
G‘alaba bog‘iga ma’rifiy sayohat
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Namangan davlat universitetining 30 nafar talaba, professor-o‘qituvchi va xodimlaridan iborat jamoasi Toshkent shahriga uyushtirilgan sayohat davomida G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ishtirokchilar G‘alaba bog‘ida joylashgan “Shon-sharaf” davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur muzey Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston xalqining jasorati, matonati, front va front ortidagi fidokorona mehnati haqida hikoya qiluvchi muhim tarixiy-ma’rifiy maskanlardan biridir.
Muzeyda saqlanayotgan tarixiy hujjatlar, fotosuratlar, shaxsiy buyumlar, harbiy texnika va noyob eksponatlar orqali ishtirokchilar o‘tmishdagi og‘ir va sinovli yillar, xalqimizning jasorati hamda Vatan himoyasi yo‘lidagi fidoyiligi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Bunday ma’rifiy sayohatlar yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish hamda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
http://namdu.uz/ http://facebook.com/namsu309 | http://www.instagram.com/namduuz | http://www.youtube.com/@namdu309




![CFC.uz | Rasmiy Kanal [Vizitka] Telegram channel](https://cdn.tgdio.com/channels/2026/04/CFC_UZ.webp)



