediahaftalik2026
🦋 Batafsil ma'lumot:
3,290007
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

15-apr, 2026, 00:32

Video
Surxondaryoda media haftalik davom etmoqda

✍️Dastlabki kunning o‘zidayoq 100 dan ziyod ishtirokchi bir maydonda jam bo‘lib, bugungi o‘zbek mediasining holatini tahlil qildi va uni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qarashlar hamda yondashuvlar shakllandi.

🔎Bizning sahifalarimiz:
🌐 https://t.me/janub_yoshlari🌐 https://www.facebook.com/profile.php?id=100066243367618&mibextid=ZbWKwL
🌐 https://instagram.com/stories/yoshlarishlariagentligisurxon/2987715231626622680?igshid=MDJmNzVkMjY= 🌐 https://www.youtube.com/@yoshlarSurxondaryo
95001
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

15-apr, 2026, 00:32

Photo
Fotoreportaj | Surxondaryoda
"Media haftalik"ning 2-kuni

✍️Media haftaligining 2- kunidagi mashg‘ulotlarda muharrir, muxbir, operator va montaj ustalari uchun tasvirga olishning zamonaviy usullari, sifatli va tezkor montaj, shuningdek, axborotni tomoshabinga aniq yetkazish bo‘yicha master-klass o‘tkazildi.

🦋 Batafsil ma'lumot:
114000
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

15-apr, 2026, 00:32

Video
Surxondaryoda Media haftalik: imkoniyatni qo‘ldan boy bermang

👍 Surxondaryoda Media haftalik start oldi — bu yerda jurnalistlar, blogerlar va media bilan qiziqqan yoshlar bir maydonda jam bo‘lib, real tajriba almashmoqda. Tadbir Termiz xalqaro savdo markazida o‘tmoqda.

🎤 Dastlabki kunning o‘zidayoq 100+ ishtirokchi media rivoji, xavfsizlik, raqamli transformatsiya va sun’iy intellektdan foydalanish kabi dolzarb mavzularni muhokama qildi. Treninglar esa nazariya emas — real keyslar va interaktiv formatda o‘tmoqda.

🚀 Agar siz kontent yaratishni o‘rganmoqchi, media sohasida o‘z o‘rningizni topmoqchi yoki shunchaki zamonaviy media qanday ishlashini tushunmoqchi bo‘lsangiz — bu aynan siz uchun imkoniyat.

📅 Media haftalik 17-aprelgacha davom etadi. Jarayonga qo‘shiling va media olamining bir qismiga aylaning.

http://www.youtube.com/@qisqasitv📱 https://t.me/qisqasitv 📱 https://www.instagram.com/qisqasitv/ 📱 https://www.tiktok.com/@qisqasitv?_r=1&_t=ZS-91MV6EE7Yll 📱 http://www.youtube.com/@qisqasitv
209000
Kontent markazi | Rasmiy logo
Kontent markazi | Rasmiy

15-apr, 2026, 00:32

Photo
🚫 “World Content Market”da ilk bor O‘zbekiston milliy pavilyoni tashkil etildi

Media va raqamli kontent sohasidagi nufuzli xalqaro tadbir – “World Content Market” o‘z ishini boshladi. Joriy yilda O‘zbekiston ushbu yirik media bozorida ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etib, mamlakatning milliy kontent salohiyatini global maydonda keng namoyon etmoqda.

“World Content Market” 2008-yildan buyon televideniye va raqamli kontentni yaratish, tarqatish, monetizatsiya qilish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilib kelayotgan yirik media platformalardan biri hisoblanadi. Mazkur tadbir har yili dunyoning turli mamlakatlaridan media industriya vakillarini bir maydonga jamlab, yangi loyihalar, sheriklik tashabbuslari va kontent savdosi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

🌎 Joriy yilgi tadbirda 20 ga yaqin davlatdan 1500 dan ortiq media sohasi mutaxassislari, 500 dan ziyod kompaniyalar qatnashmoqda. Shuningdek, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Rossiya, MDH mamlakatlari, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlarning milliy ekspozitsiyalari namoyish etilmoqda.

📇 Ishtirokchilar qatoridan 150 dan ortiq televizion kanallar (barcha platformalar bo‘yicha), 40 dan oshiq OTT platformalari va video-portallar, 200 dan ziyod kontent distribyutorlari, 100 dan ortiq prodyuserlar, 100 dan ziyod studiyalar hamda ishlab chiqarish xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalardan iborat kontent xaridorlari o‘rin olgan.

🇺🇿 O‘zbekiston milliy pavilyonida 10 dan ortiq xususiy kontent ishlab chiqaruvchilar tomonidan 500 dan ortiq o‘zbek badiiy filmlari va seriallari xalqaro xaridorlar e’tiboriga taqdim etilmoqda.

✅ tomonidan tashkil etilgan mazkur pavilyon doirasida o‘zbek milliy kontentini xalqaro bozorga olib chiqish, uni xorijiy telekanallar va raqamli platformalarda joylashtirish hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

🤔 O‘zbekistonning Moskva shahrida o‘tkazilayotgan ushbu xalqaro media maydonda milliy pavilyon bilan ilk bor ishtirok etishi mamlakatda milliy kontent sanoatini rivojlantirish, mahalliy ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va o‘zbek madaniy mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish yo‘lida muhim strategik qadam bo‘lib xizmat qiladi.

🦋
329009

Showing 28 of 28 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Kontent markazi | Rasmiy Telegram kanali nima haqida?+

Kontent markazi | Rasmiy (@kontentmarkazi) — tgdio da Yangiliklar va gazetalar toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 2 505 obunachi bor.

Kontent markazi | Rasmiy (@kontentmarkazi) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @kontentmarkazi ga bepul obuna bo‘ling.

Kontent markazi | Rasmiy yaxshi Yangiliklar va gazetalar kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Kontent markazi | Rasmiy reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 2 505 obunachi bor. O‘xshash Yangiliklar va gazetalar kanallar bilan solishtiring.

Kontent markazi | Rasmiy statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @kontentmarkazi sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.