Shartlar juda oddiy: ✅ Birburchak kanallariga a'zo bo'lasiz, ✅ Bu postni 30 ta obunachisi bor guruh yoki kanalga yuborib screenshotini izohda qoldirasiz, ✅ Va pastdagi "QATNASHAMAN" tugmasini bosasiz.
G'oliblarni telegramning o'zi random orqali aniqlab beradi. ❗️E’tiborli boʻling, kanallarga a’zo boʻlmasangiz gʻolib boʻla olmaysiz.
🏆Gʻoliblarimiz 1 nafar bo'ladi. Va g'olibga Jorj Oruelnning "1984" asarining orginal ruscha nashri sovg'a qilinadi.
Gʻoliblar 25-oktyabr oqshomida aniqlanadi. Tanlov haqida kitobxon doʻstlarni ogoh etishni unutmang!
Dostoyevskiyning “O‘smir”idagi Olya voqeasi bilan o‘sha xotiram orasida og‘riqli yaqinlik borday goʻyo. Toʻgʻri, Olyaning fojiasi boshqacharoq. Qashshoqlik, tahqirlar, uning nochorligidan foydalanmoqchi bo‘lgan odamlar omuxtasida koʻrinadi uning ogʻriqlari.
Xo‘rlanishlar uni shu darajaga olib keladiki, Versilovning yordami ortida ham yomon niyat bor deb o‘ylashdan oʻzini tiyolmaydi. Insonning odamlarga ishonchi yuqorida yozganim hayotiy voqeadagidek qattiq shikastlansa, uzatilgan har qanday qo‘ldan tutish, tutilgan har qanday yelkaga suyanish ham qiyinlasharkan. Bu qanchalik samimiy ekani ikkinchi darajaga tusharkan…
Versilov uning ortidan borib, hammasini tushuntirishni o‘ylaganini keyinchalik aytadi. Lekin bormagan boʻladi. Ana shu joyda Dostoyevskiy hayotni qanchalik tabiiy va bezaklardan holi, yalangʻoch koʻra bilgani seziladi-da. Ya’ni birovning hayotida hal qiluvchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ish bizning kun tartibimizda keyinga surilaveradi. Olyaning hayotining oʻzgartiradigan narsalar Vasilovning xayolidan oʻtgan-u aytilmagani kabi. Mavridi kelib esa aytilmagan gaplar, qilinmagan ishlar bilan pushaymon chekishimizni bu muallifdek tushuntirib beroladigan yozuvchilar juda sanoqli.
Asarning mana shu Olya voqealari kechayotgan bobiga kelganimda reanimatsiyada yonimda yotgan qizning quvonib telefon qilgani esimga tushib ketdi. Ovozining xirillashidan ham naqadar baxtiyorligini sezish mumkin edi. Ota-onam rozi, biz endi birga boʻlamiz degan gaolarni aytish u uchun gʻalabadek tuyilgabdi. Ammo telefon oʻchgandan keyin uzoq yig‘ladi. Uni bu ahvolga solib qoʻygan va’daning egasi voqea oqibatini birga ko‘tarishni istamadi. Qiz esa o‘sha oqibat bilan yolgʻiz qolgandi. Olya kabi…
“O‘smir”dagi o‘sha voqea menga odamning dardiga vaqtida quloq tutish hammamizbing inson oʻlaroq mas’uliyatimiz ekanini yana bir bor eslatadi. Yomg‘ir yog‘gan pallalarda esa o‘sha qiz yodimga tushadi. Esimga tishganida kasalaxonadagi ovozini emas, keyinroq kutubxonada eshitganim yoqimli ovozi bilan eshlashga urinaman. Bilaman, ishonaman, uning hayoti men guvoh bo‘lgan azobli kunlardan keyin ham davom etgan. Davom etganida ham baxtlo davom etganiga ishonishni istayman…
15-16 yoshlarimda og‘ir operatsiyadan so‘ng 20 kundan ortiq jonlantirish bo‘limi (reanimatsiya)da yotdim. Bu kunlardan bir haftasini xushsiz, chalajon holatda, o‘lim va hayot o‘rtasida yashab o‘tganman.
Operatsiyadan o‘n kunlar o‘tib biroz o‘zimga kelganimda yonimdagi karovatga mendan 7 yosh katta bir opani joylashtirishdi. 23 yoshli chiroyli bir qizni…
Tuman kasalxonasi qayta qurilayotgani bois kichkina reanimatsiya xonasiga birga joylashtirishga majbur bo‘lishgan. Turli muolaja paytlarida o‘rtamizni oq matodan qilingan "devor" bilan to‘sib qo‘yishardi.
Unga sevgan yigiti sovchi yo‘llagan. Qiz tomon rozi bo‘lmagan. Yigitning tavsiyasi bilan qiz kuchli dozadagi uksuzga biroz suv qo‘shib ichgan. Shunday usul bilan oshiqlar qizning ota-onasini biroz qo‘rqitib qo‘yishmoqchi, oqibatda to‘yga rozilik olishmoqchi bo‘lgan.
Ammo qiz uksuz dozani keragicha pasaytira olmagan, kam suv qo‘shib qo‘ygan. Ichganidan keyin og‘ir ahvolda tomoq yo‘li, oshqozoni va ichaklari kuyishi oqibatida kasalxonaga, mening yonimga joylashtirilgan.
Kuchli og‘riq qoldiruvchilar berilsa-da, qiz kechalari bilan xirillab, o‘qchib, ingranib chiqardi. Ichim kuyib ketyapti derdi bizni 24 soat kuzatib o‘tiradigan hamshiralarga. Bunday holatda suv ichish esa mumkin emaskan…
Ikkimizga ham o‘rnimizdan turish ta’qiqlangan. 24 soat yotaverib yoz kunlarida orqamiz ko‘rpaga qapishib ketadi. Uyqu kelmaydi. Nokia 6300 da elektron she’riy kitoblar o‘qiyman. Hamshira va bemor qiz ovozimni chiqarib o‘qishimni aytishadi, ular ham tunni tong qilolmay, kunni tun qilolmay zerikadi.
Muhammad Yusuf, Usmon Azim, Abdulla Oripov, Shavkat Rahmondan o‘qiyman. Ularga Muhammad Yusuf va Usmon Azimning sevgi haqidagi she’rlari ayricha yoqadi. Sevgidan yuragi kuygan, uksuzdan ichi o‘t bo‘lib yonayotgan bemor qiz eng ko‘p Usmon Azimni yoqtirib qolgandi o‘shanda.
Bir kuni uyg‘onsam qiz shoirning "Yomg‘ir haqida ballada" she’rini ovoz chiqarib o‘qiyapti. Ovoz paychalari shikastlangani uchunmi juda xunuk, xirildoq va ichingizni titratadigan bir shovqin aralash xonada akslanayotgandi. Tashqariga qara! Tengman tuproqqa – Hijron bilan og‘ir bahslarga tushdim…
Qaysi bir kuni ota-onasi o‘sha yigitga uzatishga rozi bo‘lishganini eshitib qoldim. Uning uchun gapirish azobli bo‘lsa-da xirildoq ovozi bilan yigitga qo‘ng‘iroq qildi. Xushxabarni shodon so‘yladi. Uning naqadar baxtli ekani o‘sha sevgi sabab chiroyini yo‘qotgan, xunuklashgan ovozidan ham shundoq bilinib turardi. Lekin suhbat oxiri qayg‘uli yakunlandi. Qiz uzoq yig‘ladi…
Meni aravachada hovlida aylantirishga olib chiqqan hamshiraning aytishicha, yigitning onasi ovozi xunuk, oshqozonlari kuyib ketgan, sog‘lom bo‘lmagan qizni kelin qilishdan bosh tortgan.
Ishqida kuyib yongan, sevgimizga erishish uchun uksuz ichsang hammasi yaxshi bo‘ladi degan yigit ham ortga chekingan, kurashmagan. Sevgidan, uksuzdan kuygan faqatgina qiz bo‘lib qolaverdi…
Qizga mendan oldinroq javob berishdi. Keyinchalik uni tumandagi yagona kutubxonada uchratdim. Meni tanidi. Bu ukacham meni Usmon Azim bilan tanishtirgan dedi yonidagi kutubxonachi kampirga. Ovozi chiroyli va yoqimli holiga qaytgan, o‘zi ham kutubxonada ishlayapti ekan.
Bir-necha yillar avval kuz barglarni sarg‘artirgan bir pallada Toshkentdan qishlog‘imga bordim. Tumandagi yagona kutubxonaga borsam u butkul yopilib ketibdi.
U hozir meni ko‘rsa eslay oladimi yoki yo‘qmi bilmayman. Leki men ba’zan yomg‘ir yog‘ganida ichim yonib ketyapti deb xirillaganini, tomog‘i yirtilib ketgandek ovozda Usmon Azim she’rini o‘qiyotganini, sevgidan va uksuzdan ich-ichlari kuyib ketgan o‘sha qiz yodimga keladi…
Sizni yaxshi inson deb biladigan odamning yonida o‘tiribsiz. U sizga ishonadi, gaplaringizni eshitadi, hatto o‘xshagisi ham keladi. Siz esa uning bu ishonchiga munosib bo‘lmagan bir xotirani ko‘tarib yuribsiz. Gapirsangiz siz haqingizdagi tasavvuri buziladi. Gapirmasangiz o‘sha tasavvur ortiga yashirinib yashayverasiz. Odam shunday holatda birovga qanchalik yaqin bo‘la oladi?
“Kokoro”dagi Senseyning yolg‘izligini shu savol orqali tushunsa bo‘ladi, nazarimda. Yosh hikoyachi unga mehr qo‘yadi, suhbatini izlaydi, hayotni undan o‘rganishni istaydi. Sensey esa yigitni yoniga yo‘latadi-yu, ichkariga, eng og‘riqli xotiralari turgan joyga kiritmaydi. Uning odamlardan o‘zini tortishida nimadir borligini sezib turasiz.
Biz xiyonatni ko‘pincha oldindan rejalashtirilgan, chegarasi aniq bir yomonlik deb tasavvur qilamiz. Ammo birovga aytish kerak bo‘lgan gapni yashirish, o‘z foydang uchun jim turish, do‘stingning zaif joyini bilib, undan foydalanish ham bor. Bunday paytda odam o‘zini yovuz deb hisoblamaydi-ku.
“Mening ham baxtli bo‘lishga haqqim bor” degan gap qayergacha bizni oqlay oladi? Senseyning ichidagi kurashga qarab turib, inson o‘z istagini himoya qilishda qanchalik uddaburon, uning oqibatini ko‘tarishda esa qanchalik ojiz bo‘lishi mumkinligini ko‘rasiz.
Kitobdagi ishonchsizlik ham juda og‘riqli. Bir vaqtlar aldangan odam endi boshqalardan shubhalanadi. Ammo o‘sha shubha yaqinlariga ham tegadi, ularning samimiyatini qabul qilishiga xalaqit beradi. Birov yetkazgan jarohatni yillar davomida o‘zing bilan olib yurib, oxiri uning og‘rig‘ini senga yomonlik qilmagan odamlarga ham his qildirishing mumkin ekan.
Senseyning rafiqasi bilan munosabatida ayniqsa shu masofa seziladi. Bir uyda yashash, birga ovqatlanish, bir-birini yaxshi ko‘rish ham hamma gapni ayta olish degani emas. Yoningdagi insonning qiynalayotganini ko‘rasan, lekin sababini bilmaysan. O‘zingdan ayb qidirasan. U esa seni asrayapman deb o‘ylab sukut saqlashi mumkin. Xo‘sh, shu sukut kimni asrayapti o‘zi?
Nazarimda, romanning eng og‘ir jihati pushaymonlikning o‘zi hamma narsani tuzatmasligini sezdirishida. Ichingda qancha azoblanma, bu boshqalarning yo‘qotganini qaytarib bermaydi. O‘zini ayblashga shu qadar berilib ketish mumkinki, odam yonida hali mehr kutib yashayotgan kishilarni ham ko‘rmay qoladi.
Shu sababli “Kokoro”ni o‘qiganda Senseyga achinish bilan unga e’tiroz bildirish yonma-yon keladi. Uni tushunging keladi, ayrim joylarda esa yelkasidan tutib, gapirsang-chi, deging keladi. Hamma narsani ichingda aylantiravermay, yoningdagi odamga ayt. Ehtimol, u seni sen o‘ylaganchalik shafqatsiz hukm qilmas…
Xullas, bu kitobdan keyin birovning kamgapligini darrov sovuqlikka yo‘ymaysan. Ammo sukutni ham hamisha donolik deb qabul qilolmaysan. Ayrim gaplar aytilmagani sari og‘irlashadi. Oxiri o‘sha gapni eshitishi kerak bo‘lgan odam bilan orangga butun bir umr sig‘ib ketadi…
Mustaqillik bayramida ham, O‘zbek tili bayramida ham xayolimga bitta she’r keladi. Ikki bayramga ham birday tushadigan she’r. Bayramimiz muborak, tilimiz aziz bo‘lsin!
XIRGOYI
Hammamiz quyoshda kuygan jizzamiz, qachon tiz choʻkuvdik, hamon izzamiz, sirqirab ogʻriydi shishgan tizzamiz, oʻrindan ozgina tursak maylimu?
Oʻtganlar bari bek, qolgan javdirar, gardanda koʻrinmas gʻullar shaldirar, mehnatdan yorilgan qoʻllar qaltirar, oʻz bekim yerida yursak maylimu?
Nasimlar gullamish ozod togʻlarda, ozodlik mujdasi soʻlu sogʻlarda, bobolar qiynalib tikkan bogʻlarda agʻanab bir xayol sursak maylimu?
Necha ming alloma, joʻmardlar oʻlgan, tafakkur sasigan, ruhlari soʻlgan, urugʻlar aynigan tap-taqir choʻlda oʻz bekim davlatin qursak maylimu?
Yuz ellik yildirki mana shu holat, hanuz davom etar makkor tijorat, bilmadim, qayerdan ushbu jaholat, nega siz boʻlmaysiz sira xijolat? Nega men soʻrayman sizdan ijozat?!
📚 Tanlovcha! Kitoblar haqida blog yuritmoqchimisiz? Odatda kanalimda kitoblar sovg'a qilaman. Ammo bu safar kitoblar haqida video vlog boshlamoqchi bo'lganlar uchun kichik, ammo kerakli buyumni sovg'aga qo'ymoqchiman. Shuncha asar o'qib qo'ydingiz endi…
Fyodor boboning hali sotuvga chiqishga ulgurmagan romanini o'qishni boshlab yubordim. Asar nomi "O'smir" bo'lsa-da bosh qahramon 19 yoshda ekan.
Bu asarda ham muallif o'z uslubida ruhiyatni old qatorga olib chiqadi. Ya'ni kitob yoshga nisbatan o'smirlik haqida emas, insonning ichki holatiga, ruhiy yetilmaganiga ko'proq ishora qilarkan.
Buni isboti sifatida ingliz tiliga "O'smir" nomidan tashqari “A Raw Youth” ko'rinishida ham tarjima qilinganini aytish mumkin. Ya'ni tajribasiz, hali yetilmagan, hayotning past-balandini ko‘rmagan, g'o'r yigit degandek ma'noda.
Bu kitob Dostoyevskiyning buyuk besh romani qatoriga kiradi: “Jinoyat va jazo”, “Telba”, “Iblislar”, “O‘smir” va “Aka-uka Karamazovlar”. Ba'zi kitobxonlar "O'smir" ni bu beshlikka qo'shishni so'roq ostiga olishlari ham bor gap.
Hozircha 70-80 betdan anglaganim shuki, kulgidan fojiaga yaqinlashadigan ohang asarning o‘ziga xos tomoni ekan. Qaysidir ma'noda shu jihat "O'smir" ni muallifning boshqa asarlaridan farqli qiladi.
Roman 1875-yil jurnalda qismlarga bo‘lib e’lon qilingan. Kitobxonlar uni bo‘lib-bo‘lib o‘qishga majbur bo'lishgan. Demak, bugun biz bemalol keyingi boblarga o'tishimiz, voqealar rivojini jurnaldan o'qigan kitobxonlar singari haftalab kutishimiz shart emas.
Xo'sh, siz Dostoyevskiyning qaysi asarlarini o'qigansiz? Eng yoqqani qaysi?
Bugun yakshanba! Maqtanchoqlar maza qilib maqtanadigan kun.
Doim kazo-kazolardanman deb bekorga aytmayman-da. UFQ nashriyoti hali hech qayerda yoʻq boʻlgan, yaqin haftalarda sotuvga chiqishi kutilayotgan “Gʻarbni gʻarb qilgan 10 yolgʻon” kitobidan sovgʻa qilib yuborishibdi 😃
Sovgʻa uchun rahmat UFQ. Ana shunday kazolik darajasi esa hammaga nasib qilsin 😃
Bugungi kunda AI shu darajaga yetdiki bemalol hikoya, qissa yoki roman yoza oladi degan fikrga kelishmoqda shu soha odamlari.
Katta xalqaro sotuv saytlari, kitob savdosiga ixtisoslashgan onlayn doʻkonlar esa tirik, qalbi bor odamlar yozgan kitoblarga “inson yozdi” degan stiker yopishtirish masalasini koʻrib chiqmoqda ekan.
Hozirda bu koʻpchilik uchun gʻalati koʻrinishi mumkin, ammo 3 yil oldin hali AI yoʻq paytlar bilan hozirni solishtirib koʻrsangiz bu juda-juda haqiqatga oʻxshab, kerakliday koʻrinadi.
Bu xuddi yandex taksida “Ai musiqa qoʻyilmasin” degan tugma paydo boʻlgandek gap aslida. Men esa Amazon koʻrib chiqayotgan stikerni oʻzimizda bor kitoblarga Ai yordamida qoʻyib koʻrdim. Ular taxminan rasmdagidek boʻladi.
Xoʻsh, sizningcha bu kelajakda qanchalik kerakli boʻladi?
Odamni hamma olqishlayotgan paytda yonidagi eng yaqin insonning ovozi ham eshitilmay qolishi mumkin ekan. O‘tkir Hoshimovning “Bahor qaytmaydi” qissasini o‘qib, Alimardonning iste’dodidan ko‘ra, shu iste’dod bilan qanday yashayotgani haqida ko‘proq o‘ylab qoldim.
Atrofimga qaradim. Ha, atrofimizda ham shunday odamlarni koʻp uchratganmiz. 4 qator she’rni odamdan, odamning koʻnglidan ustun qoʻyganlarga, qalblarni jarohatlaganiga guvoh boʻlganmiz. Birovning ko‘nglini tushunish, do‘stlikni asrash, mehrga munosib javob qaytarish uchun iste’doddan boshqacha, oʻzgacha bir yetuklik ham kerakligiga ishonchim komil boʻlgan.
“Bahor qaytmaydi”ni birinchi marta oʻqishim va unda oʻzim koʻrgan holatlar yoritilganiga boshqacha maza qilib oʻqiyapman. Juda tez ketyapti. 1-2 kunda tugatib qoʻysam kerak. Oʻqiganlar bormi? Hissiyotlar bilan boʻlishib keting.
Toshkentda yurgan ko'pchilik kitobxonlarning sevimli maskanlaridan biri shubhasiz QAMAR bo'lsa kerak.
Kitob sotishni, kitobxonga xizmat ko'rsatishni umuman boshqa darajaga olib chiqqan sevimli do'konimizning yangi, 3-do'koni ochilmoqda. Taklifnoma yuborishdi. Manzil: 🗺Yandex 🗾 Google
Chorsu va Seul Moondagi filiallardan farqi bu yerda kofe ichib, kitob o'qib o'tirishga juda chiroyli joy tashkil qilingan. Ikki qavatli yangi filialning bir qavati qahvaga ajratilgan desa ham bo'ladi.
Tantanali ochilish marosimi ertaga 11:00 da boshladi. Kuz, qahva, kitob va kitobxonlar bilan liq to'la tadbir bizni kutmoqda. Nasib etsa men boraman, siz ham keling. Qahva va kitoblar fonidan dildan suhbat qilarmiz balki?
Oʻtgan oyga nisbatan yangi kitoblar biroz kamroq chiqibdi. SENTYABR yangiliklari bilan tanishing. Marhamat, “Oy yangiliklari” dayjestimizni tomosha qiling!
Eng sevimli kitoblarimdan biri Kafkaning "Jarayon" romani. Negadir shu asardan boshqacha maza qilaman. 3-4 qayta o'qigan bo'lsam kerak.
Yana qanday nashrini ko'rsam sotib olaveraman ekan. Kitoblarni yig'ayotganda bilib qoldim buni ham.
Xullas, sevimli kitobimning o'zbek tilidagi 4 xil nashri bor ekan. Sizda sevimli kitobingiznig necha xil nashri bor? Aynan "Jarayon"ning qaysi varianti bor? Izohga rasmini tashlang qani...
❗️ Xomilador ayollarga va kuchli ruhiy bosimga ta’sirchanlarga oʻqish tavsiya qilinmaydi! Xoʻsh, siz bu kitoblardan qaysilarini oʻqigansiz va hamma kitobxonlarga bemalol tavsiya qilasiz?
Biror inson haqida ilk uchrashuvdayoq salbiy fikrga kelganmisiz? Keyin u nima qilmasin, qanday yaxshi gapirmasin, baribir o‘sha dastlabki taassurotingizdan voz kechgingiz kelmaydi. Yoki aksincha, kimdir birinchi suhbatdayoq ko‘nglingizdan joy oladi-yu, uning xatolarini ham oqlashga tayyor turasiz.
Biz odamlarni aslida qanday bo‘lsa shundayligicha taniymizmi yoki ular haqida o‘zimiz yaratgan tasavvurlarga ishonib yashaymizmi?
Jeyn Ostinning 1813-yilda nashr etilgan “Andisha va g‘urur” romanida voqealar XIX asr Angliyasidagi Bennetlar oilasi, ularning besh qizlaridan biri Elizabet va badavlat aristokrat janob Darsi munosabatlari atrofida kechadi. Unda Ostin ikki insonning bir-biriga ko‘ngil qo‘yishidan ko‘ra murakkabroq masalani o‘rtaga tashlaydi.
Biri boshqalarga yuqoridan qaraydi, ikkinchisi esa odamlarni to‘g‘ri baholay olish qobiliyatiga haddan tashqari ishonadi. Yozuvchi bu ikki xarakterni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yib, aslida inson o‘zini qanchalik yaxshi bilishi mumkinligi haqida gapiradi.
Romanning yana bir muhim tomoni o‘sha davr ayollarining jamiyatdagi o‘rni bilan bog‘liq. Bennetlar oilasida besh qiz bor, ammo otalarining mulki ularga meros bo‘lib qolmaydi. Demak, qizlarning kelajagi ko‘p jihatdan kimga turmushga chiqishiga bog‘liq. Shunday sharoitda nikoh faqat muhabbat emas, iqtisodiy xavfsizlik masalasi ham edi.
Elizabet boylikni yomon ko‘rmaydi, ammo boylik uchun o‘zini qurbon qilishni ham istamaydi. Uning nazarida insonni hurmat qilmasdan turib sevish, sevmay turib esa u bilan baxtli yashash qiyin.
Ostinning yozish uslubi haqida ham alohida gapirish kerak. Romanda ulkan fojialar, dahshatli jinoyatlar yoki favqulodda sarguzashtlar deyarli yo‘q. Oddiy oilaviy suhbatlar, mehmondorchiliklar, ballar, maktublar va turmush tashvishlari. Ammo muallif ana shu kundalik voqealar ichidan inson tabiatidagi kibr, manmanlik, xudbinlik, ikkiyuzlamachilik va samimiyatni nihoyatda nozik kinoya bilan ochib beradi.
Qahramonlar o‘zgargani sari ularga munosabatingiz ham o‘zgaradi. Avval yoqtirmagan odamingizga hurmatingiz oshadi, yaxshi deb o‘ylaganingizdan esa ko‘nglingiz soviydi. Eng muhimi, bunga muallif sizni majburlamaydi. Voqealar va odamlarning xatti-harakatlari orqali o‘zingiz shu xulosaga kelasiz.
Nazarimda, “Andisha va g‘urur”ning ikki asrdan oshiq vaqt davomida sevib o‘qilishiga sabab ham shu. Zamon o‘zgardi, ayollarning imkoniyatlari kengaydi, munosabatlar shakli boshqa tus oldi. Ammo odamlarni tashqi ko‘rinishi, boyligi, mavqeyi yoki birgina gapiga qarab baholashimiz o‘zgarmadi.
Bu asar asosida ishlangan filmlar ham juda mashhur. Kitobdagi mazmun va hikoyaning 50 foizlarini koʻrsata olishgan deyolaman. Shuning uchun ham kitobini oʻqish va klassikadan shunchaki maza qilish kerak.
Bu yutuqdan tashaqari g'olib bo'lmagan, ammo yaxshi taqriz yozgan 5-10 kishiga ⚡️UFQ da hali chiqmagan yangi kitoblarga vaucher bersak bo'ladi. Nashr etilgach sotuvga chiqishidan oldin o'shalarga birinchi yetkaziladi. Masalan-da)
Noyabrda 1 kitob tanlaymiz. 30 kun muddat qoʻyamiz. Oʻshani oʻqib chiqib taqriz yozasizlar shu muddatda. Bittalab oʻqib gʻolibni aniqlaymiz. Yutugʻiga 2-3 mln pul yoki shu qiymatda kattaroq kitob sotadigan joylarga vaucher qoʻyamiz. Book.uz, Qamar yoki Asaxiy kabi. Nima deysizlar?
Shartlar juda oddiy: ✅ Birburchak kanallariga a'zo bo'lasiz, ✅ Bu postni 30 ta obunachisi bor guruh yoki kanalga yuborib screenshotini izohda qoldirasiz, ✅ Va pastdagi "QATNASHAMAN" tugmasini bosasiz.
G'oliblarni telegramning o'zi random orqali aniqlab beradi. ❗️E’tiborli boʻling, kanallarga a’zo boʻlmasangiz gʻolib boʻla olmaysiz.
🏆Gʻoliblarimiz 1 nafar bo'ladi. Va g'olibga Jorj Oruelnning "1984" asarining orginal ruscha nashri sovg'a qilinadi.
Gʻoliblar 25-oktyabr oqshomida aniqlanadi. Tanlov haqida kitobxon doʻstlarni ogoh etishni unutmang!
Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'lib tajribangizni baham ko'ring!
Frequently Asked Questions
Birburchak Telegram kanali nima haqida?+
Birburchak (@qora_yigit) — tgdio da Audio kitoblar toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 7 008 obunachi bor.
Birburchak (@qora_yigit) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+
tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @qora_yigit ga bepul obuna bo‘ling.
Birburchak yaxshi Audio kitoblar kanalimi?+
tgdio da qo‘shilishdan oldin Birburchak reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 7 008 obunachi bor. O‘xshash Audio kitoblar kanallar bilan solishtiring.
Birburchak statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+
tgdio da @qora_yigit sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.