❗️Talabalar turar-joylariga joylashish uchun ariza qanday beriladi? Maxsus qoʻllanma
🔰Davlat oliy taʼlim muassasalari yotoqxonalariga joylashish uchun ariza berish har yili 1-avgustdan boshlab, oʻquv yili yakuniga qadar
https://talimxabarlari.uz/77646/ Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (
http://my.gov.uz/) yoki
http://kontrakt.edu.uz/ tizimi orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Elektron tizimga kirish yoki roʻyxatdan oʻtish
Ariza beruvchi
http://my.gov.uz/ portalidagi shaxsiy kabinetiga kirib, "Ommabop xizmatlar” boʻlimidagi “Talabalar turar joyiga joylashtirish” xizmati tanlanadi.
Maʼlumotlarni toʻldirish va ommaviy ofertaga rozilik berish
Tizimda talabaning shaxsiy maʼlumotlari avtomatik chiqadi. Maʼlumotlar toʻgʻriligi tekshirigach, ariza tasdiqlanadi va “ommaviy oferta shartlari”ga rozilik berish talab etiladi (Ommaviy oferta bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi).
Qoʻshimcha maʼlumotlarni toʻldirish
Ariza berish jarayonida faqatgina talabaning shaxsiy maʼlumotlari — JSHSHIR, pasport maʼlumotlari va oʻqish joyi avtomatik shakllanadi, ammo doimiy yasash joyi, uy maʼlumotlari talaba tomonidan kiritilishi talab etiladi.
Imtiyozlarni belgilash
Agar talabaning oilasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan yana bir talaba boʻlsa, imtiyozga ega bo'lish uchun uning pasport maʼlumotlari ham kiritilishi kerak.
Yoki ariza beruvchining oilasida biror imtiyoz mavjud bo'lsa, masalan, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oila farzandlari, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”da turganlar, I va II guruh nogironligi boʻlganlar, chin yetimlar tizim buni avtomatik aniqlaydi yoki tegishli hujjatni yuklash soʻraladi.
5. Imtiyozni qoʻlga kiritish yoki navbatni tekshirish
Ariza yuborilgach, u koʻrib chiqiladi. Agar ariza beruvchida yotoqxonaga imtiyozli tarzda joylashish imkoniyati boʻlsa, bunday holatda maxsus yoʻllanma beriladi. Ushbu yoʻllanma OTM masʼullariga borib topshirgach, bu toifadagi talabalar yotoqxonaga navbatsiz joylashtiriladi.
✔️ Agar talabada hech qanday imtiyoz boʻlmaydigan boʻlsa, u navbat asosida joylashtiriladi.
http://my.gov.uz/ tizimi orqali navbatni kuzatib borish mumkin.
Eslatma! Davlat oliy taʼlim muassasalari yotoqxonalari uchun umumiy narx belgilanmagan. Toʻlov miqdorini har bir OTMning Kengashi mustaqil ravishda tasdiqlaydi.