raxsiyas Telegram channel photo

raxsiyas

@raxsiyapostsPublic Channel

shaxsiy dunyo qarashim sizga yoqmasligi mumkin va man bu uchun majbur emasman

OnlyFanso‘zbekOʻzbekiston

118

Last views

57 (57 subscribers)
A'zolar
—
Rating
20
Total Posts
Oct 17, 2026, 11:58 AM
Yangilangan
Apr 27, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel Nameraxsiyas
Username@raxsiyaposts
CategoryOnlyFans
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar57
Channel TypePublic Channel
Created27-apr, 2026
Last Updated17-okt, 2026 • 6 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#469531-306
Til reytingi
#2575-11
Toifa reytingi
#12948-2

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 5730 Days growth: -46.6%
09/1809/2309/2810/0310/0810/1310/17
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
18:09:202661
19:09:202661
20:09:202661
21:09:202661
22:09:202661
23:09:202661
24:09:202661
25:09:202661
26:09:202661
27:09:202661
28:09:202661
29:09:202661
30:09:202661
01:10:202661
02:10:202661
03:10:202661
04:10:202661
05:10:202661
06:10:202661
07:10:202661
08:10:202661
09:10:202661
10:10:202661
11:10:202661
12:10:202661
13:10:202661
14:10:202661
15:10:202661
16:10:202661
17:10:202657
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 20:04:202659
Week of 27:04:202659
Week of 04:05:202659
Week of 11:05:202659
Week of 18:05:202659
Week of 25:05:202659
Week of 01:06:202659
Week of 08:06:202659
Week of 15:06:202659
Week of 22:06:202659
Week of 29:06:202659
Week of 06:07:202681
Week of 13:07:202681
Week of 20:07:202681
Week of 27:07:202681
Week of 03:08:202681
Week of 10:08:202681
Week of 17:08:202666
Week of 24:08:202666
Week of 31:08:202663
Week of 07:09:202661
Week of 14:09:202661
Week of 21:09:202661
Week of 28:09:202661
Week of 05:10:202661
Week of 12:10:202657
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 202659
May 202659
June 202659
July 202681
August 202666
September 202661
October 202657
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
202657

So'nggi postlar

raxsiyas logo
raxsiyas

03-sen, 2026, 22:39

Otmishimdan takrorlanayotgan odatlar (voz kechishim kerak bolgan)

Birinchisi bu albatta kech uxlash. men 2026ni boshidan beri kech uxlayman qariyb 7 oy bo'lyabdi. Oxirgi 1haftadan beri erta uxlashga harakat qilyabman. Lekin erta turish haligacha muammo.

Ikkinchisi bu o'tmishdagi ortoqlarimi sog'inish like i cant describe it what feelings are they. Minne o'ylab qarasam oldingi tanishlarimdan ko'ra hozirgilarini olsa oligi ortiq. Bu odatni qanday yoqotishni bilmayman variantlar bosa komment yoziylar.

Oxirgisi bu rutina bilan yashash. Togri hamma narsa har kun biz hohlagandek, biz oylagandek o'tmaydi lekin, har kuni qiladigan must have ishlarimni yozishim kerak. Rutinalik hayot boshlashim kerak. Hozircha shular)
1180030
raxsiyas logo
raxsiyas

03-sen, 2026, 22:39

Oldinga yurish prosto qadam tashlashmas. bu ortingizga qarab, o‘zingizni ushlab turgan narsalarni tan olish va ularni qo‘yib yuborish jasoratidir.

Ko‘pchilik o‘ylaydi: “Menga yana bilim kerak, yana imkoniyat kerak, yana motivatsiya kerak, togri vaqt kerak" Aslida esa ko‘pincha muammo yetishmovchilikda emas ortiqcha yukdadir. Siz o‘zingiz bilan olib yurgan, lekin endi kerak bo‘lmagan fikrlar, qo‘rquvlar va odatlar sizni sekinlashtiradi. Hop ozimdagi qoyib yuborishim kerak bolgan narsalarni aytaman

Birinchisi o‘zimga bo‘lgan shubha. Ichimdagi maraz odamcha qila olamanmi? bu menga mosmi? boshqalar yaxshiroqku. Haqiqat shuki, hech kim tayyor bo‘lib tugilmaydi/boshlamaydi. Ishonch harakatdan keyin keladi, oldin emas. Shuning uchun kutmaslik kerak. Ishonchni emas, harakatni tanlela.

Ikkinchisi boshqalarning fikri. Kimdir kuladimi, kimdir baho beradimi, kimdir tushunmaydimi bularning barchasi meni ichimdan kemiradi. ammo lekin biroq odamlar baribir gapiradi. men to‘xtasam ham, davom etsam ham. Farqi shundaki, agar men o‘zim uchun yashasam hech bo‘lmaganda o‘zimni yo‘qotmayman. Boshqalarning fikriga qarab yashash esa asta-sekin o‘zingizdan uzoqlashishdir.

Uchinchisi ortiqcha o‘ylash. men hali boshlamagan ishni yuz xil variantda tasavvur qilaman. Eng zo‘rini, eng yomonini, boshqalarning reaksiyasini, natijani... Va oxirida hech narsa qilmay qolaman. Hayot esa reja emas jarayon. Eng to‘g‘ri yo‘l ko‘pincha faqat yurishni boshlagandan keyin ochiladi.

Oxirgisi o‘tmish. Oldin qilolmagandim, o‘shanda xato qilgandim degan fikrlar meni hozirgi imkoniyatlardan mahrum qiladi. Lekin o‘tmish bu shunchaki dars. Agar men uni yuk qilib ko‘tarsam, u meni bosadi. Agar tajriba sifatida qabul qilsam, u meni kuchli qiladi.


Oldinga yurish uchun shunchaki boshlash va qoyib yuborish kerak. 10 daqiqa yozish, 1 ta post chiqarish, 1marta try qilish mana shu kichik qadamlar katta o‘zgarishlarning boshlanishi bo‘ladi.
1330025
raxsiyas logo
raxsiyas

03-sen, 2026, 22:39

1 ta kam 80)
1200010
raxsiyas logo
raxsiyas

03-sen, 2026, 22:39

#day5

Xop. Ozimi yaxshi tomonlarim haqida gapirib bersam silarga. Aslida ichimdagi maraz odamchani eshitsam yaxshi tomonim chiqmedi😂Lekin ozimda ozim yaxshi deb bilgan tomonlarimi yozaman. Boshqa odamlarning rakurslaridan emas

1.Riskdan qo’rqmiman. 13 yoshimda, 2ta onlayn ishim bor. onlayn ishlash qiyinmasku deydiganlarga bilmadim. silarga kuniga 10ta besabr mijoz tilayman faqat va faqat
2.Judayam mehribonman. i cant describe it but literally i love my close people and really respect them
3.Judayam responsibility*si kuchli odamman. men bilan ishlaganlar biladi, berilgan deadline dan juda erta ishni yakunliyman

xosh ichimdagi maraz odamchani tolaqonli yengolganim yoq. qachon osha urovenga chiqsam, edit qilaman bu postni
1390022
raxsiyas logo
raxsiyas

03-sen, 2026, 22:39

#day4
Yolg‘izlik va birgalik

Ba’zan hayot bizni odamlar ichida turib ham yolg‘iz his qilishimizga majbur qiladi. Ba’zan esa, aksincha, butun dunyodan uzilib, faqat o‘zimiz bilan qolishni xohlaymiz. Yolg‘izlik va birgalik bu hayotingizdagi ikki davr emas, balki inson ruhiyatining ikki muhim qirrasi. Ular bir-biriga qarama-qarshi ko‘rinsa-da, aslida bir-birini to‘ldiradi.

Yolg‘izlik ko‘p hollarda noto‘g‘ri tushuniladi. Ko‘pchilik uni faqatgina yolg‘iz qolish, hech kim bilan gaplashmaslik, bo‘shliq va sovuqlik deb o‘ylaydi. Aslida esa yolg‘izlik bu o'zingiz bilan o'zingiz suhbat qurishinzning boshlanishi. Bu paytda inson o‘zini tinglaydi: o‘z qo‘rquvlarini, orzularini, savollarini. Shovqinsiz qolgan qalb nihoyat o‘z ovozini eshita boshlaydi. Yolg‘izlik — bu o‘zini anglash uchun eng to'g'ri makon. Yolg‘izlikning yaxshi tomoni shundaki, u insonni mustaqil qiladi. Siz hech kimga suyanmasdan qaror qabul qilishni o‘rganasiz. O‘zingiz bilan vaqt o‘tkazishni yoqtira boshlaysiz. Bu esa kuchli ichki tayanchni shakllantiradi. Yolg‘izlik sizni sinaydi, lekin aynan shu sinovlar orqali sen o‘solasiz. Ammo har qanday sukunatning ham chegarasi bor. Yolg‘izlik haddan oshganda, u asta-sekin og‘irlikka aylanadi. Odam o‘z fikrlari ichida “qamalib” qolishi mumkin. Keraksizlik hissi, tushkunlik, ichki bo‘shliqlik  bular uzoq davom etgan yolg‘izlikning soyasi. Inson aslida ijtimoiy mavjudot, u boshqalar bilan aloqaga muhtoj.
Shu yerda birgalik sahnaga chiqadi.

Birgalik bu shunchaki yoningizda odam borligi emas. Bu sizni tushunadigan, eshitadigan, sizn bilan kuladigan va yig‘laydigan insonlar mavjudligi. Bu iliqlik. Birgalik insonni tiklaydi, unga kuch beradi. Ayniqsa, qiyin paytlarda ishdan bo'shaganingizda, sizga tuhmat bo'lganda va boshqa og'ir vaziyaylarda birgina samimiy suhbat ham yurakdagi og‘irlikni yengillashtirishi mumkin. Birgalikning yana bir go‘zalligi u hayotni rang-barang qiladi. Turli fikrlar, turli qarashlar, turli his-tuyg‘ular orasida inson yanada boyiydi. Muloqot orqali biz nafaqat boshqalarni, balki o‘zimizni ham yaxshiroq tushuna boshlaymiz.

Lekin birgalik ham doimo ideal emas. Ba’zan odamlar orasida o‘zini yo‘qotib qo‘yish mumkin. Boshqalarning fikriga haddan tashqari qaram bo‘lish, o‘z istaklarini chetga surish bu birgalikning eng katta yashirin xavflaridan biri. Har doim boshqalar bilan bo‘lish istagi insonni o‘zidan uzoqlashtirishi mumkin.

Shuning uchun ham eng muhim nars.— muvozanat.
Inson ba’zan yolg‘izlikni tanlashi kerak, o‘zini tinglash uchun. Ba’zan esa birgalikni tanlashi kerak, o‘zini his qilish uchun.

Yolg‘izlik sizni ichkaridan mustahkamlaydi, birgalik esa tashqaridan qo‘llab-quvvatlaydi.
Hayotning eng go‘zal holati bu ikkalasini ham qadrlay olish. Qachon yolg‘iz qolishni, qachon esa yaqinlaringiz bilan bo‘lishni bilish.
1400023
raxsiyas logo
raxsiyas

03-sen, 2026, 22:39

#day3

Meni to‘xtatib turgan qo‘rquvlar yoki cheklovchi ishonchlar

Ichimda bir “ovoz” bor. Juda baland emas. Hatto ba’zida sezilmaydi ham. Lekin aynan eng muhim paytlarda chiqadi (maraz odamcha) Har safar biror narsa boshlamoqchi bo‘lsam yoki yangi idea kelsa yoki shunchaki yotib, o‘zim uchun nimanidir tasavvur qilsam ham birdan paydo bo‘ladi:
“Sanmi?”
“Shu yoshingdaya?”
"Yag'ee?”

Oddiy savollardek tuyuladi. Lekin ichimni ezib yuboradi. Bir lahzada butun motivatsiyamni sindiradi.Aslida men unchalik overthinker emasman. Ko‘p narsani ichimda aylantirib yuradiganlardan emasman. Aksincha, ichimdan o‘tgan fikrlarni aytgim keladi, bo‘lishgim keladi, yozgim keladi. Chunki o‘zimni ichimda yopib qo‘yolmayman bu juda og‘ir. Lekin aynan shu “ovoz” ba’zida meni jim qiladi.

Xuddi ichimda kimdir bor meni doim tekshiradigan, baho beradigan, shubha qiladigan. Go‘yo nima qilsam ham, yetarli emasdek. Eng qizig‘i bu ovoz meniki emasdek tuyuladi.

Balki kimdir bir paytlar aytgan gaplar
balki solishtirishlar balki “hali erta”, “hali vaqt bor”, “sen hali yoshsanku” degan iboralar yig‘ilib qolgan. Va ular vaqt o‘tib mening ichki ovozimga aylangan. Ko‘p vaqt o‘yladim: nega men o‘zimni to‘xtatyapman?

Javob oddiy — qo‘rqaman.
Xato qilishdan qo‘rqaman.
Kulishlaridan qo‘rqaman.
Jiddiy qabul qilishmasligidan qo‘rqaman. Va shu qo‘rquvni “ovoz” qilib yashiryapman. Lekin yaqin orada o'yladim.

Agar men o‘zimni jiddiy qabul qilmasam hech kim qilmaydi.
Agar men o‘zimga ishonmasam hech kim ishonmaydi.
Va eng muhimi agar men boshlamasam, hech narsa o‘zgarmaydi.

Oxiri maraz odamcha uchun javoblar topildi:
“Ha, men.”
“Ha, aynan shu yoshimda.”
“Ha, balki mukammal emasman, lekin baribir boshlayman.”

Hayotimdan misol: yaqinda tushundim vaqtim ko'p lekin, ishim 1tagina, keyin yangi ish topish haqida o'yladim. Negadur o'zim e'lonlar bergim kelmasdi. Keyin bitta tanishim aytib qoldi: "Nimadan qo'rqyabsiz? Ertaga o'ziz uchun faqat o'ziz bo'lasiz! E'lon bering vakansiyalarni qidiring hech qanaqa yomon tomoni yo'q, yaxshimi yomonmi boshlang"

Boshlash uchun ideal vaqt yo‘q. Ideal versiya ham yo‘q. Faqat hozir.
1700027
raxsiyas logo
raxsiyas

03-sen, 2026, 22:39

#day2

Hayotimda hech qachon esimdan chiqmaydigan maslahat

Qancha urunsang ham o'xshamasa o'zingni boshqalar bilan solishtirma!
2 yoki 3-sinfda o'qiyotgan paytim, boshlang'ich ingliz tili ustozim bo'lardi "aesthetic" so'zini birinchi marta ulardan eshitganman. Xullas meni matematikam yomon edi o'sha payt ingliz tili o'qib yurardim. Tabiiyki o'sha ingliz tili ustoz bilan yaqin edim. Darslarim tugagandan keyin xonasida birga dars qilardik. Partadoshim bo'lardi matematikasi o'ta darajada kuchli edi (o'sha level un). Meni matematikam tassavvur qilib bo'mas darajada yomon. Bir kuni darsdan keyin dars qilib o'tirganimizda kasrli bo'lish edi mavzu (qaysiligigacha esimda). Shuni uyga vazifasini qilolmay yig'lab o'tirganman 3 soat. 3 soat! Ha, vatanparvar bo'gan paytlarim edi. (hozir haftada 1 borsam maktabga hamma xursand😊) Mavzuga qaytsak. Shunda kelib aytgandi: Muhsina qancha harakat qisang ham o'xshamayabdi, axir 1 haftadan beri shunaqa misollarni o'zim yechaman deb siqilasan. qancha urunsang ham o'xshamasa o'zingni boshqalar bilan solishtirma! balki bu sening ishing emasdir qara, o'sha bola ingliz tilini qiloladimi? yo'q. Hammaga har xil yo'l va taqdir berilgan, shunchaki bu sening ishing emas degan. Shungayam qaramay 4-sinfimgacha o'ttalar qattiq harakat qiganman, baribir o'xshamagan va tushunganman. Hozir ham onda sonda o'qib turaman lekin umuman tushunmiman

Yana bitta vaziyat: bir tanishim bor medga 100% grant bilan kirgan medga kk bo'ladigan hamma fandan sertifikati bor. Lekin, ingliz tili o'rganolmidi, biologiyasi 100, kimyosiyam 100. Lekin ingliz tilini o'rganomayabdi, biologiya fizika oqigan odam

So xulosa qancha try qimasayam o'xshamadimi, shunchaki sizni yo'lizmasdur balki
1650027
raxsiyas logo
raxsiyas

03-sen, 2026, 22:39

#day1

Meni chinakamiga xursand qiladigan narsalar nima?

Judayam o'ylantiradigan va soatlab gaplasha oladigan mavzuyim. Aslida pul yoki katta narsalar emas, meni chinakamiga xursandchilik aynan oddiy, “мелочь” bo‘lib ko‘rinadigan kichik detallar deyolaman. Chunki aynan shu kichik narsalar insonning sizga bo'lgan e’tiborini, samimiyatini va his tuyg'ularini ko'rsata oladi.

Menimcha, baxt ham shunday narsalardan yig‘iladi. Biror insonning sizni tinglagani, sizni tushunishga harakat qilgani, hatto siz aytgan mayda gaplarni ham unutmagani bu juda katta tuyg‘u. Ba’zida oddiygina “siz shuni yaxshi ko‘rardingiz, shuni ko'rib sizni esladim” degan gap yoki kichik harakat ham yetarli. Chunki aynan shunday paytlarda men o‘zimni qadrlangan, tushunilgan va haqiqatan ham kim uchundir muhim insondek his qilaman

Men uchun o'zimni chinakamiga xursand his qiloladigan TOP 5 momentlar:
1. Tinglanish hissi
Shunchaki gapim tugashini kutib emas, balki har bir so‘zimga e’tibor berib, tushunishga harakat qilib tinglash. Sababi bazida tushunilish uchun emas, tinglanish uchun gapiraman.

2.Kutilmagan mayda e’tiborlar
Oldindan rejalashtirilmagan, oddiy eslatmalar. Masalan, men yashil rangni yaxshi ko‘raman. Kimdir buni oddiy fakt deb o‘ylashi mumkin. Lekin yangi tanishgan insonim yoki yaqinlarim shu kichik detallarni eslab qolsa masalan, yashil rangli biror narsa ko‘rsa va meni eslasa, yoki suhbat orasida shu haqida eslatib o‘tsa bu men uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki o'sha inson shunaqa mayda narsalarni eslab qola olgan va shunchalik e'tibor berayapdi. Va bu narsalarni “i love you” yoki “ur important to me” degan gaplardan ko‘ra ko'proq qadrlayman va eslab qolaman. Chunki insonni, qadrli va “special” his qildiroladi.

3.Esdaliklar yaratish
Oddiy kunlarning o‘zi ham chiroyli bo‘lishi mumkin. Birga kulgan lahzalar, oddiy sayrlar, deep talk'lar. Va buni saqlab qolish kerak deb o'ylayman keyinchalik aynan shu narsalar esda qoladi va odamni yana o‘sha hislarga qaytaradi.

4.O'zimni safe' his qila olish
Og'riqli vaziyat, uydagi muammolar, kun bo'yi o'ylab yurgan savollarimni kimgadur yaqin olib, kimgadur aytib qo'ysachi deb o'ylamay ayta olsish. O‘zingizni safe deb hisoblasangiz o'zingizni majburlab o‘zgartirmaysiz, rol o‘ynamaysaiz. Shunchaki o‘zingiz bo‘la olasasiz.

5.Qo‘llab-quvvatlash
Meni chinakam xursand qiladigan eng muhim narsalardan yana biri bu qo‘llab-quvvatlash. Chunki supportning ham har xil turlari bor: financial support, mental support yoki emotional support. Lekin ayniqsa inson qiyin holatda bo‘lsa, depressiya yoki stress ichida bo‘lsa — unga beriladigan eng kerakli yordam bu mental yoki emotional support bo‘ladi. Agar kimdir “men psixolog emasman, mental support bera olmayman” desa, aslida eng to‘g‘ri yo‘l  bu emotional support berish. Ya’ni yonida bo‘lish, eshitish, tushunishga harakat qilish. Ba’zida odamga maslahat emas, shunchaki yonida kimdir borligini his qilish kerak bo‘ladi. (Emotional support haqida alohida yozgim bor, nasib.) https://t.me/musifym

#longread
2020033
raxsiyas logo
raxsiyas

03-sen, 2026, 22:39

Qalaysizlar? kichkina pauzadan so'ng qaytdim💕

Pauzani sababi esa yangi boshlagan proektcham edi u haqida keyinroq aytib beraman. Va menda yangilik bor

15 kunlik challange boshlayabman https://t.me/yupiterlik haqida. Sharti kuniga shu mavzular ketma-ketligi bo'yicha longread yozib boraman. Agar yozolmasam komentda 1-eslatgan odamning kartasiga pul tashlab beraman. Ertadan boshlaymiz, kelishdikmi?)

Raxsiya is backkk!
1460030
raxsiyas logo
raxsiyas

03-sen, 2026, 22:39

Ba’zida men yaxshiman deyish eng katta yolg‘onlardan biriga aylanadi

Tashqaridan qaraganda hammasi joyidadek ko‘rinadi. Siz kulasiz, gaplashasiz, hatto boshqalarga maslahat ham berolasiz. Ammo ichingizda tushuntirib berish qiyin bo‘lgan bir og‘irlik bor. U shunchaki kayfiyat emas, u o‘tib ketadigan holat ham emas. U siz bilan qolayotgan, asta sekin ichingizni yemirayotgan bir hissiyot

Atrofdagilar sizni kuchli deb o‘ylashadi. Balki shuning uchun ham siz o‘zingizni zaif ko‘rsatishni istamaysiz. Men yaxshiman deyish osonroq tuyuladi. Chunki siz hech kimni bezovta qilishni xohlamaysiz. Yoki balki ichingizda hech kim baribir tushunmaydi degan fikr allaqachon bor.

Ba’zida muammo kattaligida emas. Ba’zida muammo sizning ichingizdagini hech kim sezmayotganidadir. Siz esa asta sekin o‘zingizni ichingizda yutib borasiz. Har kuni oz ozdan, eng qiyini charchaganingizni tan olishdir. Chunki siz har doim bardoshli bo‘lib kelgansiz. Har doim o‘zingizni ushlab turishga o‘rganganingiz uchun bir kun to‘xtab ichingizga qarash ham qiyin tuyuladi.

Har bir men yaxshiman degan gap ortida aytilmagan so‘zlar, yutilgan hislar va jim qolingan og‘riqlar bor
Balki hamma men yaxshiman deganlar aslida shunchaki chidab kelayotgandir)

Lekin har doim ham hammasini ichingizda olib yurishingiz shart emas. Ba’zan charchaganingizni tan olish kuchsizlik emas, bu o‘zingizga nisbatan adolatlilikdir. Hamma sizni tushunmasligi mumkin, lekin bu sizni hech kim tushunmaydi degani emas. Ba’zan yetarli bo‘ladigani bitta inson, yoki shunchaki o‘zingizni eshitishingiz

O‘zingizga biroz yumshoqroq bo‘ling. Har doim kuchli bo‘lishingiz shart emas, ba’zida men yaxshiman demasdan, shunchaki rostini aytish ham yengillik olib keladi

#longread
3110053
raxsiyas logo
raxsiyas

27-apr, 2026, 02:10

Men shuni tushundim: hayotda hech narsa faqat menga bog‘liq emas. Inson hayoti faqat uning o‘ziga bog‘liq degan gap ko‘p aytiladi. Go‘yoki har bir qaror, har bir natija faqat o‘zimizdan. Lekin bu har doim ham shunday emas.Chunki hayotda boshqalar ham bor. Va ular xohlasin yoki xohlamasin, bilsin yoki bilmasin nimagadir sababchi bo‘lib qoladi.

Men qabul qilgan qarorlarim ortida ham doim kimdir turadi. Balki u buni bilmaydi. Balki u hatto eslamaydi ham. Lekin baribir sabab bo‘lib qoladi.

Kimdir aytgan bitta gapi meni o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin.
Kimdirning aytmagan gapi ham.
Kimdir yonimda bo‘lgani yoki bo‘lmagani farq qilgan.
Kimdir bir og‘iz gap aytadi va bu menda nimanidir o‘zgartiradi.
Kimdir hech narsa demaydi lekin aynan o‘sha jimlik ham ta’sir qiladi.
Kimdir keladi yoki ketadi va bu oddiy harakat emas, balki natijaga olib keladigan sabab bo‘ladi.

Ba’zan bitta insonning borligi yoki yo‘qligi butun vaziyatni boshqa tomonga buradi. Bu katta voqea bo‘lishi shart emas. Lekin u natijaga ta’sir qiladi. Balki men har doim ham buni payqamaganman.

Shunchaki bir haqiqat bor:
kimdir nimagadir sababchi.
1500013
raxsiyas logo
raxsiyas

27-apr, 2026, 02:10

Nega odamlar erkinlikka intiladi?

Odam erkinlikni shunchaki xohlamaydi — u unga ichidan tortiladi. Chunki erkinlik bu faqat tanlash huquqi emas, balki o‘zing bo‘lish imkoniyatidir. Inson ichida doim bir ehtiyoj bor: “men kimman?” degan savolga o‘zi javob topish ehtiyoji. Va bu savolga faqat erkin bo‘lgandagina javob berish mumkin.
Ko‘p hollarda erkinlik aynan yo‘qligida ko‘proq seziladi.

Masalan, jamiyatda qizlarga va ayollarga qo‘yilgan ko‘plab cheklovlar bor. Qanday kiyinish kerak, qayerga borish mumkin emas, kim bilan gaplashish to‘g‘ri emas — bularning barchasi tashqi nazorat shakli. Bunday holatda inson nafaqat harakatda, balki fikrda ham o‘zini cheklangan his qiladi.

Shu sababli erkinlikka intilish kuchayadi. Chunki taqiq qancha ko‘p bo‘lsa, ichki qarshilik ham shuncha kuchli bo‘ladi. Qiz bola ochiqroq fikr bildirsa — darrov baho beriladi. Yopiq bo‘lsa — yana boshqa tomondan hukm qilinadi.

Natijada u o‘zini emas, boshqalarning kutganini yashay boshlaydi. Bu esa asta-sekin ichki bosimga aylanadi.
Erkinlikka intilish — bu aslida shu bosimdan chiqishga urinish. “Men qanday bo‘lsam, shunday qabul qilinay” degan ehtiyoj. Odamlar erkinlikni tanlaydi, chunki ular o‘z hayotini o‘zlari yashamoqchi. Boshqalar yozib bergan ssenariy bo‘yicha emas.

Lekin bu yerda yana bir haqiqat bor: erkinlik oson emas. Ayniqsa, jamiyat qarashlari kuchli bo‘lgan joyda erkin bo‘lish — qarshilikka tayyor bo‘lish degani. Shuning uchun ko‘pchilik erkinlikni xohlaydi, lekin hamma ham unga jur’at qilolmaydi.

Shunday bo‘lsa ham, inson baribir erkinlikka intiladi. Chunki ichki ovozni butunlay o‘chirib bo‘lmaydi. U baribir eshitiladi. Va aynan shu ovoz odamni o‘z yo‘lini izlashga majbur qiladi.
1490018
raxsiyas logo
raxsiyas

27-apr, 2026, 02:10

O‘qituvchilarni solishtirish ko‘p joyda uchraydi. Kimdir “falon ustoz yaxshiroq tushuntiradi” deydi, kimdir “boshqasi qattiqroq, lekin natija qiladi” deydi. Tashqaridan qaraganda bu oddiy fikr almashishdek ko‘rinadi. Lekin chuqurroq qaralsa, bu masala ancha nozik.

Har bir o‘qituvchi boshqa-boshqa. Uning tajribasi boshqa, xarakteri boshqa, uslubi boshqa. Kimdir sokinlik bilan o‘rgatadi, kimdir talabchanlik bilan. Kimdir ilhom beradi, kimdir tartib o‘rgatadi. Bu farqlar kamchilik emas, xilma-xillikdir. Chunki bitta uslub hamma o‘quvchiga bir xil ishlamaydi.

Muammo solishtirishning maqsadida paydo bo‘ladi. Agar solishtirish o‘rganish uchun bo‘lsa, masalan, “undan nimani o‘rganish mumkin”, “qaysi usul foydaliroq” degan niyatda bo‘lsa, bu sog‘lom jarayon. Lekin agar solishtirish kamsitish, pastga tushirish yoki birini ikkinchisiga qarshi qo‘yish uchun bo‘lsa, bu na o‘qituvchiga, na ta’limga foyda beradi.

O‘qituvchini natija bilan solishtirish ham har doim adolatli bo‘lavermaydi. Chunki natija faqat ustozga bog‘liq emas. Guruh, muhit, o‘quvchining holati, motivatsiyasi ham katta rol o‘ynaydi. Bir joyda ishlagan uslub, boshqa joyda umuman ishlamasligi mumkin.

Yana bir muhim jihat bor. O‘qituvchilarni doim solishtirish ularning ichki ishonchini yemiradi. O‘z uslubiga shubha paydo bo‘ladi. Aslida esa yaxshi o‘qituvchi boshqaga o‘xshashga emas, o‘zini rivojlantirishga harakat qiladi. Ta’lim oldinga solishtirish bilan emas, tajriba almashish bilan yuradi.

O‘quvchilar uchun ham solishtirish har doim foydali emas. Ular ustozni baholash o‘rniga, o‘rganishga e’tibor qaratishi kerak. “Qaysi ustoz menga mos” degan savol “qaysi ustoz yaxshiroq” degan savoldan ko‘ra sog‘lomroq.

Shuning uchun savol shunday bo‘lishi kerak. O‘qituvchilarni solishtirish mumkinmi emas. Qanday va nima uchun solishtiryapmiz. Agar maqsad rivoj bo‘lsa, hurmat saqlansa, bu foydali bo‘lishi mumkin. Agar maqsad kamsitish bo‘lsa, eng kuchli solishtirish ham noto‘g‘ri bo‘lib qoladi.

Ta’limda eng muhim narsa ustozlarni bir-biriga qarshi qo‘yish emas, har birining kuchli tomonini ko‘ra bilishdir.
1380017
raxsiyas logo
raxsiyas

27-apr, 2026, 02:10

-lar qo‘shib gapirmaslik odatiy hol!

Vodiyda, aniqrog‘i men yashaydigan joy Marg‘ilonda esa aksincha, -lar qo‘shib gapirish hurmat belgisi sifatida qabul qilinadi: “dadam kelyabdilar” deymiz, “kelyabdi” emas. To‘g‘ri, hamma joyda ham bunday emas — masalan, Rishton yoki Arabmozorda va bu normal.

Men ham kichkinaligimdan -lar qo‘shib gapirishga o‘rganganman. Hatto 2 yil oldin kimdir -lar qo‘shmay gapirsa, ichimda g‘alati tuyulardi. Yuziga aytmasam ham, “befarosatmi?” deb o‘ylardim. Ba’zan esa o‘zimni to‘g‘ri gapiryapman deb hisoblab, aqllilik qilardim, ichimda boshqalardan ustun qo‘yardim.

Lekin vaqt o‘tib tushundim: bu — faqat odat. Sheva— bu shaxsiy tanlov, va har bir shaxs oʻzi tanlagan shevada gapiradi. Kimdir -lar qo‘shib gapiradi, kimdirlar qo‘shmaydi. Va bu absolyut normal. Ammo atrofimda hali ham bunday oʻylaydigan odamlar bor va ular fikrini oʻzgartirishi hoxlayman. Bu hech qachon insonning tarbiyasi, hurmati yoki saviyasini to‘liq belgilab bera olmaydi.

Siz -lar qo‘shmay gapirdingiz degani hurmatsizlik qilayapsiz degani emas. Xuddi shuningdek, -lar qo‘shib gapirish ham avtomatik ravishda hurmat belgisi bo‘lib qolmaydi.  So‘zning shaklidan ko‘ra, uning ortidagi munosabat muhimroq.

Shevalarga esa umuman xusumatim yo‘q. Aksincha, ular tilimizning boyligi. Ayniqsa Vodiy shevalari juda rang-barang, o‘ziga xos. Har bir sheva bu tarix, muhit va odamlarning hayoti bilan bog‘liq bir olam.

Menimcha, har kim o‘ziga qulay bo‘lgan uslubda gapirishi kerak. Eng asosiysi to‘g‘ri, samimiy va o‘ylab gapirish. Chunki biz aytayotgan har bir so‘z bu shunchaki tovush emas, balki kimligimizning aksidir.

Hayot o‘zi yetarlicha murakkab. Uni bir-birimizni so‘zlashuviga qarab baholash bilan yanada qiyinlashtirish shart emas.Aksincha, bir-birimizni tushunishga harakat qilsak, hayotimiz chiroyliroq, yengilroq va mazmunliroq bo‘ladi.

P.s/longread https://t.me/its_madinass dan ilhomlanib yozilgan va ba'zi fikrlar uniki.
1410011
raxsiyas logo
raxsiyas

27-apr, 2026, 02:10

Qassob kuchini to‘g‘ri ishlatadi, shuning uchun u katta molni ham tartib bilan so‘yadi. Uning harakati shoshqaloq emas, bexosdan ham emas. Qayerda kuch ishlatish kerakligini biladi, qayerda esa to‘xtash kerakligini ham biladi. Kuch bor, lekin u nazorat ostida. Shu sabab ish bitadi va ortiqcha zarar bo‘lmaydi.

Boshqa bir odam esa kuchini noto‘g‘ri ishlatadi. Kichkina sabab yetadi, jahli chiqadi, pichoqni chiqaradi. Natijada muammo hal bo‘lmaydi, aksincha kattalashadi. Ba’zan pichoq sinadi, ba’zan munosabat, ba’zan esa odamning o‘zi ichidan sinib ketadi.

Bu yerda gap pichoqda ham, kuchda ham emas. Gap uni qanday ishlatayotganimizda. Kuchni boshqara olmagan odam mayda vaziyatni ham buzadi. O‘zini boshqara olgan odam esa og‘ir ishni ham sokinlik bilan bajaradi.

Hayotda ham shunday. Kimdir so‘zini joyida ishlatadi, murakkab vaziyatni ham yumshatadi. Kimdir esa birgina so‘z bilan hammasini sindiradi. Kimdir vakolatni mas’uliyat bilan ko‘taradi, kimdir esa shu vakolat bilan boshqalarni bosadi.

Haqiqiy kuch baland ovozda emas, jahl bilan ham o‘lchanmaydi. U ichki nazoratda bilinadi. Qachon gapirishni, qachon jim turishni bilishda. Imkon bor bo‘lsa ham, adolatni tanlay olishda:))
1560014
raxsiyas logo
raxsiyas

27-apr, 2026, 02:10

Jamiyatimizda yozilmagan qoidalar bor. Hech kim majbur qilmaydi, lekin baribir hamma shu yo‘l bilan yuradi. Shunday qarashlardan biri: "Qiz bolani oʻqitmaslik"

O‘ylab ko‘ring, nega butun bir shaxsni hayotini erga tegish bilan oʻtkazib yuboramiz? Va bu narsa juda ham erta quyiladi boshimizga. Hatto qiz hali uch yoshga ham to‘lmasdan turib, boshiga roʻmolcha tashlab kelin salom qilishni oʻrgatishadi yoki “qizimizni turmushga tayyorlashimiz kerak” degan gaplar boshlanadi. Uch yosh. Hali u bola o‘zi kimligini ham tushunmaydi. Lekin jamiyat allaqachon uning kelajagini belgilab qo‘yadi.

Yana bir vaziyat. Ko‘p oilalarda yana bir fikr bor: “qizimizni yaxshi joyga uzatamiz, shu yetarli.” Ungacha maktabga borib tursa bo‘ldi. Lekin nega? Nega qiz bola uchun bilim — faqat vaqt o‘tkazishdek ko‘riladi? Nega biror til o‘rganishi, kasb egasi bo‘lishi yomon deb qaraladi? Axir maktabga shunchaki borib kelishdan ko‘ra, o‘z ustida ishlash, biror tilni oʻrganishi yaxshiroq emasmi?

Toʻgʻri hozir qizlarni oʻqitish foizi oshyapti ammo fikrlari oʻzgarmadi. "Qizlarni o‘qityapmiz,” deyishadi. Bir qaraganda, bu yaxshi o‘zgarishdek tuyuladi. Lekin sababini so‘rasangiz, javob boshqacha chiqadi: “Ertaga turmushga chiqsa, erining ishlari o‘xshamasa, ishlab yordam beradi-da.” Yana o‘sha nuqtaga qaytamiz. Nega qiz bola o‘qiydi? Nega u rivojlanadi? Faqat kimningdir hayotini yengillashtirish uchunmi? Nega hech kim: u ertaga jamiyatda o‘z o‘rnini topsin demaydi? Nega u moliyaviy mustaqil bo‘lsin deymaydi? Nega u sayohat qilsin, o‘z hayotini o‘zi tanlasin demaydi? Nega har safar mavzu oxir-oqibat baribir mavzu turmushga borib taqaladi?

Balki hammasini birdan o‘zgartirib bo‘lmas. Bu fikrlar yillar davomida shakllangan. Avloddan avlodga o‘tgan. Shuning uchun ham ularni bir kunda yo‘qotish qiyin.

Balki muammo o‘qitishda emasdir. Balki muammo — nega o‘qitayotganimizda.
1680016
raxsiyas logo
raxsiyas

27-apr, 2026, 02:10

O‘zgarishdan qo‘rqish bu odatda tan olinmaydigan, lekin ichkarida sekin ishlaydigan hissiyot.Biz ko‘pincha “men qo‘rqmayman” deymiz lekin baribir o‘sha joyida qolamiz.

Chunki o‘zgarish degani hammasi oldingidek bo‘lmasligi.Biz tanish narsalarga o‘rganib qolamiz. Hatto u holat yoqmasa ham. Chunki u tushunarli. Qanday yashashni bilamiz nimani kutishni bilamiz. O‘zgarish esa noma’lumlik olib keladi. Oldinda nima bor aniq emas. Va aynan shu noaniqlik bizni ushlab turadi.

Ko‘pincha muammo o‘zgarishda emas balki o‘ziga bo‘lgan ishonchda. "Agar uddalay olmasam-chi?" degan fikr juda tinimsiz ishlaydi. Biz hali boshlamasdan turib, natijadan qo‘rqamiz. Va oxirida harakat qilmaslikni tanlaymiz. Qizig‘i shundaki, biz o‘zgarishdan emas, uning og‘rig‘idan qo‘rqamiz. Yangi bosqich bu doim biroz noqulaylik, biroz adashish, biroz yiqilish degani. Lekin hech birimiz shu jarayonni xohlamaymiz.
Hammasi darrov oson bo‘lishini kutamiz.

Shuning uchun ko‘p koʻpchilik kutadi. “Yaxshi vaqt kelganda boshlayman” deydi. Lekin o‘sha “yaxshi vaqt" hech qachon kelmaydi. Chunki muammo vaqt emas bu qaror.

Aslida o‘zgarish qo‘rqinchli bo‘lishi mumkin. Va bu normal. Lekin o‘zgarmaslik ham asta-sekin ichkaridan charchatadi. Bir xil kunlar, bir xil fikrlar, bir xil hayot — oxiri odamni o‘zidan uzoqlashtiradi.

O‘zgarishdan qo‘rqish kerak emas. Bir xil hayotga oʻrganib qolib — oʻzgarmay qolishdan qoʻrqish kerak
1740015
raxsiyas logo
raxsiyas

27-apr, 2026, 02:10

Erkinlik nima?

Erkinlik deganda ko‘pchilik hozir “xohlagan ishni qilish”ni tushunadi.Ya’ni hech kim aralashmaydi, o‘zingiz xohlagan yo‘lingizni tanlaysiz.

Bu qisman to‘g‘ri. Chunki tanlash imkoniyati — erkinlikning bir qismi. Ammo bu hali to‘liq erkinlik emas.Biz har kuni tanlov qilamiz. Oddiy qarorlardan tortib, hayotni o‘zgartiradigan qarorlargacha. Qaysi yo‘lni tanlash, kim bilan yurish, nimaga ishonish — bularning barchasi erkinlik belgisi.Lekin har bir tanlov ortidan oqibat keladi. Va aynan shu joyda erkinlikning ikkinchi tomoni boshlanadi.

Agar biz tanlashni xohlasaku, lekin natijasi uchun javob berishni istamasak, bu erkinlik emas. Bu — mas’uliyatdan qochish. Haqiqiy erkin inson esa o‘z tanlovini tan oladi. U natija yaxshi bo‘lsa ham, yomon bo‘lsa ham, “bu mening tanlovim edi” deb ayta oladi.

Ko‘pincha odamlar xato qilsa, sababni tashqaridan qidiradi: sharoitni ayblaydi, odamlarni ayblaydi, vaqtni ayblaydi. Bu esa ichki erkinlik yo‘qligini ko‘rsatadi.Chunki erkinlik faqat tanlash emas, balki tanlovning og‘irligini ham ko‘tara olishdir.
1800020
raxsiyas logo
raxsiyas

27-apr, 2026, 02:10

Tavakkal degani qo‘l qovushtirib o‘tirish emas. Tavakkal degani qo‘lingizdan kelganini qilib, keyin natijani Allohga topshirishdir. Avval harakat bo‘ladi, keyin ishonch. Ko‘pchilik tavakkalni noto‘g‘ri tushunadi. “Bo‘lsa bo‘lar” deb o‘tirishni tavakkal deb o‘ylaydi. Aslida esa bu sustlik. Tavakkal esa harakatdan keyingi sukunatdir.

Inson reja qiladi, o‘ylaydi, harakat qiladi. Lekin natija har doim ham uning qo‘lida bo‘lmaydi. Qancha urinmasin, ba’zi eshiklar darrov ochilmaydi. Ana shu paytda ichkarida bezovtalik boshlanadi. “Nega bo‘lmadi?”, “Yana nima qilishim kerak?” degan savollar charchatadi. Tavakkal esa shu joyda yurakka tinchlik beradi. “Men vazifamni bajardim, qolganini Alloh biladi” degan ishonch paydo bo‘ladi.

Tavakkal qilgan odam qo‘rqmaydi degani emas. U ham xavotir qiladi, u ham o‘ylanadi. Lekin u qo‘rquv sabab to‘xtab qolmaydi. U harakat qiladi, lekin natijaga yopishib olmaydi. Chunki u biladi, harakat uning qo‘lida, nasiba esa Allohning qo‘lida.

Tavakkal insonni yengillashtiradi. Chunki u hamma narsani o‘zi ko‘tarishga urinmaydi. U o‘z chegarasini tan oladi. Ba’zi narsalar mehnat bilan keladi, ba’zilari vaqt bilan, ba’zilari esa umuman biz kutmagan tomondan keladi.
2590024

Showing 20 of 20 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

raxsiyas Telegram kanali nima haqida?+

raxsiyas (@raxsiyaposts) — tgdio da OnlyFans toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 57 obunachi bor.

raxsiyas (@raxsiyaposts) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @raxsiyaposts ga bepul obuna bo‘ling.

raxsiyas yaxshi OnlyFans kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin raxsiyas reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 57 obunachi bor. O‘xshash OnlyFans kanallar bilan solishtiring.

raxsiyas statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @raxsiyaposts sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.