
Qiziriq tuman 1-son texnikumida yangi o‘quv yili ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi. Yangi qabul qilingan 1-kurs o‘quvchilariga guruh rahbarlari biriktirilib, ular uchun “Mustaqillik darslari” mazmunli va qiziqarli tarzda tashkil etilmoqda.
📚 Darslar davomida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, texnikumdagi yangi yo‘nalishlar, ta’lim jarayoni hamda mustaqilligimizning 35 yillik bayrami haqida tushunchalar berilmoqda.
🇺🇿 Texnikum rahbariyati tomonidan o‘quvchilar samimiy tabriklanib, ularga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat, bilim va ulkan marralar tilandi.
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Mustaqillik darslari” o‘quvchilarda katta taassurot qoldirmoqda.
✨ Yangi o‘quv yili barchamizga omad va zafarlar olib kelsin!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuztib boring:









