NAMANGANDA “JASORAT MAKTABI”NING NAVBATDAGI MAVSUMIGA START BERILDI
Jasorat — qo‘rqmaslik emas, Vatan va xalq oldidagi mas’uliyatni chuqur anglashdir!
Namangan viloyatida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini oshirish, mustahkam iroda hamda liderlik fazilatlarini shakllantirishga qaratilgan “Jasorat maktabi”ning navbatdagi mavsumiga start berildi.
Tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Xasanbayevich Bazarov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi mas’ul xodimlari, keng jamoatchilik vakillari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.
🎖 “Jasorat maktabi” — bu oddiy o‘quv yig‘ini emas.
Bu maskanda yoshlar:
▪️ harbiy hayot va intizomning mazmun-mohiyatini anglaydi;
▪️ jismoniy chiniqish va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi;
▪️ jamoada harakat qilish, mas’uliyatni his etish va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantiradi;
▪️ Vatan himoyachilarining sharafli kasbi bilan yaqindan tanishadi;
▪️ milliy qadriyatlar, vatanparvarlik va fuqarolik burchi haqida chuqur tushunchaga ega bo‘ladi.
Jasoratli yoshlar — kuchli jamiyat, mustahkam Vatan va porloq kelajak kafolatidir!
Bizning sahifalarimiz:
📱 | 📱
https://www.instagram.com/namangan_yoshlari_yi?igsh=aGQwcXh6dDFscmV6| 📱
https://www.facebook.com/share/1GpN3nnFyv/