1/221-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!
Qadrli yurtdoshlar, aziz hamkasblar!
Sizlarni 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, til bayramimiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz, tariximiz va bebaho ma’naviy merosimiz timsolidir. Tilimizda xalqimizning asriy orzu-umidlari, urf-odatlari, qadriyatlari va boy madaniyati mujassam.
O‘zbek tilining nufuzini yanada yuksaltirish, uning sofligini asrash, kelajak avlodga boy va betakror tilimizni munosib yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik va ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!
Ona tilimiz — millatimiz faxri, g‘ururi va bebaho boyligidir!
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i
Ahror Asqarovich Mirzayev
https://t.me/mirzayev_ahror









