#day1
Meni chinakamiga xursand qiladigan narsalar nima?
Judayam o'ylantiradigan va soatlab gaplasha oladigan mavzuyim. Aslida pul yoki katta narsalar emas, meni chinakamiga xursandchilik aynan oddiy, “мелочь” bo‘lib ko‘rinadigan kichik detallar deyolaman. Chunki aynan shu kichik narsalar insonning sizga bo'lgan e’tiborini, samimiyatini va his tuyg'ularini ko'rsata oladi.
Menimcha, baxt ham shunday narsalardan yig‘iladi. Biror insonning sizni tinglagani, sizni tushunishga harakat qilgani, hatto siz aytgan mayda gaplarni ham unutmagani bu juda katta tuyg‘u. Ba’zida oddiygina “siz shuni yaxshi ko‘rardingiz, shuni ko'rib sizni esladim” degan gap yoki kichik harakat ham yetarli. Chunki aynan shunday paytlarda men o‘zimni qadrlangan, tushunilgan va haqiqatan ham kim uchundir muhim insondek his qilaman
Men uchun o'zimni chinakamiga xursand his qiloladigan TOP 5 momentlar:
1. Tinglanish hissi
Shunchaki gapim tugashini kutib emas, balki har bir so‘zimga e’tibor berib, tushunishga harakat qilib tinglash. Sababi bazida tushunilish uchun emas, tinglanish uchun gapiraman.
2.Kutilmagan mayda e’tiborlar
Oldindan rejalashtirilmagan, oddiy eslatmalar. Masalan, men yashil rangni yaxshi ko‘raman. Kimdir buni oddiy fakt deb o‘ylashi mumkin. Lekin yangi tanishgan insonim yoki yaqinlarim shu kichik detallarni eslab qolsa masalan, yashil rangli biror narsa ko‘rsa va meni eslasa, yoki suhbat orasida shu haqida eslatib o‘tsa bu men uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki o'sha inson shunaqa mayda narsalarni eslab qola olgan va shunchalik e'tibor berayapdi. Va bu narsalarni “i love you” yoki “ur important to me” degan gaplardan ko‘ra ko'proq qadrlayman va eslab qolaman. Chunki insonni, qadrli va “special” his qildiroladi.
3.Esdaliklar yaratish
Oddiy kunlarning o‘zi ham chiroyli bo‘lishi mumkin. Birga kulgan lahzalar, oddiy sayrlar, deep talk'lar. Va buni saqlab qolish kerak deb o'ylayman keyinchalik aynan shu narsalar esda qoladi va odamni yana o‘sha hislarga qaytaradi.
4.O'zimni safe' his qila olish
Og'riqli vaziyat, uydagi muammolar, kun bo'yi o'ylab yurgan savollarimni kimgadur yaqin olib, kimgadur aytib qo'ysachi deb o'ylamay ayta olsish. O‘zingizni safe deb hisoblasangiz o'zingizni majburlab o‘zgartirmaysiz, rol o‘ynamaysaiz. Shunchaki o‘zingiz bo‘la olasasiz.
5.Qo‘llab-quvvatlash
Meni chinakam xursand qiladigan eng muhim narsalardan yana biri bu qo‘llab-quvvatlash. Chunki supportning ham har xil turlari bor: financial support, mental support yoki emotional support. Lekin ayniqsa inson qiyin holatda bo‘lsa, depressiya yoki stress ichida bo‘lsa — unga beriladigan eng kerakli yordam bu mental yoki emotional support bo‘ladi. Agar kimdir “men psixolog emasman, mental support bera olmayman” desa, aslida eng to‘g‘ri yo‘l bu emotional support berish. Ya’ni yonida bo‘lish, eshitish, tushunishga harakat qilish. Ba’zida odamga maslahat emas, shunchaki yonida kimdir borligini his qilish kerak bo‘ladi. (Emotional support haqida alohida yozgim bor, nasib.)
https://t.me/musifym#longread