O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar Telegram channel photo

O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar

@nuu_studentsPublic Channel

⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan. Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi. 📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev

3.9k

Last views

5.3k (5,258 subscribers)
A'zolar
—
Rating
40
Total Posts
Oct 18, 2026, 8:25 PM
Yangilangan
Aug 17, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameO‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Username@nuu_students
CategoryVirusli videolar
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar5,258
Channel TypePublic Channel
Created17-avg, 2026
Last Updated18-okt, 2026 • 3 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#407535-979
Til reytingi
#2041-13
Toifa reytingi
#27519-85

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 5.3K30 Days growth: -1673.1%
09/1909/2409/2910/0410/0910/1410/18
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
19:09:20265,425
20:09:20265,425
21:09:20265,360
22:09:20265,360
23:09:20265,360
24:09:20265,360
25:09:20265,360
26:09:20265,360
27:09:20265,360
28:09:20265,360
29:09:20265,360
30:09:20265,360
01:10:20265,360
02:10:20265,360
03:10:20265,360
04:10:20265,360
05:10:20265,360
06:10:20265,360
07:10:20265,360
08:10:20265,360
09:10:20265,360
10:10:20265,360
11:10:20265,360
12:10:20265,360
13:10:20265,360
14:10:20265,360
15:10:20265,360
16:10:20265,360
17:10:20265,360
18:10:20265,258
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 17:08:20264,666
Week of 24:08:20264,943
Week of 31:08:20265,215
Week of 07:09:20265,425
Week of 14:09:20265,425
Week of 21:09:20265,360
Week of 28:09:20265,360
Week of 05:10:20265,360
Week of 12:10:20265,258
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
August 20264,943
September 20265,360
October 20265,258
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20265,258

So'nggi postlar

Video
❗️Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)

To‘lov shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborish

Buning uchun https://kontrakt.edu.uz/ tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!

Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.

Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.

Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.
3,930004
❗️To'lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlar diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 585-son qarori bilan Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida to'lov kontraktlari mahalliy hokimliklar tomonidan qoplanishi mumkin.

📰 Ushbu masala yuzasidan quyidagi toifalarga tushuvchi xotin-qizlar 14-sentabr kuni, 16.00ga qadar fakultet tyutorlariga murojaat qilishlari lozim!

⏺Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar;

⏺Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yaʼni yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlar;

⏺Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yaʼni boquvchisini yoʻqotgan (turmush oʻrtogʻi vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolgʻiz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.
3,460000
❗️Talabalikka qabul qilingan abituriyentlar universitetga qanday hujjatlarni topshirishi kerak?

O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari safiga qabul qilingan (o‘qishini ko‘chirib kelgan, qayta tiklaganlardan tashqari) 1-kurs (bakalavriat va magistratura) talabalari fakultet dekanatlariga quyidagi shaxsiy yig‘ma jild hujjatlarini topshirishi kerak:

Bakalavriat:
⏺️Rektor nomiga ariza
⏺️Pasport yoki ID-karta nusxasi
⏺️Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi
⏺️Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar imtiyoz beruvchi hujjatning tasdiqlangan (nogironlik to‘g‘risida ma’lumotnoma, to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar, yetim bolalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar va ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi shaxslar ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni, tegishli vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan tavsiyanomalar va boshqa imtiyozga egaligini tasdiqlovchi hujjatlar) nusxasi
⏺️3,5x4,5 foto
⏺️Konvert A5 formatida
⏺️Akademik mobillik bo‘yicha hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa)
⏺️Javoblar varaqasi (DTM)
⏺️Talaba shaxsiy varaqasi

Magistratura:
⏺️Rektor nomiga ariza
⏺️Pasport yoki ID-karta nusxasi
⏺️Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi
⏺️Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar imtiyoz beruvchi hujjatning tasdiqlangan nusxasi
⏺️Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli
⏺️3,5x4,5 foto
⏺️Konvert A5 formatida
⏺️Sinov ishlari nusxasi (agar mavjud bo‘lsa)
⏺️Javoblar varaqasi (DTM)
⏺️Talaba shaxsiy varaqasi
3,740005
Photo
❗️Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadida http://kontrakt.edu.uz/ sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bor. Bunda yoki 2 tomonlama, yoki 3 tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu bo‘yicha izoh so‘rab, abituriyentlardan ko‘plab savollar kelib tushdi.

Bu juda oddiy.

2️⃣ Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.

3️⃣ Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak. Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.
3,590007
❗️Ertaga O’zbekiston Milliy universiteti birinchi kursga qabul qilingan talabalarni tantanali kutib oladi

O‘zbekiston Milliy universitetida 1-kursga qabul qilingan bakalavriat va magistratura (barcha ta’lim shakli) yo’nalishi talabalarini 7-sentyabr, soat 8.00da universitet hovlisida o’tkaziladigan tantanali bayram tadbiriga taklif etamiz.

Ushbu tadbirda universitet rahbariyati talabalarga tanishtiriladi. Rektor va boshqa mehmonlarning qutlov so’zlari tinglanadi. Qisqa konsert dasturi namoyish etiladi.
4,0000049
Photo
❗️Kontraktni qachongacha to'lash kerak?

Talabalar yillik to'lov-kontrakt summasini teng ulushlarga bo'lib to'lash https://lex.uz/acts/-2137212. Unga ko‘ra:

Kamida 25% — talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun
15-sentabrgacha.

Ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun
1-oktabrgacha (yoki rektor/direktor uzaytirgan muddatgacha);
🔹 Kamida 50% — 1-yanvargacha;
🔹 75% — 1-martgacha;
🔹 100% — 1-maygacha (yoki rektor/direktor uzaytirgan muddatgacha).

Davlat komissiyasi tomonidan ushbu to'lov muddatlari uzaytirilishi mumkin.

Super-kontrakt (tabaqalashtirilgan to'lov): qo'shimcha yoki tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt asosida o'qish istagini bildirgan abituriyent belgilangan muddatlarda birinchi o'quv yili shartlarining kamida 50 foizini bajargandan so'ng, rektor (direktor) buyrug'i bilan talabalikka qabul qilinadi.

Moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar to'lov jadvalini mustaqil belgilashi mumkin.
3,860002
❗️50 foizlik grantda o‘qiydiganlar stipendiya oladimi?

50% li grant asosida o‘qiydigan talabalarga stipendiya to‘lanmaydi. Bunday grantda talaba kontrakt summasining faqat 50 foizini to‘laydi.

Agar shartnomangizni stipendiyali shaklga o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, kontraktning to‘lanadigan qismiga 1 yillik stipendiya miqdorini qo‘shib to‘lashingiz kerak bo‘ladi.

2026-yil sentabrdan bazaviy stipendiya — 609 548 so‘m.

12 oylik stipendiya:
609 548 × 12 = 7 314 576 so‘m

Masalan, 50% li grant bo‘yicha to‘lanadigan kontrakt summasi 3 700 000 so‘m bo‘lsa:

3 700 000 + 7 314 576 = 11 014 576 so‘m

Ya’ni stipendiyali shartnoma tanlansa, jami 11 014 576 so‘m to‘lanadi.

Muhim: 50% li grantning o‘zi stipendiya berilishini anglatmaydi. Stipendiya olish uchun shartnomaning stipendiyali shakli tanlanadi.
3,5700012
❗️Magistraturaga oid ayrim savollarga javoblar:

➖ o’tgan yili magistraturada kechki va masofaviy ta’lim shakli ham ochilgan edi. Bunda kechki yoki masofaviyga kirgan qizlarga ham davlat byudjetidan kontraktlari qoplab beriladi;

➖ magistraturada joriy yilda ham qo‘shimcha qabul ochilishi kutilmoqda. Qo‘shimcha qabul degani, bu xuddi bakalavrdagi super-kontrakt degani, ya’ni kira olmaganlar uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi. Lekin asosiy farqi — magistraturada qo‘shimcha qabul kontrakti ancha arzon bo‘ladi. Bunda qo‘shimcha qabulga kirganlar 1 nafar talabani o‘qitishning haqiqiy xarajat summasini to‘lasa kifoya.

❓Bu nima degani?

Masalan, mutaxassislikka qarab, 1 nafar talabani o‘qitish xarajati taxminan 15-25 mln so‘m atrofida bo‘ladi. Lekin davlat talabalarga yengillik bo‘lsin deb, kontrakt summasini haqiqiy xarajatdan arzonroq qilib belgilaydi, qolgan zararni qoplash uchun oliygohlarga byudjetdan subsidiya beradi.

Xullas, masalan, oddiy kontraktga kirganlar 10 mln so‘m to‘lasa, qo‘shimcha kvotaga kirganlar 15 mln so‘m to‘laydi. Magistraturada bakalavrdagi super-kontraktga o‘xshab, 7 baravar yoki 15 baravar to‘lash degan narsa yo‘q;

➖ Qo‘shimcha qabulga kirgan xotin-qizlarning kontrakt puli byudjetdan qoplab berilmaydi. Birinchi kursda ham, ikkinchi kursda ham. Ular ikki yil haqiqiy xarajatni to‘laydi, ikkinchi kursga o‘tganda oddiy kontrakt to‘layman, deb o‘ylashmasin. Lekin qo‘shimcha qabulga kirganlar grant taqsimotida ishtirok etishi mumkin, agar natijasi yaxshi bo‘lsa, 2-kursda grantga o‘ta oladi;

➖ joriy yilda magistratura uchun qishki qabul rejalashtirilmagan.
3,290006
❗️Bu yil ham magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi

Kvota to‘g‘risidagi prezident farmoyishida kontrakt asosida magistraturaga kiradigan talaba xotin-qizlarning kontrakt pullarini to‘lab berish qayd etilgan.

Kontrakt pullari hech qanday qaytarish shartlarisiz to‘lab beriladi. Buning uchun:

➡️ Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishadi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.

➡️ 15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.

🖊 Ma'lumot uchun: magistratura uchun chet tili sertifikati majburiy hisoblanadi.
2,3400010
❗️1-bosqich talabalarini OTMga kelganda qanday tadbirlar kutyapti?

➖Talabalarni tantanali kutib olish;
➖"Kredit ta'limi tizimiga kirish" haftaligi;
➖"Talabalikka bag'ishlov" tadbirlari.

"Mustaqillik darslari":
➖Sentyabr oyida ta'lim tashkilotlarida "Yagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!" shiori ostida "Mustaqillik darslari" o'tkaziladi.
➖Ular doirasida jadidchilik namoyandalari va qatag'on qurbonlariga bag'ishlangan mashg'ulotlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uch avlod uchrashuvlari, viktorina, ko'rik-tanlovlar hamda sport musobaqalari bo'lib o'tadi.
2,4600016
❗️Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishlari kerak

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

🔹 http://kontrakt.edu.uz/ axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
🔹 shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi;
🔹 “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

👉 Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: http://ijara.soliq.uz/
2,540000
Video
❗️Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash tartibi qanday? Bunday bo‘lib to‘lash imkoniyati “super” kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlarga ham tegishlimi?

Ushbu savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Qurbonnazar Ortiqov batafsil javob berdi
2,820000
❗️26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin

✅2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha http://my.edu.uz/ elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.

▪️Koʻrib chiqish natijasida ayrim arizalar turli sabablar, jumladan, tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, xorijiy tilni bilish boʻyicha sertifikat, shuningdek, SAT sertifikati tasdiqlanmagan yoki belgilangan darajada boʻlmagan, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, xorijiy tildagi ta’lim dasturini yakunlaganligi tasdiqlanmagan, hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa sabablarga koʻra rad etilgan.

❇️Shuni inobatga olib, arizasi yuqoridagi kabi kamchiliklar sababli rad etilgan talabgorlarga 2026-yil 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar http://my.edu.uz/ elektron tizimi orqali arizalarini qayta tahrirlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati beriladi.

E’tibor bering: 26-avgust kuni soat 14:00 dan so‘ng arizalarni tahrirlash imkoniyati berilmaydi. Aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
2,810001
🏢 LITSETGA XODIM KERAK

🏢 Litsey: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya akademik litseyi
📗 Fan(lar) dars soati: Informatika 1 stavka
📱Telegram: https://t.me/ai_0399
☎️ Aloqa: +998970322500
Ⓜ️ Manzil: Toshkent shahri,   
      Shayxontohur tumani
🕰 Murojaat vaqti: 08:30 dan 17:00 gacha
🗂 Qo'shimcha ma'lumotlar: Oʻzbek va rus guruhlarda darslar bor.
2,580000
❗️Talabalar turar-joylariga joylashish uchun ariza qanday beriladi? Maxsus qoʻllanma

🔰Davlat oliy taʼlim muassasalari yotoqxonalariga joylashish uchun ariza berish har yili 1-avgustdan boshlab, oʻquv yili yakuniga qadar https://talimxabarlari.uz/77646/ Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ( http://my.gov.uz/) yoki http://kontrakt.edu.uz/ tizimi orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Elektron tizimga kirish yoki roʻyxatdan oʻtish

Ariza beruvchi http://my.gov.uz/ portalidagi shaxsiy kabinetiga kirib, "Ommabop xizmatlar” boʻlimidagi “Talabalar turar joyiga joylashtirish” xizmati tanlanadi.
Maʼlumotlarni toʻldirish va ommaviy ofertaga rozilik berish

Tizimda talabaning shaxsiy maʼlumotlari avtomatik chiqadi. Maʼlumotlar toʻgʻriligi tekshirigach, ariza tasdiqlanadi va “ommaviy oferta shartlari”ga rozilik berish talab etiladi (Ommaviy oferta bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi).
Qoʻshimcha maʼlumotlarni toʻldirish

Ariza berish jarayonida faqatgina talabaning shaxsiy maʼlumotlari — JSHSHIR, pasport maʼlumotlari va oʻqish joyi avtomatik shakllanadi, ammo doimiy yasash joyi, uy maʼlumotlari talaba tomonidan kiritilishi talab etiladi.
Imtiyozlarni belgilash

Agar talabaning oilasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan yana bir talaba boʻlsa, imtiyozga ega bo'lish uchun uning pasport maʼlumotlari ham kiritilishi kerak.

Yoki ariza beruvchining oilasida biror imtiyoz mavjud bo'lsa, masalan, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oila farzandlari, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”da turganlar, I va II guruh nogironligi boʻlganlar, chin yetimlar tizim buni avtomatik aniqlaydi yoki tegishli hujjatni yuklash soʻraladi.
5. Imtiyozni qoʻlga kiritish yoki navbatni tekshirish
Ariza yuborilgach, u koʻrib chiqiladi. Agar ariza beruvchida yotoqxonaga imtiyozli tarzda joylashish imkoniyati boʻlsa, bunday holatda maxsus yoʻllanma beriladi. Ushbu yoʻllanma OTM masʼullariga borib topshirgach, bu toifadagi talabalar yotoqxonaga navbatsiz joylashtiriladi.
✔️ Agar talabada hech qanday imtiyoz boʻlmaydigan boʻlsa, u navbat asosida joylashtiriladi. http://my.gov.uz/ tizimi orqali navbatni kuzatib borish mumkin.
Eslatma! Davlat oliy taʼlim muassasalari yotoqxonalari uchun umumiy narx belgilanmagan. Toʻlov miqdorini har bir OTMning Kengashi mustaqil ravishda tasdiqlaydi.
3,110007
❗️Oʻqishni koʻchirishda yetarli ball toʻplay olmaganlar diqqatiga!

Oʻqishni koʻchirish imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan talabgorlar o'z xohishlariga ko'ra, quyidagi miqdordagi super-kontrakt toʻlab o'qishlarini koʻchirishlari mumkin:

➖ Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
➖ Agar 1,1 baldan — 2,0  ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
➖ Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
➖ Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

Bunda super-kontrakt miqdori bazaviy kontrakt summasiga nisbatan hisoblanadi. Masalan siz koʻchirayotgan yoʻnalish kontrakt narxi 7,4 mln boʻlsa, yetmay qolgan balingizga qarab necha barobar boʻlishini koʻpaytirib hisoblaysiz.

👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazaviy kontraktning 3 barobardan 25 barobargacha belgilanishi mumkin. Aniq summani oliygohning oʻzidan aniqlashtirasiz.
2,400002
Photo
❗️DIQQAT, E'LON!

Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.

2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning http://my.uzbmb.uz/ rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi.
2,600000
❗️Talabalar turar joyi uchun arizalar qabul qilinyapti

Arizalar https://my.gov.uz/uz/service/get/870 portali orqali topshiriladi.
📝 Tartib Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan reglamentga muvofiq amalga oshiriladi.
📝 Dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar turar joyga qabul qilinadi.
📝 So'ngra ortib qolgan o'rinlar umumiy ro'yxat bo'yicha navbat asosida taqsimlanadi:
✅ 1-kurs — 55–65%
✅ 2-kurs — 15–20%
✅ 3-kurs va undan yuqori — 20–25%gacha

Arizalar qabuli 1-avgustdan o'quv yili yakuniga qadar davom etadi.

❕ Nima o'zgardi?
🔘 Endi turar joyga joylashish va vaqtincha ro'yxatdan o'tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik amalga oshiriladi. Ilgari bu ikki jarayon uchun alohida hujjat yig'ib, turli idoralarga murojaat qilish talab etilardi — endi ular birlashtirildi.

Jarayon quyidagicha kechadi:
✅ Arizangiz ko'rib chiqilib, elektron shartnoma va yo'llanma taqdim etiladi.
✅ Shartnomadagi to'lovni amalga oshirganingizda kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro'yxatga olish uchun to'lov shakllanadi.
✅ Ro'yxatga olish to'lovidan so'ng turgan joyingiz bo'yicha qayd varag'i beriladi.

Eslatib o'tamiz, vaqtincha ro'yxatga qo'yish muddati to'lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko'rsatilgan muddatgacha amal qiladi. 2026/2027-o'quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so'ng ariza yuborishlari mumkin bo'ladi — ular uchun ham joylar yuqoridagi tartibda ajratiladi.
2,380008
❗️6-yoʻnalish tanlash oʻtgan yili qanday boʻlgan?

‼️Kimlar topshira olgandi?

➡️5 ta yoʻnalishdan birortasiga ham oʻqishga kira olmagan bali 56,7 dan yuqori boʻlganlar;
➡️Testga kirib chiqqan, lekin qabulning ikkinchi bosqichida oliygoh tanlolmay qolib ketganlar;

❌ Mumkin emas

● 5 ta yoʻnalishdan biriga oʻqishga kirganlar 6-yoʻnalish tanlay olmaydilar:
● 56,7 balldan past toʻplaganlar 6-yoʻnalishda ishtirok etmaydilar

‼️Qanday imkoniyatlar berilgandi?

◀️Abituriyentlarga 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini (ta’lim shakli bilan birga) tanlash imkoniyati berilgan;
◀️6-yoʻnalishga qabul qilinganlar ballar ketma-ketligiga qarab bazaviy kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan.

❓Qaysi sanada ariza qabul qilingan va natijalar chiqqan?

🔸Arizalar oʻtgan yili 25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha http://my.uzbmb.uz/ sayti orqali onlayn qabul qilingan;
🔸Natijalar 8-oktabrda e'lon qilingan. Talabgorlar natijalar e'lon qilinganidan keyin darsga qoʻyilgan.

❓Bu yil nima kutilyapti?

Oliygohlarda darslar 7-sentyabrdan boshlanadi. Demak bu davrgacha 6-yoʻnalish tanlash va natijalar e'lon qilish rejalashtirilgan. Shunda boʻsh oʻrinlarga qabul qilinganlar ham 7-sentyabrdan darslarda ishtirok etishlari mumkin.

‼️Muhim eslatma:
Agar abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos vakant o‘rinlar mavjud bo‘lmasa, tanlovda qatnashish imkoniyati berilmaydi.
2,650004
Photo
❗️Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha 2026/2027-o'quv yili uchun O‘zbekiston Milliy universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlarning 20-avgust kuni o’tkazilgan imtihon (suhbat) natijalari rasmiy saytda https://qabul.nuu.uz/texniku-results

⬇️ Quyidagi havolalar orqali suhbat natijalarini yuklab olishingiz mumkin:

👉 https://qabul.nuu.uz/assets/file/results/Yurisprudensiyao'zbek2-guruh.pdf)
👉 https://qabul.nuu.uz/assets/file/results/Yurisprudensiyao'zbek3-guruh.pdf)

Eslatma!
Imtihon natijalari bo'yicha apellyatsiyaga arizalar imtihon natijalari e'lon qilinganidan boshlab 24 soat mobaynida qabul qilinadi.
2,620004
❗️OTMlarda talabalar o'rtasida qayta taqsimlangan davlat granti natijalari eʼlon qilindi

Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq, davlat OTMlarida har yili taʼlim grantlarini ikkinchi va undan keyingi kurs talabalari oʻrtasida tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlash hamda qoʻshimcha grant taqdim etish https://lex.uz/uz/docs/-7429154

Unga koʻra, taʼlim granti soni ikkinchi va undan keyingi kurslar uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi), taʼlim tili va kurslar kesimida talabalar sonidan kelib chiqib, oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan toʻliq taʼlim granti va toʻliq boʻlmagan taʼlim grantiga ajratiladi.

Bunda:

➡️ toʻliq taʼlim granti — bir oʻquv yili uchun berilib, oʻqitish xarajati Davlat budjetidan toʻliq qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan taʼminlanadigan taʼlim granti;
➡️ toʻliq boʻlmagan taʼlim granti — bir oʻquv yili uchun berilib, toʻlov-kontrakt summasining 50 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan taʼminlanmaydigan taʼlim granti.

Joriy oʻquv yili yakunida grant taqsimoti uchun arizalar 15-iyuldan 20-iyulga qadar qabul qilindi. Yangi oʻquv yili uchun qayta taqsimlangan grant natijalari https://talimxabarlari.uz/77416/

Grant uchun daʼvorgarlik qilgan talabgorlar HEMIS platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali grant natijalarini koʻrib olishlari mumkin.
4,2900020

Showing 30 of 40 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar Telegram kanali nima haqida?+

O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar (@nuu_students) — tgdio da Virusli videolar toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 5 258 obunachi bor.

O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar (@nuu_students) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @nuu_students ga bepul obuna bo‘ling.

O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar yaxshi Virusli videolar kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 5 258 obunachi bor. O‘xshash Virusli videolar kanallar bilan solishtiring.

O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @nuu_students sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.