Ya Alloh… Meni Jannatingga kirgizarmikansan?
Sirot ko‘prigidan o‘ta olarmikanman?
Payg‘ambarimizning muborak qo‘llaridan Kavsar suvidan ichar ekanmanmi?
Qiyomatning dahshatli kunida Sen meni panohingga olarmikansan?
Hisob-kitob paytida nomai amalim o‘ng tarafimdan berilarmikan?
Va eng katta ne’mat Jamolingni ko‘ra olarmikanman?
Ey Rabbim, bularni o‘ylasam yuragim titraydi.
Men gunohsiz banda emasman.
Men xatolardan holi emasman.
Ba’zan Sen harom qilgan narsalarni bilib turib ham qildim.
Ba’zan nafsimni yenga olmadim.
Ba’zan bilgan ilmimga amal qila olmadim.
Ba’zan ota-onamga chiroyli gap aytish o‘rniga sukut qildim yoki xafa qildim.
Ba’zan opam-u ukam bilan silai rahmni mukammal qila olmadim.
Ba’zan qalbim dunyoga berilib ketdi.
Ey Rabbim, men mukammal banda emasman. Lekin, Sen mukammal Rahmlisan.
Ey Alloh… Gunohlarim ko‘p bo‘lsa ham, rahmating ulardan ham keng.
Xatolarim ko‘p bo‘lsa ham, mag‘firating ulardan ham buyuk.
Meni gunohlarim bilan emas, rahmating bilan muomala qilgin.
Qalbimni pokla, nafsimni isloh qil, yo‘limni to‘g‘rilagin. Oxiratimni go‘zal qilgin.
Qiyomat kunida meni uyaltirma, ey Rabbim.
Meni ham Sening rahmating bilan najot topadigan bandalaring qatoriga qo‘shgin.
Meni ham Jannatingga kiradigan bandalaringdan qilgin🤲
https://t.me/kunlik_duolariMani yig'latdi bu duo 🥹🥹