1/20#Davlat_tili #Fizika_matematika_fakulteti
📚“ONA TILIM — G‘URURIM” MAVZUSIDA OMMAVIY DIKTANT O‘TKAZILDI
✅Namangan davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Namangan viloyati kengashi hamkorligida “Ona tilim — g‘ururim” mavzusida ommaviy diktant tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
📂Tadbirning asosiy maqsadi — davlat tiliga bo‘lgan hurmatni yanada yuksaltirish, talabalarning savodxonligini oshirish, imlo qoidalariga rioya etish ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ona tilimizning nufuzini targ‘ib qilishdan iborat.
🇺🇿Tadbir davomida talabalar o‘zbek tilining boyligi va betakrorligini namoyon etish, yozma nutq madaniyatini rivojlantirish hamda davlat tiliga bo‘lgan ehtiromini ifoda etish imkoniga ega bo‘ldilar.
💐Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va g‘ururimiz timsoli. Uni asrab-avaylash, rivojlantirish va kelajak avlodga sof holda yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir!
🔻Tadbir “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-308-son qarorining 7-band “g” kichik bandi ijrosi doirasida tashkil etildi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt I Facebook | Instagram I YouTube





![CFC.uz | Rasmiy Kanal [Vizitka] Telegram channel](https://cdn.tgdio.com/channels/2026/04/CFC_UZ.webp)



