Sardor Rahimxon RASMIY Telegram channel photo

Sardor Rahimxon RASMIY

Sardor Rahimxonning telegramdagi yagona rasmiy sahifasi.

OnlyFanso‘zbekOʻzbekiston

4.5k

Last views

17k (17,019 subscribers)
A'zolar
—
Rating
57
Total Posts
Oct 17, 2026, 4:16 PM
Yangilangan
Apr 29, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameSardor Rahimxon RASMIY
Username@sardor_rahimxon_telegram
CategoryOnlyFans
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar17,019
Channel TypePublic Channel
Created29-apr, 2026
Last Updated17-okt, 2026 • 7 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#19734+86
Til reytingi
#201+11
Toifa reytingi
#625+3

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 17.0K30 Days growth: +2.6K17.8%
09/1809/2309/2810/0310/0810/1310/17
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
18:09:202614,445
19:09:202614,445
20:09:202614,718
21:09:202614,718
22:09:202614,718
23:09:202614,718
24:09:202614,718
25:09:202614,718
26:09:202614,718
27:09:202614,718
28:09:202614,718
29:09:202614,718
30:09:202614,718
01:10:202614,718
02:10:202614,718
03:10:202614,718
04:10:202614,718
05:10:202614,718
06:10:202614,718
07:10:202614,718
08:10:202614,718
09:10:202614,718
10:10:202614,718
11:10:202614,718
12:10:202614,718
13:10:202614,718
14:10:202614,718
15:10:202614,718
16:10:202614,718
17:10:202617,019
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 27:04:202613,748
Week of 04:05:202613,565
Week of 11:05:202613,565
Week of 18:05:202613,565
Week of 25:05:202613,565
Week of 01:06:202613,565
Week of 08:06:202613,565
Week of 15:06:202613,565
Week of 22:06:202613,565
Week of 29:06:202613,565
Week of 06:07:202613,346
Week of 13:07:202613,346
Week of 20:07:202613,346
Week of 27:07:202613,346
Week of 03:08:202613,346
Week of 10:08:202613,346
Week of 17:08:202614,030
Week of 24:08:202614,030
Week of 31:08:202614,002
Week of 07:09:202614,445
Week of 14:09:202614,718
Week of 21:09:202614,718
Week of 28:09:202614,718
Week of 05:10:202614,718
Week of 12:10:202617,019
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 202613,748
May 202613,565
June 202613,565
July 202613,346
August 202614,030
September 202614,718
October 202617,019
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
202617,019

So'nggi postlar

Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

24-okt, 2026, 09:41

#TEZKOR #MUHIM 😭

ALLOHDAN RAHM TILAYOTGANLAR, AVF TILAYOTGANLAR UCHUN FAQAT☝🏻💣

JUDA TA’SIRLI va DUNYONI CHETGA SURIB QO’YIB KO’RADIGAN VIDEO‼️

VIDEONI ALBATTA KO’RING, YAQINLARGA YUBORING, OILANGIZGA KO’RSATING, MING IBRAT, MILLION HISLARNI TOPASIZ☝🏻

⬇️. ⬇️. ⬇️. ⬇️
https://youtu.be/e9HMfdbZgOc?si=EPBMSOcZ2jTbfNUq
Video Thumbnail
4,5100015
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

23-okt, 2026, 16:52

Video
🌍🌍🌍🌍 🇺🇸🇷🇺«Putinda Trampga qarşi kompromat bor» — Hillari Klinton kutilmagan bayonot bilan çiqdi

AQŞ sobiq Davlat kotibi Hillari Klinton bergan so‘nggi intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putinda Donald Trampga qarşi jiddiy kompromatlar borligiga hanuz işonişini taʼkidladi. Uning fikriça, Kremlda Trampning nozik sirlari aks etgan foto va videolar saqlanmoqda hamda Moskva bundan siyosiy dastak sifatida foydalanib kelmoqda.

Klinton öz iddaosiga dalil sifatida Trampning shov-şuvli «Epşteyn fayllari»ni ommaga eʼlon qilişga qattiq qarşilik körsatayotganini keltirib ötdi. Sobiq Davlat kotibining aytişiça, uşbu maxfiy hujjatlar töliq oçiqlandigan bölsa, hatto Trampning eng sodiq tarafdorlari ham undagi faktlardan qattiq larzaga tuşişi muqarrar.

Klinton Trampning xatti-harakatlarini diktatorlik havasiga intiliş va cheksiz moddiy manfaatlar bilan boğlab, uning Moskvaga nisbatan yumşoq munosabatini «Putindagi bor maʼlumotlar tarqab ketmasligi uçun uni xursand qilişga uriniş» deb baholadi. Biroq xalqaro tahlilçilar uşbu gaplar ortida heç qanday rasmiy moddiy isbot keltirilmaganini, bu kabi keskin bayonotlar AQŞdagi ichki siyosiy raqobatning navbatdagi alangasi ekanini qayd etmoqda.

Katta siyosat sahnasida qanday parda orti öyinlari va fitnalar bölmasin, buning jabrini doimo tinç xalqlar va begunoh insonlar tortadi. Alloh taolo butun insoniyatni fitnalar, qabih niyatli siyosiy makrlar hamda kulfatlardan Öz panohida asrasin, dunyoda haqiqat va adolatni barqaror aylasin.

👤👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
4,3400017
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

23-okt, 2026, 15:35

Photo1/4
🏆🏆🏆🏆 🇺🇿 Matonat va iroda tantanasi — Özbekiston para sportçilari Osiyo rekordlarini yangilab, 126 ta medal bilan tarix yaratmoqda!

🇯🇵Yaponiyaning Aychi-Nagoya şaharlarida ötayotgan V yozgi Para Osiyo öyinlarida Özbekiston terma jamoasi ketma-ket Osiyo va öyinlar rekordlarini yangilab, tarixiy natijalarni qayd etmoqda.

📊Medallar statistikasi (5-kun holatiga):

🥇 41 ta oltin 🥈 42 ta kumuş 🥉 43 ta bronza

🏆 Jami: 126 ta medal (Umumjamoa hisobida faxrli 3-örin)

⚡️ Qayd etilgan asosiy rekordlar:
• Karomat Omonova (yadro uloqtiriş) — 13,16 m (Osiyo rekordi 🥇)
• Navröza Axmatova (disk uloqtiriş) — 30,11 m (Osiyo rekordi 🥇)
• Asila Mirzayorova (uzunlikka sakraş) — 5,04 m (Öyinlar rekordi 🥇)
• Husniya Olimjonova (uzunlikka sakraş) — 5,46 m (Öyinlar rekordi 🥇)
• Yorqinbek Odilov (nayza uloqtiriş) — 50,41 m (Öyinlar rekordi 🥇)
• Madina Muxtorova (disk uloqtiriş) — 25,59 m (Öyinlar rekordi 🥇)
• Yegor Bolotov (suziş) — mazkur turnirdagi 3-oltin medali 🥇
• Mubinabonu Xalilova (suziş) — mazkur turnirdagi 2-oltin medali 🥇

11 ta sport turida qatnaşayotgan 149 nafar jasoratli hamyurtimiz jismoniy imkoniyat çegara bilmasligini amalda isbotlab, xalqimizga ulkan ğurur bağışlamoqda. Alloh taolo yurtimiz bayroğini baland hilpiratgan azmu şijoatli farzandlarimizning kuç-quvvatiga baraka bersin, yangi zafarlar bilan xalqimizni hamisha quvontirsin!

👤👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
4,3600030
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

23-okt, 2026, 13:02

⚡️⚡️⚡️⚡️ 📣📣📣📣📣

Tasavvur qiling, 1 soatdan keyin Qiyomat boşlanadi yoki 1 soatgina umringiz qolgan... 😓 Bölişi mumkinmi? Ha! ❗️

Videoni albatta köring, yaqinlarga yuboring va yaxşilikka ulgurib qoling!

⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
▶ Videoni ko‘rish uchun bosing
⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️

Biz yurtimiz böylab sovuq kunlarda sovuqdan qiynaladigan noçor oilalar, yetim va miskinlarimiz uçun «KÖMIR» loyihasini eʼlon qilamiz! ❄️🔥

Mana 8 yildirki, siz bilan birgalikda köçama-köça yurib, muhtojlarning dardiga darmon bölib kelmoqdamiz, Alhamdulillah!

Hoziroq jannat sari harakatingizni qiling, Alloh suyganlarga ehson qilib qoling! ☝🏻

❤️#YurakAmri rasmiy kartalari:
🤲 Oziq-ovqat va Kömir loyihasi uçun:
▫️ 5614 6812 5948 5450 🏦
▫️ 9860 0101 0608 3065 🏦
▫️ 4466 1489 2601 2580 💰

🪙 Xarajatlar uçun:
▫️ 5614 6812 5905 1062 🏦
▫️ 9860 0101 0670 9883 🏦

🏦 (Karta bog'langan raqam: 33 091 99 99, Ipoteka bank)

👤👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
Video Thumbnail
4,3600026
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

23-okt, 2026, 12:45

Photo1/2
🌍🌍🌍🌍🇷🇺 🇺🇦 Putin: «Ukraina boy berilgan yerlar haqida gapira olmaydi, chunki ular ular tarixan Rossiyaniki»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bergan so‘nggi intervyusida Ukraina «yo‘qotilgan hududlar» haqida da’vo qila olmasligini, çunki bu yerlar tarixan Rossiyaga tegishli ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga köra, Moskva çegara masalalariga faqatgina hozirgi uruş kontekstida emas, balki chuqur tarixiy nuqtayi nazardan yondoşmoqda.

Uşbu bayonot AQŞ prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Vitkoff bilan Sankt-Peterburgda ötkazilgan muzokaralardan söng, ehtimoliy tinçlik muzokaralari muhokama qilinayotgan bir vaqtda yangradi. Putin özi nazoratga olgan Donbass va «Novorossiya» hududlaridagi aholining Rossiyaga qöşiliş uçun «ovoz bergani»ni vaj qilib keltirib, Kiyevning yer boy bergani haqidagi dalillarini asossiz deb atadi.

Biroq BMT Nizomi va xalqaro huquq normalariga muvofiq, Ukrainaning 1991-yildagi xalqaro tan olingan suveren çegaralari heç qanday özaroliksiz özküçida qoladi. Jahon hamjamiyati hamda yetakçi xalqaro tashkilotlar bir tomonlama ötkazilgan uşbu tadbirlarni noqonuniy deb bilib, mazkur yerlarni vaqtinça bosib olingan Ukraina hududlari deb hisoblaşda davom etmoqda.

Yillardan buyon davom etayotgan uruş va siyosiy ziddiyatlar zamirida milyonlab begunoh insonlar, yetim qolgan gödaklar va parokanda bölgan oilalarning ko‘z yoşi yotibdi. Alloh taolo yer yuzidagi barcha jabrdiyda xalqlarga omonlik bersin, qon tökilişlarini tezroq töxtatib, adolatli tinçlik va xotirjamlikni qaror toptirsin.

👤👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
4,3200012
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

23-okt, 2026, 12:15

Video
❗️❗️❗️❗️🇨🇳 Tibetda 7,0 magnitudali dahşatli zilzila sodir böldi — kamida 16 kişi halok böldi, 339 ta uy qulab tuşdi

Xitoyning Tibet avtonom hududida keça tunda yuz bergan 7,0 magnitudali kuçli zilzila oqibatida tinç aholi orasida oğir talafotlar qayd etildi. Mintaqaning Nagqu şahar okrugiga qaraşli Baqen tumanida ro‘y bergan yer silkinişi natijasida kamida 16 kişi hayotdan köz yumdi, 30 dan ziyod fuqaro jarohatlandi.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, bu ofat mintaqada sönggi 5 yil içidagi eng kuçli zilzila bölib, yer osti silkinishlari sababli 339 ta turar-joy butunlay qulab tuşgan. Jarohatlanganlarning 11 nafari oğir ahvolda şifoxonalarga yetkazilgan. Şuningdek, toğli hududlarda qoyalar qulab tuşişi oqibatida 317-sonli milliy trassa yopilgan, butun tuman böylab elektr energiyasi va aloqa tizimi butunlay uzilib qolgan.

Zilzila öçoği yer yuzasidan 10 kilometr çuqurlikda joylaşgan bölib, asosiy zarbadan söng 400 dan ziyod afterşok qayd etildi. Ayni vaqtda ofat hududida ikkinçi darajali favqulodda holat rejimi e’lon qilinib, qutqaruvçilar va harbiylar vayronalar ostidan omon qolganlarni qidirmoqda hamda boşpanasiz qolgan oilalar uçun maxsus çodirli lagerlar barpo etmoqda.

Baland toğlar bağrida bir lahzada boşpanasiz va yaqinlaridan judo bölgan musibatdagi insonlarning dardi har bir qalbni larzaga soladi. Alloh taolo halok bölganlarga rahmat, jarohatlanganlarga tez fursatlarda komil şifo bersin, butun insoniyatni bunday dahşatli tabiiy ofatlar va kutilmagan kulfatlardan Öz panohida asrasin.

👤👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
4,4400013
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

22-okt, 2026, 19:34

Photo1/2
🕌🕌🕌🕌🕌🕌

☪️ Kunlarning sultoni, sayyidul ayyom, hajjul masokin — yana bir Juma kuniga yetkazgan Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin!

Jumaning xayri va barokati sizga bo‘lsin, azizlar! Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

📣 Yaqinlarni sayyidul ayyom bilan qutlang!

👤👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
5,2500047
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

22-okt, 2026, 18:12

Video
🌍🌍🌍🌍 🇨🇳 🤖 Xitoyda kung-fu jang sanʼatini biladigan va avtomobilni paçoqlaydigan robot taqdim etildi!

Xitoyning robototexnika sohasidagi yetakçi kompaniyasi “Unitree” insoniyat tarixidagi eng çaqqon va epçil gumanoid robotlardan biri — “H2-X Kung Fu Legend” modelining rasmiy videosini eʼlon qildi.

Böyi 182 santimetr, ogʻirligi 70 kilogramm bölgan ushbu odamsimon robot bir marta quvvatlanişda 8 soatgaça harakatlana oladi. Taqdim etilgan lavhada robot sharq yakkakurashlari usullarini aqlbovar qilmas tezlikda bajarib, mashina ustidan orqaga salto qilişi, tirsak va tizzalari bilan temir kuzovni paçoqlashi hamda 4 metr balandlikdan pastga sakrab, muvozanatni yöqotmay darhol oyoqqa turişi aks etgan.

Muhandislarning taʼkidlashicha, ushbu robot kelajakda insonlarni qurolli jinoyatçilardan himoya qiluvçi shaxsiy tansoqçi, shuningdek zilzila va yongʻinlar paytida ogʻir konstruksiyalarni kötara oladigan qutqaruvçi sifatida xizmat qilişga möljallangan. Zamonaviy robototexnika insonning jismoniy imkoniyatlaridan ham ötib ketayotgani kelgusida xavfsizlik sohasi butunlay avtonom mashinalar qöliga ötişini yaqqol körsatmoqda.

Ilm-fan va texnologiya qançalik tez rivojlanmasin, bu qudratli kashfiyotlar insoniyatni qoʻrqitish yoki jazolash quroliga emas, balki odamlar hayotini asraş, ogʻirini yengil qiliş va tinçlikka xizmat qilişi şartdir.

Alloh taolo insoniyat aql-zakovatini faqat ezgulik, tinçlik va foydali ilmlarga yönaltirsin, dunyoni turli xavf-xatarlardan Oʻz panohida asrasin.

👤👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
4,0400014
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

22-okt, 2026, 17:37

Video
🔴🔴🔴🔴🔴 🇵🇸 Netanyaxu Gʻazo xalqini uchinçi davlatlarga köçiriş böyiça muzokaralar olib borayotganini tan oldi!

Gʻazo sektoridagi harbiy jinoyatlari uçun Gaaga Xalqaro jinoiy sudi tomonidan hibsga olişga rasmiy order berilgan Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu xalqaro hamjamiyatning qatʼiy ogohlantirişlariga qaramay, falastinliklarni öz ona zaminidan boshqa mamlakatlarga chiqarib yuborish böyiça yashirin muzokaralar olib borayotganini oçiq tan oldi.

Netanyaxu bergan intervyusida bu reja ustida ish ketayotganini bildirib: “Asosiy muammo — ularni qabul qilişga rozi böladigan davlatlarni topişda. Men bu masalaga juda köp vaqt ajratyapman va dastlabki siljişlar bor, ammo tafsilotlarga töxtalmoqçi emasman”, deya maʼlum qildi. Biroq Isroil Tashqi ishlar vaziri Gideon Saʼar xalqaro jinoiy javobgarlik va sanksiyalar xavfi ostida Isroil falastinliklarni majburan deportatsiya qilişni rejalashtirmayotganini aytib, oqlovchi bayonot berishga majbur böldi.

Inson huquqlari tashkilotlari va xalqaro huquqshunoslar bu rejalarni ochiqchasiga etnik tozalash va navbatdagi ogʻir jinoyat deb atamoqda. Uch yildan buyon davom etayotgan shafqatsiz qamal, ochlik va bombardimonlarning tub mohiyati — Gʻazo aholisini chidab bölmas holatga keltirib, ota-bobo tuprogʻini tashlab ketishga majbur qilişdir. Ammo Misr va boshqa arab davlatlari bu xalqaro jinoyatga sherik bölishdan qatʼiyan bosh tortib, falastinliklarning öz yurtidan badargʻa qilinishiga aslo yöl qöymasligini bildirdi.

Har qanday qonli tajovuz va ochlikka qaramay, öz tuprogʻiga mahkam yopishib, vatanini tark etmayotgan mazlum Falastin xalqining matonati butun dunyo vijdoni oldidagi ulkan imtihondir.

Alloh taolo Falastin xalqiga yuksak sabr, matonat va najot bersin, ularni öz ona zaminida erkin va osoyişta yashash baxtiga yetkazib, barcha zolimlar va fitnaçilarning rejalarini barbod aylasin.

👤👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
3,9900032
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

22-okt, 2026, 13:40

Video
🇬🇷🇫🇷 ⚡️⚡️⚡️⚡️ Isyon Gretsiyaga ham köçdi: Afinada talaba va öqituvçilar Fransiyadan ilhomlanib köçalarga çiqdi!

Yevropada taʼlim inqirozi va qimmatçilikka qarşi boshlangan yoshlar noroziligi Fransiyadan söng Gretsiyani ham qamrab oldi: poytaxt Afina va Saloniki şaharlarida minglab talabalar, litsey öquvçilari hamda öqituvçilar ommaviy namoyişlarga çiqishdi.

21-oktyabr kuni ötkazilgan uşbu yurishlarda namoyishchilar Fransiyadagi talabalar harakatidan ilhomlanganliklarini oçiq eʼlon qildi. Köçalarda fransuz va grek tillarida “Gretsiyadan Fransiyagaça taʼlimga pul ajrating!” degan shiorlar kötarilib, maktablardagi sharoitsizlik, talabalar ijara xarajatlarining keskin oshib ketgani hamda muallimlarning past maoshlariga qarşi jiddiy talablar ilgari surildi.

Fransiyada meriya binosi yoqilishi, Italiyada esa aeroportlar va portlar toʻsilishi ortidan Gretsiyadagi bu voqealar butun Yevropa böylab “Z avlod” va taʼlim xodimlarining noroziligi zanjirli reaksiyaga aylanib borayotganini körsatmoqda. Hukumatlarning ijtimoiy soha va yoshlar ehtiyojlariga yetarliça eʼtibor qaratmagani qitʼa böylab norozilik töliqini yanada kuchaytirmoqda.

Har qanday jamiyatning mustahkam poydevori — bu sifatli taʼlim va yoshlar kamolidir. Ilm dargohlari va muallimlar mehnati munosib qadrlanmagan joyda ijtimoiy osoyiştalikni saqlab qoliş mushkuldir.

Alloh taolo barcha ellarga tinçlik-omonlik bersin, jamiyatlarni beqarorlikdan asrab, yoshlarimizga xotirjam va munavvar sharoitlarda ilm olişni nasib etsin.

👤👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
4,4500015
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

22-okt, 2026, 13:15

Photo1/2
🇺🇿 💭💭💭💭💭 Aholi 39,5 milliondan oşdi, ammo nikoh yil sayin kamaymoqda!

Milliy statistika qömitasi maʼlumotiga köra, Özbekistonda sönggi 4 yilda rasmiy nikohlar soni qariyb 38 mingtaga qisqargan:

🟦2021-yil — 305,2 mingta
🟦2022-yil — 296,7 mingta
🟦2023-yil — 283,8 mingta
🟦2024-yil — 271,8 mingta
🟦2025-yil — 267,1 mingta

🔴 2026-yil (6 oyda) — atigi 92,3 mingta...

Aholisi 39,5 milliondan oshgan, aksariyati yoshlar bölgan yurtda oila qurişning bu qadar kamayişiga eng katta sabab — töylardagi sarpo-suruq musobaqasi, mebel, dabdababozlik va ortiqça xarajatlardir. Bir kunlik ziyofat va riyo uçun yillab qarz tölayotgan, farzandlar baxtiga sunʼiy tösiq qöyayotganlar hali ham kam emas.

Vaholanki, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Eng barakali nikoh — xarajati eng yengil bölganidir”, deya marhamat qilganlar. Dabdabani yigʻishtirib, nikohni osonlaștiriş vaqti keldi.

Alloh taolo töylarimizdan riyo va isrofni ketkazib, yoshlarimizga ahil va barakali oila qurişni nasib etsin.

👤👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
4,6900019
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

22-okt, 2026, 13:05

Video
🇺🇿 🎉🎉🎉🎉🎉 Prezident kitobxon oila va “Qörqma” romani muallifiga Toşkentdan 2 xonali uylar sovgʻa qildi!

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbek tili bayrami kunida kitobxonlar va yoş ijodkorlar bilan ötkazilgan uchrashuvda chinakam maʼrifatparvarlik namunasini körsatib, ularni poytaxtdagi xonadonlar bilan taqdirlashga topshiriq berdi.

Davlatimiz rahbari qöllaridagi kitobni varaqlab, shahar hokimiga ertaga majlisgacha sertifikatlarni tayyorlash vazifasini yukladi: Respublika “Kitobxon oila” tanlovida gʻolib bölgan oila hamda xalq mehrini qozongan mashhur “Qörqma” romani muallifi, isteʼdodli yozuvçi Javlon Jovliyevga Toşkent şahrida joylashgan ikki xonali uylarning sertifikatlari topshiriladigan böldi. “Kelajakda farzandlaringiz musofirçilik körmay, ota-onasidan katta sovgʻa olsin”, deya taʼkidladi Prezident.

Samimiy gurungda davlat rahbari adabiyotimiz dargʻalari Erkin Vohidov, Halima Xudoyberdiyeva va Abdulla Oripovlar bilan birga keçgan yillarini yodga oldi: “Uçalasi bilan ham sirdosh bölganman. Heç qanday şaroit bölmagan paytlarda Zomin seminarini taşkil qilib, vagonlarda yoşlarni yiğardik. Hozir tilimizga, kitobxonlikka bölgan eʼtiborimiz — özligimizga bölgan ehtiromimizdir. Bu narsalar osmondan tuşgani yöq, yurtimizdagi tinçlik va iqtisodiyot barqarorligidan dalolat. Charchagan edim, sizlarni körib çarchoqlarim ham çiqib ketdi”.

Ijod ahlini, kitobxon oilalarni va qalam egalarini bunday yuksak qadrlash butun jamiyatimizda maʼrifatga, kitobga bölgan muhabbatni yanada yuksaltiradi — chunki maʼrifat qadrlangan yurtdaisha baraka va ravnaq bölaveradi.

Alloh taolo el-yurtimizga tinçlik, xonadonlarimizga fayzu baraka ato etsin, millatimiz maʼnaviyatini yuksaltirayotgan iqtidorli yoşlarimizning safini yanada kengaytirsin!

👤👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
4,5000026
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

22-okt, 2026, 12:39

Video
🌍🌍🌍🌍 🇺🇸 Donald Tramp: “Qançalik buyuk prezident ekanimni heç kim tuşunmayapti, 20 yil oldingidan köra aqlliroqman!”

AQSH Prezidenti Donald Tramp navbatdagi noodatiy va shov-şuvli bayonoti bilan yana diqqat markaziga tuşdi: u jamoatçilik uning yetakçilik salohiyatini yetarliça baholay olmayotganidan nolidi.

Öz chiqishida Tramp oçiqchasiga shunday dedi: “Qançalik buyuk prezident ekanimni heç kim tuşunmayapti. Menimça, hozir 20 yil oldingidan köra ança aqlliroqman. Buning sababini özim ham bilmayman”. Siyosatçi yoshi ulğaygani sayin aqli, tajribasi va boshqaruv qobiliyati yanada kuchayib borayotganini daʼvo qildi.

Ushbu sözlar tarmoqlarda qizğin bahslarni keltirib çiqardi. Trampning tarafdorlari buni yillar davomida töplangan siyosiy mahorat deb olqishlayotgan bölsa, tanqidchilar buni navbatdagi öz-öziga mahliyo böliş va eʼtiborni tortişga qaratilgan populistik bayonot deb baholamoqda.

Katta siyosatda inson özini qançalik ulugʻlamasin, rahbarning asl buyukligi maqtovlar bilan emas, balki xalq turmushi, adolat va qoldirilgan tinçlik merosi bilan ölçhanadi.

👤👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
4,4400019
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

22-okt, 2026, 10:03

Video
⚡️⚡️⚡️⚡️ 🇺🇦 Zelenskiy 25 foiz yerni Rossiyaga berişga rozi böldimi? — Fox News intervyusining asl haqiqati

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning 21-oktyabr kuni “Fox News” telekanalidagi “Fox & Friends” dasturiga bergan intervyusidan söng tarmoqlarda “Kiyev uruşni töxtatiş uçun öz hududining 25 foizidan voz keçişga rozi böldi” degan xabarlar tarqaldi.

Xösh, bu gap qançalik haqiqat? Boşlovçi Brayan Kilmid Zelenskiyga şunday savol berdi: “Uruş qanday boşlanganidan qatʼi nazar, vaziyatni ayni damdagi holatida muzlatadigan, mamlakatingizning 75 foizi yoki undan köprogʻi özingizda qoladigan tinçlik bitimiga rozi bölarmidingiz?” Zelenskiy “Ha” deb javob berdi va qöşimça qildi: “Hozir biz muzlatişimiz kerak. Menimça, bu uruşni yakunlaşning real yöli. Prezident Tramp aytganidek, biz buni öt oçişni töxtatiş yoki qotilliklarni töxtatiş deb ataymiz. Muzlatiş va töxtaş. Bu bugun Rossiyadan talab qilişimiz kerak bölgan eng minimal narsa.”

Eʼtibor bering: “75 foiz” raqamini Zelenskiy emas, jurnalist aytgan. Zelenskiy esa uruşni hozirgi front çizigʻida muzlatişga tayyor ekanini bildirdi. Amalda bu — front töxtagan joyda nazorat çizigʻi şu holicha qolişini anglatadi. Biroq bosib olingan hududlarni rasman Rossiyaniki deb tan oliş yoki ularni topşiriş haqida Zelenskiy bu intervyuda hech narsa demadi.

Zelenskiy muzlatişni yakuniy kelişuv emas, birinçi qadam deb taʼrifladi: “Söngra Prezident va yevropaliklarga murojaat qilib, xavfsizlik kafolatlarini söraymiz.” Uning taʼkidlaşiça, uyini yöqotib, xorijda yurgan 9,5 million ukrainalik vataniga qaytişi uçun uruş qayta boşlanmasligiga kafolat zarur.

Intervyu AQŞ maxsus vakili Stiv Uitkoff Sankt-Peterburgda Vladimir Putin bilan muzokara olib borayotgan kunlarga töʻgʻri keldi.

Birgina gapni yuzaki tuşunib, şov-şuvli xulosa çiqarişdan ehtiyot böliş şart — siyosatda har bir sözning ortida katta huquqiy va geosiyosiy maʼno yotadi.

Alloh taolo barça ellarga tinçlik-omonlik bersin, begunoh insonlar qirilişiga tez kunlarda barham bersin.

👤👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
4,4500010
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

21-okt, 2026, 23:08

Photo1/2
⚡️⚡️⚡️⚡️ 🇺🇦 Zelenskiy Ukraina hududining 25 foizidan voz keçişga rozi böldimi?

Ijtimoiy tarmoqlar va qator Telegram kanallarida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy uruşni yakunlaş evaziga mamlakat hududining 25 foizini Rossiyaga berişga rozi bölgani haqida shov-şuvli xabarlar tarqaldi.

❗️ Biroq AQSHning “Fox News” telekanaliga berilgan intervyuning töliq matni tahlil qilinganda, ushbu xabar jiddiy buzib körsatilgani maʼlum böldi. Teleboshlovçi Brayan Kilmid Zelenskiyga: “Uruşni hozirgi front çizigʻi böyiça muzlatib, Ukraina öz yerlarining 75 foizidan ortigʻini saqlab qoladigan sulh taklif qilinsa, rozi bölarmidingiz?” deya savol bergan.

Zelenskiy esa hududlardan rasman voz keçişga emas, balki odamlar qirilişini töxtatiş uçun uruşni hozirgi front çizigʻida muzlatişga rozi ekanini bildirgan: “Ha, hozir vaziyatni muzlatişimiz kerak. Prezident Tramp aytganidek, bu qotilliklarni töxtatişning real yölidir. Bu bugun Rossiyadan talab qiladigan eng minimal qadamimizdir”, deya javob qaytargan. U Ukraina hech qaysi hududdan qonunan voz keçmasligini, biroq xalqni asraş va xorijdagi 9,5 million qoçqinni vataniga qaytariş uçun sulh zarurligini taʼkidlagan.

Axborot uruşi avj olgan bugungi davrda siyosatçilarning sözlarini kontekstdan yulib olib, sensatsiya yasash odatiy holga aylanib qoldi. Shu bois har qanday chaqiriq va shov-şuvli sarlavhaga emas, balki voqeaning asl manbasiga tayaniş eng tögʻri yölidir.

Alloh taolo barcha ellarga tinchlik-omonlik bersin, qonli urush va vayronagarchiliklarga tez kunlarda barham berib, begunoh insonlarni Oʻz panohida asrasin.


👤👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
4,4800015
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

21-okt, 2026, 14:53

Photo1/2
⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️ 🇺🇿 Prezident lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştiriş qonunini imzoladi!

Bugun, 21-oktyabr — Özbek tili bayrami kunida davlatimiz rahbari lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosidagi uzoq yillik imlo muammolariga nuqta qöyuvçi tarixiy Qonunni imzoladi.

Qonunga muvofiq, yozuvimiz va raqamli texnologiyalarda noqulaylik tuğdirib kelgan 4 ta harf takomillaştirildi: endilikda Oʻ va Gʻ harflari Ö hamda Ğ koʻrinishida, Sh va Ch harflari esa Ş hamda Ç shaklida yoziladi. Yangi imlo qoidalari qonun rasmiy eʼlon qilinganidan 6 oy ötib kuçga kiradi.

Saida Mirziyoyeva maʼlum qilişiça, fuqarolarga ortiqça ovoragarcilik va xarajat yuklanmaydi: amaldagi barça pasportlar, hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçini saqlab qoladi. Darsliklar, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi.

Yozuvdagi murakkabliklarga barham berilişi ona tilimizning raqamli makonda, internet va zamonaviy texnologiyalarda mustahkam örin egallaşiga xizmat qiladi.

Alloh taolo takomillaştırılgan alifbomizni xalqimiz maʼrifati, yoşlarimiz savodxonligi va tilimiz ravnaqi uçun xayrli qilsin!


👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
4,7700025
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

20-okt, 2026, 16:37

Photo1/2
☝️☝️☝️☝️👔 Ilon Mask AQSHdagi har bir bolaga 10,5 milliard dollarlik SpaceX aksiyalarini sovgʻa qilishini eʼlon qildi!

Dunyodagi eng boy inson, SpaceX va Tesla rahbari Ilon Mask oʻz boyligining salmoqli qismini kelajak avlodga taqsimlash niyatini maʼlum qilib, kutilmagan bayonot bilan chiqdi: u 2027-yilda AQSHdagi har bir bolaga oʻz hisobidagi SpaceX aksiyalaridan bittadan sovgʻa qilishini bildirdi.

Rasmiy statistikaga koʻra, mamlakatda 72 milliondan ortiq voyaga yetmagan bolalar istiqomat qiladi. Birjada SpaceX aksiyasi taxminan 146 dollar atrofida baholanayotganini hisobga olsak, ushbu xayriya tashabbusining umumiy qiymati 10,5 milliard dollardan oshadi. Mask boylikni turli byurokratik jamgʻarmalarda ushlab turishdan koʻra, uni toʻgʻridan-toʻgʻri jamiyatning ertangi egalari boʻlgan yoshlarga berish eng adolatli yoʻl ekanini taʼkidladi.

Ushbu qadam har qanday inson uchun ibratli haqiqatni eslatadi: dunyoviy boylik va milliardlar qanchalik koʻp boʻlmasin, ular oʻz-oʻzidan qadr qozonmaydi. Mol-davlatning asl qiymati faqat sandiqlarda yotishida emas, balki kelajak avlodga yoʻl ochish, ilm-fanga poydevor qoʻyish va jamiyatga naf keltirishda namoyon boʻladi.

Inson qancha koʻp topsa, uning oʻz jamiyati, ayniqsa ojiz va suyanchiqqa muhtoj bolalar oldidagi masʼuliyati ham shuncha ortib boradi. Birovning qoʻlidan tutish, biror goʻdakning kelajagiga umid bagʻishlash har bir imkon egasi uchun eng ulugʻ fazilatdir.

Alloh taolo barchamizga berilgan rizq va neʼmatlarni faqat ezgulik, halollik hamda kelajak avlod kamoliga sarflashni nasib etsin, jamiyatimizni saxiylik va mehr-oqibat nuri bilan bezasin.

👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
4,0500031
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

20-okt, 2026, 14:48

Photo1/2
❗️☝️☝️☝️ 🇸🇦 Makkada masjid ichidagi axloqsiz harakat uchun ikki Bangladesh fuqarosi qatl etildi / Rasmiy bayonot

Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi 14-oktyabr kuni Makka viloyatida Bangladesh fuqarolari Nazrul Islom Abdul Basir va Siti Axtarga nisbatan oʻlim jazosi ijro etilganini maʼlum qildi.

Rasmiy bayonotga koʻra, ular Makkadagi masjidlardan birida axloqsiz harakat sodir etgan. Sud jinoyatning ogʻirligi hamda muqaddas makon va vaqt hurmati toptalganini inobatga olib, taʼzir tartibida oʻlim hukmini chiqargan, hukm apellyatsiya hayʼati va qirollik farmoni bilan tasdiqlangan.

Bangladesh matbuotiga koʻra, Nazrul 2022-yili oilasini boqish uchun Makkaga borib, farrosh boʻlib ishlagan va 2023-yilda hibsga olinib, uch yildan ortiq qamoqda saqlangan. Bangladesh hukumati qatl haqida oldindan xabardor qilinmaganini bildirib, Saudiya tomonidan ish tafsilotlarini rasman soʻradi. Yigitning oilasi esa uning jasadini qaytarishni soʻramoqda.

🔴 Ushbu mudhish voqea bugun Makkayi mukarrama va Madinayi munavvaraga ziyoratga borib, qayerda turganini va odob meʼyorlarini unutayotgan har bir inson uchun qattiq ogohlantirish boʻlishi shart.

Ming afsuski, soʻnggi paytlarda ziyoratchilar orasida ham Kaʼbatulloh qarshisida yoki Paygʻambarimiz alayhissalomning masjidlarida ibodatni chetga surib, riyo uchun rasm va videoga tushish, muqaddas dargoh ichida har xil dunyoviy podkastlar, kulgili roliklar, reklamalar qilib, arzon layk va prosmotr ortidan quvayotganlar koʻpayib ketdi. Ziyorat — shaxsiy his-tuygʻularni koʻz-koʻz qilish yoki oʻyin-kulgi maydoni emas, balki qalb titrogʻi, tavba va qatʼiy hayo maskanidir.

Allohning uyi muqaddas daxlsizlik va teran ehtirom talab qiladi — u yerda nafsiga erk berib, muqaddaslikni toptagan inson butun umrlik ajr-savobini kuydirib yuborishi bilan birga, dunyoda ham, oxiratda ham ogʻir xorlikka duchor boʻlishi muqarrardir.

👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
4,8000022
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

20-okt, 2026, 13:27

Video
✨ G'am va qarzdan qutulish kaliti

Qalbingizda g'am, boshinigizda qarz yoki og'ir mushkulot bormi?

☪️ Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Asmo binti Umays roziyallohu anhumoga o'rgatgan ushbu muborak zikrni ko'p takrorlang:

«Allohu, Allohu robbiy, la ushriku bihi shay'ah»

(Alloh, Alloh robbimdir va unga hech narsani sherik qilmayman)

🤲 Alloh taolo hammamizga barcha g'am va qarzlarimizdan najot bersin!

👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
1,3300038
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

20-okt, 2026, 12:03

Video
🌍🌍🌍🌍 🇺🇸🇫🇷 Donald Tramp: “Parij juda tez orada musulmonlar shahriga aylanadi, Yevropa chegaralarini yopishi shart!”

AQSH Prezidenti Donald Tramp Fransiyada avj olgan ommaviy tartibsizliklar va isyonlarni izohlar ekan, Yevropa yetakchilarini keskin tanqid qildi hamda Parij yaqin kelajakda butunlay musulmonlar shahriga aylanishini daʼvo qildi.

Oq uyda jurnalistlar bilan muloqot qilgan Tramp Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronni immigratsiya siyosatida kechirib boʻlmas xatoga yoʻl qoʻyganlikda aybladi. Uning taʼkidlashicha, Fransiyadagi bugungi vayronagarchiliklarning asosiy sababi maktablar yoki ijtimoiy sharoitlar emas, balki nazoratsiz migratsiyadir. Tramp agar Yevropa oʻz chegaralarini zudlik bilan toʻliq yopmasa va koʻchalardagi tartibsizliklarga chek qoʻymasa, qitʼaning kelajagi butunlay yoʻq boʻlishini bildirdi.

Biroq xalqaro ekspertlar va mahalliy kuzatuvchilar Trampning bu bayonotlarini vaziyatni siyosiylashtirish deb baholamoqda. Fransiyadagi gʻalayonlar aslida sentyabr oyida taʼlim tizimidagi ogʻir sharoitlar, maktablardagi isitish muammolari va turmush qimmatlashuviga qarshi mahalliy litsey oʻquvchilari va kasaba uyushmalari tomonidan boshlangan boʻlib, unga turli qatlamdagi yuz minglab fuqarolar qoʻshilgan edi.

Katta siyosat maydonida ichki ijtimoiy muammolar va xalq noroziliklarini maʼlum bir din yoki xalqqa toʻnkash, odamlar orasida nafrat va ziddiyat urugʻini sepish inqirozni yanada chuqurlashtirishi muqarrar. Har qanday davlatda barqarorlik va osoyishtalik oʻzaro hurmat, bagʻrikenglik va muammolarning asl ildiziga oqilona yechim topishdan boshlanadi.

Alloh taolo barcha ellarga tinchlik-omonlik bersin, jamiyatlarni turli xalqaro fitnalar, milliy va diniy adovatlardan Oʻz panohida asrasin.

👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
4,2700019
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

20-okt, 2026, 11:45

Video
🌍🌍🌍🌍 🇮🇹 Italiyada vaziyat yanada keskinlashdi: aeroport egallandi, trassalar toʻsildi va doʻkonlar 700 ming yevro zarar koʻrdi!

Italiyada koʻchalardagi toʻqnashuvlar ortidan mamlakat boʻylab ommaviy ish tashlashlar va transport blokadalari toʻlqini boshlanib ketdi: noroziliklar sayyohlik markazlaridan tortib yirik aeroportlar va dengiz portlarigacha qamrab oldi.

Batafsil: Genuya shahrida yirik metallurgiya zavodining 500 dan ortiq ishchisi ommaviy qisqartirishlarga qarshi xalqaro aeroport binosini egallab oldi va qariyb 10 soat davomida uchib ketish hududini toʻsib turdi. Shu bilan birga, dizel yoqilgʻisi narxining litriga qariyb 2,30 yevrogacha koʻtarilishiga qarshi yuk mashinasi haydovchilari va fermerlar Neapol tijorat porti yoʻllarini hamda Milan–Neapol asosiy trassasini toʻsib qoʻydi, oqibatda 8 kilometrlik ulkan tirbandliklar yuzaga kelib, supermarketlarda mahsulotlar yetishmovchiligi boshlandi.

Oʻtgan dam olish kunlari Milan markazida yuz bergan tartibsizliklar esa shahar iqtisodiyotiga ogʻir zarba berdi. Savdo uyushmasi maʼlumotiga koʻra, Duomo maydoni atrofidagi doʻkonlarning sindirilishi, talon-toroj qilinishi va majburiy yopilishi oqibatida yetkazilgan zarar 700 ming yevrodan oshgan, ishbilarmonlar esa bunday vayronagarchilikni ilgari hech qachon koʻrmaganliklarini taʼkidlamoqda.

Yevropaning qoq markazida avj olayotgan bu jarayonlar energetika inqirozi, inflyatsiya va oziq-ovqat qimmatlashuvi butun boshli davlatlar logistikasi va osoyishtaligini bir necha kunda falaj qilib qoʻyishini yaqqol koʻrsatmoqda. Xalqning turmushi va mehnatkash insonlarning huquqlari taʼminlanmagan joyda ijtimoiy barqarorlikni saqlab qolish imkonsizdir.

Alloh taolo barcha ellarga tinchlik-omonlik bersin, xalqlarni iqtisodiy qiyinchiliklar, yoʻqotishlar va parokandalikdan asrab, yurtlarimizga toʻkinlik va xotirjamlik ato etsin.

👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
4,2400016
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

20-okt, 2026, 10:52

Video
🔴 🌍🌍🌍🌍 “Z avlod isyoni”: Bir vaqtning oʻzida oʻnlab davlatlarni qamrab olgan yoshlar va talabalar gʻalayoni ortida nima turibdi?

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Fransiya, Italiya, Albaniya, Hindiston va Lotin Amerikasi kabi qator davlatlarda yuz berayotgan ommaviy toʻqnashuvlar kadrlari tarqalib, butun dunyoni “Z avlod” (1997–2012-yillarda tugʻilgan maktab oʻquvchilari va talabalar) isyoni qamrab olayotgani qizgʻin muhokama qilinmoqda.

Batafsil: Voqealar koʻlami kutilganidan ancha shiddatli tus oldi: Fransiyada oʻquvchilar boshlagan namoyishlarga 800 ming kishi qoʻshilib, 140 yillik shahar meriyasi yoqib yuborildi va hashamatli brend doʻkonlari talandi; Italiyaning Milan va Turin shaharlarida yoshlar Duomo maydonida politsiya bilan toʻqnashdi; Albaniyada esa talabalar vazirlik binolariga “Molotov kokteyllari” uloqtirib, hukumat isteʼfosini talab qilmoqda. Shuningdek, Argentinada oliygohlar byudjeti qisqartirilishiga qarshi talabalar universitetlarni toʻsib qoʻygan boʻlsa, Hindistonda imtihon firibgarliklari va ishsizlikka qarshi yoshlar noroziligi tinmayapti.

Tarmoqlardagi ayrim videolarda bu jarayonlar yuzaki sabablar bilan tushuntirilayotgan boʻlsa-da, xalqaro tahlilchilar bu toʻlqinning asl ildizi ancha chuqurligini taʼkidlamoqda. Raqamli olamda ulgʻaygan zamonaviy yoshlar taʼlimdagi sharoitsizlik, korrupsiya, oziq-ovqat va uy-joy qimmatlashuvi hamda kelajaksizlikka qarshi ijtimoiy tarmoqlar orqali bir necha soatda birlashib, anʼanaviy siyosiy tizimlarni larzaga soluvchi qudratli kuchga aylanmoqda.

Dunyodagi bu hodisalar oʻsib kelayotgan avlod faqat virtual oʻyinlar bilan cheklanib qolmasligini, ularning dardi, taʼlimi va hayotiy sharoitlariga eʼtiborsizlik butun jamiyat barqarorligini bir zumda izdan chiqarishi mumkinligini koʻrsatmoqda. Har qanday yurtning mustahkam kelajagi eng avvalo yoshlarga yaratilgan adolatli muhitdan boshlanadi.

Alloh taolo barcha ellarga tinchlik-osoyishtalik bersin, yoshlarimizni buzgʻunchilik, jaholat va turli qonli fitnalardan Oʻz panohida asrab, qalblarini ilm va bunyodkorlik nuri bilan munavvar qilsin.


👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
4,1600020
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

20-okt, 2026, 09:31

Photo1/2
🇰🇵 Kim Chen Inning komaga tushgani haqidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻrimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda va ayrim xorijiy axborot vositalarida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In miyasiga qon quyilishi oqibatida komaga tushgani hamda zudlik bilan Pekindagi shifoxonaga yetkazilgani haqida shov-shuvli xabarlar tarqaldi.

Biroq oʻtkazilgan fakt-cheking va xalqaro tahlillar ushbu maʼlumotlar hech qanday rasmiy asosga ega boʻlmagan navbatdagi mish-mish ekanini koʻrsatmoqda. Mazkur xabar dastlab ijtimoiy tarmoqlardagi nomaʼlum sahifalar tomonidan toʻqib chiqarilgan boʻlib, soʻngra Britaniyaning sensatsion tabloid nashrlari (“The Sun”) tomonidan hech qanday dalil-isbotsiz koʻchirib bosilgan. Na Janubiy Koreya razvedkasi, na Xitoy rasmiylari bu xabarni tasdiqlagan.

Qolaversa, bugun, 20-oktyabr kuni ertalab Shimoliy Koreya davlat matbuoti Kim Chen Inning oʻz qizi bilan birga poytaxtda oʻtkazilayotgan milliy kiyim-kechak va poyabzal koʻrgazmasini koʻzdan kechirayotgani aks etgan yangi fotosuratlarni eʼlon qildi va koma haqidagi uydirmalarni amalda rad etdi. Ushbu yetakchining salomatligi borasida 2020-yilda ham xuddi shunday "vafot etdi" degan yolgʻon xabarlar tarqalgan va oʻz tasdigʻini topmagan edi.

👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
4,2600017
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

20-okt, 2026, 09:08

Video
🇵🇸 🌍🌍🌍🌍 Gʻazoda 3 yil davomida vayronalar ostida qolib ketgan 75 nafar begunoh inson dafn etildi!

Gʻazo shahrida Isroil aviatsiyasining bombardimonlari oqibatida vayron boʻlgan binolar ostidan qazib olingan 75 nafar falastinlik uchun ommaviy janoza marosimi oʻtkazildi.

❗️ Yurakni ezuvchi tomoni shundaki, tuproqqa qoʻyilgan ushbu insonlarning — maʼsum goʻdaklar, ayollar va qariyalarning jasadlari qulagan ogʻir beton plitalar ostida qariyb uch yil (2023-yil oktyabridan buyon) yotib qolgan edi. Oila aʼzolari faqatgina oradan shuncha vaqt oʻtib, oʻz yaqinlarining xokini qabristonga munosib kuzatish imkoniga ega boʻlishdi.

Gʻazo Fuqaro muhofazasi xizmati vakili Mahmud Basalning maʼlum qilishicha, sektor boʻylab qulagan binolar tagida hali ham kamida 8 000 dan ortiq begunoh insonning jonsiz tanasi qolib ketmoqda. Qutqaruvchilarda ogʻir betonlarni koʻtaradigan maxsus texnika va kranlar yoʻqligi, qamal tufayli ularning kiritilishi taqiqlangani sababli minglab jasadlarni xarobalar ostidan chiqarib olishning imkoni boʻlmayapti.

Butun dunyo inson huquqlari va adolat haqida bong urayotgan bir davrda, minglab begunoh insonlar uch yildan beri betonlar tagida yotishi va ularni qabrga qoʻyish uchun hatto oddiy texnika berilmayotgani zamonamizning eng ogʻir adolatsizligi hamda jahon hamjamiyatining mudhish beparvoligidir.

Alloh taolo Gʻazodagi barcha mazlum shahidlarni Oʻz rahmatiga olsin, zamin ostida qolib ketgan barcha begunohlarga najot, oriqib qolgan xalqqa esa tez kunlarda ozodlik, tinchlik va adolat ato etsin.

👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
4,3700039
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

19-okt, 2026, 14:02

Photo1/2
🇺🇿 Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni 39,5 million nafardan oshdi!

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil 1-oktyabr holatiga yurtimizning doimiy aholisi soni 39 million 535 ming 225 kishini tashkil etdi.

Aholini roʻyxatga olish natijalari hisobga olingan holda shakllantirilgan ushbu hisobotga koʻra, mamlakatimiz aholisi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 692,2 ming kishiga yoki 1,8 foizga koʻpaygan.

Viloyatlar kesimida eng koʻp aholi Samarqand viloyatida qayd etilgan boʻlib, bu yerda 4 million 462 mingdan ortiq yurtdoshimiz istiqomat qiladi. Keyingi oʻrinlarni 4 million 293 ming kishi bilan Fargʻona hamda qariyb 3,8 million kishi bilan Toshkent viloyatlari band etgan, poytaxtimiz Toshkent shahrida esa doimiy yashovchilar soni 3 million 278 ming kishiga yetgan.

Aholimiz sonining muttasil oʻsib borishi — yurtimizning quti, barakasi va kelajak poydevoridir. Har bir xonadonda yangi tugʻilayotgan jajji goʻdaklar xalqimiz saflarini yanada mustahkam va baquvvat qilaversin.

Alloh taolo jannatmakon zaminimizga fayzu baraka, toʻkinlik va xotirjamlik ato etsin, voyaga yetayotgan har bir farzandni ota-onasining rohati, iymonli va Vataniga naf keltiradigan solih insonlar boʻlishini nasib aylasin.

👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
4,6300031
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

19-okt, 2026, 13:30

Photo1/2
🌙 ☪️☪️☪️☪️☪️☪️ Qirgʻiziston va Qozogʻiston 2027-yilgi Ramazon oyi va Hayit sanalarini eʼlon qildi!

Qardosh Qozogʻiston va Qirgʻiziston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi muqaddas oylar va diniy bayramlarning rasmiy taqvimini eʼlon qildi.

Dastlabki astronomik hisob-kitoblarga muvofiq, 2027-yilda fazilatli Ramazon oyi 8-fevral (dushanba) kunidan boshlanishi kutilmoqda. Ming oydan afzal boʻlgan Qadr kechasi 5-martdan 6-martga oʻtar kechasiga, muborak Ramazon hayiti esa 10-mart sanasiga toʻgʻri kelishi belgilangan. Shuningdek, ulugʻ Qurbon hayitining birinchi kuni 2027-yil 17-may kuni nishonlanishi qayd etilgan.

Har ikki davlat muftiyati taʼkidlashicha, hijriy-qamariy oylarning boshlanishi yangi Oy oʻrogʻi (hilol) koʻrinishiga bevosita bogʻliq boʻlgani sababli, bayramlarning aniq sanalari Oy fazasiga qarab bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkin. Odatda Markaziy Osiyo va qardosh turkiy davlatlar diniy idoralari Ramazon va Hayit ayyomlarini astronomik kuzatuvlar asosida birgalikda muvofiqlashtirib boshlaydi.

Muborak oylarga yetishish orzusi har bir moʻmin qalbga taskin va yorugʻ umid bagʻishlaydi. Vaqt esa shiddat bilan oʻtib bormoqda, eng muhimi har bir berilgan kunni ezgu amallar, mehr-oqibat va xolis ehsonlar bilan bezashdir.

👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
5,9000032
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

19-okt, 2026, 10:34

Video
🇪🇨Ekvadorda ibodat vaqtida devordagi ogʻir xoch qulab, ruhoniy halok boʻldi…

Ekvadorning Guayakil shahridagi cherkovda oʻtkazilayotgan diniy marosim chogʻida devorga oʻrnatilgan yogʻoch xoch uzilib tushishi oqibatida marosimni olib borayotgan ruhoniy vafot etdi.

Hodisa 17-oktyabr oqshomida “Perpetuo Socorro” cherkovida internet orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilayotgan ibodat vaqtida sodir boʻlgan. Ruhoniy Patrisio Alfredo Sanches minbarda turgan paytda uning orqa tarafidagi devorga mustahkamlangan ogʻir xoch konstruksiyasi kutilmaganda uzilib, toʻgʻridan-toʻgʻri uning ustiga qulagan. Olingan jiddiy tan jarohatlari oqibatida u voqea joyida hayotdan koʻz yumgan.

Guayakil shahar arxiyepiskopi Luis Kabrera holat yuzasidan rasmiy bayonot berib, fojia yuz berganini tasdiqladi. Hozirda ibodatxonadagi ogʻir konstruksiyalarning mustahkamligi va texnik xavfsizlik talablariga qay darajada javob bergani yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

👤👤👤👤 sahifalari:
✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
4,7800028
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

03-sen, 2026, 13:46

Photo
🔴#Jamiyat Tarmoqlarda tarqalgan bolalar kaltaklanishi videosi bo‘yicha rasmiy tekshiruv kutilmoqda Andijonda sodir bo‘lgani aytilayotgan shafqatsiz xatti-harakatlar aks etgan lavha minglab ota-onalar va faollar orasida jiddiy xavotir uyg‘otdi. • Videodagi…
1,4300039
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

03-sen, 2026, 13:46

Video
😅 #Dunyo: Politsiya quvlab yurmasin deb, «aqlli» mashinaning o‘zi borib taslim bo‘ldi!

🇵🇰Pokistonda yosh talaba yasagan haydovchisiz avtomobilning ko‘chadagi sinovi kutilmagan kinoyali yakun topdi.

• Kutilmagan uzilish: Masofadan boshqarilayotgan avtomobilning interneti to‘satdan o‘chib, mashina boshqaruvsiz qoladi.

• Aynan politsiyaga: Boshqaruvni yo‘qotgan mashina butun ko‘chada boshqa joy topolmagandek, yo‘l chetidagi politsiya mashinasiga borib urilgan; baxtga ko‘ra hech kim jabrlanmagan.

📱 Tarmoqdagi kulgi: Video tarqalgach, ko‘pchilik: «Odatda qoidabuzarni politsiya quvlaydi, bu aqlli mashina esa xato qilishi bilan o‘zi to‘g‘ri politsiyaga borib taslim bo‘ldi», deya kulgiga olmoqda.

⚡️Politsiya xodimlari ham vaziyatni to‘g‘ri tushunib, jarima yozmasdan yosh talabaga omad tilashdi. Xulosa: har qancha aqlli texnologiya bo‘lmasin, unga to‘liq ishonishdan oldin oddiygina internet aloqasini ham mustahkam qilish shart ekan!

✅Sardor Rahimxon sahifalari:
🌐 • 🌐 https://www.instagram.com/sardor_rahimxon_official?igsh=Mmh6dG9iOHAxMHBi • 📺 https://www.youtube.com/@SardorRahimxon
1,4600022
Sardor Rahimxon RASMIY logo
Sardor Rahimxon RASMIY

03-sen, 2026, 13:46

Photo
#Xabar

Himolay tog‘lari ostida qolgan ishchilarni qutqarish uchun vaqt bilan shafqatsiz kurash ketmoqda

🇳🇵 Nepaldagi kuchli sel oqibatida yerosti tonnellarida qamalib qolgan yuzlab ishchilarni chiqarib olish bo‘yicha eng xavfli va murakkab amaliyot olib borilmoqda.

• «Trishuli» stansiyasining loyqa va ulkan toshlar bilan ko‘milib qolgan tonnellariga yuqoridan quvurlar tortilib, ichkariga havo haydalmoqda. Hozirgacha 350 ga yaqin ishchi qutqarib olindi, biroq yana 600 ga yaqin inson ichkarida qolmoqda.

• Og‘ir talafotlar: Mintaqadagi tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 1 050 nafardan oshdi, 3 900 dan ortiq odam hamon bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.

• Xalqaro ko‘mak: Yo‘llar to‘silib qolganiga qaramay, qutqaruvga maxsus texnikalar va xalqaro guruhlar jalb etilgan; loyqa qatlamini yorib o‘tish uchun og‘ir burg‘ulash ishlari olib borilmoqda.

⚡️Yer ostida qamalib, najot kutayotgan har bir insonga Yaratganning O‘zi panoh bersin, yaqinlarini kutayotgan oilalarga sabr tilaymiz. Tabiat ofatlari oldida insoniyat naqadar ojiz ekanini his qilib, tinch va omon o‘tayotgan har bir kunimizga shukr qilaylik!

✅Sardor Rahimxon sahifalari:
🌐 • 🌐 https://www.instagram.com/sardor_rahimxon_official?igsh=Mmh6dG9iOHAxMHBi • 📺 https://www.youtube.com/@SardorRahimxon
1,4000028

Showing 30 of 57 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Sardor Rahimxon RASMIY Telegram kanali nima haqida?+

Sardor Rahimxon RASMIY (@sardor_rahimxon_telegram) — tgdio da OnlyFans toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 17 019 obunachi bor.

Sardor Rahimxon RASMIY (@sardor_rahimxon_telegram) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @sardor_rahimxon_telegram ga bepul obuna bo‘ling.

Sardor Rahimxon RASMIY yaxshi OnlyFans kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Sardor Rahimxon RASMIY reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 17 019 obunachi bor. O‘xshash OnlyFans kanallar bilan solishtiring.

Sardor Rahimxon RASMIY statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @sardor_rahimxon_telegram sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.