Mirko Yelichich: - O‘yin biz kutgandek bo‘ldi. Shunga yarasha yuqori darajada tayyorlandik. Agressiv o‘yin bo‘ldi. "Nasaf" har doim chiroyli o‘yin ko‘rsatadi. Ularning o‘z madaniyati, o‘yin uslubi bor. O‘zbekistonda har doim yuqori darajada bo‘lib turadigan…
Mirko Yelichich: - O‘yin biz kutgandek bo‘ldi. Shunga yarasha yuqori darajada tayyorlandik. Agressiv o‘yin bo‘ldi. "Nasaf" har doim chiroyli o‘yin ko‘rsatadi. Ularning o‘z madaniyati, o‘yin uslubi bor. O‘zbekistonda har doim yuqori darajada bo‘lib turadigan jamoaning borligi, yoqimli. Bugun ham shunday bahs bo‘ldi. Vaziyatlarni hisobga olsak, o‘yin teng o‘tdi. Chunki ikkala jamoa yaxshi vaziyatlar yaratdi. Bunday uchrashuvlarni bitta xato yoki supergol hal qilardi. Biroq bunday bo‘lmadi. Shu sababli o‘yin 0:0ga mos o‘tdi.
- O‘yin sifatidan mamnunmisiz? - Ha. Ayni damda "Nasaf" yaxshi holatda. So‘nggi oylarda jamoa buni ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida bizda ham shunday. Lekin har doim jamoani yanada yaxshilash kerakligini tushunib yetaverasan. Kamchiliklar ustida ishlaymiz. Mavsum shu bilan yakunlanmaydi. Bugun biz vaziyatni yakunlashda biroz oqsadik. O‘yinni biz nazorat qildik, desak ham bo‘ladi. Lekin ishni hal qila olmadik.
- "Nasaf" uch kun oldin OCHLda o‘yin o‘tkazdi. Raqibda bosim bor edi va shu sababdan biroz yopiqroq o‘yin bo‘ldi, deb hisoblaysizmi? Uch kundan keyin "Lokomotiv"ning "Neftchi"ga qarshi o‘yini bor va jamoa shu uchun kuch asradi, desak ham bo‘ladimi? - Sen o‘yinga uch kundan keyin ham tayyor emasmisan, desak, nimanidir noto‘g‘ri qilyapsan. Menimcha 3 kun - standart tayyorlanish uchun yetarli. Ushbu mavsumda deyarli 3 kunda o‘yin o‘tkazgan paytlarimiz ko‘p bo‘ldi. O‘yinni yuqori tempda o‘tkazasan va kuch to‘plash uchun uch kun vaqt bo‘ladi. Ko‘p joylarda mavsum davomida har uch kunda o‘yin o‘tkazishadi. Bizda hozircha bunday emas. Aksincha, men uchun bu yaxshi.
- "Lokomotiv" matbuot xizmati asosiy tarkibni e’lon qilganida biz 5 himoyachini ko‘rgandik. Biroq jamoa o‘yinni to‘liq 4 himoyachi bilan o‘tkazdi va ayrim vaziyatlarda, hatto, uch kishi bo‘lib ham o‘ynashdi. - Aslida bunday narsalar raqibning himoya va hujumda qanday o‘ynashiga qarab belgilanadi. "Nasaf" 5 himoyachi bo‘lib o‘ynamaganidan keyin bizning o‘zimiz tezkorlik bilan o‘zgartirishlar kiritdik. Biz hujumlar orqali kengroq o‘ynamoqchi edik va komissardan tarkibga o‘zgartirish kiritishni so‘raganimizda, endi kechligini aytishdi. Chunki asosiy tarkibdan tushirib qoldirilgan futbolchini zaxiradan maydonga tushirib bo‘lmas ekan. Demak, biz o‘zgarish qilib bo‘lgan bo‘larkanmiz. Biz o‘yinni rejamizdagidek boshlay olmadik, desak ham bo‘ladi.
- Barcha jurnalistlar jamoalardan mavsumdagi vazifalar haqida so‘rashni yaxshi ko‘rishadi. Mavsum boshidagi gap-so‘zlardan keyin ayni damdagi turnir jadvalidagi holatga qarab, balki, kuchli to‘rtlik yoki beshlikka kirish uchun ishtiyoq ham kuchaygandir. Ayrimlar yosh futbolchilarni kashf qilishni istaymiz desa, kimlardir o‘yin sifatini muhim o‘rinda ko‘rsatadi. - Ha, bu borada ko‘plab jihatlar bor. Ko‘plab jamoalarda hozir iqtidorli futbolchilar ko‘p. Mavsum davomida ishlar ekansan, nimalarni izlayotganingni sekin-sekin bilib borasan. Balki klub sifatida to‘g‘ri ishlayapman, deb o‘ylashing ham mumkin. Lekin eng asosiysi - bu yerda mahsulot bor, iqtidor bor. Osiyoda iqtidorlar juda ko‘p. Biz bu borada ham yaxshilanish borasida ko‘p ishlayapmiz. Jamoaning bugungi kuni, klubning o‘tmishi va hokazolar ham juda muhim va barcha tomondan ishlashni davom ettiraverish kerak. Har doim ham sen o‘ylagandek bo‘lavermaydi va shu boisdan qayerlardadir yaxshilanish bo‘laverishi kerak. Kamchilikning bori yaxshi, chunki sen buning ustida ishlashing kerak bo‘ladi. O‘yinlar bo‘lavergani sari esa shu kamchiliklar yuzaga chiqadi. Agarda buni vaqtida to‘g‘rilamasak, ishlar yomonlashib ketadi. Shunda bazaviy futbol kelib chiqadi. Bu yerda esa futbolchilarning sifati orqali istalgancha tajribalar qilib ko‘rsa bo‘ladi. Murabbiy sifatida bu barchaga ma’qul keladi.
Mirko Yelichich: - Jismoniy va texnik tomondan bu o‘yin ikkala jamoa uchun ham shunday qiyin bo‘lishini kutgandik. Taktik tomondan bu maydonda harakat qilish juda qiyin. Nimadir qilmoqchi bo‘lsang, o‘zgartirishga majbur bo‘lasan. Bugun ikkala jamoa g‘alaba uchun kurashdi va bunga xohishlari yuqori edi. Hozir tarkibimizda bir qancha asosiy futbolchilar yo‘q. Shu sababli rotatsiyada qiynaldik, o‘zimizning eng zo‘r tarkibimiz bilan kela olmadik.
- Temurxo‘ja Abduxoliqov qanot hakami bilan ayrim vaziyatlarda tortishdi. - Bunday holatlar barcha o‘yinlarda bo‘ladi. Ikkala tomon ham o‘zi uchun haq, to‘g‘ri tomonni topib bo‘lmaydi. Bunday holatlar bilan hakamlarning o‘zlari shug‘ullangani ma’qul. Bugun ayrim vaziyatlar bo‘ldi-ki, biz uchun yoqimli bo‘lmadi. Futbol shunaqa, muxlislar to‘la stadionda hissiyotlarni boshqarish qiyin. Chegarada bo‘lishga harakat qildik.
- Uch o‘zgarishdan keyin jamoaning o‘yini o‘zgarib ketdi. Bu rejadagi o‘zgarishlarmidi? - Bizga nimalar yetishmayotganini ko‘rdik va kimlar orqali bularni o‘zgartira olishimizni tushundik. Shuhrat Muhammadiyev o‘zida biroz jarohat his qildi. Uni maydonda qoldirish - xavf ostiga qo‘yish bo‘lardi. Diyor Turopov anchadan buyon maydonga tushmagandi va unga amaliyot berishni istadik. 30 daqiqa yaxshi o‘ynadi, uning jismoniy holati ko‘proq daqiqalarga yetmasdi. Menimcha zaxiralarni kechroq boshladik, deb o‘ylayman.
- Asosiy tarkibning to‘rt futbolchisi - Abrayev, Shodiboyev, Reimov va Ibraimovlar termalar yig‘inlarida. Ularsiz tarkib tuzish qanchalik qiyin bo‘ldi? - Albatta, bizga qiyin bo‘ldi. Ularning barchasi hujumkor futbolchilar va deyarli hujumchilar. Ular tezlikni oshirishda yordam berishadi. Bugun Turopov va Yaxshiboyevdan tashqari zaxirada asosan yoshlar o‘tirishdi. Bugun tarkibda bo‘lmaganlarni hisobdan chiqarib turish juda qiyin bo‘ldi. Oldimizda deyarli tanlov qolmagandi, mashg‘ulotlarda ham ularning o‘rni bilindi. Hali ular bir oy davomida tarkibda bo‘lishmaydi. Bu ham bizga qiyinchiliklar tug‘diradi.
- Ushbu o‘yingacha "Navbahor" ketma-ket olti o‘yinda g‘alaba qozongandi. Ushbu jamoaning chempionlik imkoniyatini qanday baholaysiz? - Juda qiyin. Jadval yuqorisidagi ikki jamoa anchagina oldinlab ketgan. Ularni "ushlab olish" menimcha endi ilojsiz. "Navbahor" esa sifatli jamoa, ular jadvalning yuqori qismida bo‘lishadi. Tarkibda yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Lekin baribir 1 yoki 2-o‘ringa ko‘tarilish juda qiyin, deb o‘ylayman.
- Ushbu mavsumda "Lokomotiv" o‘z oldiga qanday maqsad qo‘yilgan? Jamoaning kuchli uchlikka kirish imkoniyati qanday? - Barqaror jamoa qurishni maqsad qilganmiz. Yig‘ilgan tarkibga ahamiyat bersangiz, tajribali futbolchilar orqali yosh futbolchilarni pishitib olishni maqsad qilganmiz. Ularga ko‘proq imkoniyat bersak, kelgusi mavsumda ular bizga yaxshigina yordam berishadi.
- "Dinamo"ning qanday nozik tomonlarini ko‘rgandingiz? - Jamoa hujumda agressiv o‘yin ko‘rsatadi. Biz esa bundan o‘z ustunligimiz yo‘lida foydalanishimiz kerak edi. Jamoa hujumga o‘tar ekan, ularning ayrim hududlari ochiq qoladi va bundan foydalanib ketish mumkin bo‘ladi. Faqatgina himoyada o‘ynaydigan jamoaga qarshi o‘ynash doimo qiyin bo‘lgan. Raqib hujumkor futbol o‘ynashni istar ekan, ular bilan futbol o‘ynashning iloji bo‘ladi.
- Ya’ni, bunday jamoalarga qarshi o‘ynash osonroq bo‘ladimi? - Ha, desak ham bo‘ladi. Biroq raqib tarkibida mahoratli futbolchilar ko‘p edi va ularga qarshi turib berish oson bo‘lmadi. Shunchaki ular o‘yinning tempini saqlab qolishga tayyor bo‘la olishmadi. Lekin ular hujumkor o‘yinni qurayotgani juda yaxshi holat. Biz uchun ham yaxshi, hududlar ochiladi.
- Hisob 2:0ga yetgandan keyin Siz atay e’tiborni himoyaga qaratdingizmi yoki "Dinamo" hujumdagi agressiyani oshirdimi? - Ikkisi ham. Bunday paytda odatda jamoalar e’tiborni himoyaga berib, hisobni saqlashga o‘ynaydi. Lekin bu atayin bo‘lmaydi, bosim oshib ketadi. "Dinamo" hujumkor futbol o‘yin ko‘rsatganidan biz foydalanib ketdik. Shunchaki ularning himoya chizig‘ida katta ochilishlar bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda ham yaxshi vaziyatlarga ega bo‘lgandik, lekin bundan foydalana olmadik. Aslida bundan maksimal foydalanishni rejalashtirgandik ham. Umumiy olganda o‘yin raqiblarning bosimi ostida o‘tdi.
- Himoyadagi o‘yindan mamnunmisiz? - Ha. Mamnunman. Xatoliklar bor, buni taxlil qilmasak bo‘lmaydi. O‘yin oldidan biz pozision tartibli o‘yin ko‘rsatishni maqsad qilgandik.
- Bugun "Loko" asosan qarshi hujumda o‘ynadi. Jamoa bugun ikkinchi raqamli bo‘lib o‘ynashni maqsad qilganmidi? - Biz o‘z o‘yinimizni quryapmiz va bunda raqibning o‘yin uslubiga qaramayapmiz. Bu biroz ochiqroq o‘yin deyiladi. Bu uslub futbolchilarga ham ma’qul keldi. Bunday futbolda bizda ham ochiq hududlar bo‘ladi. Men jamoamning shunday futbol ko‘rsatishiga tayyorman.
- Siz uzoq vaqt mobaynida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida ishladingiz. Qo‘l ostingizdagi futbolchilarning jismoniy holati Sizning talablaringizga qanchalik javob bermoqda? - Yillar davomida yosh yoki yoshi katta futbolchilar bilan qanday ishlaganingiz ham muhim. Shu orqali ular bilan qanday ishlashingizni bilib olasiz. Hali ham O‘zbekistonda ushbu sohani keng qamrovda biladigan mutaxassislar kam. Ish hali ham o‘sha-o‘sha. Yillar davomida futbolchilar o‘zgarsa ham qanday mehnat qilsangiz, shunday mevasini ham olasiz.
1,1400010
Loading view history…
Reyting
Kirish talab qilinadi
Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'lib tajribangizni baham ko'ring!
Frequently Asked Questions
PFC Lokomotiv (UZ) 🇺🇿 🚂 Telegram kanali nima haqida?+
PFC Lokomotiv (UZ) 🇺🇿 🚂 (@lokomotivuzb) — tgdio da Futbol toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 3 095 obunachi bor.
PFC Lokomotiv (UZ) 🇺🇿 🚂 (@lokomotivuzb) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+
tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @lokomotivuzb ga bepul obuna bo‘ling.
PFC Lokomotiv (UZ) 🇺🇿 🚂 yaxshi Futbol kanalimi?+
tgdio da qo‘shilishdan oldin PFC Lokomotiv (UZ) 🇺🇿 🚂 reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 3 095 obunachi bor. O‘xshash Futbol kanallar bilan solishtiring.
PFC Lokomotiv (UZ) 🇺🇿 🚂 statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+
tgdio da @lokomotivuzb sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.