Bandlik vazirligi Telegram channel photo

Bandlik vazirligi

@mehnatvazirligiPublic Channel

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]

1.4k

Last views

50.8k (50,802 subscribers)
A'zolar
—
Rating
41
Total Posts
Oct 16, 2026, 1:11 PM
Yangilangan
Apr 16, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameBandlik vazirligi
Username@mehnatvazirligi
CategoryIsh e'lonlari va karera
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar50,802
Channel TypePublic Channel
Created16-apr, 2026
Last Updated16-okt, 2026 • 7 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#26824+105
Til reytingi
#264+3
Toifa reytingi
#199-6

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 50.8K30 Days growth: +5.7K12.5%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:202645,151
18:09:202645,151
19:09:202646,806
20:09:202646,806
21:09:202646,806
22:09:202646,806
23:09:202646,806
24:09:202646,806
25:09:202646,806
26:09:202646,806
27:09:202646,806
28:09:202646,806
29:09:202646,806
30:09:202646,806
01:10:202646,806
02:10:202646,806
03:10:202646,806
04:10:202646,806
05:10:202646,806
06:10:202646,806
07:10:202646,806
08:10:202646,806
09:10:202646,806
10:10:202646,806
11:10:202646,806
12:10:202646,806
13:10:202646,806
14:10:202646,806
15:10:202646,806
16:10:202650,802
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 13:04:202642,309
Week of 20:04:202642,309
Week of 27:04:202642,039
Week of 04:05:202642,039
Week of 11:05:202642,039
Week of 18:05:202642,039
Week of 25:05:202642,039
Week of 01:06:202642,039
Week of 08:06:202642,039
Week of 15:06:202642,039
Week of 22:06:202642,039
Week of 29:06:202642,884
Week of 06:07:202642,884
Week of 13:07:202642,884
Week of 20:07:202642,884
Week of 27:07:202642,884
Week of 03:08:202642,884
Week of 10:08:202642,884
Week of 17:08:202641,557
Week of 24:08:202641,557
Week of 31:08:202640,653
Week of 07:09:202645,151
Week of 14:09:202646,806
Week of 21:09:202646,806
Week of 28:09:202646,806
Week of 05:10:202646,806
Week of 12:10:202650,802
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 202642,309
May 202642,039
June 202642,039
July 202642,884
August 202640,653
September 202646,806
October 202650,802
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
202650,802

So'nggi postlar

Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

20-okt, 2026, 12:44

Photo1/6
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

O‘zbekistonda mikroelektronika va mikrosxemalar loyihalash bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi

🇺🇿🇲🇾O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Malayziyaning Penang Skills Development Centre (PSDC) markazi o‘rtasida kasbiy ta’lim va malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

🤝 Hamkorlik doirasida vazirlik tasarrufidagi Malakani baholash markazlarida mikroelektronika, mexatronika va mikrosxemalarni loyihalash (IC Design) yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashgan o‘quv va baholash markazini tashkil etish rejalashtirilgan.

📌 Yangi markazda "Kasb vaucheri" tizimi orqali fuqarolar zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ma’lumot uchun:
PSDC 1989-yilda tashkil etilgan bo‘lib, elektronika, mikroelektronika, yarimo‘tkazgichlar va avtomatlashtirish sohalari uchun mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan. Markazning sanoat hamkorlari qatorida Intel, AMD, Bosch, Renesas va OSRAM kabi yirik xalqaro kompaniyalar mavjud.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |X
1,4400012
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

20-okt, 2026, 10:38

Photo1/2
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Hokim yordamchilari moddiy rag‘batlantiriladi

🔵 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktyabrdagi 557-son qarori bilan biznesni ro‘yxatga olish tadbiriga jalb etilgan hokim yordamchilarini moddiy rag‘batlantirish tartibi belgilandi.

🏷 Qarorga ko‘ra, ro‘yxatga oluvchilarga biriktirilgan hududda iqtisodiy birliklarni ro‘yxatga olishning to‘liq qamrovi ta’minlangach, Jahon banki ishtirokidagi loyiha mablag‘lari hisobidan bir martalik rag‘batlantirish to‘lovi amalga oshiriladi.

To‘lovlar har bir to‘ldirilgan va qabul qilingan so‘rovnoma uchun quyidagicha belgilanadi:

🔹 Rasmiy faoliyat yuritayotgan iqtisodiy birlik uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 0,45 foizi, ya’ni 6 120 so‘m;

🔹 Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan iqtisodiy birlik uchun — 0,6 foiz, ya’ni 8 160 so‘m.
Hisob-kitoblar 2026-yil 1-sentyabrdan belgilangan 1 360 000 so‘mlik mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori asosida keltirilgan.

Yana nimalarni bilish muhim?

➡️ Tadbirga jalb etilgan xodimlarning asosiy ish joyi, lavozimi va oylik ish haqi saqlanadi.
➡️ Kutilmagan holatlar sababli ro‘yxatga oluvchi o‘rniga boshqa xodim jalb etilsa, u ham belgilangan tartibda rag‘batlantiriladi.
➡️ Bir martalik rag‘batlantirish to‘lovlari Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

❗️ O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar biznesni ro‘yxatga olishda onlayn ishtirok etadi. Shu sababli ular bo‘yicha hokim yordamchilariga rag‘batlantirish to‘lovi hisoblanmaydi.

📌 To‘lovni olishning asosiy sharti — so‘rovnomalarni belgilangan talablar asosida to‘liq va sifatli to‘ldirish, ularning qabul qilinishini hamda biriktirilgan hududdagi iqtisodiy birliklarning to‘liq qamrab olinishini ta’minlash.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| X
2,8400012
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

20-okt, 2026, 09:30

Photo1/2
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Mehnat faoliyati yoki pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotganlar uchun asosiy ish haqi va lavozimi saqlangan holda ijodiy ta'tillar beriladi:

☑️PhD dissertatsiya yoki darslik/o'quv qo‘llanma mualliflari–3 oygacha.

☑️DSc dissertatsiya–6 oygacha.

Mualliflar jamoasi a’zolaridan biri yozma ariza asosida ta'til olishi mumkin. Tatil jamoa a’zolari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin.

🎯Ilmiy daraja olishga daʼvogarlarga, shuningdek darsliklarning yoki oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarining mualliflariga navbatdagi yillik mehnat taʼtillari ular ijodiy taʼtillardan foydalanganligidan qatʼi nazar beriladi.

✅ Ijodiy ta'tillar berish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |X
2,8600011
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

19-okt, 2026, 17:05

Photo1/2
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining haftalik dayjesti

📌 "Mahalla tayanchi" ko'rsatuvining yangi soni

📌 3 yil davomida mehnat ta’tiliga chiqmasdan ishlash mumkinmi?

📌 “Mening Ishim” mobil ilovasi – Usta kerakmi? Qidirib ovora bo‘lishga hojat yo'q!

📌 Issiqxonachilik — “Uyas” mahallasining asosiy daromad manbai

📌 Kerakli usta uzoqda emas — telefoningizda!

📌 Kambag‘allikka qarshi kurash: natijalar va vazifalar

📌 “Santexnik-muhandis” yo‘nalishi bo‘yicha 200 ga yaqin vakansiya!

📌 O‘zbekiston MDH Maslahat kengashidagi raisligini yakunladi

📌 “Orasta ayol” — xotin-qizlar uchun kasb, tadbirkorlik va mustaqil daromad sari muhim imkoniyat

📌 O‘zbekiston transport-logistika sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

📌 Ayollar bandligi: yangi imkoniyatlar, yangi kasblar

📌 Mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha namunaviy qoidalar tasdiqlandi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| X
3,5000019
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

19-okt, 2026, 11:30

Video
#imtiyoz

Ehtiyojmand oilalarga subsidiya asosida suv nasoslari ajratildi

📍Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani mahallalarida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarni oshirish maqsadida o‘rganishlar olib borildi.

💦 Natijada tomorqasidan samarali foydalanish istagida bo‘lgan, biroq sug‘orish imkoniyati cheklangan oilalar aniqlanib, ularga subsidiya asosida 274 ta suv nasosi topshirildi.

🌱Endilikda ushbu oilalar tomorqalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni sotish orqali qo‘shimcha daromad topish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |X
3,3500016
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

19-okt, 2026, 09:31

Photo1/2
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Mehnat kodeksining 178-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi xodim ma’lumotlarini faqat qonun asosida saqlashi va ulardan foydalanishi mumkin.

Ish beruvchi quyidagilarga qat’iy rioya qilishi shart:

✔️Ma’lumotlarni xodim roziligisiz uchinchi shaxsga bermaslik;
✔️Ularni tijorat maqsadida ishlatmaslik;
✔️Faqat vakolatli shaxslarga kirish huquqini berish;
✔️Sog‘liq holati bo‘yicha faqat ishga aloqador ma’lumotni so‘rash;
✔️Xodimlarning vakillariga faqat zarur ma’lumotlarni taqdim etish.

Bu qoidalar xodimlarning maxfiyligi va huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |X
4,7300013
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

17-okt, 2026, 15:40

Photo1/8
#Qonunchilikda_yangilik

Mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha namunaviy qoidalar tasdiqlandi

📑O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining qarori bilan davlat organlari va tashkilotlarida mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha namunaviy ichki mehnat tartib-qoidalari tasdiqlandi.

Yangi tartibga ko‘ra:

🔹 Tazyiq yoki zo‘ravonlikka uchragan xodim murojaat qilish huquqiga ega.

🔹 Murojaatchining shaxsi va shaxsiy ma’lumotlari sir saqlanadi.

🔹 Rahbar ustidan berilgan shikoyat yuqori turuvchi organ tomonidan ko‘rib chiqiladi.

🔹 Murojaat yuzasidan tekshiruv 15 kun ichida yakunlanadi, zarur hollarda muddat 30 kungacha uzaytirilishi mumkin.

🔹 Jabrlangan xodimni himoya qilish uchun vaqtinchalik choralar ko‘riladi.

🔹 Jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlik hamda shahvoniy shilqimlik holatlari tasdiqlansa, mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.

📌 Hujjatga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 1-dekabrga qadar o‘z ichki mehnat tartib-qoidalarini mazkur talablar asosida qayta ishlab chiqishi va tasdiqlashi lozim.

Yangi tartiblar ish joyida xavfsiz, hurmat va o‘zaro ishonchga asoslangan mehnat muhitini shakllantirishga qaratilgan.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |X
6,8700015
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

17-okt, 2026, 14:06

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

AYOLLAR BANDLIGI: YANGI IMKONIYATLAR, YANGI KASBLAR

❔ Ayol kishi faqat oila bilan cheklanishi kerakmi?

❔ Uy bekalariga maosh to‘langanida, qancha to‘lanardi?

❔ Bugun xotin-qizlarning daromad topishi uchun qanday imkoniyatlar yaratilmoqda?

❔ Mehnat bozorida qaysi kasblarga talab yuqori?

❔ Kasb o‘rganib, ish boshlash uchun nimalar qilish kerak?

🔥Batafsil 📺“Gapiring” tok-shousida.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube|X
Video Thumbnail
4,3600013
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

16-okt, 2026, 19:04

Photo1/10
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

O‘zbekiston transport-logistika sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

🌐 Turkmanistonning Ashxobod shahrida Yevropa Ittifoqi ko‘magida Yevropa Ta’lim jamg‘armasi (ETF) tomonidan tashkil etilgan DARYA loyihasi Yuqori darajadagi guruhining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston delegatsiyasiga kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Alisher Muratov rahbarlik qildi.

✔️Uchrashuvda milliy malaka tizimini rivojlantirish, kasbiy standartlarni joriy etish, Litva bilan Code 95 sertifikatlash tizimi, "yashil" ko‘nikmalar va elektr transporti yo‘nalishidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

🤝 Shuningdek, transport-logistika sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash va mintaqada malaka sertifikatlarini o‘zaro tan olish masalalari ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish yakunida ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy "Yo‘l xaritasi" kelishib olindi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
4,8500011
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

16-okt, 2026, 17:36

Video
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

📍Andijon: Davlat mehnat inspeksiyasining 9 oylik faoliyati sarhisobi

📍Buxoro: “Orasta ayol” loyihasi doirasida press-tur tashkil etildi

📍Qashqadaryo: Bir mavsumda 10 ming tonna hosil beradigan "Sarchashma" olmalari

📍Jizzax: Mirzacho'lda оg‘ir toifadagi mahalla hududida 100 nafarga yaqin ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlandi

📍Namangan: Ko‘chat yetishtirishdan 200 million so‘m daromad

📍Navoiy: Mehnat yarmarkasi: Ish izlovchilar uchun yangi imkoniyatlar

📍Samarqand: Urgut tumanida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi

📍Sirdaryo: “Saxovat” mahallasida ehtiyojmand oilalar daromadli bo‘lmoqda

📍Surxondaryo: Xalqaro hamkorlik: “Junsao” o‘simligini yetishtirish loyihasi

📍Toshkent viloyati: Yerga mehr — farovonlik garovi

📍Toshkent shahri: Uchtepa tumanida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi

📍Farg'ona: Quva tumanidagi “Bo‘ston” MFYda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar

📍Xorazm: Murojaatdan natijagacha — fuqarolar e'tirofi

📍Qoraqalpog'iston Respublikasi: Nukus tumanida bitiruvchi yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
5,3700016
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

16-okt, 2026, 11:50

Video
#press_tur

“Orasta ayol” — xotin-qizlar uchun kasb, tadbirkorlik va mustaqil daromad sari muhim imkoniyat!

📍Buxoro viloyatida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi va barqaror daromad topishiga ko‘maklashishga qaratilgan “Orasta ayol” loyihasi doirasida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

✅ Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan mazkur loyihaga ko‘ra, 33 nafar xotin-qiz sartaroshlik kasbiga o‘qitildi, ulardan 27 nafari stipendiya bilan ta’minlandi. Kasbiy ta’limni tamomlab, faoliyat boshlagan 22 nafar ayolga go‘zallik salonlari uchun zarur jihozlar topshirildi.

🏡 Shuningdek, 7 nafar ayol uchun yengil konstruksiyali go'zallik salonlari qurib berildi, 15 nafarining xonadonlarida zamonaviy uy-salonlari tashkil etildi.

💇‍♀️ Uy-salonlar — ayollar uchun nafaqat kasb, balki o‘z xonadonida tadbirkorlik qilish, oilasi farovonligiga hissa qo‘shish va moliyaviy mustaqillikka erishish imkoniyatidir.

📸 Press-tur davomida jurnalistlar loyiha ishtirokchilarining faoliyati, erishayotgan natijalari va kelgusi rejalari bilan yaqindan tanishdilar.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
3,6400015
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

05-sen, 2026, 17:44

Photo
Mutasaddilarga ikki oyda o‘quv markazi tashkil etib, xorijdan mutaxassislar jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

Ushbu markazda hokim yordamchilari “loyihabay” ishlashga o‘qitiladi.

Viloyat shtablari yil yakunida har bir tumandan eng yaxshi ikki nafar hokim yordamchisini Xitoy, Yaponiya va Turkiyaga malaka oshirishga yuboradi.

Eng namunali hokim yordamchilariga alohida malaka darajasi berilib, 50 foizgacha ustama to‘lanadi.

Mahalla bankirlarini ham shu tartibda o‘qitish va ularning xorijiy stajirovkasini tashkil etish topshirildi.

Bosh prokuraturaga bankirlar va hokim yordamchilarining mustaqil qaror qabul qilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish vazifasi https://t.me/Press_Secretary_Uz

https://gov.uz/bv/ | | https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ | https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi | https://x.com/b_vazirligi
3,6300010
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

05-sen, 2026, 17:44

Photo
Kredit, subsidiya va kompensatsiya shartlarini farmon va qarorlar bilan belgilash amaliyotidan voz kechilishi ma’lum qilindi.

Endi Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bank hududlar salohiyatidan kelib chiqib, moliyalashtirish mexanizmlarini har chorakda yangilab boradi.

Tuman shtablari mahallalardagi hokim yordamchilarini “loyihabay” ishlash tizimiga o‘tkazadi.

Buning uchun 8 ming 992 ta mahalladagi hokim yordamchilari vazifa bajaruvchi etib tayinlanadi, fidoyi va tashabbuskor kadrlar lavozimiga qayta tayinlanib, ishiga noloyiqlar https://t.me/Press_Secretary_Uz

https://gov.uz/bv/ | https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi| https://x.com/b_vazirligi
3,330008
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

05-sen, 2026, 17:44

Photo
Kredit tarixida kechikish bo‘lgan ehtiyojmand aholining loyihalarini ham individual baholash asosida imtiyozli moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi.

Kambag‘allik jamg‘armasidagi 240 milliard so‘m, Bandlik jamg‘armasidagi 100 milliard so‘m va uchta “daftar”dagi 760 milliard so‘m mablag‘ tuman shtablari ixtiyoriga beriladi.

Endi tuman shtabi subsidiya yoki foizsiz ssuda berish masalasini ham mustaqil hal qiladi.

Tadbirkorlik kompaniyasining kompensatsiyalar uchun yil yakuniga qadar nazarda tutilgan 300 milliard so‘mlik qoldig‘i ham shtablar orqali ajratiladi.

Shu tariqa tumanlar ixtiyoriga jami 3 trillion 200 milliard so‘m resurs yo‘naltirilib, mablag‘larning aniq natija berishiga alohida e’tibor https://t.me/Press_Secretary_Uz
https://x.com/Sherzod_Asadov https://gov.uz/bv/ | | https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ | https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi | https://x.com/b_vazirligi
3,440006
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

05-sen, 2026, 17:44

Photo
Yig'ilishda tadbirkorlarning kreditlarni qaytarish muddatlarini dehqonchilik, savdo va boshqa biznes yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi bo‘yicha imtiyozli kredit resurslarini boshqarish vakolati tuman shtablariga o‘tkazilishi belgilandi.

Tuman shtablari kimga qancha kredit berish, uni naqd yoki naqdsiz shaklda ajratish, mablag‘ni qaytarish muddatini uzaytirish va to‘lov grafigini biznes turiga moslashtirishni mustaqil hal qiladi.

Shuningdek, inklyuziv moliyalashtirish masalalari ham shtablar vakolatiga o‘tkaziladi.

Hozir oilaviy tadbirkorlik uchun 1 trillion 370 milliard so‘m, yoshlar tadbirkorligi uchun esa 450 milliard so‘m resurs mavjud.

Tuman shtablariga mahalliy sharoit va loyihalarning samaradorligidan kelib chiqib, moliyalashtirish masalalarini mustaqil hal etish imkoniyati beriladi.

Lider tadbirkor 10 ta oila bilan kooperatsiya qilsa, 500 million so‘mgacha, 100 ta oila bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ysa, 5 milliard so‘mgacha garovsiz kredit olishi mumkin https://t.me/Press_Secretary_Uz

https://gov.uz/bv/ | | https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ | https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi | https://x.com/b_vazirligi
3,360005
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

05-sen, 2026, 17:44

Photo
Xorazm misolidagi tahlillar barcha viloyatlarga taalluqli ekani qayd etilib, kambag‘allik bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.

Mazkur tizimga muvofiq, “mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar, viloyat va tuman hokimlari hamda banklar kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tadi.

Har bir viloyat va tumanda hokim boshchiligida shtablar tashkil etiladi.

Banklar va bandlikka ko‘maklashish idoralari ushbu shtablarga joylardagi masalalarni hal etishga ko‘maklashadi.

Viloyat, tuman va shahar hokimlari butun iqtisodiy kompleks bilan haftada uch kun faqat kambag‘allik va bandlik masalalari bilan https://t.me/Press_Secretary_Uz

https://gov.uz/bv/ | | https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ | https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi | https://x.com/b_vazirligi
4,8500012
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

05-sen, 2026, 17:44

Photo
Yig‘ilishda ajratilgan kredit resurslarining natijadorligi tumanlar kesimida qiyosiy tahlil qilindi.

Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha tahlil o‘tkazdi.

Ikki hafta davomida viloyatdagi 81 ming kambag‘al aholi, ya’ni 19 ming oilaning holati o‘rganildi. Ushbu oilalarda 12 ming ishsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlandi.

Ayni paytda Xorazmdagi tadbirkorlar qurilish sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming ishchi izlamoqda.

Mas’ullarga ishsiz va kam daromadli aholini korxonalar talabi asosida kasbga o‘qitib, ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ishga solish vazifasi qo‘yildi.

Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va kasbga tayyorlash imkoniyatlaridan foydalanish orqali kambag‘al oilalardagi 10-15 ming nafar aholi daromadini oshirish mumkinligi https://t.me/Press_Secretary_Uz

https://gov.uz/bv/ | | https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ | https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi | https://x.com/b_vazirligi
3,5600013
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

05-sen, 2026, 17:44

Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish https://t.me/Press_Secretary_Uz

Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda.

Ishni to‘g‘ri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

https://gov.uz/bv/ | | https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ | https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi | https://x.com/b_vazirligi
5,3800010
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

05-sen, 2026, 17:44

Photo
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Homilador ayollar va onalarning mehnat huquqlari kafolatlanadi

🔹Homiladorligi yoki farzandlari borligi sababli ishga qabul qilmaslik, ishdan bo‘shatish yoki ish haqini kamaytirish qat’iyan taqiqlanadi.

🔹Ish beruvchi rad etish sabablarini yozma ravishda 3 kun ichida taqdim etishi shart. Shuningdek, ayollarni og‘ir yoki noqulay mehnat sharoitlariga jalb etish cheklanadi.

🔹Homilador ayollar tibbiy xulosa asosida yengilroq ishga o‘tkaziladi yoki ish normasi kamaytiriladi, bu davrda ularning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.

📚 https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-7389726

https://gov.uz/bv/ | | https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ | https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi | https://x.com/b_vazirligi
5,4500014
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

05-sen, 2026, 17:44

Video
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylandi

O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

“2030-yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar”ning 1-maqsadida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish doirasida kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylandi.

📌 Shu yo‘nalishda Prezidentning 3 ta Farmoni, 6 ta qarori hamda Hukumatning 10 dan ortiq qarorlari qabul qilindi.

📊 Izchil islohotlar natijasida 11 million nafar aholi kambag‘allikdan chiqarildi, kambag‘allik darajasi 4,2 foizgacha pasaytirildi.

📺 Batafsil: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bosh mutaxassisi Farrux Toshpo'latov intervyusida.

https://gov.uz/bv/ | https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi| https://x.com/b_vazirligi
8,7700017
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

28-apr, 2026, 16:20

Photo
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Qoʻshimcha vazifa doimiy boʻlsa, yozma kelishuv boʻlishi kerak

▪️Mehnat kodeksining https://lex.uz/docs/6257288#6260302koʻra, xodimda qoʻshimcha vazifa doimiy yuklatilsa, buni mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv bilan rasmiylashtirish kerak.

Aks holda, bu qonun buzilish hisoblanadi va ish beruvchining maʼmuriy javobgarligini keltirib chiqaradi.

❗️Agar vaqtincha, yaʼni muddatli boʻlsa, bu xodimning roziligi bilan ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtirish mumkin.

Mehnat kodeksining 116 va 259-moddalariga asosan qoʻshimcha vazifa yuklatilganda qoʻshimcha toʻlov toʻlanishi kerak.

❗️Faqat vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimni ishini bajarish qonunchilik, mehnat shartnomasi va mansab yoʻriqnomasida koʻrsatilganda qoʻshimcha haq toʻlanmaydi.

https://gov.uz/bv/ | https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi https://x.com/b_vazirligi
3,5700010
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

28-apr, 2026, 16:20

Video
Yangi ish o‘rinlari va ijtimoiy loyihalar muhokamada

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

✅ Jamoatchilik kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan yillik ish-rejasi muhokama qilindi. Kengash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari va samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.

✅ “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat-notijorat tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ijtimoiy loyihalar ko‘rib chiqildi.

Xususan:
— Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani Navkat qishlog‘ida 80 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi, jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar va yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan loyiha;

— Surxondaryo viloyati Denov tumani Surxon-diyor MFYda 100 ta yangi ish o‘rni yaratish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyiha.

Mazkur loyihalar doirasida “Navkat coop” va “Dilorom coop” ishlab chiqarish-matlubot kooperativlarini tashkil etish rejalashtirilgani ta’kidlandi.

✅ Shuningdek, vazirlik rahbariyatining hududlarga chiqib, fuqarolar murojaatlari asosida muammolarni joyida hal etish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari muhokama qilinib, yig‘ilish yakunida tegishli vazifalar belgilab olindi.

https://gov.uz/oz/bv | | https://m.facebook.com/@www.mehnat.uz/?wtsid=rdr_04lEGe9ECn0lGoaNo&hr=1 | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi?igsh=YzUwNHR1OGJlZ2J0 | https://youtube.com/@bandlikvazirligi?si=jp4o6SGdJpJfF_LZ https://x.com/b_vazirligi?s=21
3,4000016
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

28-apr, 2026, 16:20

Video
📣📣📣📣📣
#safeday_2026

Hukumatning 2026-yil 26-apreldagi 172-son farmoyishiga muvofiq, “28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan mamlakatimizda 2026-yil 27-aprel – 1-may kunlari “Mehnatni muhofaza qilish” haftaligini o‘tkazish belgilandi.

Haftalik doirasida quyidagi tadbirlar bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan:

🔺Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan o‘zlarining quyi bo‘g‘inlarida “Mehnatni muhofaza qilish” haftaligi;

🔺“Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya;

🔺“Toshkent metallurgiya zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida “Ochiq eshiklar kuni”;

🔺“O‘zbektelekom” aksiyadorlik jamiyatida “Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishning yangi milliy talablarini joriy etish” mavzusida seminar;

🔺Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish;

🔺Qurilish obyektlarida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘tkazish;

🔺Toshkent davlat transport universitetida Mehnatni muhofaza qilish sohasida xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari hamda shaxsiy himoya vositalari ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazmasini tashkil etish.

https://gov.uz/bv/ | | https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ | https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi | https://x.com/b_vazirligi
8,3200023
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

28-apr, 2026, 16:20

Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida Quva tumanidagi “Karkidon” suv ombori hududida barpo etilayotgan yangi turizm majmuasida bo‘ldi.

▪️Davlatimiz rahbarining 2025-yil 1-apreldagi qaroriga muvofiq, bu yerda qiymati 635 milliard soʻmlik zamonaviy turizm majmuasi shakllantirilmoqda. Hududda yoʻl infratuzilmasi yaxshilanib, obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

▪️Prezidentimiz hududda yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, bunday loyihalar aholi farovonligi, hudud iqtisodiyoti va mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi. Turizm mamlakatni dunyoga tanitish, yangi ish oʻrinlari yaratish va xizmatlar eksportini kengaytirishning samarali yoʻnalishlaridan biri ekani qayd etildi.

▪️Loyiha doirasida yuzdan ortiq tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, 2 mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratiladi. Yiliga 750 ming nafar sayyohni qabul qilish, 3 milliard soʻmlik budjet tushumi hamda 5 million dollarlik xizmatlar eksportini taʼminlash koʻzda tutilgan. Majmua 2027-yildan toʻliq quvvatda ishga https://president.uz/oz/lists/view/9146

https://gov.uz/bv/ | | https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ | https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi | https://x.com/b_vazirligi
3,8100020
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

28-apr, 2026, 16:20

Video
🎓Bitiruvchilar uchun “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi

📍Toshkent gumanitar fanlar universitetida tashkil etilgan mazkur yarmarkada 700 ga yaqin bitiruvchi ishtirok etdi.

👥 Ular 30 dan ortiq yirik ish beruvchi tashkilotlarning bo‘sh ish o‘rinlari, 8 ta tijorat banki tomonidan taqdim etilgan biznes loyihalar va imtiyozli kreditlar bilan tanishdi.

👍 Yarmarka davomida 30 nafar yosh bilan mehnat shartnomalari tuzildi.

🤝 Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo'lgan 45 nafar bitiruvchi esa imtiyozli kredit olish bo‘yicha banklar bilan dastlabki kelishuvga erishdi.

Batafsil: "Poytaxt" informatsion dasturida.

https://gov.uz/bv/ https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi https://x.com/b_vazirligi
5,1700018
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

28-apr, 2026, 16:20

Video
🌐 Ish joyingiz haqidagi ma’lumotlar to‘g‘rimi? Hoziroq tekshiring

Pasport ma’lumotlaringizni begonalarga bermang. Ishonchsiz joylarga hujjat yubormang.

👉 http://my.gov.uz/ va http://my.mehnat.uz/ orqali o‘zingiz haqingizdagi ish ma’lumotlarini tekshirib turing.

🔐 Xavfsizlik — o‘zingizdan boshlanadi.
Ehtiyot bo‘ling va yaqinlaringizni ham ogohlantiring!

#MyGov #Xavfsizlik #ShaxsiyMalumot #Ogohlik

https://gov.uz/bv/ | https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi https://x.com/b_vazirligi
6,5600019
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

28-apr, 2026, 16:20

Photo
#safeday_2026

📊 2026-yil 1-choragida mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar

Jami 198 ta mehnat faoliyati bilan bog'liq baxtsiz hodisalar sodir bo'ldi.

Statistika:
🔴9 ta — guruhiy;
🔴139 ta — og‘ir oqibatli;
🔴49 ta — o‘lim bilan tugagan.

🔻 Jabrlanganlar soni — 223 nafar:

146 nafari — og‘ir jarohatlangan;
15 nafari — yengil jarohatlangan;
62 nafari — vafot etgan.

❗️Mehnat xavfsizligi — har bir ish joyida ustuvor masala bo‘lishi shart.

Batafsil: infografikada.

https://gov.uz/bv/ | | https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ | https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi | https://x.com/b_vazirligi
9,3700018
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

28-apr, 2026, 16:20

Photo
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

💡Tungi vaqtda ishlagan xodimlarga kamida 1,5 baravar haq to‘lanadi.

😀 Vaqtbay tizimda — har bir tungi ish soati uchun kamida 1,5 koeffitsiyent qo‘llanadi.

✅ Ishbay tizimda — asosiy ish haqiga qo‘shimcha ravishda kamida 50% ustama to‘lanadi.

❗️Unutmang:
Tungi ish uchun oshirilgan miqdorda haq toʻlash tarif stavkalariga (maoshlarga) kiritilmaydi.
Qo‘shimcha to‘lov miqdori jamoa shartnomasi, ichki hujjatlar yoki mehnat shartnomasida belgilanadi.

➡️ https://lex.uz/docs/-6257288#-6264064

https://gov.uz/bv/ | | https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ | https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi | https://x.com/b_vazirligi
5,2100019
Bandlik vazirligi logo
Bandlik vazirligi

28-apr, 2026, 16:20

Photo
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

KASB TANLASHDA YO‘L QO‘YILADIGAN 3 TA XATO

Kasb tanlash — faqat diplom emas, balki hayot yo‘lingizni belgilaydigan muhim qarordir. Quyidagi xatolar ko‘pchilikning noto‘g‘ri tanlov qilishiga sabab bo‘ladi:

1️⃣Boshqalarning istagi bilan tanlash — ota-ona, do‘st yoki atrofdagilarning fikriga ergashish ko‘pincha noto‘g‘ri tanlovga olib keladi.

2️⃣Kasbning asl mazmunini o‘rganmasdan tanlash — tashqi jihatlar yoki ijobiy fikrlarga ishonib qaror qilish xato.

✅“Ochiq eshiklar” kunlarida qatnashing.
✅Mutaxassislar bilan suhbatlashing.
✅Kurs va amaliyotlarda o‘zingizni sinab ko‘ring.

3️⃣Faqat maoshga qarab tanlash — “Yaxshi pul topiladi” degan fikr bilan tanlash noto'g'ri. Qiziqish bo‘lmasa, charchoq va ishga sovuqqonlik paydo bo‘ladi.

👉 Eng to‘g‘ri yo‘l — o‘zingizni qiziqtirgan, kuchli tomonlaringizga mos va bozor talabiga ega kasbni tanlash.

✅Istaklaringizni biling!
✅Kasbni chuqur o‘rganing!
✅Qarorni mustaqil qabul qiling!
https://x.com/b_vazirligi https://gov.uz/bv/ | | https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ | https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi | https://x.com/b_vazirligi
6,3300035

Showing 30 of 41 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Bandlik vazirligi Telegram kanali nima haqida?+

Bandlik vazirligi (@mehnatvazirligi) — tgdio da Ish e'lonlari va karera toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 50 802 obunachi bor.

Bandlik vazirligi (@mehnatvazirligi) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @mehnatvazirligi ga bepul obuna bo‘ling.

Bandlik vazirligi yaxshi Ish e'lonlari va karera kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Bandlik vazirligi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 50 802 obunachi bor. O‘xshash Ish e'lonlari va karera kanallar bilan solishtiring.

Bandlik vazirligi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @mehnatvazirligi sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.