1/8📚 Ona tilimiz — xalqimizning milliy o‘zligi, boy tarixi, ma’naviy merosi va asriy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bebaho boylikdir.
🏛 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi 1-Navro‘z saylov okrugi deputati Komil Berdiqulov tashabbusi bilan tumandagi 45-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🗣 Tadbir davomida «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonunning mazmun-mohiyati, o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, uning nufuzini oshirish hamda ona tilimizning sofligini saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📖 Shuningdek, yosh avlodni ona tiliga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, davlat tilidan to‘g‘ri va samarali foydalanish borasida fikr almashildi.
🤝 Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Yoshlarni ona tilimizni qadrlash, uni asrab-avaylash va kelajak avlodga munosib yetkazishga hissa qo‘shishga chaqirildi.
✨ Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, faxrimiz va ma’naviy boyligimiz!
📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram: https://t.me/Oqdaryo_tuman_Kengashi
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/ti









