Praktik Azizbek Kurbonov Telegram channel photo

Praktik Azizbek Kurbonov

@praktikazizbekPublic Channel

Fikrlar, loyihalar analizi, shaxsiy rivojlanish. Azizbek Kurbonov shaxsiy fikrlari aks etgan kanal. "The Art of The Pitch" kursi asoschisi Linkedin: https://www.linkedin.com/in/azizbek-kurbonov/

405

Last views

1.9k (1,852 subscribers)
A'zolar
—
Rating
35
Total Posts
Oct 17, 2026, 2:21 AM
Yangilangan
Apr 23, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NamePraktik Azizbek Kurbonov
Username@praktikazizbek
CategoryDesi kontenti
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar1,852
Channel TypePublic Channel
Created23-apr, 2026
Last Updated17-okt, 2026 • 6 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#35044+82
Til reytingi
#322+5
Toifa reytingi
#1427-4

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 1.9K30 Days growth: +1609.5%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:20261,692
18:09:20261,692
19:09:20261,685
20:09:20261,685
21:09:20261,685
22:09:20261,685
23:09:20261,685
24:09:20261,685
25:09:20261,685
26:09:20261,685
27:09:20261,685
28:09:20261,685
29:09:20261,685
30:09:20261,685
01:10:20261,685
02:10:20261,685
03:10:20261,685
04:10:20261,685
05:10:20261,685
06:10:20261,685
07:10:20261,685
08:10:20261,685
09:10:20261,685
10:10:20261,685
11:10:20261,685
12:10:20261,685
13:10:20261,685
14:10:20261,685
15:10:20261,685
16:10:20261,852
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 20:04:20261,800
Week of 27:04:20261,800
Week of 04:05:20261,795
Week of 11:05:20261,795
Week of 18:05:20261,795
Week of 25:05:20261,795
Week of 01:06:20261,795
Week of 08:06:20261,795
Week of 15:06:20261,795
Week of 22:06:20261,795
Week of 29:06:20261,795
Week of 06:07:20261,804
Week of 13:07:20261,804
Week of 20:07:20261,804
Week of 27:07:20261,804
Week of 03:08:20261,804
Week of 10:08:20261,804
Week of 17:08:20261,726
Week of 24:08:20261,726
Week of 31:08:20261,709
Week of 07:09:20261,692
Week of 14:09:20261,685
Week of 21:09:20261,685
Week of 28:09:20261,685
Week of 05:10:20261,685
Week of 12:10:20261,852
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20261,800
May 20261,795
June 20261,795
July 20261,804
August 20261,726
September 20261,685
October 20261,852
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20261,852

So'nggi postlar

Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

20-okt, 2026, 11:44

Hozir bir ajoyib kitob o’qiyapman. Kitob juda keng ko’lamli masalalar haqida yozilgan, lekin bitta gap bilan aytganda: qanday qilib biznes qoidalarni hayotda effektiv qo’llab, hayotni mazmunli yashash haqida.

Ushbu kitobning hozir qaysi mutaxassislarni ishga olish kerakligi haqidagi bobiga keldim. Va dunyodagi bir nechta kompaniyalar qilgan xatolari haqida yozgan.

Eng katta xatolardan biri: katta gigant kompaniyalarda ishlagan, ex-Google, Ex-Intel va h.k. rezyumedagi titlelarga qarab ishga olish. Titleda hech qanday muammo yo’q. Muammo boshqa joyda.

Agar siz endi yangi kompaniyaga asos solgan bo’lsangiz, va Googleda katta departamentni boshqargan odamni ishga olsangiz, u kompaniyaning birinchi qadamlari haqida umuman xabari bo’lmasligi mumkin.

Ishga olish rezyumedagi titlega qarab emas, balki aynan sizning kompaniyangizda yechilishi kerak bo’lgan muammolarni oldin yechib bilganligiga qarab ishga olish kerak.

Umuman olganda, ask CEO degan rubrika ochmoqchiman. Siz taniydigan, biladigan va hurmat qiladigan CEOlardan bir nechta muhim savollarni so’rayman. Nima deysiz?

@praktikAzizbek
4050017
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

09-okt, 2026, 18:51

I need a person in Khiva, who can moderate a panel session in English language, Oct 12.
1,470006
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

09-okt, 2026, 11:05

Photo1/2
🌍 Dunyodagi eng yirik global innovatsion platforma Plug and Play endi Buxoroda!

G‘oyangizni mahsulotga aylantirmoqchimisiz?
Startapingizni xalqaro bozorga olib chiqmoqchimisiz?
Investitsiya jalb qilmoqchimisiz?

Buning uchun sizga bilim, tajriba, mentorlar va kerakli aloqalar zarur bo'ladi.

Aynan shu sabab, Plug and Play Buxorodagi birinchi xalqaro inkubatsiya dasturiga startaplarni qabul qilishni boshladi. Inkubatsiyaning asosiy maqsadi - innovatsion g‘oya egalarini muvafaqqiyatli bizneslar asos solishida ko'maklashish.

Sizni quyidagilar kutmoqda:
🤝 Xalqaro ekspertlar va investorlar bilan ishlash imkoniyati
📈 Startapni rivojlantirish bo‘yicha amaliy bilimlar
🌍 Xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlari
🔗 Yangi hamkorlar va investorlar bilan tanishish
📍 Navoiy, Samarqand, Xorazm va boshqa yaqin hududlardagi startaplar ham taklif etiladi!

📅 Ariza topshirish muddati: 20-oktyabr 2026-yil

🔗 Quyidagi havola orqali ariza qoldiring: HAVOLA
1,0700016
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

08-okt, 2026, 10:46

Photo1/2
Do'stlar AICA Awardsga juda kam vaqt qoldi!

31 oktyabr kuni Markaziy Osiyo Sun’iy Intellekt Assotsiatsiyasi (AICA) AICONF-2026 doirasida mintaqaning eng yaxshi loyihalarini taqdirlash marosimini o’tkazadi. Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlaridan sun’iy intellekt sohasi yetakchilari, startaplar va investorlar yig’iladi.

AICA Awards 2026 — bu:

— Markaziy Osiyoning turli davlatlaridan eng yaxshi loyihalarni e’tirof etish;
— mintaqaning ekspert hay’ati;
— yirik IT-kompaniyalar yetakchilari bilan networking.

Batafsil: https://t.me/aica_org/1338
954000
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

07-okt, 2026, 15:51

Photo1/2
Pitching asoslari shunchalik fundamental bilimki, u xuddi sizga 1-sinfda harflarni o’qish o’rgatilganidek o’rgatilishi kerak.

Shuning uchun men sizlarga "The Art of The Pitch" kursining bazaviy ma’lumotlarini bepul taqdim qilmoqchiman. Ushbu darslar orqali siz pitchning strukturasi, asosiy tushunchalarga ega bo’lasiz.

Ushbu kursga ega bo‘lish uchun Debocha platformasida promokod kiritishingiz kerak bo‘ladi.

Promokodni esa faqat 50 kishiga taqdim qilamiz. Promokodga ega bo’lish uchun mening @praktikAzizbek kanalimga obuna bo‘lib, uni kuzatib borishingiz kerak, qo’shimcha ma’lumot kanalimda.
2,5000029
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

03-okt, 2026, 16:09

Real hayotdan performative hayotga

Yaqin orada man biladigan 3ta VC party bo'ldi, bundan tashqari shu oy bir nechtalab konferensiya o'tqazildi.

Tadbirlar, networking eventlar bizni performative xulq atvorga chorlaydi. Biz yaxshiroq ko'rinishga, yaxshi taassurot qoldirishga harakat qilamiz. Bu esa seziladi. Kimgadir yoqmoqchi bo'lganingizda katta ehtimol bilan siz unga yoqmaysiz. Bu fizika qonuni.

Performative o'ylar, ishlar siz o'zingizni yo'qotib qoyishingizga olib keladi. Chunki hatti harakatlar sizning xohishlaringiz atrofida emas, balki boshqalar atrofida quriladi.

Investorlarni, hamkorlarni reputatsiya, kelajakka ishonch qiziqtiradi. Bular esa sizning natija va maqsadlaringizdan kelib chiqadi.

Maqsad va natijalarni kommunikatsiya qilish uchun hamma eventlarga borish shart emas.
Asosiy ish eventdan tashqarida amalga oshiriladi, eventlar esa natijangizni kommunikatsiya qilish uchun bir instrument.

Siz tadbirda bo'lganingizdan unda bo'lmaganingiz rezonansroq bo'lganda, siz gravitatsion markazga aylanasiz. Chunki chinakam Sizning markazingiz bu faqat Siz, boshqalar, eventlar va ekspertlar fikri emas.
1,1100019
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

28-sen, 2026, 13:10

Talking to Humans.pdf2.1 MB
Yaqinda bir IT Community a'zosi tomonidan ajoyib bir kitob tavsiya qilindi.

Kitob nomi Talking to Humans, va asosiy ma'nosi mijozlarni yaxshiroq tushunish, to'g'ri savollar berish.

U early stage founderlar uchun juda foydali ekan va oddiy tilda yozilgan.

O'qib, feedback berarsizlar 😉
3,6600031
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

26-sen, 2026, 10:58

Photo1/4
Kerakli vaqt, kerakli joyda bo’lish sizga ustunlik beradi. Lekin, kerakli uchrashuvga tayyor bo’lish ustunlikdan foydalanishga yordam beradi.

YPO dunyodagi eng katta CEO lar communitysi (biznes klub) O’zbekistonda o’z chapterini ochishga tayyorgarlik qilyapti. Meni kelajakdagi klub a’zosi sifatida taklif qilishdi va juda qiziqarli ma’lumotlar bilan bo’lishdi.

YPO 1950 yilda AQShda tashkil topgan va hozirgi kungacha 150 davlatda 38,000 ta a’zoga ega. Biznes klub sizni butun dunyodagi CEOlar bilan bog’laydi va sizga qudratli kuch beradi.

YPO a’zolari ichida quyidagilar bor:
Tik Tok, Chanel, Four seasons va yana juda ko’p kompaniyalar CEOlari.
1,4800039
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

25-sen, 2026, 15:11

Ko’p kompaniyalar userlarga / mijozlarga maksimum qulaylik yaratyapdi.

Tegizmasdan to’lash, xohlagan vaqt xohlagan kinongizni ko’rish, vaqtni belgilab qirqtirish, uydan chiqmasdan xizmatlardan foydalanish.

Bir kun kelib, odam avvalgi zamondagiday televizorni qoyib “random” shouni ko’rgisi keladi, sartaroshxonaga (hozir barbershop deyilar ekan) borib navbat kutib, bozorda rastalar orasida adashgisi keladi.

Biz hozirgi kunda juda ko’p narsani boshqaryapmiz, bir kun kelib miyamiz bundan charchab ketadi. Va shu insight atrofida bizneslar paydo bo’ladi.
1,0900033
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

24-sen, 2026, 10:33

Qanday qilib odam Buxorolik ekanligini aniqlasa bo'ladi?

- Juda oddiy.

Birinchi qulay imkoniyat topilganda u o'zi sizga xabar beradi ;)
9690045
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

17-sen, 2026, 11:52

Photo1/10
Bozordagi har xil rolda bo’lganimdan keyin, ko’ngil yangilik xohlaydi.

Founder, investor, advisor, program director, coach rollaridan keyin birrovga boshlovchilik va moderatorlik qilgisi keladi odamni.

Moderatorlik bu bir nechta to’lqinlarni urushtirmasdan ularni uyg’unlashtirish, havo oqimlarini his qilib, kemalarga to’g’ri ko’rsatmalar berishdek.

Faraz qiling sahna, ekran, chiroyli ofis, aqlli odamlar, kelajagi porloq founderlar. Hamma o’zbek tilida gapiryapti, lekin hamma o’zining tilida gapiryapti. Moderator aynan o’zbekdan o’zbek tiliga o’girib, odamlarni bog’lovchi yumshoq kuch.

Sukut va hazil balansiga javob beruvchi shaxs sifatida tadbir yaxshi o’tganiga aminman.
1,6000014
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

16-sen, 2026, 09:40

Video
Yandex Uzbekistan’da startaplar uchun muhim kun muvaffaqiyatli o‘tdi!

🚀 Yandex Uzbekistan va StartupFest hamkorligidagi Catalyst tadbiri bugun zo‘r atmosferada, ishtirokchilarning yuqori kayfiyati va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

🎤 Startapchilar o‘z loyihalarini Yandex ekspertlari, investorlar va soha mutaxassislariga muvaffaqiyatli taqdim etishdi; 💬 Yandex ekotizimiga integratsiya qilish imkoniyatlari bo‘yicha qimmatli feedback va tavsiyalar olishdi;
🤝 Venture fondlar vakillari bilan samarali networking o‘tkazildi;
💰 Loyihalarni rivojlantirish va investitsiya jalb qilish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.

Bugungi Catalyst dasturi loyihalarga yangi imkoniyatlar bag‘ishlagan unutilmas tadbirlardan biriga aylandi.

✨ Barcha ishtirokchilarga va tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiramiz!

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱Linkedin
930004
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

15-sen, 2026, 15:11

Agar siz O'zbekistonda istalgan CEO & Founderga aloqaga chiqib kofe ichib bilganizda, kim bilan ko'rishar edingiz?
753000
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

04-sen, 2026, 17:48

Qanday o’ylaysiz siz yordam so’raganda ko’proq o’zingizni yaxshi qilasizmi yoki yordam berganda?

Shu savol bizga Cornell Universisteti professorlari tomonidan berildi, va zaldagi 60% dan ko’p tinglovchilar aynan yordam berganda o’zini yaxshiroq his qilishini aytdi.

Biz yordam so’raganimizda o’zimizni zo’r his qilmas ekanmiz, balki biz o’zimizni yordamga muhtojday ko’rsatishni yomon ko'ramiz. Zaiflik hissi bizga yoqmas ekan.

Boshqa tomondan biz yordam berganda o'zimizni kuchliroqday his qilamiz.

Lekin biz yordam so'raganda, boshqalar bizga yordam berishi mumkinku, to'g'rimi? Shu orqali biz boshqalarga kuchli bo'lishga imkon yaratib beramiz. Yordam so'rab, biz ham o'zimizga, ham yordam beruvchiga yordam beramiz.

Qachongacha yordam so'rashga uyalib yurasiz?
1,5600022
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

04-sen, 2026, 17:48

Kimdir ishonmasa kerak, lekin men shaxmat o’ynashni bilmasdim.

17 kun oldin o’rgandim, va bu o’yin qanchalik jozibador ekanligini his qildim.
Donalar qanday yurishini bilsamda, lekin o’yin mohiyatini endi tushundim. Kimdir shahmatni oldindan qadamlarni rejalashtirish va strategiya desa kerak. Bu gap to’g’ri.

Lekin hayotda bugundan qo’llab bo’ladigan bir nechta xulosalar qildim:

1.      Katta urg’uni himoyaga emas hujumga qaratish kerak. Himoya haqida o’ylaganingizda siz passiv rolga o’tasiz, va faqatgina sizga qilingan hujumga javob qaytarasiz.

2.      Qaysi vaziyatda bo’lsangiz ham, sizning piyodangiz ferzga aylanishi mumkin. Vaqtdan oldin yutqazdim deyish juda katta xato ekan. Shoshilib qilgan katta xatolarimdan keyin ham bir necha marta “mat” qoyib yutdim.

3.      Qolipdan chiqish katta ustunlik beradi. Men shaxmatni duolingoda o’rganyapman, va u yerda sizga klassik o’yin boshlash va davom ettirish usullarini o’rgatadi, va opponentlaringiz ham xuddi shu usullar bilan o’rganadi. Demak, siz oldindan opponentingiz “maktab”ini bilsangiz, sizda juda katta ustunlik bor.

Va yana bir insayt oldim, menga kompyuter bilan emas real odamlar bilan shaxmat o’ynash yoqar ekan va ko’proq drayv berar ekan.
8290015
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

04-sen, 2026, 17:48

Cornell SC Johnson College of Business professorlari Toshkentdagi seminarlari davomida bizga Network haqida seminar o’tqazdilar.

Network muhimligini hammamiz bilamiz, va u fikrni sizga sotishimdan foyda yo’q.

Lekin professorlar innovatsiya, kreativlik va liderlik haqida gapirayotgan vaqtlarda Networkning konkret rollari haqida bizga gapirib berdilar.

Sizga yangi g’oya kerak bo’lganda, sizga keng ko’lamli network kerak. Boshqa soha vakillari, har kuni siz bilan muloqotda bo’lmaydiganlar, siz yashayotgan hayotni yashamayotganlar.  

Ushbu g’oyani amalga oshirmoqchi bo’lganingizda esa sizga sizning hayotingizda aktiv ishtirok etayotganlar, sizni va siz ularni yaxshi biladigan insonlar kerak.

Buni analiz qilish uchun esa bizga juda zo’r tool berishdi, siz ham foydalansangiz bo’ladi. Ushbu tool orqali siz networkingizni molekulyar darajada analiz qilib bilasiz:

https://ezranetwork.vercel.app/
1,040005
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

04-sen, 2026, 17:48

Photo
Siz hozir qaysi janglarda ishtirok etyapsiz va ular siznikimi?

Oxirgi marta AQShda bo’lgan vaqtim, o’zimning yagona mentorlarimdan biri Michael bilan ko’rishgan edim. U zargarlik sohasida katta muvaffaqiyatga erishgan yaqin odamlarimdan biri hisoblanadi.

U bilan 2016 yil tanishganman, va o’zining sahiyligi bilan mening hurmatimni qozongan. Qiyin vaziyatda o’zining kuchli networkini ishlatib meni deportatsiyadan saqlab qolgan. U ishlatgan networkni ko’rib, hayron qolganman, va undan “nega aynan men uchun?” degan savolni berganman.
Oradan 8 yil o’tib, xuddi oradan 3 oy vaqt o’tganidek, u meni o’z uyiga taklif qildi. Dunyodagi eng muvaffaqiyatli odamlardan biri bilan 24 soat non-stop bo’ldim. Juda ko’p savollar berdim, uning fikrlarini eshitdim.

Va u menga bir nechta juda kuchli insayt berdi, ulardan eng kattalaridan biri bu:

Pick and choose your battles.

Bu qoida hayotning har bir yo’nalishida ishlaydi. Masalan, sizga kimdir siz xohlaganday muomala qilmadi, yoki axmoqona gap aytdi. Siz o’zingizga savol berasiz, kirmoqchi bo’lgan jangim menikimi aslida?

Sizni qaysidir Partyga chaqirdilar, va xuddi o’sha savol berasiz. Sizga qaysidir fikrni manipulyatsiya orqali uqtirmoqchi bo’lyaptilar, sizga shu jang kerakmi?
Iqtisodiy nuqtai nazardan ham xuddi shu qoida ishlaydi. Qimmat restoranga borasizmi yoki pulingizni tejab, sport bilan shug’ullanasizmi? Qaysi jang sizniki?

Siz hozir qaysi janglarda ishtirok etyapsiz va ular siznikimi?
9300021
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

04-sen, 2026, 17:48

Photo
Xabaringiz bordir, Toshkentga Ivy League universitetlari tashrif buyurdi. Birinchisi Yale edi, Ikkinchi kelgani esa Cornell University. Va bu hali hammasi emas ;) Yoshlar Ishlari Agentligi tarixda birinchi marta bu ishni amalga oshirdi.

Ikkalasi ham dunyodagi eng TOP universitetlardan hisoblanadi. Ular tadbirkor va founderlarga 3 va 4 kunlik intensiv programmalar asosida seminarlar o'tishdi.

Tashrif buyurgan professorlar dunyoning eng katta kompaniyalarida maslahatchi, CEO yoki kompaniyalar CEOlariga dars bergan. Masalan, Professor Marc Beck - dunyodagi eng katta PE fondda advisor. Undan oldin dunyodagi eng katta deraza ishlab chiqarish kompaniyasi JELD-WEN ni IPOga olib chiqqan.

Ushbu seminarlardan olgan eng katta insaytim juda kuchli va oddiy. Ushbu insayt biznes caselarni yechayotgan vaqtimiz keldi.

Men (nafaqat men) biznes caseni vazifa sifatida qabul qilganimizda uni darhol yechib tashlashga shoshildik. Lekin birinchi caseni molekulyar darajada tushunish, uni atomlarga bo'lish kerak edi.

Undan keyin ham yechishga shoshilmaslik kerak ekan. Molekula va atomlarga bo'lgandan keyin yechim bo'lib biladigan bir nechta strategiyalarni qarab chiqish kerak, va shundan keyin yechishga o'tsa bo'ladi.

Demak, caseni (biznesdagi muammoni) yaxshilab tushunish va alternativ yo'llarni inobatga olish biznes strategiya tuzishdagi birinchi qadam ekanligini unutmasligimiz kerak.

Bu gaplar sizga yangi emasdir va siz kitoblarda o'qigandirsiz, lekin real hayotda qo'llash boshqacha baribir.
9530014
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

04-sen, 2026, 17:48

Photo
🚀 STARTUP ARENA #AGRO

Agro sohada startapingiz bormi? Uni investorlar oldida taqdim etib, rivojlantirish uchun investitsiya olishni xohlaysizmi?

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi katta bozor va katta imkoniyatlarni ega. Suvdan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, issiqxonalarni avtomatlashtirish, mahsulotni saqlash va eksport kabi yo‘nalishlarda yangi startaplar uchun hali juda ko‘p imkoniyat bor.

Yoshlar Ventures O‘zbekiston bo‘ylab agro sohada startap yaratgan va o‘z loyihasini rivojlantirayotgan jamoalarni izlayapti.

Biz uchun qiziq bo‘lgan yo‘nalishlar:
🏡 Aqlli issiqxonalar
Issiqxonalarni avtomatlashtirish, harorat, namlik va sug‘orishni boshqarishga yordam beradigan startaplar.

🎯 Precision Agriculture
Yer, suv, o‘g‘it va hosildorlikni aniq ma’lumotlar asosida boshqaradigan startaplar.

🌾 Agrotexnologiyalar
Hosildorlikni oshirish va qishloq xo‘jaligidagi jarayonlarni yaxshilashga yordam beradigan startaplar.

💧 WaterTech
Qishloq xo‘jaligida suvni tejash va undan samarali foydalanishga yordam beradigan startaplar.

🌦 ClimateTech
Iqlim va ob havo sharoitlariga moslashishga yordam beradigan startaplar.

🚚 Supply Chain
Mahsulotlarni saqlash, tashish va yetkazib berish jarayonlarini yaxshilaydigan startaplar.

💳 AgriFinTech
Fermer va dehqonlar uchun kredit, sug‘urta, to‘lov va boshqa moliyaviy xizmatlarni qulaylashtiradigan startaplar.

🌍 ExportTech
O‘zbekiston agro mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib chiqishni osonlashtiradigan startaplar.

Bu ro‘yxat faqat biz uchun qiziq bo‘lgan asosiy yo‘nalishlarni ko‘rsatadi. Agar startapingiz agro sohadagi muammoni hal qilsa, yo‘nalishingiz ro‘yxatda aynan shu nom bilan bo‘lmasa ham, ariza topshirishingiz mumkin.

❗️Arizalar 11 avgustgacha qabul qilinadi.

Saralashdan o‘tgan jamoalar 16 avgustdan Azizbek Kurbonovning “The Art of Pitch” kursida qatnashadi. Bu jarayonda jamoalar startapini investorlar oldida qanday taqdim etishni o‘rganadi va Demo Dayga tayyorlanadi.

🚀 26 avgust kuni DEMO DAY

Saralangan jamoalar o‘z startaplarini investorlar oldida taqdim etadi. Eng muhimi, shu kuni startapingiz uchun investitsiya olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Startapingizni keyingi bosqichga olib chiqish vaqti keldi.

👇 Ariza topshirish:
https://forms.gle/KSD2tUhamdrm9JHv6
933009
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

04-sen, 2026, 17:48

Yale professorlari Toshkentda va ular tadbirkorlik hamda innovatsiyalar haqida leksiyalar o‘tqazilyatpti.

Bugungi leksiyamiz yangi product yaratish va kreativlik haqida edi, uni Gal Zauberman (Yale School of Management) o’tdi.

E’tibor bergan bo’lsangiz, biz nimadir yaratmoqchi bo’lsak, bor mahsulotlarga nimadir qo’shgimiz keladi. Yoki bor mahsulotlarni bir-biri bilan birlashtirmoqchi bo’lamiz.

Lekin bir konterintuitiv yo’li bor, va o’sha yo’l menga foydali insayt berdi. Bu esa yangi product yaratilayotgan vaqt, bozordagi mavjud produktlar atributlarini kamaytirish, qisqartirish.

Masalan, IPhone da Blackberryda bor knopkalar bo’lmagan. Va bunga o’xshagan primerlar ko’p. Demak bu yo’lning asosiy maqsadi atrofdagi shovqinni olib tashlab, asosiy atributga e’tiborni qaratish.
8700017
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

04-sen, 2026, 17:48

President Tech Award va boshqa competitionlarda ishtirok etadiganlar diqqatiga! Respublika bo'ylab juda ko'p xabarlar qabul qilganim uchun, birinchi bor online kurs boshlayapman. Bu intensiv, 3+1 kunlik trening bo'ladi, va oxirida har bir startap pitch qilib…
953009
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

04-sen, 2026, 17:48

Photo
Jamoat xavfsizligi universitetida yoshlarning liderlik salohiyati, tadbirkorlik ko‘nikmalari hamda ijodiy dunyoqarashini rivojlantirishga qaratilgan “Liderlik, intizom va innovatsion fikrlash-zamonaviy yoshning muvaffaqiyat formulasi” mavzusida “Tadbirkorlar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.


Tadbirni Universitet Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ–134-son qarori mazmun-mohiyati, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng “AK Capital Consultancy Firm”, “Sug‘urta Bozor” kabi yirik loyihalar asoschisi Azizbek Qurbonov yoshlar bilan uchrashib, liderlik, tadbirkorlik, innovatsion fikrlash va muvaffaqiyatga erishish yo‘lida orttirgan tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir davomida Davlat-huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori, “Yurt Qadri” she’riy kitob muallifi, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi katta leytenant Baxtiyorov Faxriyor o‘zining mazmunli she'rlari bilan davraga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Uchrashuv yakuniga yaqin yoshlar tomonidan bildirilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Tadbir yakuniy qismida universitet orkestr jamoasining kuy-qo‘shiqlari bilan yakunlanib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
➡️🔘Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
✅Telegram I📹 https://www.youtube.com/channel/UCqWlWxYvTPkO6kD4JOmIirg I✅ https://www.facebook.com/profile.php?id=100075595882909 I 🌐 https://www.instagram.com/jamoatxavfsizligi_universiteti/ I 🌐 https://mgjxu.uz/
1,150008
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

23-apr, 2026, 03:11

Qaysidir odamni uzoq o'lkalarga yubormoqchi bo'lsam, yoki dunyodagi eng uzoq oromgoh chiptasini baham ko'rmoqchi bo'lganda bir psixologik mashqni amalga oshiraman.

O'sha odamning yuziga qarab, uni o'zimning mijozim deb faraz qilaman. Mijozlarni esa uzoqqa yubormaydilar, ularni aksincha juda yaqin ushlash kerak.

"Философия менеджмента" kitobida muallif bir ajoyib gapni yozgan: "Shaharda yong'in sodir bo'lganda, birinchi bo'lib mijozingni qutqar" deb yozgan.

Sizchi, qanday yo'l tutasiz?
8900023
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

23-apr, 2026, 03:11

Hayotingizda emotsional fonda qilinadigan xatolar sonini 10 martaga kamaytirish juda oson.

Hissiyotlarga berilib qaror qabul qilish yomon deb aytganim yoq. Lekin aynan shunday qarorlar keyinchalik afsuslanishga olib keladi.

Miyangiz qanchalik "sovuq" bo'lmasin, baribir qarorlaringizda hissiyotlar roli katta.

Lekin shunday bo'lmasin, hissiyotlar sizni afsuslar dunyosiga ravona qilmasligi kerak.

Bu uchun esa:
Sizga qanday taklif tushishidan qat'iy nazar, yaxshi bo'ladimi yoki sizning fikringizcha yomon, pauza olish eng yaxshi yechim.

Har bir taklif miyangizda 24 soat uxlab turishi shart. Bu vaqt ichida chinakam qaror sizga o'zi qadam ranjida qiladi.

Aytilishi oson, lekin chidamay, sabrsiz bo'lib, tez qaror chiqaradiganlar qancha ;)
1,0100018
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

23-apr, 2026, 03:11

Hozirda hamjamiyatdagi 2 ta eng yaqin inoq do'stlar:

Whoop + On Cloud shoes ;)
9530019
Praktik Azizbek Kurbonov logo
Praktik Azizbek Kurbonov

23-apr, 2026, 03:11

Photo
"Sizning muvaffaqiyatingiz yaqin atrofingizda kimlar bo'lishiga juda bog'liq" degan gapni hammamiz eshitganmiz.

To'g'ri atrofingizdagi odamlar sizning kun tartibingizga, fikr yuritishingizga, odatlaringizga ham ta'sir o'tqazadi.

Lekin, ushbu gap muvaffaqiyat haqidagi vaziyatni to'liqligicha tasvirlab bermaydi. Atrofingizda kerakli odamlar yig'ish, astoydil harakat qilish, omad sizga kulib boqishi va h.k.lardan tashqari yana bir juda muhim faktor bor.

Bu faktor juda konter-intuitiv, logikaga unchalik to'g'ri kelmaydi.

Bu esa yaqin krug (aylana)dan tashqari bo'lgan, siz bir yilda bir yoki umuman ko'rishmaydigan odamlardir. Keling buni weak-tie relationships deb nomlaylik.

Qiziq nega biz juda kam aloqada bo'lgan odamlarning hayotimizdagi ta'siri shunchalik katta ekan?

Hozir tushuntiraman:

1. Olisdagi do'stlarimiz olisda bo'lishiga sabablardan biri: biz bilan bir xil ish bilan shug'ullanmasligi, biz bilan yaqin yashamasligi va biz shug'ullanadigan hobbilar bilan shug'ullanmasligidir.

Demak, ular bizga yangi dunyoga chipta berish ehtimoli juda katta. Va chipta odatda Kutilmagan taklif deb nomlanadi.

Biz bilmagan sohadagi ma'lumot. biz shug'ullanmaydigan sport zaldagi network faqatgina ularda bor.

2. Olisdagi do'stlarimiz soni yaqin atrofimizdagi odamlar sonidan bir necha barobar katta bo'lishi tabiiy. Biz bir vaqtni o'zida katta sondagi odamlar bilan yaqin aloqalarni saqlab qolib bilmaymiz.

Bu haqida Robin Dunbar degan olimning ishlarini o'qib ko'rsangiz bo'ladi.

Demak, biz network qurayotganda olisdagi do'stlarimizning rolini to'g'ri tushinishimiz kerak va aynan shu networkka yetarlicha investitsiya kiritishimiz kerak.

Bu postni Ekologiya qo'mitasidan chiqib yozdim.
P.S. Men ekolog emasman ;)
9070021

Showing 30 of 35 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Praktik Azizbek Kurbonov Telegram kanali nima haqida?+

Praktik Azizbek Kurbonov (@praktikazizbek) — tgdio da Desi kontenti toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 1 852 obunachi bor.

Praktik Azizbek Kurbonov (@praktikazizbek) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @praktikazizbek ga bepul obuna bo‘ling.

Praktik Azizbek Kurbonov yaxshi Desi kontenti kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Praktik Azizbek Kurbonov reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 1 852 obunachi bor. O‘xshash Desi kontenti kanallar bilan solishtiring.

Praktik Azizbek Kurbonov statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @praktikazizbek sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.