MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI Telegram channel photo

MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI

📢 Madaniyat ta'limi markazi rasmiy sahifasi 📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b 📞 Telefon: (95) 889 12 11 📨 Email: [email protected] 📲Instagram: @madaniyat_talimi_markazi

1k

Last views

5.7k (5,698 subscribers)
A'zolar
—
Rating
41
Total Posts
Oct 18, 2026, 4:02 AM
Yangilangan
May 16, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameMADANIYAT TA’LIMI MARKAZI
Username@madaniyat_talimi_markazi
CategoryOnlayn darslar
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar5,698
Channel TypePublic Channel
Created16-may, 2026
Last Updated18-okt, 2026 • 5 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#317124-499
Til reytingi
#1578-6
Toifa reytingi
#1441+3

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 5.7K30 Days growth: -821.4%
09/1809/2309/2810/0310/0810/1310/17
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
18:09:20265,780
19:09:20265,780
20:09:20265,718
21:09:20265,718
22:09:20265,718
23:09:20265,718
24:09:20265,718
25:09:20265,718
26:09:20265,718
27:09:20265,718
28:09:20265,718
29:09:20265,718
30:09:20265,718
01:10:20265,718
02:10:20265,718
03:10:20265,718
04:10:20265,718
05:10:20265,718
06:10:20265,718
07:10:20265,718
08:10:20265,718
09:10:20265,718
10:10:20265,718
11:10:20265,718
12:10:20265,718
13:10:20265,718
14:10:20265,718
15:10:20265,718
16:10:20265,718
17:10:20265,698
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 11:05:20267,577
Week of 18:05:20267,577
Week of 25:05:20267,577
Week of 01:06:20267,577
Week of 08:06:20267,577
Week of 15:06:20267,577
Week of 22:06:20267,577
Week of 29:06:20267,577
Week of 06:07:20266,785
Week of 13:07:20266,785
Week of 20:07:20266,785
Week of 27:07:20266,785
Week of 03:08:20266,785
Week of 10:08:20266,785
Week of 17:08:20265,990
Week of 24:08:20265,990
Week of 31:08:20265,851
Week of 07:09:20265,780
Week of 14:09:20265,718
Week of 21:09:20265,718
Week of 28:09:20265,718
Week of 05:10:20265,718
Week of 12:10:20265,698
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
May 20267,577
June 20267,577
July 20266,785
August 20265,990
September 20265,718
October 20265,698
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20265,698

So'nggi postlar

MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI logo
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI

21-okt, 2026, 10:10

Photo1/4
Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!

Barchangizni bugun yurtimizda keng nishonlanayotgan O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Til — millatning o‘zligi, ma’naviyati, tarixi va madaniyatini namoyon etuvchi bebaho boylikdir. Ona tilimizda xalqimizning ko‘p asrlik hayot tajribasi, orzu-intilishlari va milliy qadriyatlari mujassam. Shu bois tilni asrab-avaylash, uning sofligini saqlash va rivojlantirish har birimizning burchimizdir.

Buyuk mutafakkir bobomiz, she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bejizga: «Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz», deya ta’kidlamaganlar. Jadid bobomiz Abdulla Avloniy esa “Tilni yo'qotmak, millatni yo'qotmak demakdir” deya til va millat taqdiri o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni alohida e’tirof etgan.

Bugungi kunda mamlakatimizda davlat tilining nufuzi va mavqeyini oshirish, uning imkoniyatlarini keng namoyon etish borasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining xalqaro minbarlarda o‘zbek tilida nutq so‘zlashi ham ona tilimizning xalqaro maydondagi obro‘sini yuksaltirish, uni dunyoga keng tanitish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

2020-yil 10-aprelda «O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi tilimizga bo‘lgan yuksak e’tiborning muhim ifodasi bo‘ldi. Ushbu qonun ona tilimizga hurmatni yanada mustahkamlash, uning jamiyat hayotidagi o‘rnini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktyabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va unda belgilangan vazifalar davlat tilining qo‘llanish doirasini kengaytirish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini keng namoyon etishga xizmat qilmoqda.

Aytish o‘rinliki, tilimizning rivojlantirish va uni dunyoga keng yoyishda ta’lim muassasalari, ilm-fan va madaniyat sohasi vakillarining faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega.

Ayniqsa, san’at va madaniyat sohasi vakillariga ona tilimizni ardoqlash, uni adabiy me’yorlarga muvofiq qo‘llash va o‘zlarining ijodi orqali uning boy imkoniyatlarini namoyon etishdek mas’uliyatli vazifa yuklanadi. Zero, tilning go‘zalligi, jozibasi va qudrati, eng avvalo, uni qanday qo‘llashimizda namoyon bo‘ladi.

Aziz do‘stlar!

Ona tilimizning bugungi mavqeyini yanada mustahkamlash, uni kelajak avlodlarga boy va betakror meros sifatida yetkazish barchamizning sharafli vazifamizdir. Tilimizni qadrlash — millatimizni qadrlash, uning kelajagiga befarq bo‘lmaslik demakdir.

Fursatdan foydalanib, barchangizni yana bir bor O‘zbek tili bayrami bilan muborakbod etaman. Xonadonlaringizdan fayz-u baraka, qalblaringizdan mehr-muhabbat, hayotingizdan tinchlik va xotirjamlik arimasin. Ona tilimizning dovrug‘i hamisha baland, umri esa boqiy bo‘lsin!

So‘zimni O‘zbekiston Qahramoni, atoqli shoir Erkin Vohidovning ona tilimizga bo‘lgan cheksiz muhabbatni ifodalovchi ushbu misralari bilan yakunlamoqchiman:

Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
Ona tilim o‘lmaydi!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, azizlar!

Hurmat bilan,
Nodirbek Sayfullayev,
O‘zbekiston Respublikasi
Madaniyat vazirning birinchi
o‘rinbosari

💠 Barcha yangiliklarni markazning rasmiy sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin:

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

📱 Telegram | 📱 Instagram

📱 Facebook | 📱 Youtube
1,030006
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI logo
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI

16-okt, 2026, 15:17

Photo1/2
#Diqqat #Attestatsiya

⚡️ Attestatsiya jarayonlarida o‘quv fanidan malaka sinovlarini ijodiy va nazariy shaklda topshiradigan pedagog kadrlar diqqatiga!

🗓 Bolalar musiqa va sanʼat maktablari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, oliy maktablari, Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyining mutaxassislik fanlari boʻyicha pedagog kadrlari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Musiqa madaniyati” fani o‘qituvchilarining oʻquv fanidan malaka sinovlarini ijodiy va nazariy (ogʻzaki, yozma) shaklda joriy yilning 2-noyabrdan 21-noyabrgacha o‘tkazilishi belgilandi.

📍 Hududlar kesimida pedagog kadrlarning o‘quv fanidan malaka (ijodiy, nazariy) sinovlarini o‘tkazish joyi, manzili va sanasi reja-grafikda belgilangan.

📍 Andijon viloyati
📍 Buxoro viloyati
📍 Farg‘ona viloyati
📍 Jizzax viloyati
📍 Namangan viloyati
📍 Navoiy viloyati
📍 Qashqadaryo viloyati
📍 Samarqand viloyati
📍 Sirdaryo viloyati
📍 Surxondaryo viloyati
📍 Toshkent shahar
📍 Toshkent viloyati
📍 Xorazm viloyati
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi

📄 O‘quv fanidan malaka (ijodiy, nazariy) sinovlarida ishtirok etish uchun talab qilinadi - Shaxsni tasdiqlovchi hujjat va murojaat yuborishda to‘ldirilgan SO‘ROVNOMA

⏺Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

💠 Barcha yangiliklarni markazning rasmiy sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin:

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

📱 Telegram | 📱 Instagram

📱 Facebook | 📱 Youtube
10,800006
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI logo
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI

15-okt, 2026, 17:33

Video
#Dutor_chellenj

⚡️ Milliy cholg‘ular ijrosiga bag‘ishlangan chellenj davom etmoqda!!!
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti talaba-qizlari dutor chertishdan ham zavq olishadi.
Dilkash dutor — g’ururimiz!!!


✅https://t.me/BZokirovnomidagiMESI
2,3100028
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI logo
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI

02-sen, 2026, 13:32

Video
🇺🇿 “Yangi O’zbekiston”…

Aziz yurtdoshlarim qutlug’ bu sana,
Har kimga muborak bo’lsin tantana.
Me’morga tasanno yana va yana,
Qancha yaxshi yomon kunlarni ko’rdik.
Yangi O’zbekiston davlatin qurdik…

O‘zbekiston xalq artisti, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi “Yangi O‘zbekiston” qo‘shig’i.

Mazkur klip sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yaratilgan.

https://t.me/madaniyatvazirligi| https://www.instagram.com/madaniyatvazirligi/https://www.instagram.com/madaniyatvazirligi/| https://www.facebook.com/madaniyatvazirligiuz| https://gov.uz/madaniyat/ | https://www.youtube.com/@madaniyatvazirligirasmiy| https://t.me/media_kontent_MV
492004
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI logo
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI

02-sen, 2026, 13:32

Video
🇺🇿 Polapondan uchar qushga aylandik…

Bir zamonlar qanotimizni sinagan shamollar bugun bizni yuksaklarga chorlamoqda. Kecha armon bo‘lgan orzularimiz esa bugun birin-ketin haqiqatga aylanib, bizni yanada yuksak marralar sari yetaklamoqda.

35 yil… Bu shunchaki tarixning bir sahifasi emas. Bu o‘zligini anglagan xalqning uyg‘onishi, ozodlikning qadriga yetgan millatning parvozi, o‘z kelajagini o‘z qo‘llari bilan bunyod etayotgan Vatanimizning sharafli yo‘lidir.

Mustaqillik shunchaki erkinlik emas. U osmonimizdagi erkin parvoz, qalbimizdagi milliy g‘urur, ona tilimizdagi iftixor, qo‘limizdagi bunyodkorlik, farzandlarimiz nigohidagi umid va porloq kelajakdir.

Bugun biz kechagidan kuchliroqmiz. Chunki bu 35 yil bizga bir haqiqatni anglatdi: qanotimiz Vatan, kuchimiz xalq, ishonchimiz birlik, yo‘limiz esa buyuk kelajakdir.

Shunday ekan, bu parvozni asrash, bu zaminni obod qilish, bu bayroqni baland tutish har birimiz uchun nafaqat sharaf, balki muqaddas burchdir.

Zero, Vatan mustaqilligi avlodlarga beriladigan eng buyuk meros, uni asrash esa bizga yuklangan eng ulug‘ mas’uliyatdir.

Polapondan uchar qushga aylangan yurtimizning parvozi hech qachon to‘xtamasin!

Yurtimiz tinchligi abadiy bo‘lsin. Osmonimiz hamisha musaffo, xonadonlarimiz fayzli, qalblarimiz xotirjam bo‘lsin.

Bayrog‘imiz doimo baland, qanotimiz mustahkam, parvozimiz esa yanada yuksak bo‘lsin!

Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ozodbek Nazarbekov,
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

📲 https://t.me/ozodbek_axmadovich 📲 https://instagram.com/ozodbek_axmadovich
68003
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI logo
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI

02-sen, 2026, 13:32

Photo
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!

Aziz yurtdoshlar!

Madaniyat ta’limi markazi jamoasi sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!

Mustaqillik — xalqimizning erkin va farovon hayoti, milliy qadriyatlarimiz, boy madaniy merosimiz hamda buyuk kelajagimizning mustahkam poydevoridir.

Bugun yurtimizda madaniyat va san’at ta’limini rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, milliy san’atimiz va ma’naviy merosimizni asrab-avaylash hamda kelajak avlodga munosib yetkazish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar barchamizga ulkan mas’uliyat va faxr bag‘ishlaydi.

Ushbu ulug‘ ayyomda xalqimizga tinchlik-xotirjamlik, har bir xonadonga fayzu baraka, mustahkam sog‘lik va farovonlik tilaymiz.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!

💠 Barcha yangiliklarni Markazning rasmiy sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin:

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

📱 | 📱 https://www.instagram.com/madaniyat_talimi_markazi/

📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61572775006054 | 📱 https://www.youtube.com/@madaniyattalimimarkazi
1,110005
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI logo
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI

02-sen, 2026, 13:32

Video
🇺🇿 Polapondan uchar qushga aylandik…

Bir zamonlar qanotimizni sinagan shamollar bugun bizni yuksaklarga chorlamoqda. Kecha armon bo‘lgan orzularimiz esa bugun birin-ketin haqiqatga aylanib, bizni yanada yuksak marralar sari yetaklamoqda.

35 yil… Bu shunchaki tarixning bir sahifasi emas. Bu o‘zligini anglagan xalqning uyg‘onishi, ozodlikning qadriga yetgan millatning parvozi, o‘z kelajagini o‘z qo‘llari bilan bunyod etayotgan Vatanimizning sharafli yo‘lidir.

Mustaqillik shunchaki erkinlik emas. U osmonimizdagi erkin parvoz, qalbimizdagi milliy g‘urur, ona tilimizdagi iftixor, qo‘limizdagi bunyodkorlik, farzandlarimiz nigohidagi umid va porloq kelajakdir.

Bugun biz kechagidan kuchliroqmiz. Chunki bu 35 yil bizga bir haqiqatni anglatdi: qanotimiz Vatan, kuchimiz xalq, ishonchimiz birlik, yo‘limiz esa buyuk kelajakdir.

Shunday ekan, bu parvozni asrash, bu zaminni obod qilish, bu bayroqni baland tutish har birimiz uchun nafaqat sharaf, balki muqaddas burchdir.

Zero, Vatan mustaqilligi avlodlarga beriladigan eng buyuk meros, uni asrash esa bizga yuklangan eng ulug‘ mas’uliyatdir.

Polapondan uchar qushga aylangan yurtimizning parvozi hech qachon to‘xtamasin!

Yurtimiz tinchligi abadiy bo‘lsin. Osmonimiz hamisha musaffo, xonadonlarimiz fayzli, qalblarimiz xotirjam bo‘lsin.

Bayrog‘imiz doimo baland, qanotimiz mustahkam, parvozimiz esa yanada yuksak bo‘lsin!

Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ozodbek Nazarbekov,
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

📲 https://t.me/ozodbek_axmadovich 📲 https://instagram.com/ozodbek_axmadovich
432007
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI logo
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI

02-sen, 2026, 13:32

Video
🇺🇿 Yangi O’zbekiston davlatin qurdik…

Yangi Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan unutilmas, tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning eng ta’sirli lahzalaridan biri bu madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi “Yangi O‘zbekiston” qo‘shig‘i bo‘ldi.

Bu qo‘shiqda — Vatanga muhabbat, yangi marralarga ishonch va buyuk kelajakka intilish mujassam.

Yangi O‘zbekiston — qalbimizdagi g‘urur, tilimizdagi qo‘shiq, kelajakka bo‘lgan ishonchimiz!

https://t.me/madaniyatvazirligi| https://www.instagram.com/madaniyatvazirligi/https://www.instagram.com/madaniyatvazirligi/| https://www.facebook.com/madaniyatvazirligiuz| https://gov.uz/madaniyat/ | https://www.youtube.com/@madaniyatvazirligirasmiy| https://t.me/media_kontent_MV
145007
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI logo
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI

02-sen, 2026, 13:32

Video
🇺🇿 Yangi O’zbekiston davlatin qurdik…

Yangi Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan unutilmas, tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning eng ta’sirli lahzalaridan biri bu madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi “Yangi O‘zbekiston” qo‘shig‘i bo‘ldi.

Bu qo‘shiqda — Vatanga muhabbat, yangi marralarga ishonch va buyuk kelajakka intilish mujassam.

Yangi O‘zbekiston — qalbimizdagi g‘urur, tilimizdagi qo‘shiq, kelajakka bo‘lgan ishonchimiz!

https://t.me/madaniyatvazirligi| https://www.instagram.com/madaniyatvazirligi/https://www.instagram.com/madaniyatvazirligi/| https://www.facebook.com/madaniyatvazirligiuz| https://gov.uz/madaniyat/ | https://www.youtube.com/@madaniyatvazirligirasmiy| https://t.me/media_kontent_MV
792007
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI logo
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI

02-sen, 2026, 13:32

Photo
Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Letszi janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Samimiy ruhda kechgan suhbat chog‘ida davlatlarimiz rahbarlarining izchil va samarali muloqoti natijasida so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan munosabatlarni muhokama qildik. Parlamentlararo muloqot ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Biz Xitoy tomonining qo‘llab-quvvatlashini hamda transport, savdo, ta’lim va madaniyat yo‘nalishlaridagi aniq loyihalarni birgalikda ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan intilishini yuksak qadrlaymiz. Oldimizda mushtarak rejalar ko‘p, asosiy vazifa esa — ularni izchil hayotga tatbiq etishdir.

Janob Chjao Letsziga ochiq va mazmunli muloqot uchun minnatdorlik izhor etaman.

—

Провели встречу с Чжао Лэцзи, членом Постоянного комитета Политбюро ЦК КПК, председателем Постоянного комитета Всекитайского собрания народных представителей.

В ходе искренней беседы обсудили отношения между Узбекистаном и Китаем, которые в последние годы постоянно укрепляются благодаря тесному диалогу лидеров наших стран. Выходит на новый уровень и межпарламентский диалог.

Ценим поддержку Китая и готовность вместе работать над конкретными проектами в области транспорта, торговли, образования и культуры. У наших стран много общих планов, и главное — последовательно их реализовывать.

Спасибо господину Чжао Лэцзи за открытый и содержательный разговор.
1,400006
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI logo
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI

31-avg, 2026, 06:31

Photo
Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’kidladi.

Shu kunlarda joylarda unvon, orden va medallarni qabul qilib olayotgan yurtdoshlarimizga ham samimiy tabriklar aytildi.

Mukofotlanganlar orasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, yurtimizga katta-katta sarmoya va zamonaviy texnologiyalarni olib kelayotgan xorijlik hamkorlar borligi qayd etilib, ularga ham minnatdorlik bildirildi.

Mamlakatimiz yetakchisi mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

– Ko‘ksingizga yarashib turgan yuksak unvon, orden va medallarga odamlar havas bilan qaraydi, yoshlarimiz sizlarga o‘xshashga intiladi. Bu sizlarga kelgusi ishlaringizda yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi deb ishonaman,
– dedi davlatimiz rahbari marosim yakunida.

https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
1,110003
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI logo
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI

31-avg, 2026, 06:31

Photo
Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning cho‘llarni o‘zlashtirib, dehqonchilikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi haqiqiy qahramonlik sifatida e’tirof etildi.

Bekobod metallurgiya kombinatida uzoq yillardan buyon po‘lat erituvchi vazifasida ishlayotgan G‘ulomjon Turonovning “Xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangani butun metallurglar mehnatining e’tirofidir.

Paxtachilik va g‘allachilikda yuksak natijaga erishib, o‘z maktabini yaratgan namanganlik Ilhom Ziyovuddinov, ipak qurtini bahor, yoz va kuz mavsumida parvarishlab, yuqori hosil olayotgan buxorolik pillakor Jamila Xudoyberdiyeva, chorvachilikda ilg‘or texnologiya va zamonaviy yondashuvlarni joriy qilayotgan qoraqalpog‘istonlik Esenbay Aytimuratov hamda suv yo‘qotishlarini kamaytirishga hissa qo‘shayotgan samarqandlik irrigator Aslanqul Karimqulovning xizmatlari ham munosib baholandi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasini bezatgan usta-naqqosh Sattorxo‘ja To‘xtaxo‘jayevga “Xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni berildi.

https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
1,130001
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI logo
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI

31-avg, 2026, 06:31

Photo
Prezidentimiz bugun Yangi O‘zbekistonning ovozi eng nufuzli minbarlarda ham baland yangrayotganini, davlatimizning xalqchil, tinchlikparvar siyosati dunyoda e’tirof etilayotganini ta’kidladi.

– Hech shubhasiz, yuqoridagi barcha o‘zgarishlar ko‘p millatli xalqimiz, siz kabi jonkuyar yurtdoshlarimiz mehnati bilan amalga oshmoqda,
– dedi davlatimiz rahbari.

Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish har bir inson uchun katta baxt ekani ta’kidlandi.

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashab, sidqidildan mehnat qilayotgan 558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Prezidentimiz har bir mukofotlanganning mashaqqatli mehnat yo‘li, erishgan yutuqlari va yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini yaxshi bilishini ta’kidladi.

Mukofotlanganlar orasida butun umrini bunyodkorlikka bag‘ishlagan xorazmlik otaxon Rustam Sultonov ham bor. U kishi tabarruk yoshda bo‘lsalar-da, viloyat nuroniylariga boshchilik qilib, mahalla va qishloqlarni obod qilishda yoshlarga chinakam ibrat bo‘lib kelmoqda.

https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
634001
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI logo
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI

31-avg, 2026, 06:31

Photo
So‘nggi o‘n yilda xalq bilan hamjihat bo‘lib amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyot tez sur’atlarda barqaror o‘sib borayotgani qayd etildi.

O‘tgan davrda mamlakatimizga 160 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya kirdi. Iqtisodiyotimiz 2,5 barobardan ziyod ko‘paydi. Joriy yil yalpi ichki mahsulot hajmi 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.

Sanoat tarmoqlari, servis va qishloq xo‘jaligi sohalarida 5 million 700 ming doimiy ish o‘rni yaratildi. Davlat va xususiy sektor ishtirokida 1 million 500 ming o‘rinli zamonaviy maktab, 342 ming o‘rinli bog‘cha va 62 ming o‘rinli shifoxonalar ishga tushirildi.

Odamlarning uzog‘ini yaqin qilish uchun 83 ming kilometr umumiy foydalanishdagi ichki yo‘llar qurildi va ta’mirlandi. Hududlarda 8 million aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi kirib bordi, yana 11,5 million aholining suv ta’minoti yaxshilandi.

O‘tgan o‘n yilda 650 ming oila yangi zamonaviy uy-joyga ega bo‘ldi. Xalqimizda “Uyli bo‘lish – vatanli bo‘lish” degan naql bor. Shu ma’noda, kamida 2,5 million aholi vatanli bo‘ldi!

https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
585001
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI logo
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI

21-may, 2026, 08:32

Photo
#Forum

⚡️ “MUSIQA TA’LIMI: JAHON MIQYOSIDA YAGONA MAYDON SARI” xalqaro forumi xorijiy ishtirokchilarining Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi.

✔️Tashrif davomida mehmonlar markaz faoliyati, boy tarixiy-madaniy meros hamda zamonaviy ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar.

💠 Barcha yangiliklarni Markazning rasmiy sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin:

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

📱 | 📱 https://www.instagram.com/madaniyat_talimi_markazi/

📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61572775006054 | 📱 https://www.youtube.com/@madaniyattalimimarkazi
960008
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI logo
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI

21-may, 2026, 08:32

Photo
#Live

🗣 Ayni damda “Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” xalqaro forumi doirasida S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahar filialida “O‘zbekiston va Rossiya kino motografiyasida – sun’iy intelektdan foydalanish tajribalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tmoqda.

🔹 https://t.me/press_usarov 🔹 https://www.instagram.com/press_usarov?utm_source=ig_web_button_share_sheet&igsh=ZDNlZDc0MzIxNw==
678000
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI logo
MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI

21-may, 2026, 08:32

Video
#LIVE

🗣“MUSIQA TA’LIMI: JAHON MIQYOSIDA YAGONA MAYDON SARI” xalqaro forumi xorijiy ishtirokchilarining Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi.

✔️Tashrif davomida mehmonlar markaz faoliyati, boy tarixiy-madaniy meros hamda zamonaviy ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishmoqdalar.

💠 Barcha yangiliklarni Markazning rasmiy sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin:

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

📱 | 📱 https://www.instagram.com/madaniyat_talimi_markazi/

📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61572775006054 | 📱 https://www.youtube.com/@madaniyattalimimarkazi
947002

Showing 30 of 41 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI Telegram kanali nima haqida?+

MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI (@madaniyat_talimi_markazi) — tgdio da Onlayn darslar toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 5 698 obunachi bor.

MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI (@madaniyat_talimi_markazi) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @madaniyat_talimi_markazi ga bepul obuna bo‘ling.

MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI yaxshi Onlayn darslar kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 5 698 obunachi bor. O‘xshash Onlayn darslar kanallar bilan solishtiring.

MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @madaniyat_talimi_markazi sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.