isteʼmol.uz - Qashqadaryo viloyati Telegram channel photo

isteʼmol.uz - Qashqadaryo viloyati

@qashqadaryoistemolPublic Channel

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar Federatsiyasi - Qashqadaryo

28

Last views

195 (195 subscribers)
A'zolar
—
Rating
25
Total Posts
Sep 19, 2026, 10:33 AM
Yangilangan
Apr 16, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel Nameisteʼmol.uz - Qashqadaryo viloyati
Username@qashqadaryoistemol
CategoryMatka va lotereya
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar195
Channel TypePublic Channel
Created16-apr, 2026
Last Updated19-sen, 2026 • 34 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#358058-702
Til reytingi
#1751-3
Toifa reytingi
#8366-20

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 19530 Days growth: -42%
08/2108/2608/3109/0509/1009/1509/19
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
21:08:2026199
22:08:2026199
23:08:2026199
24:08:2026199
25:08:2026199
26:08:2026199
27:08:2026199
28:08:2026199
29:08:2026199
30:08:2026199
31:08:2026192
01:09:2026192
02:09:2026192
03:09:2026192
04:09:2026192
05:09:2026192
06:09:2026192
07:09:2026192
08:09:2026192
09:09:2026200
10:09:2026200
11:09:2026200
12:09:2026200
13:09:2026200
14:09:2026200
15:09:2026200
16:09:2026200
17:09:2026200
18:09:2026200
19:09:2026195
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 13:04:2026139
Week of 20:04:2026139
Week of 27:04:2026178
Week of 04:05:2026178
Week of 11:05:2026178
Week of 18:05:2026178
Week of 25:05:2026178
Week of 01:06:2026178
Week of 08:06:2026178
Week of 15:06:2026178
Week of 22:06:2026178
Week of 29:06:2026178
Week of 06:07:2026197
Week of 13:07:2026197
Week of 20:07:2026197
Week of 27:07:2026197
Week of 03:08:2026197
Week of 10:08:2026197
Week of 17:08:2026199
Week of 24:08:2026199
Week of 31:08:2026192
Week of 07:09:2026200
Week of 14:09:2026195
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 2026139
May 2026178
June 2026178
July 2026197
August 2026192
September 2026195
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
2026195

So'nggi postlar

🏠 UY-JOY SOTIB OLAYOTGAN BO‘LSANGIZ, VA’DAGA EMAS, SHARTNOMAGA ISHONING!

Bugun uy-joy yoki qurilish bilan bog‘liq katta miqdordagi mablag‘ni to‘lashdan oldin bir narsani unutmang: og‘zaki va’da — hujjat emas!

“Kalitni tez orada beramiz”, “gaz, suv, elektr tayyor”, “kadastrni o‘zimiz qilib beramiz”, “boshqa to‘lov bo‘lmaydi” kabi va’dalar aytilsa, ularning barchasi shartnomada aniq aks etganiga ishonch hosil qiling. Chunki keyinchalik og‘zaki va’dani isbotlash ancha qiyin.

⚠️ Yana bir muhim jihat — “investor” bo‘lib qolmang!

Agar siz uy-joyni qayta sotish yoki foyda olish uchun emas, o‘zingiz va oilangiz yashashi uchun olayotgan bo‘lsangiz, shartnomadagi huquqiy maqomingizga alohida e’tibor bering.

Shartnomada “investor”, “investitsiya kirituvchi”, “sarmoyador”, “investitsiya faoliyati”, “foyda olish”, “daromad”, “investitsiya tavakkali” kabi iboralar uchrasa, ularning mazmunini tushunmasdan imzo qo‘ymang. Shartnomaning nomi o‘z-o‘zidan sizni iste’molchi huquqlaridan mahrum qilmaydi, biroq bunday iboralar keyinchalik nizoda munosabatni investitsiya munosabati sifatida talqin qilishga urinish uchun asos qilib ko‘rsatilishi mumkin.

📋 Shartnomani imzolashdan oldin:

✅ obyektning aniq manzili va xonadon raqamini;
✅ umumiy narx va to‘lov grafigini;
✅ topshirish sanasini;
✅ ta’mir darajasini;
✅ gaz, suv, elektr va boshqa kommunikatsiyalar holatini;
✅ kadastr va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini;
✅ kechikish uchun javobgarlikni;
✅ pulni qaytarish shartlarini tekshiring.

⏰ “Taxminan”, “reja bo‘yicha”, “imkon qadar” kabi noaniq muddatlarga ham e’tiborli bo‘ling. Shartnomada aniq sana yoki hisoblanadigan muddat ko‘rsatilgani maqsadga muvofiq.

Shuningdek, iste’molchi huquqlarini cheklaydigan yoki qonunchilikka zid shartlar mavjud bo‘lsa, ularga alohida e’tibor qarating.

📂 Barcha dalillarni saqlang!

Shartnoma, to‘lov cheki, bank o‘tkazmasi, reklama, buklet, messenjer yozishmalari, audio yoki boshqa qonuniy olingan dalillar muammo yuzaga kelganda muhim ahamiyatga ega. Huquqingiz buzilsa, talabingizni yozma ravishda yuboring.

🔐 Yodda tuting:

AVVAL — O‘QING.
KEYIN — TUSHUNING.
SO‘NG — TEKSHIRING.
SHUNDAN KEYINGINA — IMZO QO‘YING VA TO‘LOV QILING!

🌐 https://istemol.uz/index.php/matbuot-xizmati/yangiliklaar/federatsiya-ogohlantiradi-uy-joy-yoki-qurilish-boyicha-shartnoma-tuzayotganda-aldov-va-chalgituvchi-vadalarga-ishonmang

📞 1091 — Yagona ishonch telefoni (soat 09:00 dan 18:00 ga qadar)

http://murojaat.istemol.uz/

🌐 http://istemol.uz/ | 📷 https://www.instagram.com/uzbekneftegaz_rasmiy/ https://www.instagram.com/istemol.uz/ | 👉 https://t.me/istemolchi1 | ▶️ https://www.youtube.com/@ung_matbuotxizmati/videos https://www.youtube.com/watch?v=p9a12vM3cqo | 💬 https://www.facebook.com/ozbekneftgaz https://www.facebook.com/istemolchimatbuot/
Video Thumbnail
28003
#Murojaat_yechim

Chiroqchi tumanida yangi elektr hisoblagichi o‘rnatish masalasi ijobiy hal etildi

📍Qashqadaryo viloyati

Murojaatda qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro S.I. yangi zamonaviy elektr hisoblagichi o‘rnatish uchun davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilgan.

👉 https://istemol.uz/index.php/matbuot-xizmati/yangiliklaar/chiroqchi-tumanida-yangi-elektr-hisoblagichi-ornatish-masalasi-ijobiy-hal-etildi

📞 1091 — Yagona ishonch telefoni (soat 09:00 dan 18:00 ga qadar, dushanba-juma ish kunlari qo‘ng‘iroqlar qabul qilinadi)

http://murojaat.istemol.uz/

🌐 http://istemol.uz/ | 📷 https://www.instagram.com/uzbekneftegaz_rasmiy/ https://www.instagram.com/istemol.uz/ | 👉 https://t.me/istemolchi1 | https://www.youtube.com/@ung_matbuotxizmati/videos https://www.youtube.com/watch?v=p9a12vM3cqo | 💬 https://www.facebook.com/ozbekneftgaz https://www.facebook.com/istemolchimatbuot/
Video Thumbnail
82005
#Murojaat_yechim

Mirishkor tumanida 9 million so'mlik nosoz muzlatgich yangi yaroqlisiga almashtirib berildi

📍Qashqadaryo viloyati

Murojaatda aks etishicha, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashovchi fuqaro N.Z. Qarshi shahrida joylashgan "Ziffler" maishiy texnikalar do‘konidan 9 000 000 so'mga “Ziffler” rusumli muzlatgich xarid qilgan.

👉 https://istemol.uz/index.php/matbuot-xizmati/yangiliklaar/mirishkor-tumanida-9-million-somlik-nosoz-muzlatgich-yangi-yaroqlisiga-almashtirib-berildi

📞 1091 — Yagona ishonch telefoni (soat 09:00 dan 18:00 ga qadar, dushanba-juma ish kunlari qo‘ng‘iroqlar qabul qilinadi)

http://murojaat.istemol.uz/

🌐 http://istemol.uz/ | 📷 https://www.instagram.com/uzbekneftegaz_rasmiy/ https://www.instagram.com/istemol.uz/ | 👉 https://t.me/istemolchi1 | https://www.youtube.com/@ung_matbuotxizmati/videos https://www.youtube.com/watch?v=p9a12vM3cqo | 💬 https://www.facebook.com/ozbekneftgaz https://www.facebook.com/istemolchimatbuot/
Video Thumbnail
2,360005
#Murojaat_yechim

Dehqonobod tumanida salkam 5 millon so‘mlik nosoz "Redmi" telefoni yangisiga almashtirildi

📍Qashqadaryo viloyati

Ma'lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani yashovchi fuqaro S.X "ALIF SHOP" xodimlari xizmatidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.

👉 https://istemol.uz/index.php/matbuot-xizmati/yangiliklaar/dehqonobod-tumanida-salkam-5-millon-somlik-nosoz-redmi-telefoni-yangisiga-almashtirildi

📞 1091 — Yagona ishonch telefoni (soat 09:00 dan 18:00 ga qadar, dushanba-juma ish kunlari qo‘ng‘iroqlar qabul qilinadi)

http://murojaat.istemol.uz/

🌐 http://istemol.uz/ | 📷 https://www.instagram.com/uzbekneftegaz_rasmiy/ https://www.instagram.com/istemol.uz/ | 👉 https://t.me/istemolchi1 | https://www.youtube.com/@ung_matbuotxizmati/videos https://www.youtube.com/watch?v=p9a12vM3cqo | 💬 https://www.facebook.com/ozbekneftgaz https://www.facebook.com/istemolchimatbuot/
Video Thumbnail
84005
#Mustaqillik #35yil

"O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishoni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi

📍Qashqadaryo viloyati

Shu munosabat bilan viloyat hokimligi majlislar zalida “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan vohamiz faollari, nuroniylar, jamoatchilik vakillari hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlariga mazkur yuksak e’tirofni tantanali ravishda topshirishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

👉 https://istemol.uz/index.php/matbuot-xizmati/yangiliklaar/ozbekiston-respublikasi-mustaqilligining-35-yilligi-esdalik-nishoni-oz-egalariga-tantanali-ravishda-topshirildi

📞 1091 — Yagona ishonch telefoni (soat 09:00 dan 18:00 ga qadar, dushanba-juma ish kunlari qo‘ng‘iroqlar qabul qilinadi)

http://murojaat.istemol.uz/

🌐 http://istemol.uz/ | 📷 https://www.instagram.com/uzbekneftegaz_rasmiy/ https://www.instagram.com/istemol.uz/ | 👉 https://t.me/istemolchi1 | https://www.youtube.com/@ung_matbuotxizmati/videos https://www.youtube.com/watch?v=p9a12vM3cqo | 💬 https://www.facebook.com/ozbekneftgaz https://www.facebook.com/istemolchimatbuot/
Video Thumbnail
149006
#Mustaqillik #35yil #NNT

🇺🇿 Yuksak e’tirof — sharafli mehnat va fidoyilikning munosib samarasi

📍Qashqadaryo viloyati

Joriy yilning 27-avgust kuni mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan nodavlat notijorat tashkilotlarining faol va tashabbuskor vakillarini “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

👉 https://istemol.uz/index.php/matbuot-xizmati/yangiliklaar/yuksak-etirof-sharafli-mehnat-va-fidoyilikning-munosib-samarasi

📞 1091 — Yagona ishonch telefoni (soat 09:00 dan 18:00 ga qadar, dushanba-juma ish kunlari qo‘ng‘iroqlar qabul qilinadi)

http://murojaat.istemol.uz/

🌐 http://istemol.uz/ | 📷 https://www.instagram.com/uzbekneftegaz_rasmiy/ https://www.instagram.com/istemol.uz/ | 👉 https://t.me/istemolchi1 | https://www.youtube.com/@ung_matbuotxizmati/videos https://www.youtube.com/watch?v=p9a12vM3cqo | 💬 https://www.facebook.com/ozbekneftgaz https://www.facebook.com/istemolchimatbuot/
Video Thumbnail
142005
#Jamoatchilik_eshituvi

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan sogʻliqni saqlash sohasiga oid ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar boʻyicha jamoatchilik eshituvi oʻtkazildi

📍Qashqadaryo viloyati

Tadbirda: Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha  maslahatchisi - matbuot kotibi Botir Meyliyev hamda Nishon tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Yusuf Suvonovlar ishtirok etishdi.

👉 https://istemol.uz/index.php/matbuot-xizmati/yangiliklaar/ozbekiston-nodavlat-notijorat-tashkilotlari-milliy-assotsiatsiyasi-tomonidan-sogliqni-saqlash-sohasiga-oid-ijtimoiy-ahamiyatga-ega-masalalar-boyicha-jamoatchilik-eshituvi-otkazildi

📞 1091 — Yagona ishonch telefoni (soat 09:00 dan 18:00 ga qadar, dushanba-juma ish kunlari qo‘ng‘iroqlar qabul qilinadi)

http://murojaat.istemol.uz/

🌐 http://istemol.uz/ | 📷 https://www.instagram.com/uzbekneftegaz_rasmiy/ https://www.instagram.com/istemol.uz/ | 👉 https://t.me/istemolchi1 | https://www.youtube.com/@ung_matbuotxizmati/videos https://www.youtube.com/watch?v=p9a12vM3cqo | 💬 https://www.facebook.com/ozbekneftgaz https://www.facebook.com/istemolchimatbuot/
Video Thumbnail
98003
⚡️ Dehqonobod tumanida 22 000 000 so'mlik yaroqsiz darvoza yangi yaroqlisiga almashtirib berildi

Savdo munosabatlarida ko‘p hollarda iste’molchilar va ta’minotchilar og‘zaki kelishuvlarga tayanishadi. Qonunchilikda esa og‘zaki bitim ham, yozma bitim singari, bir xil huquqiy kuchga ega ekani belgilab qo‘yilgan. Shunga qaramay, ayrim hollarda bunday kelishuvlar iste’molchilar manfaatiga zid holatlarni keltirib chiqaradi.

Maʼlum boʻlishicha, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro B.J Qarshi shaharda joylashgan "Darvoza Lazer" darvoza yasaydigan ustaxona xodimi bilan 22 000 000 so'mga darvoza xarid qilishga kelishib olingan. Oradan hech qancha vaqt o'tmay, darvoza yaroqsiz holga kelib qolgan.

Shundan so'ng, fuqaro Dehqonobod tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam so'rab murojaat qilgan.Tuman jamiyati xodimlari aralashuvi natijasida muammo o‘rganilib, sabablar bartaraf etilib, 22 000 000 so'mga xarid qilingan yaroqsiz darvoza yangi yaroqlisiga almashtirib berildi.

✅ Mazkur holat shundan dalolat beradiki, iste’molchilar o‘z huquqlarini bilishlari va ularni himoya qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘ymasliklari zarur. Agar tovar yoki xizmat ko‘rsatuvchi shartnoma shartlarini bajarmasa, har bir fuqaro qonun asosida o‘z manfaatlarini himoya qila oladi.


📍 Batafsil va dolzarb ma’lumotlar uchun:

Murojaat uchun: 📞1091
👉
83005
⚡Shahrisabz tumanida salkam 7 000 000 soʻmlik sifatsiz mebel yangi yaroqlisiga almashtirib berildi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunlar har bir fuqaro uchun o‘z huquqlaridan foydalanish va ularni himoya qilish imkonini beradi. Muhimi, bu huquqlardan o‘z o‘rnida va yetarli asoslar bilan foydalanishdir.

Murojaatda bayon etilishicha, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi fuqaro Sh.Sh tumanda joylashgan savdo doʻkonlarning biridan 6 800 000 soʻmga naqd pul evaziga mebel xarid qilgan. Oradan hech qancha vaqt oʻtmay turib mebel nosoz chiqqanligi aniqlangan. Fuqaro muammoni bartaraf etish maqsadida savdo majmua rahbarini oldiga borganida, doʻkon rahbari fuqaroni eshitishni ham istamagan.

Isteʼmolchi yuqoridagi holat yuzasidan amaliy yordam soʻrab Shahrisabz tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Fuqaroning murojaati o‘rganilganda uning vajlari o‘rinli ekanligi aniqlanib, sotuvchi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida, 6 800 000 soʻm naqd pul evaziga xarid qilingan sifatsiz mebellar to‘plami boshqa, yangi yaroqlisiga almashtirib berildi.

✅ Mazkur holat yana bir bor shuni ko‘rsatadiki, iste’molchi o‘z huquqlarini bilsa, ularni qonuniy yo‘l bilan himoya qilish har doim ijobiy natija beradi.

📍 Batafsil va dolzarb ma’lumotlar uchun:

Murojaat uchun: 📞1091
👉
128004
⚡Qarshi shahrida " Biz barchamiz isteʼmolchimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Ma'lumki, isteʼmolchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ushbu sohada qabul qilinayotgan qonunlarni targʻib qilish Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarining asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Federatsiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini bajarish doirasida aholi oʻrtasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi amaldagi qonun hujjatlarini keng targʻib qilish, aholining isteʼmol madaniyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish maqsadida nodavlat-notijorat tashkilotlari, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, nazorat qiluvchi organlar bilan hamkorlikda huquqiy-maʼrifiy mavzularda tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va oʻquv seminarlari doimiy ravishda o'tkazib kelinmoqda.

2026 yil 24 aprel kuni “Biz barchamiz isteʼmolchimiz” rukni ostida davra suhbati tashkil etildi. Bunda Qarshi shahar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati va Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi tizimidagi shahar tugʻruq kompleksi shifokor va hamshiralaridan tashkil etilgan tayanch guruhi faoliyatini rivojlantirish, hamkorlikni kuchaytirish va ikki tomonlama faoliyatni amalga oshirish hamda federatsiya aʼzoligiga qabul qilish ishlari amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 6 oktabrdagi “Iste'molchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-296- sonli qarori bo‘yicha Isteʼmolchi murojaati axborot tizimini ishga tushirishi to'g‘risida, "Sirli mijoz" to‘g‘risidagi nizom yuzasidan oʻquv seminar oʻtkazilib, markaz shifokorlari va hamshiralariga tushuntirish ishlari olib borildi.

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi raisi oʻrinbosari - ijrochi direktori Dilshod Rahmatov, maʼrifiy targʻibot, monitoring va axborot - tahlili shoʻbasi boshligʻi Rustam Berdiyevlar soʻzga chiqishdi. Qarshi shahar jamiyati raisi H.Begmatov Federatsiyaga a’zolik tartibi to‘g‘risida yig‘ilish qatnachilari bilan suhbatlashdi. Federatsiyaga aʼzo boʻlmoqchi hamshira va shifokorlarga qanday imtiyozlardan foydalanish mumkinligi, barcha murojaatlar federatsiyani 10-91 qisqa raqami orqali qabul qilinishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Tayanch guruhi bilan xamkorlikni yo'lga qo'yish yuzasidan o‘zaro ikki tomonlama kelishuv rasmiylashtirilgan.

✅ Davra suhbati yakunida ishtirokchilar bu kabi suhbatlarning ahamiyatini yuqori baholab, ularni muntazam tashkil etish boʻyicha takliflar bildirdilar.

Murojaat uchun: 📞1091

👉 Hududiy birlashmaning rasmiy sahifasi -
193005
#Live

Hisobot yig‘ilishida asosiy e’tibor — murojaatlar va tizim samaradorligiga qaratilmoqda

Ayni damda O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining birinchi chorak hisobot yig'ilishi bo'lib o'tmoqda. Yig'ilishga Federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov boshchilik qilmoqda va unda Toshkent shahar boshqarmasi mas'ullari, shuningdek, hududiy studiyalardan Federatsiyaning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar boshqarma mutasaddilari ishtirok etmoqda.

👉 https://istemol.uz/index.php/matbuot-xizmati/yangiliklaar/hisobot-yigilishida-asosiy-etibor---murojaatlar-va-tizim-samaradorligiga-qaratilmoqda

🌐 http://istemol.uz/ | 📷 https://www.instagram.com/uzbekneftegaz_rasmiy/ https://www.instagram.com/istemol.uz/ | 👉 https://t.me/istemolchi1 | ▶️ https://www.youtube.com/@ung_matbuotxizmati/videos https://www.youtube.com/watch?v=p9a12vM3cqo | 💬 https://www.facebook.com/ozbekneftgaz https://www.facebook.com/istemolchimatbuot/
Video Thumbnail
48005
⚡️Koson tumanida gaz ta'minoti bo‘yicha murojaatlar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmoqda

O‘zbekiston Iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish Federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi Koson tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolar manfaatlarini himoya qilish maqsadida kiritilgan da’vo arizalari sud tomonidan to‘liq qanoatlantirildi.

Qashqadaryo viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga so‘nggi paytlarda kelib tushayotgan murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim holatlarda iste’molchining huquqlari ochiq-oydin buzilmoqda. Biroq qonuniy murojaat va sud organlarining xolis yondashuvi natijasida adolat qaror topmoqda.

Xususan, Koson tumanlararo fuqarolik sudida ko‘rib chiqilgan bir qator ishlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Sud qarorlari bilan iste’molchilarga asossiz ravishda hisoblangan salkam 33 177 640 so‘mga yaqin noreal qarzdorliklar to‘liq bekor qilindi. Dalolatnomalarning iste’molchi ishtirokisiz tuzilgani, xolislar jalb etilmagani, elektron tizimda rasmiylashtirilmagani va hisob-kitoblar hujjatli asosga ega emasligi sud tomonidan qonunbuzarlik sifatida baholandi.

Muhimi, bu ishlarda Oʻzbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Koson tumani jamiyatining aralashuvi hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Fuqarolar manfaati qonuniy tarzda tiklandi, noqonuniy moliyaviy yuklamalarning oldi olindi. Bu esa qonun ustuvorligi va iste’molchi huquqlari amalda himoya qilinayotganini ko‘rsatadi.

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi Giyasov Hamzaning manfaatiga javobgar "Hududgaz Qashqadaryo" gaz taʼminoti filialiga nisbatan da'vo ariza bilan murojaat qilib, da'vo arizada noqonuniy hisoblangan 33 177 640 soʻm  qarzdorlikni qayta hisob kitob qilindi va fuqaro muammosi ijobiy tarzda hal etildi.

✅ Mazkur holat iste’molchi huquqlari har doim e’tibor markazida ekanining yana bir tasdig‘i bo‘ldi. Jamiyatimiz esa fuqarolarning bunday muammolarini hal etishda doimo ko‘mak berishga tayyor.

Murojaat uchun: 📞1091

📌 Kanalimizni kuzatib boring:
👉
98004
⚡ Chiroqchi tumanida yashovchi yana bir fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi

Kommunal to’lovlar, ularni tizimli va muddatli to’lash madaniyati, texnik xatoliklar tufayli vujudga kelgan noreal qarzdorliklar, ularni so’ndirish bilan bog’liq masalalar xususida qator maqolalar chop etilgan.

Shunday murojaatlardan biri, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro S.T ni uyiga, uyda hechkim yoʻqligidan foydalanib, onlayn hisoblagichni elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari kelib oʻrnatib ketgan. Oradan bir necha oy vaqt oʻtib, elektr tarmoqlari korxonasiga borib soʻrab surishtirilganda, fuqaroga 20 000 000 soʻm qarzdorlik chiqib kelganligi aniqlandi. Isteʼmolchi nima uchun bunday holatga kelganligini soʻrab murojaat qilganida elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari mensimay eshitishni ham istamagan.

✅ Shundan soʻng isteʼmolchi Chiroqchi tumani jamiyati mutaxassislari amaliy yordam soʻrash maqsadida murojaat qilgan. Jamiyat mutaxassislari tomonidan masalani atroflicha o‘rganib chiqilib, fuqaro nomida boʻlgan 20 000 000 soʻmlik noreal qarzdorlik bekor qilib berildi.

Maqsad — aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, davlat va jamoatchilik o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va eng muhimi, iste’molchilar huquqlarini amalda ta’minlashdir


Murojaat uchun: 📞1091
Kanalimizga obuna boʻling👇
68002
⚡ Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik masalalarida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi

Qarshi shahridagi "Maʼnaviyat va Nuroniylar markazi" binosida" Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimlari va iste'mol madaniyatini oshirishda olib borilayotgan islohotlar yuzasidan "ijtimoiy sheriklik va hamkorlik" mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda: Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari 1 - oʻrinbosari Umida Toʻxtasheva va Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi raisi oʻrinbosari - ijrochi direktori Dilshod Rahmatov, maʼrifiy targʻibot, monitoring va axborot - tahlili shoʻbasi boshligʻi Rustam Berdiyev, hududiy birlashma raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi - matbuot kotibi Botir Meyliyev, hududiy birlashma hisobchisi Yusuf Toʻrayev hamda Nishon, Qarshi tumani va Qarshi shahar jamiyati raislari ishtirok etishdi.

Muloqot jarayonida iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta'minlanishida, shuningdek iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste'mol madaniyatini oshirish yo‘nalishidagi ishlarda davlat va nodavlat tashkilotlarining ijtimoiy sherikligi va hamkorligining o‘rni va ahamiyati, qonunchilikka kiritilgan so‘nggi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

✅ Shuningdek, muloqot doirasida ishtirokchilarining tadbir mavzusiga oid masalalardagi fikr-mulohaza hamda takliflari tinglanib, ularning ushbu yo‘nalishdagi savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Murojaat uchun: 📞1091

👉 Hududiy birlashmaning rasmiy sahifasi -
69003
⚡Oldi-sotdi jarayonida tovar iste'molchiga but holda topshirilishi kerak

Kredit savdo do‘konidan biron bir tovarni, aytaylik telefon apparatini bo‘lib to‘lash shartlarida olgan vaqtingizda, sotuvchi tomonidan uning qutisini (albatta ichidagi mavjud yo‘riqnoma va boshqa hujjatlarini ham) to‘lov to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng berilishi sharti bilan olib qolinishi holatiga duch kelgan bo‘lsangiz kerak? Albatta, bu kabi holatlarda o‘z haq-huquqlaridan biroz xabardor bo‘lgan iste'molchi tovar unga to‘liq (but) holda topshirilishini talab qilgan bo‘lar edi. Lekin ko‘pchilik yurtdoshlarimiz tovar qo‘liga tekkanidan xursand bo‘lib, qutisini mayli, keyin olarman qabilida ish tutib ketaveradilar.

Shunday murojaatlardan biri, Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida yashovchi fuqaro N.N Qarshi shaharda "Korzinka" savdo majmuasida joylashgan"Apple House " MCHJ ga qarashli savdo doʻkonidan 8 392 500 soʻmga kredit shartnoma asosida "iPhone 11 Pro Max" qoʻl telefonini xarid qilgan. Oradan hech qancha vaqt oʻtmay turib, qoʻl telefon ishlamay nosoz holga kelib qolgan. Isteʼmolchi holatni tushuntirish maqsadida savdo majmua rahbariga murojaat qilib borganida, doʻkon rahbari eshitishni ham istamagan.

Shundan soʻng, fuqaro Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasiga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Qashqadaryo viloyati hududiy birlashma raisi oʻrinbosari - ijrochi direktori Dilshod Rahmatov hamda maʼrifiy targʻibot , monitoring va axborot - tahlil shoʻbasi boshligʻi Rustam Berdiyevlar murojaatni oʻrganib, savdo doʻkoni rahbariyatiga amaldagi qonunchilik talablari hamda isteʼmolchining huquqlari atroflicha tushuntirildi.

Natijada, olib borilgan tushuntirish va huquqiy choralar samarasida savdo do‘koni mas’uliyat bilan yondashdi va 8 392 500 so‘mga kredit shartnomasi asosida xarid qilingan nosoz "iPhone 11 Pro Max" qoʻl telefoni savdo doʻkoniga qaytarib berildi va kredit shartnomasi bekor qilindi.

✅ Mazkur holat iste’molchi huquqlari har doim e’tibor markazida ekanining yana bir tasdig‘i bo‘ldi. Jamiyatimiz esa fuqarolarning bunday muammolarini hal etishda doimo ko‘mak berishga tayyor.

Murojaat uchun: 📞 1091

Kanalimizga obuna boʻling👇
56004
⚡️Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida olib borilayotgan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik masalalarida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Qarshi shahridagi "Maʼnaviyat va Nuroniylar markazi" binosida" Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimlari va iste'mol madaniyatini oshirishda Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy boshqarmasi bilan olib borilayotgan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik" mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Hududiy birlashma tomonidan media-tadbirlar rejasi asosida tashkillangan mazkur muloqot Raqobat boshqarmasi hamda O‘zNNTMAning viloyat hududiy bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbirda : Kasbi, Gʻuzor, Qamashi, Koʻkdala, Nishon, Muborak, Qarshi tumani va Qarshi shahar jamiyati raislari hamda hududiy birlashma mutaxassislari ishtirok etishdi.

Muloqot jarayonida iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta'minlanishida, shuningdek iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste'mol madaniyatini oshirish yo‘nalishidagi ishlarda davlat va nodavlat tashkilotlarining ijtimoiy sherikligi va hamkorligining o‘rni va ahamiyati, qonunchilikka kiritilgan so‘nggi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

✅ Shuningdek, muloqot doirasida ishtirokchilarining tadbir mavzusiga oid masalalardagi fikr-mulohaza hamda takliflari tinglanib, ularning ushbu yo‘nalishdagi savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Murojaat uchun: 📞1091

👉 Hududiy birlashmaning rasmiy sahifasi -
81005

Showing 25 of 25 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

isteʼmol.uz - Qashqadaryo viloyati Telegram kanali nima haqida?+

isteʼmol.uz - Qashqadaryo viloyati (@qashqadaryoistemol) — tgdio da Matka va lotereya toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 195 obunachi bor.

isteʼmol.uz - Qashqadaryo viloyati (@qashqadaryoistemol) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @qashqadaryoistemol ga bepul obuna bo‘ling.

isteʼmol.uz - Qashqadaryo viloyati yaxshi Matka va lotereya kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin isteʼmol.uz - Qashqadaryo viloyati reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 195 obunachi bor. O‘xshash Matka va lotereya kanallar bilan solishtiring.

isteʼmol.uz - Qashqadaryo viloyati statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @qashqadaryoistemol sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.