1/2Sardor Isaqulov elektr ta’minotidagi uzilishlarni butunlay istisno qilib bo‘lmasligini, chunki tarmoqlarda avariyalar yuz berishi mumkinligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tarmoqlarni modernizatsiya qilish va ta’mirlash uchun rejali o‘chirishlar zarur. Bunday ishlar davomida xodimlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida elektr ta’minoti vaqtincha uziladi.
“Tekis yo‘lda ketayotgan mashinaning baloni teshilmasligiga kafolat bera olmaysiz-ku. Elektr energiyasi ham o‘chadi. Faqat bu qanday? U rejali o‘chishi mumkin”, — dedi Isaqulov.
Kompaniya rejali uzilishlar haqida iste’molchilarni bir yoki ikki kun oldin Telegram-bot orqali ogohlantirish tizimini ishlab chiqmoqda. Buning uchun iste’molchilarning telefon raqamlari ular ulangan transformator punktlari va hisob raqamlariga biriktiriladi.
Tizimni ishlab chiqish va ishga tushirish uchun dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ikki-uch oy vaqt talab etilishi mumkin:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/19/lights-go-out/
Telegram | Instagram | YouTube






![CFC.uz | Rasmiy Kanal [Vizitka] Telegram channel](https://cdn.tgdio.com/channels/2026/04/CFC_UZ.webp)



