1/20O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan Amudaryo tumanida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda partiya faollari, faxriylar va mehmonlar ishtirok etib, partiyaning tarixiy yo‘li, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rni hamda aholi manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyati haqida so‘z yuritildi. Tadbir davomida partiyaning 35 yillik faoliyatini aks ettiruvchi videorolik namoyish etildi.
Tadbirda O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi, Jo‘qorg‘i Kengesdagi partiya fraksiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov so‘zga chiqib, yubiley munosabati bilan samimiy tabriklarini bildirdi.
Bayram tadbirida partiya g‘oya va maqsadlarini amalga oshirishdagi faolligi hamda jamoatchilik ishlaridagi ishtiroki uchun bir guruh amudaryolik faollarga O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi nomidan «O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi iftixori» ko‘krak nishoni va Faxriy yorliqlar topshirildi.
__________________
Ámiwdárya rayonında ÓzXDPnıń 35 jıllıǵı keńnen belgilendi
Ózbekstan Xalıq demokratiyalıq partiyası dúzilgeniniń 35 jıllıǵı múnásibeti menen Ámiwdárya rayonında bayram ilajı bolıp ótti.
Onda partiya belsendileri, veteranlar hám miymanlar qatnasıp, partiyanıń tariyxıy jolı, jámiyetlik-siyasiy turmıstaǵı ornı hám xalıqtıń máplerin qorǵaw baǵdarındaǵı jumısı haqqında sóz boldı. Ilaj dawamında partiyanıń 35 jıllıq jumısın sáwlelendiriwshi videorolik kórsetildi.
Ilajda Ózbekstan XDP Qaraqalpaqstan Respublikası Keńesiniń baslıǵı, Joqarǵı Keńestegi partiya frakciyasınıń basshısı Xalilla Eshimbetov shıǵıp sóylep, yubiley múnásibeti menen qızǵın qutlıqladı.
Bayram ilajında partiya ideyaları menen maqsetlerin ámelge asırıwdaǵı belsendiligi jáne jámiyetlik jumıslardaǵı qatnasıwı ushın bir topar ámiwdáryalı belsendilerge Ózbekstan XDP Oraylıq Keńesi baslıǵınıń atınan "Ózbekstan Xalıq demokratiyalıq partiyası maqtanıshı" kókirek belgisi hám Húrmet jarlıqları tapsırıldı.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt









