YOZUVCHILAR UYUSHMASI QASHQADARYO VILOYATI BO'LIMI (RASMIY KANAL) Telegram channel photo

YOZUVCHILAR UYUSHMASI QASHQADARYO VILOYATI BO'LIMI (RASMIY KANAL)

Мазкур канал Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Қашқадарё вилояти бўлими расмий канали Адабий гуруҳимиз: https://t.me/qashqadaryo_adabiymuhiti

Animeo‘zbekOʻzbekiston

48

Last views

744 (744 subscribers)
A'zolar
—
Rating
88
Total Posts
Oct 20, 2026, 11:22 AM
Yangilangan
Mar 28, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameYOZUVCHILAR UYUSHMASI QASHQADARYO VILOYATI BO'LIMI (RASMIY KANAL)
Username@qashqadaryo_adabiyoti
CategoryAnime
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar744
Channel TypePublic Channel
Created28-mar, 2026
Last Updated20-okt, 2026 • 4 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#68446+271
Til reytingi
#546+3
Toifa reytingi
#2874+11

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 74430 Days growth: +283.9%
09/2109/2610/0110/0610/1110/1610/20
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
21:09:2026716
22:09:2026716
23:09:2026716
24:09:2026716
25:09:2026718
26:09:2026718
27:09:2026718
28:09:2026718
29:09:2026718
30:09:2026718
01:10:2026718
02:10:2026718
03:10:2026718
04:10:2026718
05:10:2026718
06:10:2026718
07:10:2026718
08:10:2026718
09:10:2026718
10:10:2026718
11:10:2026718
12:10:2026744
13:10:2026744
14:10:2026744
15:10:2026744
16:10:2026744
17:10:2026744
18:10:2026744
19:10:2026744
20:10:2026744
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 23:03:2026715
Week of 30:03:2026711
Week of 06:04:2026715
Week of 13:04:2026725
Week of 20:04:2026743
Week of 27:04:2026743
Week of 04:05:2026752
Week of 11:05:2026752
Week of 18:05:2026752
Week of 25:05:2026750
Week of 01:06:2026746
Week of 08:06:2026748
Week of 15:06:2026748
Week of 22:06:2026737
Week of 29:06:2026737
Week of 06:07:2026737
Week of 13:07:2026728
Week of 20:07:2026726
Week of 27:07:2026721
Week of 03:08:2026721
Week of 10:08:2026719
Week of 17:08:2026719
Week of 24:08:2026716
Week of 31:08:2026711
Week of 07:09:2026711
Week of 14:09:2026716
Week of 21:09:2026718
Week of 28:09:2026718
Week of 05:10:2026718
Week of 12:10:2026744
Week of 19:10:2026744
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
March 2026715
April 2026743
May 2026750
June 2026737
July 2026721
August 2026716
September 2026718
October 2026744
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
2026744

So'nggi postlar

Photo1/2
TAKLIFNOMA

Hurmatli adabiyotsevarlar, ijod ahli!
Sizni jadidlar harakatining yirik namoyandalaridan biri, şoir, yozuvçi, adabiyotşunos va ma’rifatparvar Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligi munosabati bilan ötkaziladigan adabiy keçaga taklif etamiz. Uşbu adabiy keçada adibning boy ijodiy merosi, milliy uyğoniş va ma’rifatparvarlik ğoyalari, özbek adabiyoti va tafakkuri taraqqiyotiga qöşgan beqiyos hissasi haqida söz yuritiladi.
Sana: 27-oktabr
Vaqt: soat 15:00
Manzil: Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi katta tadbirlar zali
Sizning taşrifingiz adabiy keçamizga fayz bağişlaydi!

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Axborot xizmati
48000
Photo1/12
ÖZBEKÇA KITOBLAR BAKU KITOB YARMARKASIDA

Ayni kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku şahrida “BAKU BOOK FAIR” xalqaro kitob yarmarkasi bölib ötmoqda.
Mazkur xalqaro tadbirda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan naşr etilgan kitoblar bilan bir qatorda “Adabiyot” naşriyoti ham iştirok etmoqda.
Yarmarka özbek adabiyoti namunalari va milliy kitob naşriyotlarini xalqaro miqyosda tanitiş, adabiy aloqalarni mustahkamlaş hamda xalqlar örtasidagi madaniy hamkorlikni rivojlantiriş uçun muhim maydon bölib xizmat qiladi.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Axborot xizmati
39000
Photo1/2
#matbuotda_biz

Yurtimizda yaşayotgan barça qardoşlar uçun körsatilayotgan yuksak ehtirom xalqlarni yanada birlaştiradi, döstlik riştalarini abadiyatga boğlaydi.

“Özbekiston ovozi” gazetasining 2026-yil 14-oktabr kungi sonida Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi Zulfiya Möminovaning “MEHR UYI – BIZ YAŞAYOTGAN UY” nomli maqolasi e’lon qilindi.
26000
Video
#Mualliflikni_himoya_qiliş_oyi

Mualliflik huquqi haqida siz işonib yurgan 5 ta notöğri tuşunça

✍️ Mualliflik huquqi haqidagi notöğri tuşunçalar ba’zan öz huquqlarimizni himoya qilişimizga, ba’zan esa boşqalarning ijodini hurmat qilişimizga tösqinlik qiladi. Asarni röyxatdan ötkaziş şartmi? Internetdagi rasmlardan istalgança foydalaniş mumkinmi? Birovning asarini özgartiriş öğirlagan kişini uning muallifiga aylantiradimi?

🎬 Uşbu rolikda mualliflik huquqi haqidagi eng köp uçraydigan 5 ta notöğri tuşunçaga oydinlik kiritamiz.

✅ Tomoşa qiling va öz huquqlaringizni biling!

https://t.me/adliyangiliklari
29000
Video
Jarayon

Şunday adiblar borki, asarlari davrlar oşa yaşaydi, qahramonlari kitobxon bilan hamnafas böladi, nomi esa adabiyot tarixida öz örnini topadi.

Özbekiston xalq yozuvçisi, Özbekistonda xizmat körsatgan san’at arbobi Ibrohim Rahim ham ana şunday ijodkorlardan edi. Bu yil adib tavalludiga 110 yil töldi.

Yozuvçilar uyuşmasida sana munosabati bilan ötkazilgan xotira keçasida adibning hayot yöli, ijodiy merosi va özbek adabiyotida qoldirgan izi yana bir bor yodga olindi.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Axborot xizmati
37000
Video
UYUŞMA A’ZOSIGA UY SOVĞA QILINDI

Davlatimiz rahbari tomonidan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi, yozuvçi Javlon Jovliyevga Toşkent şahridan ikki xonali uy sovğa qilinişi e’lon qilindi.
Ijod ahliga körsatilayotgan bunday e’tibor va ğamxörlik adabiyotimiz vakillari uçun katta quvonçdir. Yozuvçilarning mehnati, ijodiy izlanişlari va adabiyot rivojiga qöşayotgan hissasini qadrlaş milliy adabiyotimiz ravnaqiga xizmat qiladi.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi jamoasi va köp sonli aʼzolari Javlon Jovliyevni uşbu quvonçli voqea bilan muborakbod etadi. Uning yangi xonadoniga fayz-u baraka, oilasiga tinçlik-xotirjamlik, ijodiga esa yangi parvozlar tilaymiz!
Yozuvchimiz kitobxonlar qalbidan çuqur joy oladigan yangi asarlar yozaversin!

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Axborot xizmati
203001
Photo1/4
ODIL YOQUBOVNING 17 JILDLI KITOBLARI NAŞR ETILDI

   Özbekiston xalq yozuvçisi, "Buyuk xizmatlari uçun" ordeni sohibi Odil Yoqubov tavalludining 100 yilligi arafasida uluğ adibning 17 jilddan iborat tanlangan asarlari naşrdan çiqdi.
   "Uluğbek xazinasi", "Oq quşlar, oppoq quşlar", "Köhna dunyo", "Diyonat", "Er boşiga iş tuşsa", "Ikki muhabbat", "Izlayman", "Onaizor", "Qaydasan, Moriko", "Adolat manzili", "Bir feleton qissasi", "Qanot juft böladi", "Muqaddas", "Matluba", "Billur qandillar", "Muzqaymoq", "Ota izidan" nomli kitoblar lotin va kirilçada jami 10 000 nusxadan çop etildi.
   Nashriyot: "INFO KAPITAL BOOKS"

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Axborot xizmati
53000
✅
INSONIYAT OLDIDAGI KECHIRILMAS JINOYAT HAQIDA

Alixonto‘ra Sog‘uniy bundan yuz yil ilgari til masalasini millatni saqlab qolishning asosiy sharti deb baholagan. Unga ko‘ra, ona tilini asramagan xalq milliy hissiyotidan ajraladi va asta-sekin tarix sahnasidan yo‘q bo‘ladi. Tilga befarqlik millatga xiyonatdir.

📱 Videoni HD formatda YouTube kanalimizda tomosha qiling: https://youtu.be/JyvN7Y5yDCA
Video Thumbnail
61000
DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI ASL QONUNNING KO‘PCHILIK BILMAYDIGAN UCH HAQIQATI

Har yili 21-oktyabrda "Davlat tili haqida"gi qonun qabul qilingan kunni nishonlaymiz. Ammo 1989-yil qabul qilingan tarixiy hujjat bugungisidan tubdan farq qilgan. 1995-yilda u o‘zgartirilib, ko‘plab qat’iy talablar olib tashlangan.

📱 Videoni yuqori sifatda YouTube sahifamizda tomosha qiling: https://youtu.be/kLiAuP1kjxU
Video Thumbnail
42000
Photo1/2
Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar.

Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bağişlangan konferensiyadagi nutqimda alifboni tuzatiş taşabbusini ilgari surgan holda, mazkur bahslarga nuqta qöyiş vaqti kelganini aytgan edim.

Albatta, özgarişlar oson keçmaydi, kimlardadir e’tiroz yoki xavotir uyğotişi ham tabiiy. Lekin, işoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham beriş va tilimizning raqamli makondagi örnini mustahkamlaş uçun boşqa yöl yöq edi.

Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi.

Uşbu qonunning 21-oktyabr kuni qabul qilinişida çuqur ramziy ma’no bor. Tuzatilgan alifbomiz ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoşlarimiz savodxonligi va tilimiz mavqeini yuksaltirişga xizmat qilişiga işonaman.

Barçangizni Özbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman!

—

Наконец исправлена многолетняя историческая ошибка. Сегодня наш Президент подписал закон о совершенствовании узбекского алфавита, основанного на латинской графике.

Этот вопрос вызывал споры на протяжении многих лет, и конца им не было видно. Выступая 11 декабря 2023 года на конференции, посвящённой наследию джадидов, я выдвинула инициативу по доработке алфавита и высказала мнение, что пришло время поставить точку в этих дискуссиях.

Конечно, перемены всегда даются нелегко, и совершенно естественно, что они могут вызывать возражения или опасения. Но, поверьте, иного пути устранить недостатки нашей письменности и укрепить позиции родного языка в цифровом пространстве у нас не было

Придётся ли теперь менять все документы? Вовсе нет. Мы выбрали путь минимизации затрат: все действующие документы, национальная валюта и ценные бумаги сохранят свою силу, а учебники, вывески и указатели будут заменяться поэтапно, по мере истечения срока их службы.

Принятие этого закона именно 21 октября несёт в себе глубокий символический смысл. Уверена, что наш усовершенствованный алфавит послужит воплощению мечты предков-просветителей — повышению грамотности молодёжи и укреплению авторитета нашего языка.

Поздравляю всех вас с Днём узбекского языка!
41000
Photo
#Матбуот

🗞 "Jadid" газетасининг 2026 йил 16 октябрдаги 42-сонида Икром Искандарнинг "БИР РУҲ БОР" мақоласи чоп этилди.

Ушбу ёзмада шоир, журналист, "Шуҳрат" медали соҳиби Шуҳрат АЗИЗнинг "ШАМ... ЗИЁ ЎҒЛИ" номли янги шеърий тўплами ҳақида сўз боради.

https://t.me/qashqadaryo_adabiyoti
7000
*

Бу дунё - бозор.

Текинга
ҳеч нарса
бермайди.

Ахир, ўтган умримга
қанча кунимни бердим,
қанча юрагимни бахш этдим шеърга.
Сўзлаш учун сўзимнинг зиёси
қанчалар оқди,
кўриш учун
кўзларимнинг нури
тўкилди қанча.
Қанча қон йиғладим
бир зарра
бахт кўйида...

Сени деб эса
ақлимдан
неча бор айрилдим,
муҳаббат.

Бу дунё - бозор.

Ҳеч нарсам қолмаса,
мени бўш қутидай
ташлаб кетаверади -
бу савдогар
дунё.

✍Усмон АЗИМ

https://t.me/qashqadaryo_adabiyoti
7000
ИЗҲОР

Бир тилим ҳандалак, бир тилим ҳилол
Минг йил кўз ўнгимдан кетмагай ҳаргиз.
Сен — мангу халқдирсан, ризқ-рўзи ҳалол,
Мен — сендан тарқаган, кўкарган илдиз.

Одам атолардан нишоним дедим,
Сени бобом дедим, деҳқоним дедим.
Элин билмаганлар юртин қарғарлар,
Миннат қилганлар бор берган ош-нонин.

Кетди боғларингни босган қарғалар,
Азал булбулларга гўзал ошёним.
Тўрғайларга ўнғай маконим дедим,
Сени бағрим дедим, осмоним дедим.

Амир Темурлардан қолган номус-ор,
Бир синиқ ғишти ҳам шараф-шон юртим.
Сен — ўлмас ғурурсан, сўнмас ифтихор,
Суви ҳам, қуми ҳам зарафшон юртим.

Асрлар жўш урган дил қоним дедим,
Туғи абад баланд қўрғоним дедим.
Сен — ўн бешга тўлган отажонимсан,
Бешигинг ислари кетмаган ҳали.

Тожу тахтим менинг, зўр имконимсан,
Бори тириклигим, умрим сайқали.
Сени — қошу кўзим, мижгоним дедим,
Ўз уйимда ўсган султоним дедим.

Менинг бу дунёда бошқа онам йўқ,
Онажоним ўзинг — танҳо, ягонам.
Сен борсан — сўзимнинг бошоқлари тўқ,
Сен борсан — тинмагай тилдан таронам.

Сенга садқа бўлсин бу жоним дедим,
Сени жоним дедим, жаҳоним дедим.
Халқ бўлиб заминда кўз очган кундан
Қанчалар меҳнату миннат кўрдик биз.

Асли Истиқлолнинг ғояси шундан.
Жон чекиб, муҳташам давлат қурдик биз.
Эзгулик даргоҳим, майдоним дедим, Оламга очилган айвоним дедим.

Дунё ҳам бўлиниб тулпор, отларга,
Қувончу ғам деган тарафлар бўлгай.
Лекин эл-юртим деб ўтган зотларга
Абадият қадар шарафлар бўлгай.

Бир тонгда ушалган армоним дедим,
Кетмас бўлиб келган давроним дедим.

✍Сирожиддин САЙЙИД

2006.5.08.

https://t.me/qashqadaryo_adabiyoti
6000
ЎЗБЕК ТИЛИМ

Кўп қадимман,
Карвон билан замонлар кечдим,
Нор туянинг норлиги ҳам афсона экан.
Бир кун туя айронини шифо деб ичдим,
Она туя номи эса арвона экан.

Давронимни сурганман ҳам оқ отга миниб,
Ҳай-ҳай, унинг қўлтиғида бор эди қанот.
Вақти келиб, шон-шуҳратдан ҳаёлим тиниб,
Билсам, ўша оқ отимни дерканлар - бўз от.

Юксак Ҳисор тоғларининг бағрида қат - қат,
Тошни ёриб ўсиб ётган наъматак эди.
Устоз Ойбек шеърин эслаб шоир Холмамат,
Бизнинг жойда унинг номи " Ҳулулу", деди.

Сен туганмас чашмадирсан, оҳ, она тилим,
Етмиш икки томиримга мавжларинг борди.
Бир кун тиниб қолган эди боғда булбулим,
Сандулочим ! - деган эдим сайраб юборди.

Инсон деган қутлуғ сўзнинг тенги йўқ ҳеч бир,
У танҳодир, фалакларнинг қуёши мисол.
Лекин манов болакайдир, буниси ўсмир,
Бу йигитдир, бу зот эса бобо, оқсоқол.

✍Абдулла ОРИПОВ

2013 йил

https://t.me/qashqadaryo_adabiyoti
8000
Video
#аудиоҳикоя

Антон Чеховнинг «Ғилоф бандаси» ҳикояси:

Турли воқеаларни гапирдилар. Сўз орасида оқсоқолнинг хотини Мавранинг бақувват ва эсликкина хотин экани, бутун умрида ўз қишлоғидан ташқарига чиқмагани, ҳеч қачон шаҳарни ҳам, темир йўлни ҳам кўрмагани, сўнгги ўн йил ичида печ олдидан силжимасдан кечаларигина кўчага чиқишини ҳам сўзладилар.

Оламгир Абдиев ўқиди.

https://t.me/qashqadaryo_adabiyoti
18000
SOHIR IJODIY UCHRASHUVLAR

So‘lim tog‘lar bag‘ridagi Parkent ijod uyida “Adib va kutubxona” seminar-treningining ikkinchi kuni ham adabiyotning jonli nafasi, samimiy muloqotlar va adabiyotga oshufta qalblar uchrashuviga aylandi.
Kitobxonlikni targ‘ib etish, adiblar va kutubxonachilar o‘rtasidagi ijodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tadbirning ikkinchi kunida ham kutubxonachilar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Bu gal ular o‘zlari mutolaa qilgan asarlar mualliflari bilan yuzma-yuz uchrashib, kitob sahifalari ortidagi ijodiy tafakkur va hayotiy kuzatishlar haqida suhbatlashish imkoniga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston xalq yozuvchilari Xayriddin Sulton, Erkin A’zam, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabiysi, yozuvchi Komiljon Sindorov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Farida Afro‘z, shoirlar G‘ayrat Majid va Shahriyor Shavkat kabi ijodkorlar ishtirokidagi uchrashuvlar adabiyotning inson tafakkuridagi o‘rnini yana bir bor namoyon etdi.
Suhbatlar markazida kitob, ijod va yozuvchi va kitobxon munosabati turdi.
Kutubxona – faqat kitoblar saqlanadigan joy emas, balki tafakkur shakllanadigan, dunyoqarash kengayadigan, inson o‘zini va olamni anglashni o‘rganadigan ma’naviyat dargohi ekani aytildi.
Adiblar kitobxonlikning ijodkor hayotiga ta’siri, mutolaaning yangi g‘oyalar tug‘ilishidagi ahamiyati, kitob bilan muloqotning inson ruhiyati va tafakkuriga ta’siri xususida o‘z qarashlarini o‘rtoqlashdi.
Ijodkorlar bilan bunday uchrashuvlar kutubxonachilar uchun ham alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki kitobni kitobxonga tavsiya etadigan, asarning mazmuni va badiiy qimmatini anglashga ko‘maklashadigan kutubxonachi adabiyot bilan kitobxon o‘rtasidagi muhim ma’naviy ko‘prikdir.
Tadbirning yana bir fayzli manzarasi shoirlar va kutubxonachilar o‘rtasidagi mushoira bo‘ldi. She’riyatning dilbar ohanglari, so‘z sehri va shoir qalbidan tug‘ilgan tuyg‘ular davraga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Parkentning musaffo havosida kechgan suhbatlar esa vaqt o‘tgani sari yanada qizg‘in tus oladi. Adiblar va kutubxonachilar o‘rtasidagi muloqot rasmiy uchrashuv doirasidan chiqib, fikrlar, taassurotlar va mehr almashadigan samimiy davraga aylandi.
Kitoblarga qo‘lxatlar yozildi, tarixga suratlar muhrlandi, dildan chiqqan so‘zlar dillarga yetib bordi. Eng muhimi, kitobxonlar sevimli ijodkorlari bilan yaqindan tanishish, ularga o‘z savollarni berish va adabiyot haqidagi tasavvurlarini boyitish imkoniga ega bo‘ldi. Aslida kutubxonachi kitobxonga yangi asarni tavsiya etganda, o‘quvchi kitobni qo‘liga olganda, yosh qalb adabiyot orqali o‘z hayotiga boshqacha nazar tashlaganda bu kabi uchrashuvlarning natijasi ko‘rinadi.
“Adib va kutubxona” seminar-treningi mazmuni ham shunda – kitobga muhabbatni mustahkamlash, ijodkor va kitobxon o‘rtasidagi masofani qisqartirish, kutubxonachilik kasbining jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rnini yanada yuksaltirishdir.
Ikki kun Parkentda faqat kitoblar emas, qalblar ham ochildi. So‘z qadr topdi, adabiyotga mehr ortdi. Shu mehrni kitobxonga yetkazishni o‘z vazifasi deb bilgan kutubxonachining qadri e’tirof etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
17000

Showing 30 of 88 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

YOZUVCHILAR UYUSHMASI QASHQADARYO VILOYATI BO'LIMI (RASMIY KANAL) Telegram kanali nima haqida?+

YOZUVCHILAR UYUSHMASI QASHQADARYO VILOYATI BO'LIMI (RASMIY KANAL) (@qashqadaryo_adabiyoti) — tgdio da Anime toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 744 obunachi bor.

YOZUVCHILAR UYUSHMASI QASHQADARYO VILOYATI BO'LIMI (RASMIY KANAL) (@qashqadaryo_adabiyoti) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @qashqadaryo_adabiyoti ga bepul obuna bo‘ling.

YOZUVCHILAR UYUSHMASI QASHQADARYO VILOYATI BO'LIMI (RASMIY KANAL) yaxshi Anime kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin YOZUVCHILAR UYUSHMASI QASHQADARYO VILOYATI BO'LIMI (RASMIY KANAL) reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 744 obunachi bor. O‘xshash Anime kanallar bilan solishtiring.

YOZUVCHILAR UYUSHMASI QASHQADARYO VILOYATI BO'LIMI (RASMIY KANAL) statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @qashqadaryo_adabiyoti sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.