1/20Yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, murojaatlarini tinglash va ularni amaliy hal etish Surxondaryo viloyati Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi boshlig‘i Aliyor Eshmatov tomonidan hududlarda olib borilayotgan ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Viloyatning turli hududlarida yoshlar bilan muntazam ochiq muloqotlar tashkil etilib, ularning taklif va murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Murojaatlar ijrosi esa doimiy nazoratga olinib, har bir masala yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Ana shunday uchrashuvlardan biri Qumqo‘rg‘on tumani hokimligida bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati DXX boshqarmasi boshlig‘i Aliyor Eshmatov, Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Farrux Xoliqov, viloyat va tuman darajasidagi mas’ul tashkilotlar rahbarlari hamda 74 nafar muammosi bor yoshlar ishtirok etdi.
Ochiq va samimiy muloqot davomida yoshlarning murojaatlari birma-bir tinglanib, bandlik, ta’lim, tadbirkorlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va boshqa yo‘nalishlardagi muammolari muhokama qilindi. Har bir masala yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Murojaatlarni qonuniy va ijobiy hal etish, yoshlarni shunchaki va’dalar bilan emas, balki amaliy yordam orqali qo‘llab-quvvatlash, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning muammolarini joyida o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarga manzilli yechim topish hamda davlat idoralari va yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
✍️ Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/qum_axborot
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱Qumqo‘rg‘on.uz | 📱Telegram |📱Facebook |📱 Instagram | 📱YouTube








