📢 MATBUOT ANJUMANI E’LONI
🔺Toshkent shahrida yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihasi taqdimotiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
➡️Loyiha harakatni tashkil etish va shahar muhitiga kompleks yondashgan holda, uzunligi 8,1 km bo‘lgan yo‘l qismini modernizatsiya qilishni nazarda tutadi.
Tadbir davomida loyihani amalga oshirish sifatini oshirish hamda shahar muhitining barcha ishtirokchilari manfaatlarini hisobga olishga qaratilgan manfaatdor tomonlarning taklif va mulohazalari ham tinglanadi va inobatga olinadi.
Loyihani amalga oshirish doirasida quyidagi ishlarni bosqichma-bosqich bajarish rejalashtirilgan:
— yo‘l harakatini tashkil etish sxemalarini ishlab chiqish;
— asfalt-beton qoplamasini almashtirish;
— Davlat standarti tomonidan akkreditatsiyalangan laboratoriya xulosalari asosida yo‘l konstruksiyasini rekonstruksiya qilish;
— keyinchalik harakatni tashkil etish, jumladan, maxsus ajratilgan BRT yo‘laklarini qisman joriy etish.
Loyihani amalga oshirish doirasida quyidagi ishlar bajarilishi rejalashtirilgan:
— shaxsiy mobillik vositalari (SHMV) uchun infratuzilma yaratish;
— zamonaviy drenaj tizimini o‘rnatish;
— yo‘l cheti to‘siqlarini yangilash;
— zamonaviy bekat majmualarini o‘rnatish;
— yerosti va yerusti yo‘l o‘tkazgichlarini qurish;
— yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligi va qulayligini oshirishga qaratilgan boshqa elementlarni joriy etish.
📋
https://t.me/poytaxtuz_bot📍 Manzil: Islom Karimov shohko‘chasi, 51-uy
🗓 Sana: 2026-yil 4-aprel, shanba
🕚 Vaqt: 11:00
—
📢 АНОНС ПРЕСС-КОНФЕРЕНЦИИ
🔺В Ташкенте состоится пресс-конференция, посвящённая презентации реализации инвестиционного проекта по развитию дорожной инфраструктуры.
➡️Проект предусматривает модернизацию участка протяжённостью 8,1 км с комплексным подходом к организации движения и городской среды.
В ходе мероприятия также будут заслушаны и учтены предложения и мнения заинтересованных сторон, направленные на повышение качества реализации проекта и учет интересов всех участников городской среды.
В рамках реализации проекта предусматривается поэтапное осуществление нижеследующих видов работ:
— разработка схем организации дорожного движения;
— замена асфальтобетонного покрытия;
— реконструкция дорожной конструкции на основании заключений аккредитованной лаборатории Государственного стандарта;
— последующая организация движения, включая частичное внедрение выделенных линий BRT.
В рамках реализации проекта планируемые виды работ будут выполнены:
— создание инфраструктуры для средств индивидуальной мобильности (СИМ);
— устройство современной дренажной системы;
— обновление бордюрной части;
— установка современных остановочных комплексов;
— создание путепроводов подземного и надземного типов;
— внедрение других элементов, направленных на повышение безопасности и комфорта участников дорожного движения.
📋
https://t.me/poytaxtuz_bot📍 Адрес: проспект Ислама Каримова, 51
🗓 Дата: 4 апреля 2026 года, суббота
🕚 Время: 11:00
https://www.youtube.com/channel/UC0lSmuOGz7tujTQIoop4UbA |
https://www.facebook.com/Toshkenthokimligi |
https://www.instagram.com/toshshaharhokimlik/ |
https://www.tashkent.uz/ |
https://t.me/poytaxtuz_bot