Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi Telegram channel photo

Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi axborot xizmati @Oqdaryo_Kengashi_kotibiyati

66

Last views

1.8k (1,813 subscribers)
A'zolar
—
Rating
31
Total Posts
Oct 18, 2026, 5:40 AM
Yangilangan
May 18, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameXalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi
Username@oqdaryo_tuman_kengashi
CategorySo'nggi xabarlar
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar1,813
Channel TypePublic Channel
Created18-may, 2026
Last Updated18-okt, 2026 • 5 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#3469+9
Til reytingi
#34O'zgarish yo'q
Toifa reytingi
#79-1

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 1.8K30 Days growth: +938107.2%
09/1909/2409/2910/0410/0910/1410/18
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
19:09:2026875
20:09:2026788
21:09:2026788
22:09:2026788
23:09:2026788
24:09:2026788
25:09:2026788
26:09:2026788
27:09:2026788
28:09:2026788
29:09:2026788
30:09:2026788
01:10:2026788
02:10:2026788
03:10:2026788
04:10:2026788
05:10:2026788
06:10:2026788
07:10:2026788
08:10:2026788
09:10:2026788
10:10:2026788
11:10:2026788
12:10:2026788
13:10:2026788
14:10:2026788
15:10:2026788
16:10:2026788
17:10:2026788
18:10:20261,813
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 18:05:2026333
Week of 25:05:2026333
Week of 01:06:2026333
Week of 08:06:2026333
Week of 15:06:2026333
Week of 22:06:2026333
Week of 29:06:2026333
Week of 06:07:2026353
Week of 13:07:2026353
Week of 20:07:2026353
Week of 27:07:2026353
Week of 03:08:2026353
Week of 10:08:2026353
Week of 17:08:2026933
Week of 24:08:2026933
Week of 31:08:2026875
Week of 07:09:2026875
Week of 14:09:2026788
Week of 21:09:2026788
Week of 28:09:2026788
Week of 05:10:2026788
Week of 12:10:20261,813
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
May 2026333
June 2026333
July 2026353
August 2026933
September 2026788
October 20261,813
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20261,813

So'nggi postlar

Photo1/8
🇺🇿 ONA TILIMIZ — MILLATIMIZ FAXRI VA G‘URURI

📚 Ona tilimiz — xalqimizning milliy o‘zligi, boy tarixi, ma’naviy merosi va asriy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bebaho boylikdir.

🏛 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi 1-Navro‘z saylov okrugi deputati Komil Berdiqulov tashabbusi bilan tumandagi 45-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🗣 Tadbir davomida «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonunning mazmun-mohiyati, o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, uning nufuzini oshirish hamda ona tilimizning sofligini saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📖 Shuningdek, yosh avlodni ona tiliga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, davlat tilidan to‘g‘ri va samarali foydalanish borasida fikr almashildi.

🤝 Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Yoshlarni ona tilimizni qadrlash, uni asrab-avaylash va kelajak avlodga munosib yetkazishga hissa qo‘shishga chaqirildi.

✨ Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, faxrimiz va ma’naviy boyligimiz!

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram: https://t.me/Oqdaryo_tuman_Kengashi
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/ti
66000
Photo1/6
#deputat_daftari

📌 Ishsiz yoshning murojaati deputat kundaligiga kiritildi

🏛 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi 9-Oytamg‘ali saylov okrugi deputati Ilg‘orxon Salayev tomonidan aholi bandligi masalalari yuzasidan mahalla binosida ishsiz yosh bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida yoshning ishga joylashish bilan bog‘liq muammolari, taklif va istaklari tinglanib, mavjud vaziyat atroflicha o‘rganildi.

🔎 Muloqot jarayonida yoshning bandligini ta’minlash, uni munosib ishga joylashtirish hamda kasbiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

📝 Fuqaro tomonidan ko‘tarilgan muammo deputat kundaligiga qayd etildi. Mazkur murojaatni tegishli tartibda o‘rganish va ijobiy hal etish choralarini ko‘rish belgilandi.

🎯 Maqsad — ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va murojaatlar asosida mavjud muammolarga yechim topish.

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram: https://t.me/Oqdaryo_tuman_Kengashi
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/ti
67000
Photo1/4
#162_Qonun

🏦 “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi

🏛 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi Agrar va suv xo‘jaligi, ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Rustamxon Xusanov bank xodimlari hamda tegishli mas’ullar ishtirokida mahalla binosida uchrashuv o‘tkazdi.

📑 Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-sonli “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlandi.

🤝 Muloqot davomida aholiga bank xizmatlarini ko‘rsatish, kredit ajratish tartibi, omonatlar, bank operatsiyalarini amalga oshirish hamda fuqarolarning moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🔎 Shuningdek, bank xizmatlaridan foydalanishda aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni qonunchilik doirasida hal etish masalalariga e’tibor qaratildi.

📌 Uchrashuv davomida bank xodimlari va tegishli mas’ullar bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, aholini bank xizmatlari to‘g‘risida xabardor qilish hamda qonun talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

🎯 Maqsad — bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish.

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram: https://t.me/Oqdaryo_tuman_Kengashi
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/ti
52000
Photo1/2
#24_masala

📌 23-band Aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi Agrar va suv xo‘jaligi, ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Rustamxon Xusanov aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan quruq mevalarni qadoqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

🔎 Shuningdek, hududda mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanish, ishga muhtoj fuqarolarni ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etish va ularni zarur kasbiy ko‘nikmalarga o‘rgatish masalalariga e’tibor qaratildi.

📈 Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyatini rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini tashkil etish aholi daromadlarini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

🎯 Maqsad — tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va ishsiz aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish.

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram: https://t.me/Oqdaryo_tuman_Kengashi
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/ti
34000
Photo1/2
#24_masala

🌸 6-BAND Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi Agrar va suv xo‘jaligi, ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Rustamxon Xusanov tomonidan mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligini o‘rganish maqsadida aholi xonadonlariga tashriflar amalga oshirildi.

🤝 Tashriflar davomida xotin-qizlarning ijtimoiy ahvolini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ehtiyojmand oilalarga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

🔎 Shuningdek, fuqarolar bilan muloqotlar davomida xotin-qizlarning murojaat va takliflari tinglanib, oilaviy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish hamda ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

📋 O‘rganishlar jarayonida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tartibda hal etish muhimligi ta’kidlandi.

🎯 Maqsad — xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va oilalar farovonligini mustahkamlash.

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram: https://t.me/Oqdaryo_tuman_Kengashi
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/ti
33000
Photo1/6
#24_masala

📌23-band Aholi bandligini ta’minlash va kasb-hunarga o‘qitish masalalari muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi Agrar va suv xo‘jaligi, ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Rustamxon Xusanov tomonidan aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish masalalari yuzasidan tegishli tashkilot vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va doimiy ish bilan ta’minlash imkoniyatlari muhokama qilindi.

🔎 Shuningdek, yoshlar va ishsiz fuqarolarni kasb-hunar markazlariga jalb etish, yangi kasblarni egallashlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish masalalariga e’tibor qaratildi.

📋 Muloqot yakunida aholi bandligini oshirish, kasb-hunarga o‘qitish tizimi samaradorligini kuchaytirish va fuqarolarning ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish masalalari belgilab olindi.

🎯 Maqsad — ishsizlikni kamaytirish, fuqarolarning kasbiy salohiyatini oshirish va aholi uchun barqaror daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashish.

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram: https://t.me/Oqdaryo_tuman_Kengashi
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/ti
48000
Photo1/4
#24_masala

🛡 23-BAND Hududlarda jinoyatchilikning oldini olish va xavfsiz muhitni ta’minlash

🏛 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi Agrar va suv xo‘jaligi, ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Rustamxon Xusanov hamda biriktirilgan tashkilot vakillari ishtirokida hududlarda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganishlar davomida jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda mavjud muammolarni aniqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Shuningdek, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, yoshlar bilan manzilli ishlash, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash va mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

📌 Jinoyatchilikning oldini olishda mas’ul tashkilotlar hamkorligini mustahkamlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.

🎯 Maqsad — mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar uchun xavfsiz muhit yaratish.

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram: https://t.me/Oqdaryo_tuman_Kengashi
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/ti
66000
Photo1/2
#24_masala

📌 1-Band Ishsiz yoshlar muammolari o‘rganilmoqda

🏛 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi 9-Oytamg‘ali saylov okrugi deputati Ilg‘orxon Salayev tomonidan aholi bandligi masalalari yuzasidan mahalla binosida ishsiz yosh bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida yoshning bandligini ta’minlash, ishga joylashish istagi, kasbiy ko‘nikmalari va mavjud muammolari atroflicha o‘rganildi.

🔎 Shuningdek, yoshni doimiy ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

📋 Yoshning murojaatida ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish va bandligini ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha zarur choralarni belgilashga e’tibor qaratildi.

🎯 Maqsad — ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga yechim topish va munosib ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish.

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram: https://t.me/Oqdaryo_tuman_Kengashi
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/ti
53000
Photo1/6
#162_Qonun

💳 Iste’mol krediti to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi

🏛 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi Agrar va suv xo‘jaligi, ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Rustamxon Xusanov hamda biriktirilgan tashkilot — Savdo-sanoat banki xodimi ishtirokida aholi bilan uchrashuv tashkil etildi.

📑 Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 6-maydagi O‘RQ-33-sonli “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini o‘rganish va aholi o‘rtasida qonun mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlandi.

🤝 Muloqot davomida iste’mol kreditlarini ajratish tartibi, kredit olish shartlari, kredit shartnomasida belgilangan huquq va majburiyatlar, foiz to‘lovlari hamda qarzdorlikni o‘z vaqtida so‘ndirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🔎 Shuningdek, fuqarolarning kredit xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq savollari tinglanib, bank xodimi tomonidan mavjud tartib-taomillar va iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

📌 Bunday uchrashuvlar aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, kredit munosabatlarida qonuniylikni ta’minlash hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🎯 Maqsad — aholi moliyaviy savodxonligini oshirish, iste’mol kreditlaridan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirish va fuqarolarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash.

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram: https://t.me/Oqdaryo_tuman_Kengashi
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/ti
60000
Photo
#Deputat_sorovi

📋 DEPUTATLIK SO‘ROVI

Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputati

Qaraboyev Ma’rufxon Burxonovich tomonidan 3-“O‘zbekiston” saylov okrugi hududidagi O‘zbekiston mahallasida joylashgan xo‘jalik ichki ariqlari va ularning muhofaza zonalari holatini o‘rganish yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi so‘raldi.

🤝 Xalq manfaatlari yo‘lida deputatlik nazorati!

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram:
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/
88000
Photo
#Deputat_sorovi

📋 DEPUTATLIK SO‘ROVI

Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputati

QARABOYEV MA’RUFXON BURXONOVICH

📍 3-“O‘zbekiston” saylov okrugi deputati
O‘zbekiston mahallasi hududida fuqarolarning xonadonlari atrofidagi xo‘jalik ichki ariqlari hamda yer maydonlari chegaralarini aniqlash va belgilash masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

🔹 Mazkur masalani joyiga chiqqan holda o‘rganish, aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish hamda natijalari yuzasidan yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Xalq manfaatlari yo‘lida deputatlik nazorati!

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram:
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/
79000
Video
#Kengash_faoliyatiga_oid_video

🎥 XALQ DEPUTATLARI OQDARYO TUMANI KENGASHI FAOLIYATIDAN LAVHALAR

📌 Kengash sessiyalari, doimiy komissiyalar yig‘ilishlari, deputatlarning hududlardagi faoliyati hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonlaridan lavhalar.

🤝 Xalq manfaatlari yo‘lida izchil va samarali faoliyat!

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram:
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/
91000
Photo
#sorov_ijrosi

📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB OLINDI

Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining deputati Salaev Ilg‘orxonning deputatlik so‘roviga Oqdaryo tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📍 So‘rov Oytamg‘ali MFY hududidagi 7-umumta’lim maktabi oldidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li holati yuzasidan yuborilgan.

🛣 O‘rganish natijasida:
yo‘l qatnov qismidagi to‘lqinsimon notekisliklar tekislandi;
yo‘l yotiq chiziqlari chizildi;
piyodalar o‘tish yo‘l belgilari o‘rnatildi;
sun’iy notekisliklar o‘rnatildi.

✅ Deputatlik so‘rovi ijrosi ta’minlandi.

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram:
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/
87000
Photo
#sorov_ijrosi

📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB OLINDI

Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining 5-Yangiobod saylov okrugi deputati tomonidan yoshlar murojaatlari yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

🔹 Yoshlar tomonidan kelib tushgan murojaatlar tegishli tartibda o‘rganildi.
🔹 Berilgan topshiriqlar ijrosi ta’minlandi.
🔹 Masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

✅ Deputatlik so‘rovi ijrosi ta’minlandi.

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram:
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/
69000
Photo
#sorov_ijrosi

📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB OLINDI

Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining 19-Olchin saylov okrugi deputati Buzrukov Juraxon Kattaxonivichning deputatlik so‘roviga Oqdaryo tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📍 Olchintepa mahallasi ichki ko‘chalarini asfaltlash masalasi o‘rganildi.

🛣 Beshkal qishlog‘iga borish ko‘chasining 1000 metr qismiga asfalt yotqizilgan.

🏗 2022–2024-yillarda mahalla ichki ko‘chalarining 3 610 metri ta’mirlangan.

✅ Olchintepa MFY Dehqonko‘mak qishlog‘ida 1,7 km ichki yo‘l asfaltobeton qoplamasi bilan ta’minlangan.
Deputatlik so‘rovi ijrosi deputat nazoratida.

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram:
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/
71000
Photo
#sorov_ijrosi

📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB OLINDI

Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining 21-Go‘zalkent saylov okrugi deputati Xusanov Rustam Axroxonovichning deputatlik so‘roviga Oqdaryo tumani hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

So‘rovda Loyish shaharchasi Amir Temur ko‘chasining 0–6 km qismini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash masalasi ko‘tarilgan.

📍 O‘rganish natijasiga ko‘ra, mazkur yo‘l bo‘yicha tender jarayonlari o‘tkazilgan, biroq ishlar yakuniga yetkazilmagan.

⚖️ Ishlarning sifatsiz bajarilgani yuzasidan pudratchi tashkilotga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

🏗 Mazkur yo‘lni rekonstruksiya qilish bo‘yicha taklif 2026-yil Investitsiya davlat dasturiga kiritilgan.
Deputatlik so‘rovi ijrosi deputat nazoratida.

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram:
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/
62000
Photo
#24_masala

🔹 23-band. Aholi bandligi masalalari.

👤 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi 21-“Go‘zalkent” saylov okrugi deputati Rustamxon Xusanov tomonidan mahalla binosida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

💼 Uchrashuv davomida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, doimiy daromad manbalarini shakllantirish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

📋 Shuningdek, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish, bandlik imkoniyatlarini kengaytirish va mehnat bozoriga integratsiyalashuvini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

📌 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati asosida davom ettirilmoqda.

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram:
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/
84001
Photo
#Kengash_ish_rejasiga_oid
#162_Qonun

📚 “TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILMOQDA

👤 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi 9-“Oytamg‘ali” saylov okrugi deputati I.Salayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabrdagi talablar ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔹 O‘rganish davomida ta’lim tashkilotlarida qonun talablarining bajarilishi, ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammolar holati tahlil qilinmoqda.

📌 Aniqlangan masalalar tegishli tartibda qayd etilib, ularning bartaraf etilishi deputatlik nazoratiga olinmoqda.

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram:
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/
75001
Photo
#24_masala

🏘 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

👤 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi 10-“Yangiqishloq” saylov okrugi deputati X. Abdullayeva hamda tuman IIB boshlig‘i A. Ibodov tomonidan mahalla vakillari ishtirokida aholi xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔹 O‘rganish davomida oilalarning ijtimoiy sharoiti, mavjud muammolari va ehtiyojlari aniqlanib, ularni kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va daromad manbalarini oshirish bo‘yicha amaliy choralar belgilanmoqda.

📌 Har bir xonadon muammosiga manzilli yondashilib, aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilanmoqda.

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram:
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/
66001
Photo
#Kengash_raisi

🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK!

Mustaqillik — millatning o‘zligini, xalqning qadr-qimmatini va Vatan kelajagini o‘z qo‘liga olgan buyuk tarixiy ne’matidir.

35 yil — bu bosib o‘tilgan yo‘l, erishilgan yutuqlar va kelajak sari ulkan marralarga chorlovdir.

Mustaqillikni asrash — burch, uni mustahkamlash — sharaf, kelajak avlodga munosib O‘zbekistonni qoldirish — buyuk mas’uliyatdir.

Barchangizni ushbu ulug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etaman! Yurtimiz tinch, xalqimiz birdam, O‘zbekistonimizning kelajagi yanada porloq bo‘lsin!

🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi raisi
Abdusaidov Akbar Abduvaliyevich
189003
Photo
#Hokim_tabrigi
🕊
🇺🇿 YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!

🇺🇿 Aziz va muhtaram oqdaryoliklar!

Sizlarni eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz — Yurtimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimiz uchun erkin va farovon hayot, tinchlik va osoyishtalik, porloq kelajak timsolidir.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Temur Maxmudov
Oqdaryo tumani hokimi
148000
Video
🏫 OQDARYO TUMANIDA 9 TA YANGI MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

— Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Oqdaryo tumanida 9 ta umumta’lim maktabining qo‘shimcha qurilgan yangi binolari foydalanishga topshirildi.

Tuman hokimi Temur Maxmudov Amir Temur mahallasida joylashgan 24-umumta’lim maktabining 192 o‘rinli, Galarovot mahallasidagi 5-umumta’lim maktabining 180 o‘rinli, Sug‘onchi mahallasidagi 6-umumta’lim maktabining 192 o‘rinli hamda Avazali mahallasidagi 240 o‘rinli qo‘shimcha yangi binolari foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etdi.

Yangi binolarning barpo etilishi natijasida maktablarning ta’lim olish imkoniyatlari kengayib, o‘quvchilar uchun zamonaviy, qulay va barcha zarur sharoitlarga ega ta’lim muhiti yaratilmoqda.

Tadbirlarda so‘zga chiqqanlar yurtimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yosh avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ta’kidlab, yangi binolar o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashida muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdilar.

🎓 E’tiborli jihati, bugun tumanda 9 ta maktabning yangi qo‘shimcha binolari foydalanishga topshirildi. Bu esa yuzlab o‘quvchilar uchun yangi o‘quv o‘rinlari, zamonaviy sharoit va ta’lim sifatini oshirish uchun yanada keng imkoniyatlar demakdir.

🇺🇿 Yangi o‘quv yili — yangi binolar, yangi imkoniyatlar va yangi marralar bilan!

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram:
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/
191000
Photo
🏫 UZUNQISHLОQDA 16-MAKTAB UCHUN YANGI BINO VA SPORT ZALI BARPO ETILDI

🇺🇿 Bugun Oqdaryo tumanining Uzunqishloq mahallasida joylashgan 16-umumta’lim maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

1975-yilda qurilgan, 400 o‘rinli eski maktab binosi ma’nan eskirgani, shuningdek, o‘quvchilar uchun sport zali mavjud emasligi inobatga olinib, maktab uchun zamonaviy sharoitlar yaratildi.

🏗 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qarori asosida maktab hududida 420 o‘rinli yangi bino hamda 12×24 metr o‘lchamdagi sport zali barpo etildi.

Qurilish ishlari uchun 7 milliard 352 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, loyiha “DILSHODA OBOD QO‘RG‘ON” MCHJ tomonidan amalga oshirildi.

Natijada o‘quvchi-yoshlar uchun zamonaviy, qulay va barcha zarur sharoitlarga ega ta’lim maskani yaratildi.

🎉 Yangi binoning ochilish marosimida Oqdaryo tumani hokimi o‘rinbosari v.b Jasur Hamroqulov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, maktab jamoasi, nuroniylar va mahalla faollari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangi maktab binosi va sport zalining foydalanishga topshirilishi bilan barchani tabriklab, ushbu bunyodkorlik ishlari yosh avlod ta’lim-tarbiyasi uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

✨ Zamonaviy maktab — sifatli ta’lim, sog‘lom avlod va porloq kelajak poydevori!

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram:
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/
166000
Photo
🏫 ARPAARIQDA 4-MAKTABGA YANGI QO‘SHIMCHA BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

🇺🇿 Bugun Oqdaryo tumanining Arpaariq mahallasida joylashgan 4-umumta’lim maktabga 210 o‘rinli qo‘shimcha binosi foydalanishga topshirildi.

Yangi bino O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qarori asosida barpo etildi. Qurilish uchun 3 milliard 314 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, ishlar “Binokor suv qurilish” MCHJ tomonidan amalga oshirildi.

🏗 Mazkur inshootning foydalanishga topshirilishi natijasida o‘quvchi-yoshlar uchun yanada qulay va zamonaviy ta’lim olish sharoitlari yaratildi.

🎉 Yangi binoning ochilish marosimida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi o'rinbosari va mas’ullari, maktab jamoasi, nuroniylar va mahalla faollari ishtirok etdi.

Tadbirda yangi binoning foydalanishga topshirilishi bilan barchani tabriklab, mazkur inshoot yosh avlod ta’limi uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram:
🔹 Instagram: https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/
161001
Photo
#24_masala

📌 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi bosh mutaxassisi N.Samandarova, 15-Temirak saylov okrugi deputati D.Qurbonova hamda Temirak mahallasi hokim yordamchisi A.Davronov hamkorligida Temirak mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🚧 Jumladan, joriy yilda Temirak mahallasida “Islom taraqqiyot banki” ko‘magida amalga oshirilayotgan:

🚶‍♂️ 2200 metr piyodalar yo‘laklari qurilishi,
💡 yo‘laklar atrofini zamonaviy yoritish chiroqlari bilan ta’minlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida olib borilayotgan qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✨ Mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilma loyihalari fuqarolar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

©Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉
16003
Photo
#24_masala

🌧 Taraqqiyot mahallasida o‘rganish

24-Po‘latdarxon saylov okrugi deputati D.Marupova hamda mahalla raisi aholi murojaatlari bo‘yicha joyiga chiqdi.

🔹 O‘rganish davomida kuchli yog‘ingarchilik natijasida bir qancha uy-joylarga suv kirgani aniqlanib, aholi orasida e’tirozlar paydo bo‘ldi.
🔹 Sabablar: kaladoslar va ariq tozalangan emasligi.
🔹 Tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

✅ Deputat nazorati ostida aholi manfaatlari doimo ta’minlanadi.

©Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉
71003
Photo
#24_masala

📌 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi bosh mutaxassisi N.Samandarova, 15-Temirak saylov okrugi deputati D.Qurbonova hamda Temirak mahallasi hokim yordamchisi A.Davronov hamkorligida Temirak mahallasida amalga oshirilayotgan ichimlik suvi tarmoqlari qurilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🚧 Jumladan, joriy yilda Temirak mahallasida “Islom taraqqiyot banki” ko‘magida:

💧 4 ta suv inshooti orqali qariyb 7 km hududga aholi uchun toza ichimlik suvi tarmoqlarini tortish ishlari boshlab yuborildi.

🔍 O‘rganish davomida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, loyiha asosida amalga oshirilishi hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✨ Mazkur loyiha mahalla aholisini sifatli va toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, fuqarolar turmush farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

✨ Mahallamiz obodligi va aholi farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan bu ezgu ishlar yurtdoshlarimiz uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qiladi.

©Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉
85008
Photo
#24_masala

📌 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi bosh mutaxassisi N.Samandarova, 15-Temirak saylov okrugi deputati D.Qurbonova hamda Temirak mahallasi hokim yordamchisi A.Davronov hamkorligida Temirak mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🏢 Xususan, mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi qurilishi, qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda binoni foydalanishga topshirish jarayonlari bo‘yicha mas’ullar ishtirokida atroflicha muhokamalar olib borildi.

🔍 O‘rganish davomida qurilish jarayonining borishi, foydalanilayotgan qurilish materiallari sifati va obyektning zamonaviy talablarga mos ravishda barpo etilishi yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

✨ Mahallada amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu ishlar aholi uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.

©Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉
76008
Photo
#Ekspert_guruhi

📢 Oqdaryo tumanida Ekspert guruhi tashkil etildi!
2025-yil 19-fevral kuni Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi qaror qabul qildi:

✅ Maqsad: Fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini jalb etib, Kengashning vakolatli ishlarini samarali amalga oshirish.

✅ Ekspert guruhi Kengash huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.

✅ Ish yo‘nalishlari:
Ijtimoiy foydali dasturlar samaradorligini oshirish;
Kengash qaror va loyihalarini ekspert bahosi bilan qo‘llab-quvvatlash;
Fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlash.

📌 Ekspert guruhi faoliyati uchun namunaviy nizom tasdiqlandi.

📌 Nazorat: Kengash doimiy komissiyalari raislari zimmasida.

📌 Qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.

©Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉
76006

Showing 30 of 31 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi Telegram kanali nima haqida?+

Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi (@oqdaryo_tuman_kengashi) — tgdio da So'nggi xabarlar toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 1 813 obunachi bor.

Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi (@oqdaryo_tuman_kengashi) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @oqdaryo_tuman_kengashi ga bepul obuna bo‘ling.

Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi yaxshi So'nggi xabarlar kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 1 813 obunachi bor. O‘xshash So'nggi xabarlar kanallar bilan solishtiring.

Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @oqdaryo_tuman_kengashi sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.