
🎤 Davlat xizmatchilarining mediadagi chiqishlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari mustahkamlandi
🔵Joriy yil 20-21- iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tomonidan Biznes-ombudsman, Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Oliy sudning mas’ul xodimlari ishtirokida ikki kunlik o‘quv-seminar o‘tkazildi.
🔵Seminar davlat xizmatchilarining ommaviy axborot vositalari bilan samarali muloqot qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga sodda, aniq va tushunarli tilda yetkazish, intervyu berish, televideniye va radio dasturlarida ishonchli hamda professional chiqish qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.
🔵Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga televideniye uchun dress-kod, nutq texnikasi, kamera qarshisida o‘zini tutish, tana tili, efir vaqtida asosiy xabarni aniq ifodalash, murakkab savollarga to‘g‘ri javob berishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
🔵Seminarning ikkinchi kunida kadr psixologiyasi, kamera bilan ishlash, tana tilidan samarali foydalanish va kamera qarshisida amaliy chiqish qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etildi.
🔵Ishtirokchilar maxsus amaliy blok doirasida kamera oldida chiqish qilib, ularning nutqi, tashqi ko‘rinishi, ovoz ohangi, harakatlari va auditoriya bilan muloqot o‘rnatish usullari mutaxassislar tomonidan tahlil qilindi.
🔵Shuningdek, mediada ekspertlik imiji va uslubini shakllantirish, ommaviy axborot vositalari orqali davlat organlarining reputasion kapitalini oshirish, jamoatchilik ishonchi va sadoqatini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muvaffaqiyatsiz media chiqishlar misolida yo‘l qo‘yilgan xatolar tahlil qilinib, ularning oldini olish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.
🔵Trening jarayonida tok-shoularda boshlovchi va ishtirokchi o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli kommunikasion vaziyatlar ham misollar asosida ko‘rib chiqildi. Savollar bosimi ostida ham asosiy xabarni yo‘qotmaslik, fikrni qisqa va ishonchli bayon etish, bahsli masalalarda xolis pozisiyani saqlash hamda jamoatchilik e’tiborini muhim ma’lumotlarga qaratish bo‘yicha amaliy mashqlar o‘tkazildi.
🔵Bunday o‘quv-seminarlar davlat xizmatchilarining mediasavodxonligini oshirish, davlat organlari va jamoatchilik o‘rtasida ochiq, ishonchli va professional muloqotni ta’minlash, shuningdek, aholiga taqdim etilayotgan rasmiy axborotning sifati va ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.
🦋 Batafsil ma'lumot: