1/6O‘zbekistonda mikroelektronika va mikrosxemalar loyihalash bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi
🇺🇿🇲🇾O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Malayziyaning Penang Skills Development Centre (PSDC) markazi o‘rtasida kasbiy ta’lim va malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
🤝 Hamkorlik doirasida vazirlik tasarrufidagi Malakani baholash markazlarida mikroelektronika, mexatronika va mikrosxemalarni loyihalash (IC Design) yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashgan o‘quv va baholash markazini tashkil etish rejalashtirilgan.
📌 Yangi markazda "Kasb vaucheri" tizimi orqali fuqarolar zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ma’lumot uchun:
PSDC 1989-yilda tashkil etilgan bo‘lib, elektronika, mikroelektronika, yarimo‘tkazgichlar va avtomatlashtirish sohalari uchun mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan. Markazning sanoat hamkorlari qatorida Intel, AMD, Bosch, Renesas va OSRAM kabi yirik xalqaro kompaniyalar mavjud.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |X










