1/2✅ InnoWeek-2026: Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi — xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik imkoniyati!
InnoWeek–2026 — xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi xorijiy kompaniyalar va mahalliy biznes vakillari uchun yangi hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etadi.
➡️ Haftalik doirasida Germaniya, Yaponiya, Singapur, Xitoy, Janubiy Koreya, Filippin va boshqa davlatlarning chiqindilarni boshqarish, biotexnologiya, sog‘liqni saqlash, mikrobiologiya, maxsus kimyoviy mahsulotlar, silikon va polimer materiallari hamda zamonaviy agrotexnologiyalar kabi yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalari o‘z mahsulotlari, texnologik ishlanmalari va innovatsion yechimlari bilan qatnashadi.
🔍Yana bir muhim jihati shundaki, kompaniyalar O‘zbekistonda yangi hamkorlar topish va o‘zaro manfaatli biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida rahbarlari hamda mas’ul vakillari bilan ishtirok etadi.
⚫️InnoWeek–2026 doirasida tashkil etiladigan B2B uchrashuvlar mahalliy korxonalarga xorijiy kompaniyalar rahbarlari va vakillari bilan bevosita muloqot qilish, o‘zaro manfaatli takliflarni muhokama etish hamda qo‘shma loyihalar bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishish imkonini beradi.
➡️ Agar siz o‘z biznesingizni xalqaro darajaga olib chiqishni, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni yoki qo‘shma loyihalarni amalga oshirshni istasangiz – InnoWeek–2026 doirasidagi B2B uchrashuvlarga tashrif buyuring.
Dunyo miqyosidagi yirik korxona rahbarlari bilan bevosita muzokaralar olib borish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang, keling va o‘z biznesingiz uchun yangi eshiklarni oching!
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube










