Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi Telegram channel photo

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi

VII chaqiriq Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining rasmiy telegram sahifasi * t.me/Paxtachi_tumani_Kengashi * www.facebook.com/profile.php?id=61553792446046&locale=ru_RU * www.instagram.com/paxtachi_tumani_deputatlari/ Takliflar uchun: @XdK_bot

35

Last views

310 (310 subscribers)
A'zolar
—
Rating
48
Total Posts
Oct 18, 2026, 5:40 AM
Yangilangan
May 18, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameXalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi
Username@paxtachi_tumani_kengashi
CategoryDesi kontenti
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar310
Channel TypePublic Channel
Created18-may, 2026
Last Updated18-okt, 2026 • 5 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#351235-634
Til reytingi
#1719O'zgarish yo'q
Toifa reytingi
#14428-17

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 31030 Days growth: -61.9%
09/1909/2409/2910/0410/0910/1410/18
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
19:09:2026316
20:09:2026308
21:09:2026308
22:09:2026308
23:09:2026308
24:09:2026308
25:09:2026308
26:09:2026308
27:09:2026308
28:09:2026308
29:09:2026308
30:09:2026308
01:10:2026308
02:10:2026308
03:10:2026308
04:10:2026308
05:10:2026308
06:10:2026308
07:10:2026308
08:10:2026308
09:10:2026308
10:10:2026308
11:10:2026308
12:10:2026308
13:10:2026308
14:10:2026308
15:10:2026308
16:10:2026308
17:10:2026308
18:10:2026310
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 18:05:2026360
Week of 25:05:2026360
Week of 01:06:2026360
Week of 08:06:2026360
Week of 15:06:2026360
Week of 22:06:2026360
Week of 29:06:2026360
Week of 06:07:2026348
Week of 13:07:2026348
Week of 20:07:2026348
Week of 27:07:2026348
Week of 03:08:2026348
Week of 10:08:2026348
Week of 17:08:2026317
Week of 24:08:2026317
Week of 31:08:2026316
Week of 07:09:2026316
Week of 14:09:2026308
Week of 21:09:2026308
Week of 28:09:2026308
Week of 05:10:2026308
Week of 12:10:2026310
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
May 2026360
June 2026360
July 2026348
August 2026317
September 2026308
October 2026310
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
2026310

So'nggi postlar

Photo1/2
#okrugda_organish

📌 HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH ISHLARI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 9-“Obodon” saylov okrugidan saylangan deputati Xusanova Norbegim Rivojovna tomonidan Obodon mahallasida navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.

🔹 O‘rganish davomida Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔹 Jumladan, mahalliy Kengash deputatlari va “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlik, hududlarni rivojlantirish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

📌 O‘rganish natijalari sessiya kun tartibidagi masalani ko‘rib chiqish va tegishli xulosalar shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
35000
Photo1/2
#24_ta_masala
#axborot_berish

📢 DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI

🔹 Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 16-“Guliston” saylov okrugidan saylangan deputati Magripova Ruzigul Toshniyozovna tomonidan 2026-yilning uchinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan saylovchilar oldida axborot berildi.

🏛 Fay mahallasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tuman hokimligining mas’ul xodimlari, mahalla “yettiligi” a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

📋 Hisobot davomida saylov okrugida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari asosida olib borilgan o‘rganishlar va deputatlik nazorati doirasida bajarilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

💬 Uchrashuvda fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

🔹 Saylovchilar bilan ochiq muloqot va muntazam hisobotdorlik — deputatlik faoliyatining muhim mezonidir.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
34000
Photo1/2
#162_qonun
#162_qonun_organish

📌 FUQAROLAR MUROJAATLARI QONUN IJROSI DOIRASIDA O‘RGANILDI

🔹 Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 3-“Yobu” saylov okrugidan saylangan deputati Muxtorova Nisora Murodillayevna tomonidan Yobu mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

🔹 O‘rganish davomida fuqarolar murojaatlarini qabul qilish, belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, ko‘tarilgan masalalarga e’tibor qaratish va murojaatlarga o‘z vaqtida javob berish holatlari tahlil qilindi.

🔹 Shuningdek, murojaatlar bilan ishlashda qonuniylik, ochiqlik va mas’uliyat tamoyillariga rioya etish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
29000
Photo1/6
#24_ta_masala
#deputat_daftari

📚 YOSHLAR TA’LIMI UCHUN IMKONIYAT YARATILDI

🔹 Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 15-“Bodoy” saylov okrugidan saylangan deputati Toshev Akram Bobamuradovich tomonidan Jahonobod mahallasida yashovchi fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida fuqaro I. Zulfiqarovning farzandini chet tillariga o‘qitish uchun moddiy imkoniyati yetarli emasligi aniqlandi.

✅ Deputat tashabbusi bilan tuman markazida joylashgan “London” o‘quv markazida farzandning bepul ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratildi.

📌 Yoshlarning bilim olishi va kelajagi uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar muhim ahamiyatga ega.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
36000
Photo1/4
#kotibiyat_mudiri
#biriktirilgan_tashkilot

📌 FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI

🔹 Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 16-“Guliston” saylov okrugidan saylangan deputati Magripova Ro‘zigul Toshniyozovna Fay mahallasida ko‘chaboshilar hamda biriktirilgan tashkilot — Paxtachi tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ul xodimi ishtirokida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini o‘rgandi.

🔹 O‘rganish davomida ijtimoiy xizmatlar sifati, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish holati hamda ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.

✅ Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
39000
Photo1/2
#boshqa_masala

🇺🇿 21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI!

🌿 Tilimiz — millatimiz faxri, ma’naviyatimiz ko‘zgusi!

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi nomidan barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, bebaho ma’naviy merosimiz va g‘ururimiz timsolidir. Uni asrab-avaylash, sofligini saqlash va kelajak avlodlarga boy meros sifatida yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir.

💐 Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xotirjamlik va ezgu ishlarda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

O‘zbek tilimiz doimo barhayot, qadri va nufuzi yuksak bo‘lsin!

🇺🇿 Ona tilimiz — faxrimiz va iftixorimiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
48000
Photo1/2
#ISH_REJA

📌 DEPUTATLAR BILAN HUDUDLARDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILADI

📅 2026-yil 21-oktabr

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan bugun deputatlar bilan hamkorlikda hududlardagi muammolarni o‘rganish, ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralar belgilash rejalashtirilgan.

🔹 09:00–16:00 — 14-“Amir Temur”, 15-“Bodoy”, 13-“Mirzo Ulug‘bek” va 11-“Hayit Elbegi” saylov okruglari deputatlari bilan hududlardagi muammolarni o‘rganish.

🔹 16:00–17:00 — aniqlangan muammolarni tahlil qilish va deputatlik so‘rovlarini tayyorlashda ko‘maklashish.

🔹 17:00–18:00 — kunlik ishlar va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarni tahlil qilish, ertangi kun vazifalarini rejalashtirish.

✅ Maqsad — hududiy muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
37000
Photo1/2
#ish_reja_ijrosi

XALQ DEPUTATLARI FAOLIYATIDAGI YANGILIKLAR

Bugun Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi faoliyatiga oid hamda deputatlar S.Abdullayeva, X.Eshmurodova, F.Kenjayev, Sh.Mirzayev, A.Toshevlarning deputatlik faoliyatiga oid “YANGILIKLAR” taqdim etiladi.

Mazkur jarayonda deputatlar tomonidan hududlarda amalga oshirilgan ishlar, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar yechimi hamda ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishdagi tashabbuslar yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tiladi.

Shuningdek, deputatlik faoliyatining samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish va ochiqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilinadi.

📌 Maqsad — xalq bilan ochiq muloqotni kuchaytirish va hududlarda dolzarb muammolarga tezkor yechim topish.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
40000
Photo1/4
#162_qonun
#162_qonun_organish

👩‍⚖️ XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

🔹 Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 25-“Qarnabota” saylov okrugidan saylangan deputati Begmatov Uchqun Ravshanovich tomonidan Qarnabota mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📋 O‘rganish davomida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, shuningdek, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

🔎 Shuningdek, xotin-qizlarning huquqiy himoyasini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan masalalar ko‘rib chiqildi.

📌 Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda xavfsizligini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
45000
Photo1/4
#24_ta_masala
#axborot_berish

📢 DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR MULOQOTI: III CHORAK SARHISOBI

🔹 Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 21-“Dabusqal’a” saylov okrugidan saylangan deputati Ergashev Xamidulla Tayirovich tomonidan 2026-yilning III choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan saylovchilarga axborot berildi.

🏛 Qaynarbuloq mahallasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tuman hokimligining mas’ul xodimlari, mahalla yettiligi a’zolari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

📋 Muloqot davomida hududda amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari asosida olib borilgan o‘rganishlar va deputatlik nazorati doirasidagi faoliyat haqida ma’lumot berildi.

💬 Uchrashuvda saylovchilarning taklif va murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

🤝 Saylovchilar bilan ochiq muloqot — hududiy muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashishning muhim omili.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
30000
Photo1/2
#ish_reja

📌 YOSHLAR VA XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARI O‘RGANILADI

📅 19–23-oktabr, 2026-yil

🔹 Deputatlar tomonidan mahallalarda yoshlar va xotin-qizlar bilan muloqotlar tashkil etilib, ularning bandligi, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganiladi.

🔹 Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqiladi.

🔹 Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish va yoshlar hamda xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
25000
Photo1/2
#ish_reja

📌 QONUNLAR IJROSI VA DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILADI

📅 19–23-oktabr, 2026-yil

🔹 Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi deputatlari tomonidan biriktirilgan hudud va tashkilotlarda qonunlar hamda yuqori turuvchi organlar qarorlari ijrosi o‘rganiladi.

🔹 Jumladan, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, mahallalarda mavjud muammolarni hal etish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilinadi.

🔹 O‘rganishlar natijasida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar kiritish, deputatlik nazorati samaradorligini oshirish hamda qonuniylikni ta’minlashga e’tibor qaratiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
25000
Photo1/2
#ish_reja

📌 AHOLI MUROJAATLARI VA FUQAROLAR MANFAATLARI DEPUTATLAR E’TIBORIDA

📅 19–23-oktabr, 2026-yil

🔹 Deputatlar tomonidan saylov okruglarida fuqarolar bilan muloqotlar o‘tkazish, murojaatlarni o‘rganish va aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni aniqlash ishlari olib boriladi.

🔹 Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborish, avvalgi so‘rovlar ijrosini kuzatish hamda muammolar yechimini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratiladi.

🔹 Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarning o‘z vaqtida va samarali ko‘rib chiqilishiga ko‘maklashish deputatlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
25000
Photo1/2
#ish_reja

📌 AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH — E’TIBOR MARKAZIDA

📅 19–23-oktabr, 2026-yil

🔹 Deputatlar tomonidan hududlarda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganiladi.

🔹 Xususan, ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarning daromad manbalarini kengaytirish hamda tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni aniqlashga e’tibor qaratiladi.

🔹 Mavjud muammolarni hal etish va aholi farovonligini oshirish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
17000
Photo1/2
#ish_reja

📌 SOG‘LIQNI SAQLASH VA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILADI

📅 19–23-oktabr, 2026-yil

🔹 Hafta davomida deputatlar tomonidan tibbiyot muassasalarining faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va mavjud sharoitlar o‘rganiladi.

🔹 Aholining birlamchi tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlari, dori-darmon ta’minoti hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarga e’tibor qaratiladi.

🔹 O‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolar yechimini ta’minlash choralari ko‘rib chiqiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
18000
Photo
#ish_reja

📌 KENGASH QARORLARI — OCHIQ VA SHAFFOF

🗓 Sentabr oyiga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi sessiyalarida qabul qilinayotgan qarorlarni aholiga tezkor va ochiq yetkazish choralariga alohida e’tibor qaratiladi.

📢 Sessiyalarda qabul qilingan qarorlar 3 kun ichida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka yetkaziladi.

🔎 Ushbu amaliyot Kengash faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholining hududga oid muhim qarorlar va jarayonlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lishiga xizmat qiladi.

👥 Mas’ullar:
▫️ Kotibiyat mudiri — R. Magripova
▫️ Doimiy komissiya raislari — F. Kenjayev, A. Kamolov, S. Abdullayeva, Sh. Musirmanov, I. Sanayev
▫️ Bosh mutaxassislar — B. Ochilov, S. Safarova
▫️ Kengash raisi — E. Eshonkulov

| https://www.facebook.com/profile.php?id=61553792446046&locale=ru_RU | https://www.instagram.com/paxtachi_tuman_kengashi/ | https://www.youtube.com/@paxtachi_deputat/streams
13000
Photo
#ish_reja

📌 KENGASH QARORLARI IJROSI — DOIMIY NAZORATDA

🗓 Sentabr oyiga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida ijroga yo‘naltirilishi va belgilangan vazifalarning bajarilishi muntazam monitoring qilinadi.

📋 Qabul qilingan qarorlar tegishli komissiyalar, hokimlik bo‘lim va boshqarmalari, davlat organlari, korxona va tashkilotlar, NNTlar hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga 3 kun ichida yetkazilishi ta’minlanadi.

🔎 Qarorlar ijrosi holati doimiy ravishda o‘rganilib, har oyning 25-sanasiga qadar tahlil qilinadi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

👥 Mas’ullar:
▫️ Kotibiyat mudiri — R. Magripova
▫️ Doimiy komissiya raislari — F. Kenjayev, A. Kamolov, S. Abdullayeva, Sh. Musirmanov, I. Sanayev
▫️ Bosh mutaxassislar — B. Ochilov, S. Safarova
▫️ Kengash raisi — E. Eshonkulov

| https://www.facebook.com/profile.php?id=61553792446046&locale=ru_RU | https://www.instagram.com/paxtachi_tuman_kengashi/ | https://www.youtube.com/@paxtachi_deputat/streams
16000
Photo
#ish_reja

📌 YANGI QONUNLAR MAZMUNI AHOLIGA TUSHUNTIRILADI

🗓 Sentabr oyiga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi tomonidan qabul qilingan yangi qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, ularning amaliy ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari tashkil etiladi.

📚 Tadbirlar davomida fuqarolarga yangi qonunlarda belgilangan huquq va majburiyatlar, muhim yangiliklar hamda qonunlarning amaliyotdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.

🤝 Shuningdek, aholi vakillarining savollariga javob berilib, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlikni oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

⏱️ Amalga oshirish muddati: qonun qabul qilingan kundan boshlab 3 kun ichida.

👥 Mas’ullar:
▫️ Doimiy komissiya raislari — F. Kenjayev, A. Kamolov, S. Abdullayeva, Sh. Musirmanov, I. Sanayev
▫️ Doimiy komissiya a’zolari
▫️ Bosh mutaxassislar — B. Ochilov, S. Safarova
▫️ Kengash raisi — E. Eshonkulov

| https://www.facebook.com/profile.php?id=61553792446046&locale=ru_RU | https://www.instagram.com/paxtachi_tuman_kengashi/ | https://www.youtube.com/@paxtachi_deputat/streams
16000
Photo
#ish_reja

📌 HUDUDDAGI ISLOHOTLAR OAVDA KENG YORITILADI

🗓 Sentabr oyiga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik kuchaytiriladi.

📢 OAV orqali amalga oshirilayotgan loyihalar, hudud rivojidagi yangilanishlar, erishilayotgan natijalar hamda aholi hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar haqida maqola va materiallar tayyorlanadi, shuningdek, mutasaddilar va deputatlar ishtirokida intervyular tashkil etiladi.

⏱️ Amalga oshirish muddati: har oyda, reja asosida.

👥 Mas’ullar:
▫️ Deputatlar — ro‘yxat bo‘yicha
▫️ Doimiy komissiya raislari — F. Kenjayev, A. Kamolov, S. Abdullayeva, Sh. Musirmanov, I. Sanayev
▫️ Bosh mutaxassislar — B. Ochilov, S. Safarova
▫️ Kengash raisi — E. Eshonkulov

| https://www.facebook.com/profile.php?id=61553792446046&locale=ru_RU | https://www.instagram.com/paxtachi_tuman_kengashi/ | https://www.youtube.com/@paxtachi_deputat/streams
17000
Photo
#ish_reja

📌 SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVLAR — MUHIM VAZIFA

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining sentabr oyiga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, deputatlar tomonidan saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etish belgilangan.

🤝 Uchrashuvlar davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

🗓 Amalga oshirish muddati: sentabr oyi davomida, tasdiqlangan reja asosida.

👥 Mas’ullar:
• Deputatlar — ro‘yxat bo‘yicha
• Doimiy komissiya a’zolari
• Kengash bosh mutaxassislari
• Kengash raisi — E. Eshonkulov

📌 Maqsad — saylovchilar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarga amaliy yechim topish.

| https://www.facebook.com/profile.php?id=61553792446046&locale=ru_RU | https://www.instagram.com/paxtachi_tuman_kengashi/ | https://www.youtube.com/@paxtachi_deputat/streams
18000
Photo
#ish_reja

📌 KORRUPSIYAVIY XAVFLARNING OLDINI OLISH — MUHIM VAZIFA

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining sentabr oyiga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, hududdagi tashkilotlarda korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan o‘rganishlar olib boriladi.

🔎 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

🗓 Amalga oshirish muddati: sentabr oyi davomida.

👥 Mas’ullar: tegishli tashkilotlar rahbarlari, doimiy komissiyalar a’zolari va Kengash mutaxassislari.

| https://www.facebook.com/profile.php?id=61553792446046&locale=ru_RU | https://www.instagram.com/paxtachi_tuman_kengashi/ | https://www.youtube.com/@paxtachi_deputat/streams
17000
Photo
#ish_reja

📌 KENGASH FAOLIYATIGA SUN’IY INTELLEKT JORIY ETILADI

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining sentabr oyiga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, Kengash faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida sun’iy intellekt texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etish choralari ko‘riladi.

🤖 Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish orqali ish samaradorligi va tashkiliy jarayonlarni takomillashtirishga e’tibor qaratiladi.

🗓 Amalga oshirish muddati: sentabr oyi davomida.

👥 Mas’ullar:
• Kotibiyat mudiri — R. Magripova
• Kengash raisi — E. Eshonkulov

| https://www.facebook.com/profile.php?id=61553792446046&locale=ru_RU | https://www.instagram.com/paxtachi_tuman_kengashi/ | https://www.youtube.com/@paxtachi_deputat/streams
18000
Photo
#ish_reja

📌 KENGASH ISH REJASINING BAJARILISHI MUHOKAMA QILINADI

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining sentabr oyiga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi tahlil qilinadi.

🔎 Bajarilgan ishlar, ijrosi kechikayotgan vazifalar hamda mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilanadi.

🗓 Amalga oshirish muddati: 25-sentabrgacha.

👥 Mas’ullar:
• Kotibiyat mudiri — R. Magripova
• Doimiy komissiya raislari
• Bosh mutaxassislar
• Kengash raisi — E. Eshonkulov

| https://www.facebook.com/profile.php?id=61553792446046&locale=ru_RU | https://www.instagram.com/paxtachi_tuman_kengashi/ | https://www.youtube.com/@paxtachi_deputat/streams
18000
Photo
#ish_reja

📌 DEPUTATLIK ODOBI QOIDALARIGA RIOYA ETISH NAZORATDA

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining sentabr oyiga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, deputatlar tomonidan deputatlik odobi qoidalariga rioya etilishi holatlari muntazam tahlil qilinib, natijalari muhokama qilinadi.

🔎 Deputatlarning odob-axloq qoidalariga rioya etishi, mas’uliyati va Kengash faoliyatidagi ishtiroki o‘rganiladi.

👥 Mas’ullar:
• Doimiy komissiya raisi — I. Sanayev
• Doimiy komissiya a’zolari — I. Sanayev, U. Begmatov, L. Mamatova
• Bosh mutaxassislar — B. Ochilov, S. Safarova
• Kengash raisi — E. Eshonqulov

| https://www.facebook.com/profile.php?id=61553792446046&locale=ru_RU | https://www.instagram.com/paxtachi_tuman_kengashi/ | https://www.youtube.com/@paxtachi_deputat/streams
25000
Photo
#deputat_sorovi

📌 Barkamol ko‘chasining 1,5 km qismidagi yo‘l holati bo‘yicha deputat so‘rovi

🔹2026-yil 12-sentabr kuni 22-Dabusqal’a saylov okrugi deputati Hamidulla Ergashev tomonidan Paxtachi tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Shermatov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

🔹O‘rganishlar davomida Qaynarbuloq mahallasi Barkamol ko‘chasining 1,5 km qismida yo‘l holatini yaxshilashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.

🔹Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan Barkamol ko‘chasining 1,5 km qismini shag‘allashtirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish hamda masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish so‘raldi.

🔹Deputat so‘rovida masala yuzasidan tegishli javobni qonunchilikda belgilangan muddatda taqdim etish so‘ralgan.

🔹Asosiy maqsad — aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l sharoitini yaratish.

| https://www.facebook.com/profile.php?id=61553792446046&locale=ru_RU | https://www.instagram.com/paxtachi_tuman_kengashi/ | https://www.youtube.com/@paxtachi_deputat/streams
30000
Photo
#24_ta_masala

🚧 YO‘L INFRASTRUKTURASI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 16-“Guliston” saylov okrugidan saylangan deputati Magripova Ruzigul Toshniyozovna tomonidan hududdagi yo‘l infratuzilmasi holati joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mazkur ko‘cha amaldagi dasturlar asosida asfaltlashtirish uchun belgilangan bo‘lsa-da, ishlar belgilangan muddatlarda amalga oshirilmayotgani va kechikishlar mavjudligi aniqlandi.

🚧 Shuningdek, yo‘lni asfaltlashtirishga tayyorlash maqsadida shag‘allashtirish ishlari endigina boshlanganligi ma’lum bo‘ldi.

📌 Aniqlangan holatlar yuzasidan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, asfaltlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda ularni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
39001
Photo
#Ish_reja

⚖️ PAXTACHI TUMANIDA QONUNCHILIK IJROSI VA DEPUTATLIK NAZORATI — E’TIBORDA

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi faoliyati doirasida:

🔹 19/1-modda doirasidagi vakolatlar ijrosi;

🔹 #162_qonun yo‘nalishidagi o‘rganishlar;

🔹 Doimiy komissiyalar faoliyati;

🔹 Doimiy komissiya qarorlari ijrosi;

🔹 Sessiyaga kiritiladigan masalalarni dastlabki o‘rganish;

🔹 Ekspert guruhi bilan hujjatlarni ko‘rib chiqish ishlari amalga oshiriladi.

📌 Maqsad — qonunchilik ijrosini ta’minlash va deputatlik nazoratini kuchaytirish.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
37000
Photo
#Ish_reja

📍 PAXTACHI TUMANIDA DEPUTATLAR FAOLIYATI DAVOM ETADI

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglari va mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar hamda o‘rganishlar olib boriladi.

🔹 Aholi murojaatlari va muammolari o‘rganiladi;

🔹 Aniqlangan muammolar “Deputat daftari”ga kiritiladi;

🔹 Biriktirilgan tashkilotlar faoliyati o‘rganiladi;

🔹 Hududlardagi dolzarb masalalar yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi;

🔹 Muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilinadi.

📌 Asosiy maqsad — aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
34001
Photo
#Yoshlar_maslahat_guruhi

👥 Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan hududdagi yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

💬 Uchrashuv davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar egallashga, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda davlat tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

🤝 Shuningdek, yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi hamda zarur tavsiyalar berildi.

✅ Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bunday uchrashuvlar izchil davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
31000
Photo
#24_ta_masala

♻️ Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — e’tiborda

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 16-“Guliston” saylov okrugidan saylangan deputati R. Magripova tomonidan hududdagi ko‘p qavatli uylar atrofida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida hududdagi sanitariya holati, chiqindi konteynerlarining ahvoli hamda chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqish masalalariga e’tibor qaratildi.

📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berilib, holatni yaxshilash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
36000

Showing 30 of 48 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi Telegram kanali nima haqida?+

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi (@paxtachi_tumani_kengashi) — tgdio da Desi kontenti toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 310 obunachi bor.

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi (@paxtachi_tumani_kengashi) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @paxtachi_tumani_kengashi ga bepul obuna bo‘ling.

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi yaxshi Desi kontenti kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 310 obunachi bor. O‘xshash Desi kontenti kanallar bilan solishtiring.

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @paxtachi_tumani_kengashi sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.